V.Erkin variatsiyalar XIX asr о‘rtasida romantik– kompozitorlar ijodida yuzaga keldi.
Erkin variatsiyalarda mavzu strukturasi (shakli), garmoniyasi, tonalligi о‘zgarishi mumkin. Ayrim variatsiyalarda mavzudan butunligicha foydalanilmaydi, balki uning alohida aylanmalaridan foydalaniladi, ular birinchi о‘ringa chiqadi va maxsus rivojlantirish obyektiga aylanadi.
Variatsiyalar qaysi bir melodik aylanmalarning, hattoki mavzuda ham emas, balki oldingi variatsiyalardan birida paydo bо‘lgan ohang rivojloviga qurilishi mumkin – bular «variatsiyaga variatsiya» deb nom olgan.
Mavzu kо‘pi о‘zi bilan u qadar bog‘liq bо‘lmagan, turli xarakterdagi miniatyuralar zanjirini yaratish uchun sabab bо‘la oladi. Variatsiyalar bunda shu qadar individual xususiyatlarga ega bо‘ladiki, ularni turli janrlarda –vals, mazurka, marsh kо‘rinishida yozish mumkin bо‘lib qoladi. Erkin variatsiyalarning alohida turi – janrli variatsiyalar yuzaga keladi. Erkin variatsiyalarni yaxlit bir butunlikka jamlashda kontrastlik tamoyili katta rol о‘ynay boshlaydi,bu esa janr rangbarangligi va ayrim variatsiyalarning individuallashuvi bilan uyg‘unlashib,butun turkum xarakterini syuitaga yaqinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |