Qat’iy variatsiyalar mavzusi sodda, oson esda qoladi, garmonik tili murakkab emas, shakli tugal va aniq. Ularning fakturasi kо‘pincha gomofon yoki akkordli.
Mavzu shakli, odatda, ikki qismli, ba’zan bir qismli. Ba’zida reprizasi qisqartirilgan uch qismli shakl ham uchraydi.
Kо‘p hollarda mavzular aniq ifodalangan qо‘shiq yo raqs xarakterida bо‘ladi.
Qat’iy variatsiyalarda mavzuni variatsiyalash imkoniyati ostinat variatsiyalarga nisbatan anchagina keng. Ostinat variatsiyalarda faqat jо‘rovozlar variatsiyalansa, qat’iylarida ham jо‘rlik, ham kuyning о‘zi variatsiyalanadi, qolaversa, variatsiyalash usullari ham rang-barang.
Do'stlaringiz bilan baham: |