Variatsiyalar mavzusi oddiy tugal shaklda bayon qilinadi. Xudi shunday tugal shakl variatsiyalarning har birida saqlanib qoladi. Juda kо‘p hollarda qaysidir ommaviy asardan parcha, xalq qо‘shig‘i yoki raqsi variatsiya mavzusi bо‘lib xizmat qiladi.
Mavzu uchun oddiylik, esda oson oson qolishi, kuy, garmonik til va fakturaning soddaligi xarakterli. Bu sifatlar keyinchalik mavzuni murakkablashtirish va detallashtirish yо‘li bilan rivojlantirish imkonini beradi.
Mavzuni variatsion о‘zgartirish rang-barang bо‘lishi mumkin. Kuyning о‘zi yoki uning jо‘rligi, yo har ikkalasi variatsiyaga uchrashi mumkin. Mavzu tonalligi va ,hatto, strukturasi, faktura, ritm, metr, garmonik ketma-ketliklar (izchilliklar), lad о‘zgarishi mumkin.
Variatsiyalar turkumi alohida mustaqil tuzilma sifatidagi koda yoki oxirgi variatsiyaning kengaytirilgan xotimasi bilan yakunlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |