IV.Qat’iy variatsiyalar. XVIII asrda gomofon uslub rivojlanishi bilan qat’iy variatsiyalar (klassik) tarqaldi, ularni ba’zida naqshinkor (bezakli) variatsiya deb ham atashadi. Y.Gaydn, V. Motsart, L. Betxoven ulardan о‘z ijodida keng foydalanganlar.
Qat’iy variatsiyalar shunisi bilan xarakterlanadiki, ularda mavzuning qator shakllantiruvchi kompozitsion taraflari variatsiyalarning butun turkumi davomida albatta saqlanadi. Mavzuning о‘zgarmas komponentlariga quyidagilar kiradi: mavzuning asosiy kuy chizgilari, mavzuning tuzilishi, asosiy garmonik reja, asosiy garmonik izchilliklar, asosiy kadans davralar, tonallik (faqat lad nomdoshiga о‘zgarishi mumkin).
Shu elementlarning saqlanishi tufayli mavzu qiyofasi u qadar о‘zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |