Turkum tuzilishida variatsiyalardagi mavzuning о‘zgarish darajasi ham rol о‘ynaydi. Erkin variatsiyalar uchun oxiridan oldingi variatsiyada, odatda, vazmin sur’atdagi variatsiyada, mavzuni eslatish juda xos sanaladi, unday keyin keluvchi finalda mavzuga yaqinlik kam bо‘ladi.
Final kо‘pincha turkumni tugallovchi hamda asosiy tonallikka yoki mavzuga nomdosh tonallikka qaytaruvchi mustaqil pyesa bо‘lib, murakkab shaklda yoziladi, to rondodan (masalan, Shuman. «Simfonik etyudlar», final) va hatto sonatagacha (masalan, P.Chaykovskiyning “Buyuk artist xotirasiga” Triosi, variatsiyalar finali).
Do'stlaringiz bilan baham: |