IV-Jinsiy yetuklik davridagi seksuallik hususiyatlari
A ) Jinsiy rollarning rivojlanish
Ota-onalardan erkinlikka erishgach, kasbni tanlashda jinsiy muayyanlik va o’zmuayyanlik nizosi kelib chiqadi, ayniqsa erkaklar yuqori cho’qqilarga erishishga harakat qiladilar. Bu davrda ko’p juftliklar oila quradilar va farzandlarni tarbiyalaydilar. Bu davrda ayol ona yoki kelin, yoki xotin vazifasini bajarayotgan vaqtida nizolar kelib chiqishi mumkin.
B ) Seksual mayl. Seksuallikni anglab yetish, jinsiy faoliyatni rivojlanishi
Seksual faoliyat faol namoyon bo’ladi.
Doimiy partnyorga ega bo’lganlar orasida ko’proq jinsiy aloqa kuzatiladi.
Erkaklarda jinsiy maylning kuchayishi oqibatida ayollar orgazmni his etadi, buning natijasida o’zaro munosabatlar rivojlanadi.
Homiladorlikni, tug’ruqni, bola tug’ilishini va tarbiyalashni ta'siri.
Homiladorlik va bola tarbiyasi davrida, bir muncha jinsiy munosabatlar kamayadi, chunki bu davrda juftliklar ota-ona ro’lini bajaradilar.
C ) Rivojlanish vazifalari:
Jinsiy vazifalarning buzulishi
Jinsiy hayotning bo’lmasligi
Jinsiy infeksiyalar
Istalmagan homiladorlik
Jinsiy zo’rlik
Hayot tarziga bog’liq zo’rlik (erga tegish, yolg’izlik, ish joyi, bola tarbiyasi)
V- Klimakterik davrda seksuallikning hususiyatlari.
A ) Jinsiy ro’llarni rivojlanishi.
Jinsiy gormonlarning ishlab chiqarilishi kamayishi bilan bog’liq bo’lgan turli xil shikoyatlar (o’zgarishlar) paydo bo’ladi. Bu davrda farzandlar voyaga yetgan, yoshlik davri ortda qolgan bo’lib, ayolga bu davrni boshdan kechirish qiyin kechadi. Ko’pincha ayollar bu yoshda jamoat ishlarida faol qatnashib, turmush o’rtog’iga kamroq ahamiyat beradilar, shu tufayli ayolda bezovtalik va tajanglik kuzatiladi. Bu davrda ayol o’zaro munosabatlarni yaxshilashga harakat qilishi kerak.
B ) Seksual mayl. Seksuallikni anglab yetish, jinsiy faoliyatni rivojlanishi
Menopauza davrida jinsiy harakatlarining o’zgarishi.
Estrogen gormoni kamayishi natijasida jinsiy mayl va qin namligi kamayadi, bu esa jinsiy aloqa vaqtidagi og’riqlarga sabab bo’ladi va bu o’z o’rnida orgazm va jinsiy aloqalarning kamayishiga olib keladi.
Turli xil stresslarning ta'siri.
Turmush o’rtog’i bilan munosabatlarining o’zgarishi, ijtimoiy stresslar va qarilik alomatlarining paydo bo’lishi, ayolning ruhiy va jismoniy holatiga ta'sir ko’rsatadi.
V ) Vazifalarni rivojlanishi.
Jinsiy harakatlardagi muammolar (jinsiy aloqa vaqtidagi og’riqlar, jinsiy vazifalarni buzilishi).
O’rta yoshdagi ajralish.
Jinsiy munosabatlarga o’ralashib qolish.
Do'stlaringiz bilan baham: |