Shaxsiy rivojlanishga oid Erikson nazariyasining qisqacha mazmuni
Onalik tushunchasi mavzusi yoritilganda "rivojlangan psixologiya nuqtai-nazarida ota-ona bo’lishning ahamiyati" haqida yoritilgan edi, Freyd nazariyasi faqat bolalik davri bilan chegaralangan, Erikson nazariyasi bo’yicha esa, shaxsning rivojlanishi inson hayotini ohirigacha davom etadi. Erikson nazariyasi bo’yicha, har bir bosqich o’ziga xos ziddiyatlar bilan kechadi, ularni ijobiy bartaraf etilganda keyingi bosqichga hotirjam o’tiladi. Inson hayotining 8ta bosqichi quyidagi jadval ko’rinishida yoritilgan:
Erikson bo’yicha shaxsni rivojlanish bosqichlari
Rivoj-lanish
bos-
qichi
|
Ruhiy
ijtimoiy vazifalar
va krizis
|
Asosiy
hislat shahsning yashash qobiliyati
|
Nufuzli ahamiyatga
ega bo’lgan shahs
|
Muhim ahamiyatga
ega ijtimoiy komponentlar
|
Ruhiy
Ijtimoiy
modallik
|
I.
|
Ishonch
ishonchsizlik
|
Istak
(umidlar)
|
Ona
|
Ochiq
kenglik
|
Erishish
teskari
burilish
|
II.
|
Erkinlik
jur’atsizlik
|
Niyat
|
Ota-ona
|
Qonun va
qoidalar
|
Dalda
(madad,)
Pasayish
|
III.
|
Tashabbuskorlik
aybdorlik
hissi
|
Maqsad
|
Oila asosi
|
Ko’rinish
timsoli
|
Kashf etish
(talab qilmoq)
(kashf etmoq…..)
(qiziqish)
|
IV.
|
Mohirlik
noraso
|
Foydalilik
(qobiliyat)
|
Qo’shnilar va
maktab
|
(Tamoil)
|
Predmet (narsa)
(yaratish natijaga erishish)
|
V.
|
Shahsni
Identifikatsiyasi
Roller
chalkashligi
|
vafodorlik
|
Do’stlar
davrasi
peshqadamlik
|
Mafkura
Istiqbol
|
Tabiiy harakatlar (yoki teskarisi)
O’zaro ta’sir
|
VI.
|
Yaqinlik
Yolg’izlik
|
Oshiqlik
|
Dostlik,
sevgi,
bellashuv
ishdagi hamkorlik
|
Ko’makla-shish
va bellashuv
|
Begonalar
orasida o’zini yo’qotish va
toppish
|
VII.
|
Insonparvarlik
o’z-o’ziga singishi
|
G’amho’rlik (bog’liqlik)
|
Uy ishlaridagi birgalikdagi tirishqoqlik
|
Ilm olishni va
urf-odatlarni davom ettirish
|
Mavjudlikni asoslash
Parvarishlash
|
VIII.
|
Butunlik
ilojsizlik
|
Donolik
Mening avlodim
|
Inson nasli
|
Mulohaza-
korlik
|
O’z hayotini
qabul qilish
O’z hayotidan ilojsizlik
|
2. Jinsiy erkinlikning rivojlanish bosqichlari.
Insonlar bir-biriga yordam berib yashaydilar, har bir inson bir bosqichdan boshqa bosqichga o’tganda, atrofdagi insonlarga yordam berishi yoki ta'sir ko’rsatishi mumkin.
Jinsiy rivojlanish birdaniga shakllanib qolmay, balki tug’ilgandan boshlab bosqichma-bosqich, sekin asta rivojlanib boradi.
Buning uchun avvalo jismoniy erkinlikka, ruhiy erkinlikka, kundalik hayotdagi erkinlikka va ijtimoiy mustaqillikka erishib, keyinchalik jinsiy erkinlikka erishiladi va bu o’z o’rnida har tomonlama erkinlikni egallashga yordam beradi.
Erkinlikni rivojlanish bosqichlari
Yuqoridagi sxemada rivojlanish bosqichlarining piramidasi ko’rsatilgan. Eng pastki bosqich jismoniy erkinlik, kattalashgan sari u keyingi bosqichga o’tadi. Eng ohirgi bosqich jinsiy erkinlik bosqichi bo’lib, u hamma rivojlanish bosqichlarini qamrab oladi. Agar jinsiy erkinlik bosqichi boshqa bosqichlardan pastda joylashsa, ayollar va erkaklar o’rtasidagi muammolar osonlik bilan kelib chiqar edi.
3. Ayol hayoti davrlarida jinsning rivojlanishi va vazifalari.
1) Embrional va erta bolalik davrida seksual hususiyatlar
I- Ona qorni ichidagi davri
Homilaning ona qorni ichidagi davri
Homilaning ona qorni ichidagi davrining seksual hususiyatlari, biologik jinsni bo’linishi bosqichida, ya'ni o’g’il yoki qiz bolaning tashqi va ichki jinsiy a'zolarini shakllanish jarayoni bilan xarakterlanadi.
Organizmda tuxum hujayra urug’langanda o’g’il yoki qiz bola jinsi belgilanadi, tug’ilgandan so’ng inson shu jins bilan yashaydi. Shuning uchun, inson hayotida, bu davrning seksual hususiyatlari va muammolari katta ahamiyat kasb etadi.
Jinsiy tafovutning asosiy nisbati
Inson umrini tabiiy tug’ma jinsda o’tkazadi, ammo ba'zi hollarda jinsiy farqlanishda nuqsonlar uchraydi (germofroditizm). Bunday hollarda asosiy qo’llaniladigan choralar jarrohlik yoki gormonal davo o’tkazishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |