II- Emizikli davr
Emizikli davrda bosh miya jinsiy harakatlarni boshqaradi va rivojlantiradi, shuning uchun emizikli davr seksuallikni anglashda muhim ahamiyatga ega. Nasldan o’tgan jinsni anglash, jinsiy a'zolarda nuqsonlar bor yo’qligini aniqlash, qiz bola yoki o’g’il bola jinsini aniqlash emizikli davrning seksual masalalari hisoblanadi. Bunda jins o’z seksual harakatlarini anglab yetgan holda bildirishini inobatga olish kerak.
Emizikli davrning seksual muammolari, bu ota-onalarning bolaning hohish istaklarini qondirmasliklari hamda kasalmand va rivojlanishda orqada qolgan bolalarning ota - onalari bilan muloqotga kirishishlarida kelib chiqadigan qiyinchiliklardan iborat.
Erta bolalik davri (jinsiy rolni egallash asoslari)
Jinsiy tafovut (ismi bo’yicha, kiyim rangi, o’yinchoqlar), jinsiy hulq-atvor (jinsiy tafovut bo’yicha ovqatlanish hususiyatlari) jinsiy muayyanlik (o’g’il yoki qiz bola sifatida o’zini bir jinsga tegishli ekanligini anglaydi). Bola 2-3 yoshligidan boshlab, tengdoshlarini jinsiga qarab ajrata oladi va o’zini qiz bola yoki o’g’il bola kabi tutadi. 5-6 yoshdan boshlab esa , ongsiz ravishda ota yoki onasi jinsiga o’zini muayyan tegishli hisoblab, ularning harakatlarini aks ettiradilar. Jinsiy rolning shakllanishida, shu yoshda bolaning o’zini jinsiga mos tutishini rag’batlantirish, katta ahamiyat kasb etadi.
Erta maktab davrining seksual hususiyatlari.
Bu davrga kelib, jinsiy belgilarga qarab ajratish yakunlanadi. Maktab davrida
yangi do’stlar bilan muloqot jinsiy rollarni paydo bo’lishini kuchaytiradi. Jinsiy mayl, jinsni anglash va jinsiy harakatlar susayadi.
Bu yoshdagi muammolar asosan tengdoshlar orasidagi yomon munosabatlarda va jinsiy harakatlar tufayli aybdorlik hissi paydo bo’lishida ko’rinadi.
III- Jinsiy yetilish davrining seksual hususiyatlari.
A ) Jinsiy rollarni rivojlanishi.
Ilk jinsiy yetilish davri.
Ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’lishi. O’smirlarda jismoniy rivojlanish tufayli o’zining jinsiga mansubligiga ishonch va mardlik tuyg’ulari barvaqt paydo bo’ladi. Qizlarda esa ayollik hissi kechroq rivojlanadi, bu his birinchi hayz ko’rish boshlaganda uyg’onadi.
Kechki jinsiy yetilish davri.
Jinsiy rollar rivojlanishi bilan har xil muammolar kelib chiqishi mumkin.
Jamiyat manfaatlari nuqtai nazarida, ayollar rolini qabul qilish qiyinroq kechadi, chunki jamiyatda ayollar mavqei erkaklarnikidan pastroqda turadi. Bu farqlar, qiz bola rivojlanishi bilan birga jinsiy rolni anglab yetishiga va ayollik nazokati shakllanishiga ta'sir ko’rsatadi.
B ) Seksual mayl. Seksuallikni anglab yetish, jinsiy faoliyatni rivojlanishi
Seksual mayl, jinsiy faoliyatni faol namoyon bo’lishi.
Jinsiy gormonlarning ishlab chiqishi ko’payishining natijasida jinsiy maylning
ortishi va jinsiy aloqa uchun hohish paydo bo’ladi. Ba'zi hollarda bu davrda jinsiy aloqalor kuzatiladi.
Tashqi ko’rinishni va hulq-atvorni o’zgarishi
Organizmdagi sodir bo’layotgan o’zgarishlar, haddan tashqari ta'sirchanlikka va ko’ngli noziklikka olib keladi, bu ortiqcha e'tiborga sabab bo’ladi, shuning uchun begonalarning qarashlari, tengdoshlariga nisbatan o’zining ko’rinishidagi kamchiliklar borligi ularni bezovta qiladi.
Jinsiy mayl haqidagi ma'lumotlar va tengdoshlarining ta'siri jinsiy faoliyatga ta'sir etishi mumkin.
C ) Rivojlanish vazifalari.
Ikkilamchi jinsiy belgilarining hususiyatlariga oid
Individual tafovutni hisobga olgan holda, jinsiy a'zolarning morfologik hususiyatlari.
Birinchi hayz kelishi va ihtilomni - ijobiy qabul qilmaslik.
Qo’pol jinsiy aloqani boshdan kechirish.
Istalmagan homiladorlik
Jinsiy infeksiyalar
Ovqat qabul qilish bilan bog’liq o’zgarishlar
Fohishabozlik
Do'stlaringiz bilan baham: |