ILOVALAR ...…………………………………………………………………….
Kirish
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Hozirgi paytda dunyo aholisi sonini keskin ko`payib ketayotgan bir payitda, ularni oziq ovqatga shu jumladan mevalarga bo`lgan ehtiyoji ham ortib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning o`rtasida joylashgan mamlakat bo`lganligi uchun quyoshli kunlari ko`p va yozi uzoq davom etadi. Bunday sharoitda bog`dorchilik bilan shug`illanish juda qulay va mamlakatimiz iqtisodiyotiga katta hissa qo`sha oladi. O`zbekistondagi eng issiq viloyat bu Surxondaryo viloyati hisoblanadi, shuning uchun har qaysi turdagi mevalar birinchi bo`lib o`sha viloyatdan mamlakatimizning boshqa viloyatlariga tarqaladi. Surxondaryo viloyatida 14 ta tuman bo`lib bular orasida Oltinsoy tumani iqlimi va tuproq sharoitlari yaxshiligi tufayli alohida o`ringa ega hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 5-noyabr kuni meva-sabzavotchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va eksportini oshirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan bog‘dorchilik tarmog‘i va issiqxona xo‘jaliklarida boshqaruv tizimini yaxshilash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish, qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, oziq-ovqat sanoatini jadal sur’atlarda rivojlantirish maqsadida qator farmon va qarorlar qabul qilindi. 2020 — 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Oltinsoy tumanida sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohasida umumiy qiymati 84,0 mlrd so‘mlik 113 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 973 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, yo‘l-transport infratuzilmasi, ichimlik va oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun 14,3 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.Shunga qaramasdan, jahon bozorida meva-sabzavot mahsulotlari savdosi 205 milliard dollarni tashkil etgan bir paytda, bizning ulushimiz atigi bir foizga ham yetmayapti. Rеspublikamiz qishloq xo'jaligining muhim tarmoqlari bo'lgan bog'dorchilikni yanada rivojlantirish, yеtishtirilayotgan mеva hosilining miqdori va sifatini oshirishning asosiy shartlaridan biri mеvali daraxtlarni zararli organizmlardan, jumladan kasalliklardan himoya qilishdir. Yuksak o‘simliklarning kasalliklari muhim patologik jarayon bo‘lib, atrof-muhit bilan chambarchas holda kechadi. Ushbu jarayonga o‘simliklar immunitetining pastligi, shuningdek, bir qancha, ya’ni abiotik (tashqi muhit ta’siri, harorat, tuproq namligi, yog‘ingarchilik), biotik (patogen/parazit hasharot, virus, bakteriya va zamburug‘ kasalliklari) omillar ta’sir etadi. Asosan, daraxt va buta o‘simliklarning 97 % ini Basidiomycota va Ascomycota zamburug‘lariga mansub bo‘lgan patogen turlar zararlantirib, turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. […….] Qolgan 2% ini bakteriyalar va 1% ini esa viruslar keltirib chiqaradi. Urug'li va danakli mеvali daraxtlar, tok, yong'oq, anor va anjirda bir nеcha o'nlab zamburug', baktеriya, virus, fitoplazma va nеmatodalar qo'zg'atadigan infеksion kasalliklar mavjud bo'lib, ular hosilning ko'p qismini nobud qilishi mumkin.
O'zbеkiston iqlimi, xususan qish nisbatan iliq, bahor va yoz boshi sеrnam va iliq bo'lishi kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar qishda hayotchanligini saqlashi, o'simliklar o'suv davrida esa kasalliklar tarqalishi va rivojlanishi uchun juda qulay sharoit yaratadi. […….] Natijada ba'zi kasalliklar ( tokning un-shudring va antraknoz, barcha mеvali daraxtlarning qora rak, ildiz bo'g'zi raki, sitrus ekinlarining gommoz, ildiz chirish kasalliklari va b.) har mavsumda va dеyarli barcha bog'larda va uzumzorlarda qayd etiladi. Kurash choralari o'tkazilmagan hollarda bu kasalliklarning ba'zilari (misol uchun, tokning un-shudring kasalliklari va ba'zi boshqalar) hosilni butunlay yo'qotilishiga olib kеladi. […….]
Patogen zamburug‘lar va ularning kasalliklari hamdo‘stlik, Yevropa, AQSh va boshqa ko‘pgina davlatlarda o‘rganilgan bo‘lib, bu ilmiy ishlar, asosan, shu davlatlarga xos flora vakillarida olib borilgan. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, hozirda rivojlangan va rivojlanib borayotgan davlatlarning daraxt-o‘rmon o‘simliklarida zang, un-shudring, turli dog‘lanish, ayniqsa, chirish, qurish kasalliklarini keltirib chiqaruvchi patogen turlarning yildan yilga keng tarqalib borishi kuzatilmoqda. […….]
Surxondaryo viloyatida Yo.S. Solieva[1; 21-b.] tomonidan yuksak o‘simliklarda tarqalgan mikromitsetlar o‘rganilgan bo‘lib, daraxt va butalarda 305 dan ortiqroq zamburug‘larning uchrashi haqida ma’lumotlar berilgan. Ammo ushbu keltirilgan ilmiy natijalar Respublikaning janubiy hududi dendroflrorasining patogen zamburug‘lari haqidagi bilimlarni to‘la yoritib bera olmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi ,,O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti” olimlari tomonidan ,,Janubiy O‘zbekiston dendroflorasining patogen zamburug‘lari va ularning tarqalish xaritasini tuzish” loyihasi ostida Boysun tumani dendroflorasining patogen zamburug‘larini tahlil qiligan va ularning tarqalish xaritasini tuzgan. Tadqiqot natijasida 43 turkumga mansub 90 tur patogen zamburug’ o’rganilgan[2; 34-b.]. Bizning ilmiy adabyotlarimiz taxlil etishimiz natijasida, shu ma’lumotni oldim ya’ni O‘zbekistonda foydali bo‘lgan daraxt va buta o‘simliklarining mikobiotasi kompleks o‘rganilmagan. Shuningdek, Respublikamiz dendroflorasining patogen makromitset va mikromitsetlarining konspekti va ularni qanday kasalliklar keltirib chiqarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetarli emas. Bu esa fitopatolog va o‘simliklarni himoya qilish sohasi olimlari uchun ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli, Respublikamizning mikolog olimlari oldida turgan eng muhim, bir necha o‘n yillarga mo‘ljallangan dolzarb ilmiy ishlardan biri bu O‘zbekistonning turli hududlarida tarqalgan daraxt va buta o‘simliklarining patogen mikobiotasini o‘rganish asosida turli xil kasallikni keltirib chiqaruvchi zamburug‘larning sistematik va taksonomik tahlili, bioekologiyasi, boshqa davlatlardan kirib kelayotgan xavfli invasion-begona patogen turlarni aniqlash, mikologik monitoring qilish va ularning tarqalish xaritasi hamda elektron ma’lumotlar bazasini yaratishni taqozo etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |