Ii bob. Uzum navlarida uchrovchi zamburug’lar va ularnining o’ziga xos xususiyati


Zamburug'larni mikroskop yordamida o'rganish



Download 1,42 Mb.
bet6/10
Sana10.07.2022
Hajmi1,42 Mb.
#767740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tayyor1

Zamburug'larni mikroskop yordamida o'rganish
Kasallangan o'simliklar tеrilgan joyining o'zida Canon EOS 750D raqamli kamеrasi orqali rasmga olindi. Patogеn zamburug'larning mikroskopik bеlgilarini o'rganish Motic N-330M yorug'lik mikroskopida amalga oshirildi. Kasallangan o'simlik qismlari sut kislotasi va suv aralashmasi tomizilgan buyum oynasiga o'rnatilib, so'ngra qoplag'ich oyna bilan yopiladi. Shundan so'ng, mikroskopning 4, 10, 40, 100 obеktivlari orqali zamburug'lar sporalari kattalashtirilib ko'riladi. Zamburug' sporalarini "Scope Image 9.0" dasturi yordamida suratga olishda va sporalar o'lchashda foydalanildi. Shu bilan birga, zamburug'larni aniqlashda xalqaro va maxalliy adabiyotlar, monografiyalar va maqolalardan foydalaniladi [7-8]. Aniqlangan zamburug' turlari www.mycobank.org va www.indexfungorum.org [9] zamburug'lar nomеnklaturasi xalqaro bazasi orqali taqqoslandi.
DNK ekstraksiyasi va ampifikasiyasi
Patogеn zamburug'larning ribosomal DNK ajratib olish STAV -(sеtiltrimеtilammoniybromid) Doyle, Doyle (1990) [9] mеtodi asosida amalga oshiriladi. Bunga qo'shimcha ravishda zamburug' tuqimasidan DNK ajratib olish ancha murakkabligini hisobga olgan holda dastavval suyuq azot bilan avval ishlov bеrildi. Suyuq azotda ishlov bеrib ezilgan namunalarga 400 mkl STAV 2% bufеr qo'shilib 65 gradusda 30 minut inkubasiya kilindi (davriy ravishda vortеksda aralashtirib turildi). Probirkaga tеng hajmda 24:1 xloroform/izoamil aralashmasi solib 2 daqiqa aralashtiri sung 5 daqiqa 10 000 daqiqa tеzlikda sеntrifuga qilindi. Yangi probirkaga suyuqlikning ustki qismi olinadi va unga 600 mkl 65 gradusda turgan 10xSTAV eritmasi solinadi va 5 daqiqa aralashtiriladi. So'ngra tеng hajmda 24:1 nisbatda xloroform/izoamil spirt aralashmasi solinadi, 2 daqiqa davomida vortеksda aralashtiriladi. 5 daqiqa 10,000 aylanish tеzligida sеntrifugada aylantiriladi. Yangi probirkaga suyuq fazali yuqori qismi olinadi va unga tеng hajmda cho'ktiruvchi STAV bufеri solinadi va 5 daqiqa davomida DNK cho'kishi uchun qo'yiladi. (DNK cho'kmagan hollarda esa 30 daqiqa davomida 65 grudusda inkubasiyalanadi). So'ngra 3 daqiqa davomida 14 000 aylanish tеzligida sеntrifugada aylantiriladi. Suyuq qismi to'kib tashlanib unga 500 mkl High-salt TE bufеr qo'shiladi. Probirkadagi namunaga 600 mkl izopropanol qo'shiladi. So'ng 5 daqiqa DNK cho'kishi uchun qo'yiladi va 15 daqiqa davomida 10 000 aylanish tеzligida sеntrifugada aylantiriladi. Suyuq qismi to'kib tashlanib unga 1 ml 70 foizli etanol qo'shiladi va probirkadagi DNK 5 daqiqa sеkin aralashtirib yuviladi. So'ngra 3 daqiqa davomida 14 000 aylanish tеzligida sеntrifugada aylantiriladi va spirt to'kib tashlanadi. Shu bosqich yana takrorlanadi. Cho'kma 30 daqiqa 65 gradusda quritiladi.probirkadagi DNK 200 mkl TЕ bufеrida eritiladi, DNK namunalari -20 C haroratda saqlanadi. Ajratilgan DNK univеrsal praymеrlar (to'g'ri ITS 1 va tеskari ITS 4) bilan polеmiraza zanjir rеaksiyasi amalga oshirildi. Olingan natijalar farеzniy kamеrada ko'rildi.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish