Samarasiz eskirgan uzumzorlar o‘rniga intensiv uzumzorlar tashkil etish
DASTURI
T/r
|
Hudud nomi
|
Fermer va qishloq xo‘jaliklari soni
|
Samarasiz uzumzorlar maydoni
(ga)
|
Intensiv uzumzorlar tashkil etish
|
Loyihaning umumiy qiymati (mln so‘m)
|
shu jumladan, moliyalashtirish manbalari:
|
Talab etiladigan ko‘chatlar soni (ming dona)
|
2020-yil
|
2021-yil
|
Tashabbuskorlar mablag‘i (mln so‘m)
|
Bank krediti (mln so‘m)
|
Uzumchilik
va vinochilikni rivojlantirish agentligi mablag‘i
(mln so‘m)
|
|
Jami
|
382
|
1 367,2
|
1 013,2
|
354,0
|
72 859,0
|
28 858,8
|
41 150,2
|
2 850,0
|
1 818
|
1.
|
“Haydar Nomozov” SIU
|
4
|
31,7
|
31,7
|
|
1 585,0
|
634,0
|
951,0
|
|
42
|
2.
|
“Suvqulisoy irmog‘i” SIU
|
6
|
17,0
|
17,0
|
|
850,0
|
510,0
|
340,0
|
|
23
|
3.
|
“Alpomish yulduzi” SIU
|
5
|
17,2
|
17,2
|
|
761,0
|
456,6
|
304,4
|
|
23
|
4.
|
“Bobur chashmasi” SIU
|
90
|
204,3
|
135,0
|
69,3
|
11 115,0
|
4 266,0
|
6 399,0
|
450,0
|
272
|
5.
|
“Do‘g‘oba chashmasi” SIU
|
32
|
93,8
|
75,0
|
18,8
|
4 888,5
|
1 875,4
|
2 813,1
|
200,0
|
125
|
6.
|
“Sayrak jilg‘alari” SIU
|
35
|
107,7
|
92,0
|
15,7
|
6 072,5
|
2 249,0
|
3 373,5
|
450,0
|
143
|
7.
|
“Ulug‘bek marvaridi” SIU
|
51
|
171,2
|
125,0
|
46,2
|
8 977,5
|
3 511,0
|
5 266,5
|
200,0
|
228
|
8.
|
“Xoliq Qosimov suvchilari” SIU
|
24
|
124,4
|
95,0
|
29,4
|
6 470,0
|
2 488,0
|
3 732,0
|
250,0
|
165
|
9.
|
“Xo‘jasoat suvchilari” SIU
|
36
|
269,7
|
196,0
|
73,7
|
15 226,5
|
5 682,6
|
8 523,9
|
1 020,0
|
359
|
10.
|
“Shirin miroblari” SIU
|
23
|
83,5
|
70,0
|
13,5
|
4 574,0
|
1 717,6
|
2 576,4
|
280,0
|
111
|
11.
|
“Qorliq chashma buloqlari” SIU
|
15
|
37,3
|
37,3
|
|
1 865,0
|
1 119,0
|
746,0
|
|
50
|
12.
|
“Qo‘shchinor” massivi
|
5
|
16,0
|
16,0
|
|
800,0
|
480,0
|
320,0
|
|
21
|
13.
|
“Xayrandara miroblari” SIU
|
29
|
121,6
|
56,0
|
65,6
|
6 080,0
|
2 432,0
|
3 648,0
|
|
162
|
14.
|
“Vaxshivorsoy irmoqlari” SIU
|
27
|
71,9
|
50,0
|
21,9
|
3 594,0
|
1 437,6
|
2 156,4
|
|
96
|
Damak ushbu qarorga asosan ___________ uzumzorlardagi ekinlar o’rniga yangi uzumzorlar tashkil etiladi, bu esa Oltinsoy tumanining suv bilan taminlanishi qiyin bo’lgan maydonlarida ham qo’shimcha hosil olish imkonyatini yaratadi.
I Bob bo`yicha xulosa
Yuqoridagi ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, Sho`rchi tumani tuproq va iqlim sharoitlari tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega bo`lgan tumanlardan biridir. Ammo antropogen omillarning tabiatga ta`siri kuchaygan sayin patogen zambrug`larni ham chidamliligi ortib bormoqda va mevali daraxtlarni hosiliga jiddiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shuning uchun tuman hududidagi bog`larda va tabiiy sharoitda o’sayotgan o’simliklarning turli zararlanish darajalarini o’rganib, ularni qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, o’simliklarni himoya qilish bo’limi va boshqa yo’nalishga tadbiq qilish nihoyatda katta ahamiyatga egadir.
II BOB. UZUM NAVLARIDA UCHROVCHI ZAMBURUG’LAR VA ULARNINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATI
2.1. Uzum navlarida uchrovchi zamburug’larni o’rganish bo’yicha olib borilgan tadqiqot ishlarning qiyosiy taxlili
Zambrug`lar qadim zamonlardan beri istemol qilingan. Qadimgi yunonlar qo`ziqorinlar jangchilarga kuch beradi deb ishonishgan. Rimliklar ularni “xudolarning taomi” (Food of the Gods) deb bilishgan. Asrlar davomida Xitoy madaniyati qo`ziqorinlarni qadrlagan va ularni sog`lom oziq ovqat, “hayot eliksiri” ( elixir of life) deb atashgan. Odamlar qadim zamonlardan boshlab o‘simliklarda kasalliklar paydo bo‘lishining sabablarini aniqlash, ularni davolash vositalarini topish va kasalliklarning oldini olish uchun harakat qilishgan. Boshoqli ekinlarning qorakuyalari, ekin hosilini pasaytiruvchi poya va barglardagi zang va un-shudring – bu va boshqa kasalliklar dehqonlarni bezovta qilishi turgan gap edi. Zamburug‘larni muntazam ravishda o‘rganish XVII asrda Van Levenguk mikroskopni kashf etganidan keyin boshlandi. Shu asr o‘rtalarida Robert Guk va Marchello Malpigi birinchi bo‘lib atirgulda zang qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ning kattalashtirilgan tasvirini ko‘rishdi. Ammo ular zamburug‘ni mustaqil organizm deb qabul qilmadi, balki o‘simlik hayot kechirishida paydo bo‘lgan mahsulot deb o‘ylashdi. Zamburug‘lar tabiati olimlar uchun noma’lumligicha qolaverdi [12; 15- 22-b.]. Fransuz botanigi M. Tillet 1775-yilda bug‘doyning qorakuya kasalligi urug‘larning qorakuya changi bilan zararlanishining natijasi ekanligi, ushbu chang esa “yuqumli zahar”ni bug‘doyga yuqtiradigan faol agent ekanligi haqida xabar qildi[12; 15-22-b.]. Boshqa fransuz botanigi – Benedikt Prevo – 1807-yilda qorakuya rivojlanishining sababi parazit zamburug‘ ekanligini tadqiqotlarda isbotladi. U zamburug‘ o‘simlikka qanday qilib kirishini va to‘qimada qanday rivojlanishini o‘ziga tasavvur ham qila olmasdan turib, bug‘doy urug‘ini mis sulfat va mis karbonat bilan dorilash bo‘yicha ko‘p tadqiqotlar o‘tkazdi, urug‘ dorilash qorakuyaga qarshi samara berishini aniqladi va aslida bug‘doyni qattiq qorakuyadan himoya qilish masalasini hal qildi. O‘simlik kasalliklari paydo bo‘lishi sabablarini tadqiq qilishda va bunda zamburug‘larning rolini kashf etishda muayyan burilish faqat XIX asrda 1830-yillar oxiri - 1840-yillar boshlarida yuz berdi [12; 15-22-b.]. Olimlarni hujayra tuzilishi va o‘simliklarning individual rivojlanishi muammolari tobora o‘ziga jalb qila boshladi. Yangi yo‘nalish fiziologik botanika nomini oldi. Asta-sekin fiziologik tadqiqotlar mikologiya faniga ham kira boshladi. Bu davrda ikkita yo‘nalish – zamburug‘lar rivojlanishi sikllarini o‘rganish hamda parazit turlarni va ularning o‘simlik kasalliklari paydo bo‘lishidagi tutgan o‘rnini tadqiq qilish yo‘nalishlari – katta ahamiyat kasb etdi. Fransuz botanigi, Parij fanlar akademiyasining a’zosi, professor Lui Rene Tyulyan qorakuya, zang, un-shudring va boshqa zamburug‘larning hayot kechirish sikllari – rivojlanish sikllarini tadqiq qildi. U ukasi Sharl Tyulyan bilan birga pleomorfizm hodisasini – ya’ni bitta zamburug‘ turi morfologiyasi har xil bo‘lgan sporalash shakllarini hosil qila olishini aniqladi. Bu kashfiyotga qadar sporalashning har bir alohida xili zamburug‘ning mustaqil turi sifatida qabul qilinar edi. Sporalash xillari morfologiyasi bo‘yicha bir-biridan keskin farq qilganida ular har xil turkum, oila va hatto sinflarga mansub, deb hisoblanar edi. Aka-uka Tyulyanlarning asosiy xizmati – ular zamburug‘larni tadqiq qilish uchun yangi, maxsus metod – zamburug‘larni spora o‘sishidan boshlab butun rivojlanish davrini tekshirish usulini qo‘llaganligidir. Olimlar boshoqli o‘simliklarda un-shudring qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ misolida sporalashning har xil turlari orasidagi aloqani kashf etishdi [12; 15-22-b.]. Mikologiya fan sifatida XIX asrning o‘rtalaridan jadal rivojlana boshladi. Buning uchun Charlz Darvinning (1809-1882) evolyusion nazariyasi, hujayra nazariyasi hamda mikroskopni takomillashtirish imkon yaratdi. Ayniqsa suyuqlikda mikroorganizmlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi haqidagi tushunchaning (F. Unger nazariyasining) noto‘g‘riligini isbotlagan va kasalliklar paydo bo‘lishining parazitar nazariyasiga asos solgan fransuz olimi Lui Paster (1822-1895), nemis mikrobiologi Robert Kox va nemis mikologi Anton de Barining ishlari o‘ta muhimdir [12; 15- 22-b.]. Mikologiya fani va uning asosida fitopatologiya fani ham shakllanishida hal qiluvchi rolni nemis mikologi Genrix Anton de Bari (1831-1888) o‘ynagan. Anton de Bari 1853-yilda «Qorakuya zamburug‘larini tadqiq qilish» nomli ilmiy ishini chop etdi. Bu ish asosan zamburug‘larning sporadan sporagacha bo‘lgan rivojlanish siklini aniqlashga bag‘ishlangan edi. Olim zamburug‘larni tadqiq qilishning o‘sha davrda ishlatilayotgan morfologik usuliga zid bo‘lgan yangi – ontogenetik – metod yaratdi. Ushbu ishida A. de Bari nafaqat o‘simliklar parazitlari bo‘lgan zamburug‘lar haqida qoida ishlab chiqdi, u o‘simliklarda uchraydigan qorakuya va boshqa zamburug‘larning sporalari o‘simlik to‘qimalaridan emas, balki mitseliydan hosil bo‘lishini tajribalarda isbotladi. Bu kashfiyot o‘simlik kasalliklari haqidagi fanda to‘ntarilish yasadi. A. de Bari 1861-yilda kartoshka zamburug‘i – fitoftora haqidagi ishini chop etdi. 1845- va 1847-yillarda kasallik bilan Buyuk Britaniya, Belgiya, Fransiya, Germaniyaning g‘arbi va Rossiyaning shimoliy-g‘arbida barcha kartoshka dalalari zararlandi va bu xalq uchun fojiaga aylandi (Irlandiyada 1,5 mln odam ocharchilikdan o’ldi va 2 mln odam Amerikaga ko’chib ketdi). A. de Barining tadqiqotlari fitoftorozning sababini va kasallik rivojlanishi xususiyatlarini hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi Phytophthora infestans zamburug‘ini aniqlashga imkon berdi [12; 15-22-b.]. Kasallikning infeksion tabiatini aniqlash uchun A. de Bari birinchi bo‘lib o‘simliklarni sun’iy zararlash metodini qo‘lladi. Uning tajribalari zamburug‘larning biologiyasini – kasallik qo‘zg‘atuvchilarini, ularning o‘simliklarga kirishi va to‘qimalarda tarqalishi xususiyatlarini, o‘sishi va ko‘payishini o‘rganishga imkon berdi. Agar oldin zang zamburug‘lari sporalarini o‘stirish bo‘yicha tajribalar o‘tkazgan L. R. Tyulyan ular mitseliy iplarini (gifalarini) hosil qilishini ko‘rsatib bergan bo‘lsa, A. de Bari, zamburug‘ sporalarini tirik xo‘jayin o‘simlikda o‘stirib, mitseliy to‘qimalarga kirishini, keyin unda konidiofora va konidiyalar paydo bo‘lishini ko‘rsatib berdi. A. de Bari, birlamchi infeksiya manbai bo‘lgan sporadan xo‘jayin o‘simlikda spora hosil bo‘lgunigacha davrni o‘z ichiga olgan zamburug‘ning individual rivojlanish jarayonini o‘rganishda birinchi bo‘lib ontogenetik metodni qo‘lladi. Ustitsa yoki epidermis orqali zamburug‘ sog‘lom barg ichiga kirishini ko‘rsatib, A. de Bari birinchi bo‘lib zamburug‘ o‘simlik uchun infeksion (yuqumli) ekanligini, ya’ni uning parazit ekanligini aniqladi. Mikologiya va fitopatologiya rivojlanishida A. de Bari zang zamburug‘lar biologiyasini tadqiq qilish bo‘yicha o‘tkazgan tajribalari ham muhim rol o‘ynadi. Yana o‘simliklarni sun’iy zararlash metodini qo‘llab, olim Tyulyanning zang zamburug‘lari ikki guruhga bo‘linishi haqidagi nazariyasi noto‘g‘ri ekanligini, haqiqatda esa esio-, uredinio- va teliosporalash bosqichlari ayni bir tur zamburug‘ga mansubligini isbotladi. A. de Bari o‘simlik dunyosida har xil xo‘jayinlilik hodisasi mavjudligini, bug‘doyda poya zangi kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ning ayrim rivojlanish bosqichlari boshoqli o‘simliklarda, boshqalari esa zirkda o‘tishini isbotladi [12; 15-22-b.]. Anton de Bari ishlab chiqqan eksperimental metod o‘simliklarda kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larni tadqiq qilishda keng qo‘llanila boshlandi. Shu vaqtdan e’tiboran mikologiya fan sifatida rivojlanishida yangi davr boshlandi, A. de Bari esa, haqli ravishda, mikologiya va fitopatologiya fanlarining «otasi» deb hisoblanadi. Zamburug‘lar yashash tarzini ifodalash uchun olim parazit zamburug‘lar va saprofit zamburug‘lar terminlarini kiritdi. U o‘simlik kasalliklari rivojlanishida parazitizmning rolini aniqladi. A. de Barining zamburug‘lar parazitizmi haqidagi nazariyasi kelajakda fitopatologiya rivojlanishining asosi bo‘lib xizmat qildi. Anton de Barining shogirdi, rus olimi akademik Mixail Stepanovich Voronin (1838-1903) Rossiyada mikologiya va fitopatologiya fanlarining asoschisi deb hisoblanadi. U karam kilasi kasalligining infeksion tabiatini isbotladi, qo‘zg‘atuvchisini (Plasmodiophora brassicae) va uning rivojlanish siklini aniqladi; zamburug‘ boshqa butguldoshlarga mansub ekinlarni zararlay olishini ko‘rsatib berdi [12; 15-22-b.]. M. S. Voronin kungaboqarning zang kasalligini va uning qo‘zg‘atuvchisi (Puccinia helianthi) ning rivojlanish siklini tadqiq qildi. U olgan ma’lumotlar mikologiya va fitopatologiya orasidagi aloqani tasdiqladi: kasallik qo‘zg‘atuvchisi haqidagi ma’lumotlar patologik jarayonni o‘rganish paytida to‘ldirildi va ular asosida himoya choralari ishlab chiqildi. M. S. Voronin tomonidan ekzobazidioz kasalliklari kashf etilishi fitopatologiyada katta hodisa bo‘ldi. Brusnikada vaqtivaqti bilan uchraydigan anomaliya – barglari xunuk shakl olishi, tusi o‘zgarishi, bu belgilar kamroq poyada, undan ham kam – gullarda uchrashi – bilan qiziqib qolgan olim uning qo‘zg‘atuvchisini aniqladi va bu bilan u yangi – Exobasidium vaccini turini kashf etdi. U zamburug‘ parazitizmini tajribada isbotladi va tabiatda boshqa o‘simliklarda ham ushbu turkumga mansub turlar parazitlik qilishini taxmin qildi. Haqiqatan, kasallik qo‘zg‘atuvchisi brusnikada aniqlangandan so‘ng, M. S. Voronin asoslagan Exobasidium turkumiga mansub boshqa turlar topilgani haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi. Ularni mikolog va fitopatologlar Yevropa, Osiyo, Avstraliya va Amerikada, har xil o‘simliklarda aniqlashdi. Shunday qilib fanda yangi oila va hatto Bazidiomitsetlar tarkibida yangi – Ekzobazidiomitsetlar tartibi yaratilishi uchun tipik tur va turkum asoslandi [12; 15-22-b.]. A. de Bari va shogirdlarining tadqiqotlari mikologiya va fitopatologiya fanlarining ilmiy asoslarini yaratdi. O‘simlik kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari sifatida olimlarning diqqat markazini zamburug‘lar egalladi. O‘simliklarda fitopatogen zamburug‘lar qo‘zg‘atgan boshqa kasalliklar (kartoshkaning fitoftoroz, tokning soxta un-shudring, karamning kila, g‘alla ekinlarining qorakuya, zang, un-shudring kasalliklari va b.) haqida ma’lumotlar tez to‘plana boshladi. Ayni mana shu kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini tadqiq qilish zamburug‘lar patogenligi haqidagi tasavvurni mustahkamladi. Rossiya mikologiyasi va fitopatologiyasi rivojiga botanik, Rossiya FA, keyin SSSR FA ning muxbir a’zosi Artur Arturovich Yachevskiy (1863-1932) ham katta hissa qo‘shdi. U 1901-yilda Peterburgda Rossiyada birinchi mikologik va fitopatologik stansiya, 1907-yilda esa «Mikologiya va fitopatologiya byurosi» ni tashkil qildi. Bu bo‘lim mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan mikolog va fitopatologlar uchun ilmiy markaz vazifasini bajardi. 1915-yildan boshlab A. A. Yachevskiy, mamlakatda tarqalgan o‘simlik kasalliklari haqida ma’lumotlarni to‘plab, ularni «Mikologiya va fitopatologiya bo‘yicha materiallar» nomli ilmiy ishlar to‘plamida chop eta boshladi. U butun dunyoda ma’lum bo‘lgan 500 dan ko‘proq ilmiy ishlarni, jumladan «Rossiyada g‘alla ekinlarining zang kasalliklari», «Fitopatologiya (o‘simliklar kasalliklari)», ikki tomli «Zamburug‘lar aniqlagichi», «Mikologiya asoslari» va boshqalarni chop etdi. Bu ilmiy ishlar Rossiya mikologiyasi va fitopatologiyasida katta rol o‘ynadi [12; 15-22-b.]. Olim atrofida qobiliyatli fitopatolog va mikologlar to‘plandi. Ular orasida A. A. Yachevskiyning shogirdi va ishlarining davomchisi Nikolay Aleksandrovich Naumov (1888-1959) ham bor edi. N. A. Naumov juda ko‘p muammolar, jumladan fitopatologiyaning nazariy aspektlari – zamburug‘lar parazitizmining kelib chiqishi, o‘simlik kasalliklari tarqalishining qonuniyatlari bo‘yicha ishlagan; muayyan kasalliklarni va fungitsidlarning ta’sir mexanizmlarini tadqiq qilgan; zamburug‘larning 25 ta turkumga mansub bo‘lgan 200 tadan ko‘proq yangi turlarining tashxislarini tuzgan. Ilmiy-tadqiqot bilan birga N. A. Naumov mikolog va fitopatolog mutaxassislarni tayyorlashga ko‘p diqqat qilgan[12; 15-22-b.]. XX asrning 20-yillarida fitopatologiyada ekologik yo‘nalish hukmronlik qildi. Ilmiy izlanishlarda kasallik qo‘zg‘atuvchisi bilan o‘simlik orasidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlashga ko‘proq ahamiyat berildi. Ayniqsa murakkab rivojlanish sikli va har xil xo‘jayinlilik xususiyati bo‘lgan zang zamburug‘larining ekologiyasiga ko‘p ishlar bag‘ishlandi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida mikologiya va fitopatologiya fanlari rivojlanishi yo‘nalishlarining biri kasallik qo‘zg‘atuvchilarining tabaqalanishi bilan bog‘liq edi. Shved olimi Y. Erikson va professor A. A. Yachevskiy 1894-yilda, mustaqil (bir-birining tajribalaridan bexabar) holda, poya zang zamburug‘ining (Puccinia graminis) har xil boshoqli ekin turlarini (bug‘doy, arpa va b.) zararlay olishi bilan farqlanadigan fiziologik formalarini aniqlashdi [12; 15-22-b.].
O’zbekiston hududida zamburug’larni o’rganish XX asrning boshlarida o’rganila boshlangan. K. I. Barbarin (1912) madaniy o‘simliklardagi kasalliklarni o‘rganish jarayonida Toshkent, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida tarqalgan zamburug‘ kasalliklari haqida ma’lumot bergan [12; 15-32 b.]. Keyinroq 1914-yilda N.G. Zaprometov boshchiligida “Turkiston o‘lkasi o‘simliklarni himoya qilish” markazi tashkil qilinib, mazkur markaz xodimlari tomonidan 1914-1928-yillar maboynida Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston hududida mikologik va fitopatologik tadqiqotlar olib borilgan. 1928-yilga kelib turli sistematik guruhlarga mansub mikromitsetlarning 767 turi aniqlangan [13; 5-145-b.].
Tut daraxtlari kasalliklari haqidagi birinchi ma’lumotlarni 1930-yilda N.G. Zapromeotov chop etgan. 1935-yildan boshlab, Respublikamizning tabiiy hududlarida P.N. Golovin rahbarligida Farg‘ona, Qorjontog‘, Ugam, Chotqol, Bobotog‘, Hisor va Zarafshon tizmalarida mikologik tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, 1945-yilga kelib Markaziy Osiyo mikobiotasining tarkibi 4000 turga yetadi [13; 5-145-b.]. 1950-yili P.N. Golovin Markaziy Osiyoda olib borilgan mikologik tadqiqotlarning ma’lumotlarini tahlil qilish va umumlashtirish asosida 2378 turdan ortiq zamburug‘lar haqida ma’lumot berib, ulardan 1278 turning O‘zbekistonda uchrashini qayd qilgan [14; 5-47-b.]. N.I. Gaponenko Amudaryoning qo‘yi qismida olib borgan mikologik tadqiqotlari natijasida zamburug‘larning 267 turini aniqlagan. Shuningdek, 1965- yili Buxoro viloyati mikobiotasini tadqiq qilib 369 tur haqida ma’lumotlar bergan [15; 5-144-b.]. O‘zR FA Botanika ITI, Mikrobiologiya ITI va O‘zbekiston Milliy universitetining bir guruh olimalari (S.S. Ramazanova, X.M. Kirgizbaeva, M.Sh. Sagdullaeva, N.I. Gaponenko, M.G. Gulyamova, F.X. Fayzieva, F.G. Axmedova, N.P. Kuchmi, M.N. Azimxodjaeva, Ya.S. Solieva) tomonidan mamlakatimizda birinchi bor chop etilgan aniqlagichlar (Flora gribov Uzbekistana) 8 tomdan iborat bo‘lib, I-tom un-shudring zamburug‘lari, II-tom tuban zamburug‘lar, III-tom zang zamburug‘lari, IV-tom qorakuya zamburug‘lari, V-tom och tusli gifomitsetlar (Moniliaceae), VI-tom to‘q tusli gifomitsetlar (Dematiaceae), VII-tom askomitsetlar va VIII-tom piknidali selomitsetlarga bag‘ishlangan [17]. F.G. Axmedova Tiyon-Shon tog‘larining janubi-g‘arbiy etaklari mikobiotasini o‘rganish davomida 472 turga mansub mikromitsetlarni aniqlagan [16; 5-22-b]. Yo.S. Solieva Surxondaryo viloyati yuksak o‘simliklari mikromitsetlarini o‘rganish davomida mikromitsetlarning 352 tur va formalarini aniqlab, ulardan 24 tur O‘zbekiston mikobiotasi uchun, 2 tur fan uchun yangi ekanligini qayd qilgan [1; 21-b]. Shuningdek, Yo.S., Solieva X.M Qirgizbaeva va boshqalar (1998, 2001) tomonidan Qizilqum va Amudaryo deltasining quyi qismi mikobiotalari tadqiq qilingan [17; 190-195-b], [1; 64-b]. X.X. Nuraliev Qashqadaryo viloyati yuksak o‘simliklari mikromitsetlarini o‘rganish davomida, 364 tur, 49 forma va 2 variatsiyani aniqlagan. Shundan, 24 tur O‘zbekiston mikobiotasi, 2 tur fan uchun yangi ekanligi keltirilgan [18; 18-b]. Yu.Sh. G‘afforov Namangan viloyati yuksak o‘simliklari mikromitsetlarini o‘rganish davomida, 480 tur va formalarni aniqlagan bo‘lib, ulardan 4 turkum, 25 tur O‘zbekiston mikobiotasi, uchun yangi ekanligi keltirilgan [19; 21-b]. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi ,,O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti” olimlari Iminova M.M., G‘offorov Yu.Sh., Mustafaev I.M., Sherqulova J.P. 2016-yilda ,,Janubiy O‘zbekiston dendroflorasining patogen zamburug‘lari va ularning tarqalish xaritasini tuzish” loyihasi ostida Boysun tumani dendroflorasining patogen zamburug‘larini tahlil qiligan va ularning tarqalish xaritasini tuzgan. Tadqiqot natijasida 43 turkumga mansub 90 tur patogen zamburug’ o’rganilgan[20; 8-106-b.]. Mustafaev I. M. Nurota qo‘rqixonasi yuksak o‘simliklari mikromitsetlarini o’rganish davomida 2 bo‘lim, 7 sinf, 19 tartib, 41 oila, 80 turkumiga mansub bo‘lgan 287 tur, 58 forma va 4 variatsiyasi aniqlangan va ilk bor yuksak o‘simliklarda O‘zbekiston mikobiotasi uchun yangi 1 forma va 23 zamburug‘ turlari aniqlangan[21; 46-48-b.]. O‘zbekistonda mikologiya, fitopatologiya va o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilish sohalarida hozigi kunda ilmiy-tadqiqot ishlari O‘zR O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tekshirish instituti (ITI), G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi ITI, O‘simlik va hayvonot dunyolari genofondi IIChM ning mikologiya laboratoriyasi, G‘allachilik ITI, O‘zR FA ning O‘simliklar genetikasi va eksperimental biologiyasi instituti, Sabzavot-poliz va kartoshkachilik ITI, Mevachilik va uzumchilik ITI, O‘zbekiston milliy universitetining Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi hamda Toshkent davlat agrar universitetining Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi va fitopatologiyasi kafedrasida olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |