Tashkilotdagi o'zgarishlarni amalga oshirish strategiyasi, ularning turlari



Download 100 Kb.
bet1/2
Sana01.02.2022
Hajmi100 Kb.
#421645
  1   2
Bog'liq
strategiya


Tashkilotdagi o'zgarishlarni amalga oshirish strategiyasi, ularning turlari.
Strategiyani tanlash korxona faoliyati muvaffaqiyatining kafolati hisoblanadi. Agarkorxona o`z atrofida yuz berayotgan o`zgarishlarga beparvo bo`lsa yoki uni vaqtida sezib, tegishli chora-tadbir ko`rmasa, firma faoliyati inqirozga yuz tutishi mumkin. Strategiyani tanlash menejmentning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bozor iqtisodi sharoitida, sifatli mahsulotga ega bo`lmagan korxona rahbarlari, yangi texnologiya paydo bo`lishini kuzatib borishi va uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun alohida e`tibor berishi lozim, chunki bozor uchun raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish, ilmiy texnika yutuqlaridan qay darajada foydalanishiga bog’liq. Strategiyani qaror qabul qilish jarayoni sifatida qarash mumkin. Har ikkala holatda ham maqsad (ob`ekt) aniqlanadi va uni amalga oshirish vositasi (qarorlar qabul qilish) belgilanadi. Strategiya raqobatchiga nisbatan korxonani (firmani) hayotchanligini, qudratini, mustahkamlashga qaratilgan o`zaro aloqador holatlarning majmuidir. Bu maqsadga erishishning atroflicha tahlil qilingan, o`rganilgan rejasidir.
Strategik rejalashtirishning zarurligini tan olayotgan firma va korxona soni ko`payib bormoqda. Bu raqobatning kuchayib borishi bilan bevosita bog’liqdir. Bugungi kun talabi bilan yashab bo`lmaydi. Uzoqni mo`ljallab, mumkin bo`lgan o`zgarishlarni rejalashtirib, raqobatda yutib chiqish imkoniyatlaridan to`laroq va samaraliroq foydalanish davr talabidir. Strategiya turlari”

Strategiyani tanlash tadqiqotlarini olib borish, yangi mahsulotlarni yaratish va boshqa innovatsiya shakllari bilan bevosita bog’liqdir.
Strategik rejalashtirish ikkita maqsadni ko`zlaydi:
1. Resurslarni oqilona taqsimlash va undan samarali foydalanish. Bu “ichki strategiya” deb nom olgan. Resurslardan (moliya mablag’lari, ishchi kuchi, texnologiya) foydalanish rejalashtiriladi. Bundan tashqari maqsadga muvofiq bo`lmagan tarmoqlarning barham topishi, yangi tarmoqlar uchun korxonalarni sotib olish, korxonaning samarali “portfeliga” ega bo`lishi, muhim ahamiyatga egadir.
2. Tashqi muhitga moslashish. Iqtisodiy, siyosiy, demografik o`zgarishlarga moslashishni ta`minlash vazifasi qo`yiladi.
Strategik rejalashtirish ko`pgina tadqiqot ishlarini olib borish, ma`lumotlarni yig’ish va qayta ishlash bilan bog’liq bo`ladi. Bu o`z navbatida bozorni doimo nazorat qilishni taqozo etadi. SHuni alohida ta`kidlash joizki, hozirgi paytda, o`zgarishlar shiddat bilan o`sib bormoqda. SHu bilan birga, strategiya shunday ishlab chiqilishi lozimki, natijada uni boshqasi bilan almashtirish imkoni bo`lishi kerak.
Strategiyani, ishlab chiqish tashkilotining umumiy maqsadnini aniqlash bilan boshlanadi. Maqsadni aniqlashda, firma yoki korxonaning tashqi muhit, bozor, iste`molchi bilan aloqasini o`rganish alohida ahamiyatga egadir.
Tashkilotning umumiy maqsadini aniqlashda quyidagilarni e`tiborga olish lozim bo`ladi.

  1. firma faoliyatining asosiy yo`nalishi;

  2. tashqi muhit bilan munosabat (sotish printsipi, iste`molchiga munosabat, aloqa qilish tizimi);

  3. tashkilot madaniyati (uning an`analari, xodimlar o`rtasidagi munosabat).

Maqsadni tanlashda ikkita yo`nalishni aniqlash lozim; firmaning mijozi (xaridor) va uning ehtiyojini qondirish darajasi.
Umumiy maqsad aniqlangandan keyin strategik rejalashtirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi va maqsadlarga aniqliklar kiritiladi. Masalan, bu maqsadlar (asosiy) quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin:

  1. joriy yilda firma foydasini 5 mln. so`mga etkazish;

  2. bozor (sotish hajmi, bozor ulushi, yangilikni joriy etilishi). Masalan bozordagi ulushni 20% ga etkazish, sotish hajmini 40 ming donadan kam bo`lmasligini ta`minlash;

  3. mehnat unumdorligi, masalan, bir ishchining bir soatlik o`rtacha ish hajmi 8 dona mahsulotni ishlab chiqishi;

  4. mahsulot (umumiy hajmi, yangi tovarni ishlab chiqish yoki ba`zi bir modellarni ishlab chiqarishdan olish yoki ishlab chiqarishni ta`qiqlash va boshqalar);

  5. moliyaviy resurslar (kapital hajmi va strukturasi, shaxsiy va qarzga olingan kapital nisbati, oborot kapitali hajmi va boshqalar);

  6. ishlab chiqarish quvvati, binolar va inshootlar. Masalan, 4000 kv.m. hajmdagi omborxonani kurish.

  7. Ilmiy-texnika, tashkiliy-konstruktorlik ishlari va yangi texnologiyalarni joriy etishi (asosiy ko`rsatkichlar, texnologik tavsifnomalar qiymati);

  8. tashkil etish – tashkiliy strukturada va faoliyat sohasidagi o`zgarishlar. Masalan, ma`lum mintaqada firma vakolatxonalarini ochish;

  9. inson resurslari (undan foydalanish, mehnat resurslari harakati, o`qitish va boshqalar).

  10. ijtimoiy javobgarlik, masalan, shifoxonani jihozlash uchun uskunalar ajratish.

Maqsadni to`la amalga oshirish uchun uni aniqlashda quyidagi talablarni hisobga olish lozim:
A) maqsad – qiymat, natural yoki mehnat sarfi ko`rinishida aniq ifodalanish lozim;
B) har bir maqsadning bajarilishi muddati vaqt nuqtai-nazaridan cheklangan bo`lishi kerak (masalan, uchinchi kvartalga qadar yangi buyumni ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish).
Maqsadlar uzoq muddatli (10 yil), o`rta muddatli (5 yilgacha) va qisqa muddatli (1 yilgacha) bo`ladi. Maqsadlar vaziyatga nazorat natijalariga qarab o`zgaradi;
V) maqsad umuman olganda, amalga oshiriladigan bo`lishi kerak;
G) maqsadlar bir-birini inkor etmasligi darkor. Strategik tahlil firma faoliyatining ham ichki, ham tashqi muhitini atroflicha tahlil qilishni ko`zda tutadi;
D) rejalashtirilgan davrda ro`y beradigan yoki ro`y berishi mumkin bo`lgan o`zgarishlar baholanadi;
E) firma pozitsiyasiga xavf-xatar keltiruvchi omillar aniqlanadi;
J) firma faoliyatiga ijobiy ta`sir etuvchi omillar aniqlanadi.
Tashqi muhitdagi ro`y berayotgan o`zgarishlar va jarayonlar firma hayotiy faoliyatiga katta ta`sir etadi. Tashqi muhit bilan bog’liq bo`lgan asosiy omillar-iqtisodiyot, siyosat, bozor, texnologiya, raqobat. eng muhim omil raqobat hisoblanadi. SHu munosabat bilan asosiy raqobatchilarni aniqlash va ularning bozordagi pozitsiyasini (bozor ulushi, sotish hajmi, maqsadi va boshqalar) aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun quyidagi yo`nalishda tadqiqot ishlarini olib borishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

  1. raqobatchining joriy strategiyasini baholash (bozordagi xulqi, tovarlar harakati usullari va boshqalar);

  2. raqobatchilarga tashqi muhitning ta`sirini tadqiqot qilish;

  3. raqobatchilarning ilmiy-texnik ishlanmalari to`g’risidagi ma`lumotlarni yig’ishga harakat qilish, kelajakda ularning harakatini bilish va unga qarshi tadbirlarni mo`ljallab qo`yishdan iborat.

Raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlarini atroflicha o`rganish va ularni o`z shaxsiy natijalari bilan taqqoslash, raqobat kurashi strategiyasi to`g’risida yaxshiroq fikrlash imkonini beradi.
Tashqi muhitning jiddiy omillaridan biri ijtimoiy-xulqiy va ekologik omillar hisoblanadi. Firma demografik vaziyatni yoki bu sohadagi o`zgarishlarni ham inobatga olishi lozim. Masalan, bozor iqtisodi sharoitida faoliyat ko`rsatuvchi kadrlarni tayyorlash, menejment va marketing fanidan qo`llanmalar va darsliklarga bo`lgan ehtiyojni o`sib borishiga olib keladi.
Ichki muhitni tahlil qilish, firma faoliyatining kuchli va ojiz tomonlarini atroflicha tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Strategiya, nazariy va empirik (amaliy) tadqiqotlar olib borishning muhim yo`nalishi hisoblanadi. Tashkilot va uning rahbarlari bir-biridan qanchalik muhim qarorlar qabul qilishi bilangina emas, balki yangiliklardan foydalanish darajasiga qarab ham farqlanadi. Agar yuqori rahbariyat yangiliklarni qabul qilishiga ijobiy munosabatda bo`lsa, uni joriy etish ehtimoli yuqori bo`ladi. YUqori rahbariyatning qarorlar qabul qilishiga ko`proq jalb qilinishi bilan strategik va moliyaviy maqsad ahamiyati o`sib boradi.
2. Innovatsion menejment strategiyasini tanlash, mahsulot hayotiy tsiklini aniqlashning asosini tashkil etadi va u firmaning bozordagi o`rni hamda ilmiy-texnika siyosatiga bog’liq bo`ladi.
Innovatsiya strategiyalarining quyidagi turlari mavjud:

  1. Hujumkor – bu tadbirkorlik raqobati printsipiga amal qiladigan firma faoliyatiga oid strategiya hisoblanadi. U kichik innovatsiya firmalari uchun xos bo`lgan xususiyatdir.

  2. Mudofaa – mavjud bozorlarda firmaning raqobatdagi o`rnini ushlab turishga qaratilgan. Bunday strategiyaning bosh vazifasi “harajat-natija” nisbatlarini faollashtirish hisoblanadi. Bunday strategiya ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini olib borishni taqozo etadi.

  3. Immitatsiya (o`xshash) – bu strategiya texnologik va bozordagi o`rnin kuchli bo`lgan firmalar tomonidan qo`llaniladi, u yoki bu yangiliklar bo`yicha pioner bo`lmagan korxonalar tomonidan bu strategiya qo`llaniladi. Bunda etakchi firmalar yoki mayda innovatsiya firmalari tomonidan bozorga olib chiqilgan yangiliklarning asosan iste`mol xususiyati qabul qilinadi.

U yoki bu strategiyani tanlab, rahbariyat to`rt omilni hisobga olishi mumkin.



Download 100 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish