Ii bob tarbiya darsini tashkil qilishda ajdodlar



Download 52,67 Kb.
bet5/5
Sana31.12.2021
Hajmi52,67 Kb.
#243568
1   2   3   4   5
Bog'liq
M U N D A R I J A (Автосохраненный)

BMI ning tuzilishi: BMI kirish qismi, ikki bob, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlardan foydalanish.


I BOB BUYUK MUTAFFAKKIR VA OLIMLARNING TARBIYAGA OID FIKRLARI VA QARASHLARI

1.1 TARBIYANING TARIXIY ILDIZLAR

Tarbiya — arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, parvarish qilmoq, ta’lim bermoq, o‘rganish, odob o‘rgatish, mehribonlik ko‘rsatish, himoya qilish singari ma’nolarni anglatadi. Bu o‘rinda tarbiyaviy manba sifatida Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lmish „Avesto“ katta ahamiyatga ega. „Avesto“da insonning barkamol bo‘lib yetishishida uning so‘zi, fikri, ishi birligiga katta e’tibor berilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab, undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo‘lgan desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Mana shunga asosan, „Avesto“ ning eng asosiy manbasi bo‘lgan Zardushtiylik to‘g‘risida so‘z borganda u to‘g‘rilik bilan yashash va axloqiy unsurlarga asoslanganligini ta’kidlash lozim. Ayniqsa, „Avesto“ da inson tarbiyasiga, insonlarning jamiyatda tutgan o‘rniga munosabati to‘liq yoritilgan. Zardusht ta’limotida tarbiya haqida quyidagicha fikr bildirilgan. „Tarbiya — hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo‘lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u, avvalo, yaxshi o‘qishni va so‘ngra esa yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin va yana yaxshi ovqatlanadigan xalqdan yaxshi nasl — sog‘lom avlod qoladi“, deb ta’kidlanadi.

O`zbek xalqi ko`p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyat yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Ismoil – al – Buxoriy, Al – Xorazmiy, Beruniy, Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Sa`diy Sheroziy, Ahmad Yassaviy, Nizomiy Ganjaviy, Fariddin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa buyuk mutaffakkirlarning asarlari orqali o`quvchlarni go`zal axloq, baxt, insof, poklik, iffat, sabr – matonat, mehr – shafqat, sihat – salomatlik, ota – onani hurmat qilish qoidalai haqida keng tasavvurga ega bo`ladilar. Insoniylik o`z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini ya`ni, odamlar o`rtasida o`zaro yaxshi munosabatda bo`lish, do`stlik, ota – onaga sadoqatlilik, mehnat - sevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Xalqimiz bolalarni yosh - ligidan ana shu go`zal fazilatlarini tarbiyalashga ahamiyat berib keladi. Maktab - larimizdagi tarbiyaning mazmunini milliy va umuminsoniy qadryatlar belgilashi lozim, ya`ni ta`lim – tarbiya mazmunida insonparvarlik, tenglik, xalqparvarlik, demokratiya g`oyalari ustuvor bo`lishi lozim. Masalan, Oybekning “Navoiy”, Abdulla Qodiriyning “O`tgan kunlar”, Abdulla Qaxxorning “Sinchalak” kabi asarlari milliy va umuminsoniy demokratik va gumanistik qadriyatlar nuqtai nazaridan o`rganilishi maqsadga muvofiqdir.

Ota - bobolarimizdan xalqimizga mеros qolgan saxiylik, mehmon - do'stlik, rostgo'ylik, tantilik, sadoqatlilik, poklik, odoblilik fazilatlari milliy xarakterning eng muhim jihati hisoblanadi. Ushbu xislatlarni ta 'lim - tarbiya jarayonida o'quvchilar ongida shakllantirish, ular ruhiyatini xalq durdonalari bilan boyitish, qadriyatlarning oqilona tadbirlariga e’tiborini qaratish maq - sadga muvofiqdir. Buyuk sharq allomalarining milliy - ma’naviy merosi bola tarbiyasida muhim ahamiyatga egadir. Buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiy badiiy merosi juda boy va ko'p qirralidir. U she’riy devonlar va yirik dostonlar yaratish bilan birga Markaziy Osiyoning XV asrdagi ma’naviy hayotni aks ettiradigan nasriy asarlar va ilmiy risolalar ham yozgan. Navoiy ilmiy va adabiy asarlarni yaratishda o'z davridagi olimlar, adiblar va shogird -lariga namuna bo'lgan. Uning deyarli barcha asarlari tarbiyaviy – marifiy ahamiyatga ega. Shoirning besh dostondan iborat shoh asari “Xamsa” da inson kamolotining barcha masalalarini qamrab olingan. Unda o'sha davr uchun dolbzarb axloqiy, tarbiyaviy, ijtimoiy – falsafiy fikrlar bayon qilingan. Adolat, muruvvat, saxiylik, odob, kamtarlik, qanoat, insof, ishq - vafo, rostgo'ylik, do'stlik, o'zaro yordam va boshqa ajoyib fazilatlar, oddiy mehnatkashning jamiyatdagi o'rni ifodalangan. Ana shu olijanob fazilatlar ta’rifida alohida – alohida hikoyalar berilgan. Navoiyning didaktikaga oid asarlaridan eng muhimi yuqorida aytilgan “Mahbubul qulub” dir. Kitob uch qismdan iborat. Birinchi qismda jamiyatning turli tabaqalari to'g'risida, ikkinchi qismda axloq va oli -janoblik fazilatlari to'g'risida uchinchi qismda esa tarbiyaviy va ma’rifiy aha -miyatga ega bo'lgan hikmatli so'zlar va maqollar berilgan.

Mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun ma’naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Shuning uchun ham yurtboshimiz „Yuksak ma’na – viyat — yengilmas kuch“ degan hikmatli shiorni yanada balandroq ko‘tardi - larki, yuksak ma’naviyat mustaqillikni mustahkamlash, rivojlantirish uchun muhim va zaruriy tamoyillardan biri bo‘lib qoldi. Barkamol insonni axloqiy tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida mutafakkirlarimiz bir qator asarlar yaratishgan. Chunonchi, Kaykovusning „Qobusnoma“, Sa’diyning „Guliston“, „Bo‘ston “, Amir Temurning „Temur tuzuklari“, Abdurahmon Jomiyning „ Bahoriston “, Alisher Navoiyning „ Mahbub ul - qulub “ , Husayn Voiz Koshifiyning „ Axloqi muhsiniy “ va boshqalarni ko‘rsatishimiz mumkin.

Husayn Voiz Koshifiy shunday degan edilar: “ Haq vaqtini so`zlar aytursizlar yaxshi so`zdin bo`lakni aytmangizlar va ko`p so`zlamoq ko`ngilni qaro qilur “ yoki “ Mumkin ersa yaxshi so`z qil oshkor, yaxshi so`zdin xo`b yo`qdur yodgor “ , “ Nasihatin shirin so`zu muloyimlik birla ibtido qilgan, chunki bu zamonda yumshoqlik va xushro`ylik ko`rgazmayiy nasihat korga kelmas “. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahoratida eng avvalo til shirinli, “Shirin so`z ko`ngillar uchun bamisli asaldir” degan edi. Kaykovus o`zining “Qobusnoma” asarida “Suxandonlik bila baland martaba bo`lmoq” zikrida shunday hikoyatni keltiradi: Xorun – ar Rashid bir tush ko`rdiki, og`zidan barcha tishlari to`kilmish. Erta tong turib bul tushning ta`birini aytuvchini chaqirib so`radikim, bu tushning ta`biri nedur?”, “Andog`kim, sendan o`zga hech kim qolmaguvsidir”. Bu so`zni eshitibog`on Xoru – ar Rashid “Mening yuzimg`a bundoq dardlig` va andug`lig` so`zni aytding. Mening barcha qarindoshlarim o`lsalar, so`ngra men qandog` ishga yararman va na yang`lig` ruzg`or so`rarman?” – dedi va unga yuz tayoq urmoq buyurdi. So`ngra yana bir ta`birchini chaqirib so`radi. Ta`birchi dedi: “Ey amir al mo`min – in, sening umring barcha akrobotlaring umridan uzoq bo`lur”. Xrun – ar Rashid dedi: “Barcha aqling yo`li birdur va ikkovingning ta`biring negizi bir yerga borur, ammo bu iborat bila ul iboratning orasida farq bag`oyat ko`pdur”. Buyurdi so`nggi ta`birchiga yuz tillo berdilar. Bir donishmand jamoaga qarab: - bir gapim bor, uni ming so`mga sotaman, istovchilar bo`lsa marhamat! – dedi. Suhbat ishtirokchilari hayron qolishib “Qanday gap ekan?” deb so`rabdilar. Shunda donishmand, bu gap: - “O`ylab ish qil!” degani, debdi. Donishmandning bu g`oyasidan shuni anglamoq lozimki, o`ylab ish qilgan odam muomalasida qiyofasi bo`lishi (bosh, yuz va xatti – harakatlarini odob yuzasidan boshqarishi) kerak ekan. Qo`pol, odobsiz gaplarga o`rin qoldirmaslik, bola ishtaxasiga tegadigan qo`pol muomala qilish o`qituvchining izzati va obro`siga putur yetkazadi. Pedagog olim Suxomlinskiy muomala mahoratini kuchi va uning yashirin sirlarini “Bolalarga fido” asarida shunday bayon etgan edi: “…Yuksak tuyg`u madaniyatga ega bo`lgan o`qituvchi bog`chaning kayfiyati noxushligini darxol fahmlaydi. Bu eng avvalo uning ko`zidan bilinadi… U bola ko``nglidagi tashvishni sezganini, qanday yo`l bilandur malum qilish yo`lini topadi… Keyin bolani tanho topib, surishtirishi ham mumkin... Bolaning ahvolini tushunish, unga hamdard bo`lish, madad berish kerak. Ko`pincha hamdardlik, rahmdillik, chin ko`ngildan gaplashish bolaning diliga xush keladigan eng yaqin yordam bo`ladi. Beparvolik, loqaydlik esa bolaning dilini larzaga soladi!”. Bola qalbini nurafshon qiluvchi vosita o`qituvchining jonli so`zi, uning ruhini tushiruvchi ham o`sha so`zning bayonidir. Xalqda “Gapdan gapning farqi bor, o`ttiz ikki narxi bor” deb bejiz aytilmagan.

Atoqli pedagoglar tarbiyani maqsadga muvofiq tashkil etish shart – sharoitlaridan biri ota – onalarning savodxonligida, deb hisoblagan edilar. Masalan, Abdulla Avloniy o`zining “Turkiy Guliston yohud axloq” nomli asarida shunday deydi: “Tarbiyani kimlar qilur? Qayerda qilur?” degan savol keladur. Bu savolga birinchi uy tarbiyasi, bu ona vazifasidir. Ikkinchidan maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, mallim, mudarris va hukumat vazifasidir deb javob bersak, bu kishi deyurki, “Qaysi oilalarni aytursiz bilimsiz, boshi paxmoq, qo`li to`qmoq onalarmi? O`zlarida yo`q tarbiyani qanday olib berurlar?”, der. Otasiga nima dersiz, desak?” Qaysi ota? – To`ychi, uloqchi, bazmchi, do`mbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni ko`zlari qiymagan, zamondan xabarsiz otalarni aytursizmi? Avval o`zlarini o`qitmak, tarbiya qilmoq lozimdir”.

Hamma davrlarning ilg`or kishilari tarbiyaga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutaffakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz O`tar, Xamza, Abdulla Avloniy inson kamolotini ilm – fan va tarbiyada deb biladilar. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tariyalashda muqaddas kitob “Quroni karim”, “Hadis” i sharifdan foydalanish juda muhim.



Mahmud Qoshg`ariyning “Devonu lug`atit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qobusnoma”, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” i, Sadiy Sheroziyning “Guliston va Bo`ston”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Ko`rinib turibdiki, o`tmish mutaffakkirlari maktab va oila sharoitlarida bolalarni iqtisodiy tafakkurini kengaytirish, ularni hamkorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob – kitobga o`rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga e`tibor qaratganlar. Bolaga iqtisodiy tarbiya berish oiladan boshlanadi. Har bir kishi bug`doy, gurunch, mevalarni saqlash yo`llarini bilishi kerak. Ehtiyojni yaroqli narsalarga tejamkorlik bilan munosabatda bo`lishi lozim. Ota – ona uvol qilish gunohligini farzandiga yoshligidanoq nasihat yo`li bilan o`rgatadi. Ibn Sino bolalarni hayotga tayyorlash uchun ularga hunar o`rgatish lozim deb ko`rsatadi. Inson hunarni puxta o`rganishi shart. Chunki hunar unga kelajakda ro`zg`or tebratish uchun kerak. Bu shunday olib borilishi kerakki, u o`z mehnatining natijalari ko`ra bilsin. Shundagini bola o`z imkoniyatidan to`g`ri yoki noto`g`ri foydalanayotganini anglashi lozim. Iqtisodiy tarbiya mazmuni Sharq mutaffakkirlari tomonidan muntazam boyitib kelindi. Chunonchi, Muhammad Ibn Muso al – Xorazmiy matematika fani inson hayotida asosiy orin tutushini alohida ta`kidlaydi. Uning fikricha, kishi hisob ilmini bilishi va o`z ishiga pishiq bo`lishi kerak. Shunda u o`z mehnatining natijalarini o`lchovlar orqali aniqlay olishi mumkin. Abu Nasr al – Farobiy insonga yashash uchun juda ko`p narsalar kerakligi va ularni vujudga keltirish yo`lida boshqa shaxslarga murojaat qilishni e`tirof etadi. Bu o`rinda olim iqtisodiy aloqa zaruriyatini ko`rsatib o`tgan edi. Darhaqiqat, iqtisodiy aloqa o`rnatish uchun odamlar, davlatlar, jamiyatlar integratsiya yo`lida harakat qiladilar. Hozirgi paytda bu fikr nechog`lik to`g`ri ekanigini Ovro`pa amaliyoti misolida ko`rib turibmiz. Iqtisodiy integratsiya davlatlarga faqat boylik keltirayapti. Al – Farobiy “Baxt – saodatga erishuv haqida” asarida shunday yozadi: inson o`z mablag`ini sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg`anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi” . Tuproq ham insoniyat boyligidir. Ajdodlarimiz o`rmonlarni kesilishi, tuproq yemrilishining kuchayishiga, yer osti va yer usti suvlarning kamayishiga, iqlimning o`zgarishiga, hayvonlarning yo`qolishiga olib kelishini aniqlaganlar. Shuning uchun ham tabiatga yuksak mehr va ehtirom ko`rsatganlar. Asrlar davomida yosh avlodni suvga tupurma, nonni bosma ko`zingga surt, daraxtni sindirma, qushlarga ozor berma deb, tarbiyalab keldilar. O`z qarashlarini xalq og`zaki ijodi orqali ifodaladilar. Masalan, maqolalarda yer, yer osti boyliklari, suv, hayvonot olami, qushlar, o`simliklar va boshqa tabiat boyliklarini chuqur mazmunli satrlarda ta`riflanadi. Hatto oldinlari farzand dunyoga kelsa, unga atab, yaxshi umidlar bilan ko`chatlar o`tqazganlar. Donishmandlik durdonasi hisoblangan hadislar ta`lim – tarbiyani singdirishga katta yordam beradi. Tabiatni muhofaza qilish haida hadislarda ham diqqatga sazovor fikrlar aytilgan. Masalan, “Soyasidan xalq foydalanib turgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do`zaxga mahkum etur” , deb insonlarni qo`rqitish orqali tabiatga zarar keltirmaslik targ`ib qilinsa, “Dehqonchilik bilan shug`ullaninglar, dehqonchilik muborak kasbdir. Unga qo`riqchilarni ko`paytiringlar” deyishi bilan halol mehnat samarisini ko`rish zarurligini uqtiriladi. Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o`tqazsa, so`ng uning mevasidan qush yoki hayvon esa uning ekinidan yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi” – deb bag`rikenglik, jonzotlarni asrash zarurligi g`oyasi ulug`lanadi. “Ekmoq niyatida qo`lingizda ko`chat turgan paytda, bexosdan qiyomat qoyim bo`lishi aniq bo`lganida ham ulgursangiz, uni ekib qo`yavering”, “ Kim suv toshqinini to`xtatsa yoki yong`inni o`chirsa, unga shahidlik ajri beriladi” kabi hadislarda ekologiya va tabiat muhofazasiga oid tushunchalar beriladi. Demak, ota – bobolarimiz azal – azaldan tabiatiga yuksak mehr va ehtirom ko`rsatishgan. Yurtni obod etishgan, ko`chatlarni, hovlilarni, sarishta saqlashgan. Xalqimizning tabiatga munosabati urug` qadash, qovun sayli, suv sayli, uzum sayli, hosil bayrami, navro`z bayrami, xirmon to`yi kabi bayramlarida ham ifodalangan. Bunday tabiat bayramlari ularning hayot tarziga aylanib ketgan.

Bizning ota – bobolarimiz kishilar bilan uchrashganda yoki xayrlashganda avvalo, chin yurakdan mustahkam sog`lik – salomatlik tilashgan. Sihat – salomat bo`lishning qadrini oila qadri bilan sharafli bir o`ringa qo`yib kelishgan. Respublikamizda baxodirlar, polvonlar va botirlarga boy vatanimiz ular bilan g`ururlangan. Bugun ham Respublikamizning barcha shahar va qishloqlarida jismoniy madaniyat va sport turlarini milliy asosda qayta tiklash jarayoni sodir bo`lmoqda. Sharq Aristoteli nomini olgan Abu Ali ibn Sino ham inson fazilatlaridan quyidagilarni sanab ko`rsatgan, chunonchi, jasurlik - biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, inson boshiga tushgan yomonlikni to`xtatib turuvchi quvvat. Aqllilik - biror ishni bajarishda shoshma – shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat. Ziyraklik – sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma`nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat. She`riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy o`zining “Farhod va Shirin” dostonida Farhodning ijobiy hislatlari ichida, uning jismoniy qobiliyatlarini maqtaydi. Dostonda yozilishicha Farhod aqliy tarbiya bilaangina cheklanib qolmasdan jismoniy va harbiy mashqlar bilan ham shug`ullanib, chiniqa boshlaydi. Suvda suzish, chavandozlik, qilichbozlik va boshqalar uning kundalik mashg`uloti bo`lib qoladi. 10 yoshida 20 yashar yigitning kuch quvvati bo`ladi, u o`zining aql va jismoniy kuch - quvvati, mahorati bilan kishilarni hayratda qoldiradi. Abdulla Avloniyning fikricha, sog`lom fikr, yaxshi axloq, ilm – ma`rifatga ega bo`lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. “Badanning salomat va quvvatli bo`lmog`I insonga eng kerakli narsadur. Chunki o`qimoq, o`qitmoq, o`rganmoq va o`rgatmoq uchun insong kuchli, kasalsiz jasad lozimdir. Sog` badanga ega bo`lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo`l qo`yurlar… Bunday tarbiyaning fikr tarbiyasiga ham yordami bordir. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o`ng ili terisi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini qo`yib, astarini yuvib ovora bo`lmak kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mehnat va sog`lom vujud kerakdur”.

Ekspluatatsiyaga asoslangan quldorlik, feodalizm, kapitalizm kabi sinfiy jamiyatlarda davrning o`qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm – faniga, umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo`shganlar. Gippokrat, Demokrit, Platon, Arximed, Gegel, Marks, Engels; Sharqda ilk o`rta asrlarda musulmon dunyosi vakillari al – Kindiy, ar – Roziy, G`azzoliy, Farobiy, Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Ibn Rushd ( Averros ), Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy shular jumlasidandir. Kaykovusning “Qobusnoma”, hind faylasufi Beydaboning “Kalila va Dimna” asarlari, “Ramayana”, “Maxabhorat” dostoni, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig”, Nosir Nisravning “Saodatnoma”, Sa`diyning “Guliston va Bo`ston”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Navoiyning “Mahbub ul – Qulub”, Ahmad Donishning “O`g`illarga nasihat”, bundan tashqari o`tmishning “Chor darvesh”, “Ming bir kecha”, “Quroni Karim”, “Hadisi sharif” dagi asarlarda ham juda katta, qimmatbaho va boy ma`naviy – madaniy meros bo`lib, sharq va g`arb xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahraand bo`lganlar. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston rus mustamlakachilari tomonidan bosib olindi. Bu davrda milliy ma`naviy merosga, madaniyatga past nazar bilan qarovchi shovinistik siyosat hukmron edi. Shunday bo`lsada bu davrda Said Ahmad Siddiqiy (Samarqand), Furqat, Muqumiy, A.Donish, Avaz O`tar o`g`li, Xamza, Abdulla Avloniy (Toshkent), Ibrat, Fitrat, Behbudiy, Munavvar qori, Cho`pon, qori Niyoziy va boshqalar bola tarbiyasiga oid ko`plab asarlar yozdilar, yoshlarni ilm – ma`rifatli qilishga intildilar. Ayniqsa, Abdulla Avloniyning 1913 va 1917 – yilda ikki marotaba nashr qilingan “Turkiy guiston yohud axloq” asari XX asr boshlaridagipedagogik fikrlar taraqqiyotini o`rganishda katta ahamiyatga molikdir. Asarning “Yaxshi xulqlar” bobining birinchi qismi “Fatanat” atalib, Avloniy Fatanatni “Aql egasi bo`luv demakdir” debt a`riflaydi, ayni zamonda Firdavsiy, Nosir Xisrav, Rudakiy, Sa`iy, Alisher Navoiy kabi Abdulla Avloniy ham aqlga katta e`tibor beradi. U “Nukamolardan biri aqlning quli nafsning jilovini ushlasa, seni yomon yo`llarga kirishdan saqlar” – deb uqtiradi. Abdulla Avloniyning fikricha,

У “Hукамолардан бири ақлнинг қули нафснинг жиловини ушласа, сени ёмон йўлларга киришдан сақлар"- деб уқтиради. Авлонийнинг фикрича, соғлом фикр, яхши ахлоқ, илм-маърифатга эга бўлиш учун баданни тарбиялаш зарур. Баданни соғлом ва қувватли бўлмоғи инсонга энг керакли нарсадир. Чунки ўқимоқ, ўқитмоқ ва ўргатмоқ учун инсонга кучли, касалсиз жасад лозимдир. "Ақл-дейди: у-пири комили, мурошиди ягонасидир. Руҳ ишловчи, ақл бошловчидир. Инсон ақл ва идроки соҳасида ўзига келадиган зарар ва зулмлардан сақланур, ер юзидаги ҳайвонларни асир қилиб, бўйнидан бойлаб ипларининг учини қўлларига берган инсонларнинг ақлидур"

Sharq xalqlari, jumladan o’zbck oilasida bola tarbiyasiga alohida e'tibor bilan qaraganlar. Oila turmushning eng zarur qismidir. Inson oilada dunyoga kcladi. Oila insoniyat kclajagini davom cttiradi. O’zbck oilalarida tarbiyalangan bolalaming hayotdagi har qanday xatti- harakatining oqibati to’g’ri baholangan. Yoshga monand ta’sir ko’rsatish yo’l va vositalari yaratilgan. Kerak bo’lganda rag’batlantirish turlaridan foydalanilgan, lozim bo’Isa jazolangan. Payg’ambarimizning hadisi

80

shariflarida “Farzandingizni izzat-ikrom qilish bilan birga azxloq-odobini ham yaxshilanglar” deb bejiz aytilmagan. Yosh avlodni tarbiyalashda keksa avlodning xizmati, ayniqsa benihoyadir. Oila jamiyatning eng kichik o‘chog‘idir. Bu muqaddas dargohda kelajak kishisi kamolga yetadi. Kcksalar ko'pincha “Qush uyasida ko‘rganini qiladi.” dcyishadi. Shuning uchun ham kelajagimizning qanday boMishi bugun qanday hayot kcchirayotganimizga, bolalarimizga qanday tarbiya bcrayotganimizga, ular qalbini qanday tuyg‘ular, qanday orzular bilan to‘ldirayotganimizga bog‘liq. Hayotning achchiq-chuchugini ko‘rgan, sinovlariga bardosh bcrgan keksa avlodehalik bolalar tarbiyasiga katta mas'uliyat bilan qaraydigan kishi bo‘lmasa kerak. Ular o‘zlari bilganni sidqidildan farzandlarga o‘rgatadilar, ayni paytda donishmandlik bilan yoshlami yomon xatolardan asrashga harakat qiladilar. Ular insoniyat abadiy zanjirida o‘tmishda erishilgan boy ma’naviy qadriyatlami kelajak avlodga yctkazuvchilardir.



Abdulla Avloniyning „Tarbiya — biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasi, jamiyatimizning ertangi taqdiri farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog‘liq“

O’zbck xalqining ota-bobolarimizdan bizga mcros bo’lib qolgan kattalarga hurmat, yoshlarga mchr-shavqat, mehmondo’stlik, chanqa- gan odamga suv, kcksalarga joy berish, qo’l yuvmoqchi bo’lgan kishining qo’liga suv quyish, sochiq tutish, g’am-g’ussaga tushgan xonadonga borib ko’rish va ko’ngil ko’tarish singari urf-odatlar bor. Sharqona milliy odob ming yillar mobaynida islomiy tarbiya qoidalari asosida tarkib topib, takomillashib borgani tarixdan ma’lum. Ko’p sohalarida qalam tcbratgan ensiklopcdist olim Abu Ali ibn Sino o’zidan oldingi o’tgan olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy dalillarni va tajribalarni tartibga soldi. U ayniqsa, Arastu va Abu Nasr Forobiyning ilg’or fikrlarini yanada rivojlantirib, inson aqli olamning, koinotning sir-u asrorlarini bilishga, o’rganishga qobil ekanligini isbotlashga urindi. O’z zakovati, bilmi, buyuk ilmiy asarlari bilan jahondagi barcha xalqlarning hurmatiga musharraf bo’lgan Ibn Sino buyuk 81

muallim ham cdi. Uning "Donishnoma" asarida ta’lim-tarbiya, ilm- ma’rifat, insonning ruhiyati, axloq va odob kabi masalalar to‘g‘risida ta’lim-tarbiyaga oid chuqur fikrlar ifodalangan. Ibn Sino bola tarbiyasi bilan avvalo oila, ota-ona shug‘ullanmog‘i lozim, dcydi. Alisher Navoiyning tarbiyaga oid qarashlari deyarli barcha asarlarida o‘z ifodasini topgan. "Hayrat ul abror" kitobida tarbiyaning asosiy uslublarini sanab, ko‘rsatib, bola tarbiyasiga va uning shaxs sifatida shakllanishiga katta ahamiyat bcrib, bolani baxt “chirog‘i”dcb ta’riflaydi. Bola oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. Agar oila bu tarbiya uslubini to‘g‘ri tatbiq eta olsa, qo‘llay olsa oiladagi bolalar hayotlarida o‘z baxtlariga tez erishadilar, dcgan g‘oyani ifodalaydi. A.Navoiyning ta’kidlashicha: Tarbiyaning yana biri ota-onani hurmat qilish, buni bajarish uning uchun majburiyatdir. Oilada bosh tarbiyachi otadir - deb hisoblaydi u. Uning fikricha, ota-bolalar tarbiyasida qattiqqo‘llik va hatto kerak bo‘lsa, jazo berishga qadar ta’sir ko‘r-satuvchidir. Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq”asarida tarbiyaning zamoni bobida shunday deydi:”Endi ochiq ma’lum bo‘ldiki, tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlamak,vujudimizni quvvatlandurmak, fikrimizni nurlandurmak, axloqimizni go‘zallandurmak, zehnimizni ravshanlandurmak lozim ekan. Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilur? degan savol keladur. Bu savolga, “birinchi uy tarbiyasi, bu ona vazifasidur’’ deb ta’kidlaydi. Bola tarbiyasida onaning vazifalariga alohida e'tibor beriladi. Mumkin qadar sipo, bosiq va chidamli bo‘lishi lozimligini maslahat beriladi. Buning uchun oila a’zolarining har biriga ma’lum vazifalar yuklatilgan boMishi kerak. Chunonchi, erkak kishi oilada boshliq rolini bajaradigan bo‘lgani uchun, u oilaning zarur talablarini bajarishi lozim, nimaiki va’da qilgan bo‘lsa, o‘z va’dasi ustidan chiqishi shart. Abdulla Avloniy bola tarbiyasiga oid o‘z fikr va mulohazalarini bildirar ekan, bola tarbiyasini unga ism qo‘yishdan boshlashni lozim ekanligini ta’kidlaydi, hamda bolalarga yaxshi, munosib ilm tanlashni ota-onaning dastlabki oliyjanob vazifalaridan hisoblaydi. Kaykovus o‘zining "Qobusnoma" asarida “Ota-onani hurmat- lash haqida”gi bobida shunday dcydi: aql yuzasidan bilgilki, ota- onaning izzat va hurmatini bo‘yniga olish lozimdir, chunki farzandining asli ota-onadir. Nima uchun ota-onani hurmat qilaman deb ko‘nglinga kcltirma. Bilgilki, ular scning uchun o‘limga ham tayyor turadilar.Agar har farzand aqlli va dono bo‘lsa, ota-onaning 82

mehri-muhabbatini ado qilishdan bosh tortmaydi. Ota-onaning ishi scni parvarish qilish va scnga yaxshilik o‘rgatishdir. Har turli ilm va hunami farzandingga o‘rgatgaysen, toki otalik shartin va shafqatin bajo kcltirgan boMasan, chunki dunyodagi turli falokatlaridan qutulg‘usidir. Kishi o‘z boshiga qanday ish tushishini bilmaydi, bunday vaqtda ilm va hunar kuniga yaraydi. Farzandingga nimani o‘rgata olsang, o‘rgatgilki, uning foydasi scnga ham kclib turadi. Agar farzanding balog‘atga yetgan bo‘lsa uylantirib qo‘y, qizing balog‘atga yetgan bo‘lsa crga bergil”. Bolaning tarbiyasi juda nozik jarayonlardan biri sanalib, tarbiyani bola shaxsiga singdirishda eng, avvalo, oila a’zolarining o‘rni beqiyosdir. Ota-ona tarbiya berishda yetakchi shaxs hisoblanadi, otaning oiladagi o‘rni, o'zini tutiishi, yurish-turishi, so'zlash madaniyati hamma-hammasi bolaning tarbiyasiga o‘z salbiy va ijobiy ta’sir yo‘lini ko‘rsatadi. Bolalarga samimiy va mehr-muruvvatli bo‘lish vaqti kclganda xatosini ko‘rsatib o‘tish, uni yomon jihatlarini ko‘ra bilish va unga kcrakli, ya’ni psixologiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlarni misol tariqasida aytib o‘tish kerak. Onaning oiladagi o‘rni muhim jarayon sanalib, ona va bola munosabati shaxsning shakllanishida eng muhim ahamiyatga cga bo‘lgan shaxslar aro munosabatlar tizimiga kiradi. Chunki bola dunyoga kclar ekan, u ilk bora ona qornida rivojlanadi va asta-sekinlik bilan o‘sa boshlaydi. Aburahmon Jomiy onani azizlab o‘z mchri bilan hattoki jonini bermoqqa tayyor turuvchi ulug‘ zotlar ckanliklarini ta’kidlaydi. “Men nechuk onamni sevmayin, u meni necha muddat jismida ko‘tardi, so'ngra uzoq vaqt quchog'ida opichladi, keyin esa o'lguniga qadar qalbining shafqat go'shasida tashidi. Unga hurmatsizlik qilishdan ham yomonroq ish bo'lishi mumkinmi?!” Yoki Abulqosim Firdavsiy onalarning farzand kamolidagi o'rnini hech narsa bilan qiyoslab boMmasligini quyidagicha ta’riflaydi: Ona nasihatin quyvolsin quloq, Dunyoda yomonlik istama mutloq. Bag'rida o'stirmish jonidan aziz, Jonidek aziz tut kecha-yu kunduz. Onalar Yaratuvchi marhamatidan eng ko‘p nasiba olgan zotlardir. Lekin onalar o‘z-o‘zidan bo'lmaydi. Tug'ma xastalik bilan tug'ilgan bolasiga bir umr marhamat ko'rsatib o'tadigan zot ham ona.

83

’’Jannat onalar oyog'i ostidadif’hadisi sharifi onalar haqidagi eng oliy shahodatdir. “Golro'g‘li” dostonida Qirq nasihatda insonni sevish, ardoqlash, qadrlash, baxt-saodati uchun kurashish zarurligi kabilar qiriq chilton nasihat-duo asosiy mag'zini tashkil etadi va doim o‘z ota- onasiga mehr-muruvvat ko'rsatishga chaqiradi. Ota bilan yashar ushbu bashorat, Farzand uchun ota oltin imorat, Yomon blsa hamki ota ulug‘dir, Ketgan bo'lsa qil qabrini ziyorat. Ona krsatadi jahon yuzini Oltinga bit har bir aytgan so'zini. Birisi oy bo'lsa, biridir quyosh, Tavob ayla bosib ketgan izini.



Har bir xalq o‘z bolalarining baxtli bo‘lishi uchun qadimdan kurashib kelgan. Buni avlodlardan avlodlarga o‘tib kelgan ma’naviy xazina – kitoblardan bilsa bo‘ladi. Ana shunday kitoblardan biri – Sharqda mashhur bo‘lgan «Qobusnoma» dir. U XI asrda, fors-tojik tilida yaratilgan, juda ko‘p tillarga tarjima qilingan. 1860 yilda Ogahiy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingach «Qobusnoma» o‘zbek xalqining oila tarbiyasini amalga oshirishda yordam beradigan qo‘llanmalardan bo‘lib qolgan.

220


Bu kitobda kasb-hunar o‘rganishning zarurligi xususida shunday deyiladi: «Agar tabiating harqancha asl bo‘lsa ham, unga mag‘rur bo‘lmagil, chunki tan go‘zalligi hunar bezagi bilan ziynatlanmas, hech narsaga arzimaydi. Masalan, deb durlar kim, ulug‘lik akut va bilim bilandir, nasl-nasab bilan emas. Ota-onang qo‘ygan otlariga mag‘rur bo‘lmagil, bu ot faqat tashqi ko‘rinishdan boshqa narsa emas. Ammo sen hunar bilan bir nomga ega bo‘lgil». Binobarin, har qanday kasbning ustasi bo‘lish uchun oilada bolaga yo‘l ochish kerak, chunki bolalikda shakllangan mohirlik, udda-buronlik sifatlari bir umr doimiy yo‘ldosh bo‘ladi.

Ma’lumki, «iqtisod» so’zining ma’nosi keng bo’lib, chuqur mazmunga ega. Ko’p urindi bu so’z xalq ichida «tejamkorlik» so’zining sinomini sifatida qo’llaniladi. Tejamkorlik haqida so’z ketganda isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslikki tushunamiz. «Iqtisod» tushunchasiga, mashhur o’zbek muayamini Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi: «Iqtisod deb pul va mol kabi na’matlarning qadrini bilmakka aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o’rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o’rni kelganda, so’mni ayamas. Sahovatning ziddi bahillik o’ldig’i kabi iqtisodning ziddi isrovdur. Alloh. Taolo isrof qiluvchilarni suymas». Ota-bobolarimizning o’z farzandlarini tejamkor bo’lishga undaganlarini xalq og’zaki ijodi misolida ham ko’rishimiz mumkin. Masalan, tejamkorlik mavzui xalq maqollarida ham o’z aksini topgan. Zero, bu maqollar yuz yillar davomida avloddan-avlodga o’tib, xalqning dilida saqlanib kelgan. Maqollar kishilarning tarixiy tajribasi sifatida ko’pgina sinovlardan o’tib shakllanadi va chuqur ma’no kasb etadi. Mana ularning

190

ayrimlari: «Tejagan-birga birni qo’shar, tejamagan birini ham boy berar», «Pul topish uchun kuch-quvvat kerak, tejash uchun-fahmu-farosat», «O’zingnikini bir bor tejasang, xalqnikini ming bor teja», «Tejamligu rasomadlik-aka-uka, to’g’riligu halollik-opa-singil», «Tejamkor-olqish olar, isrofgar koyishga qolar» va hokazo. Hattoki, ota-onalarimiz tejamkorlik ruhida tarbiyalash vazifasiga farzandlarining baxtli-saodatli bo’lishning bir sharti, axloqiy tarbiyaning bir ko’rinishi sifatida qaraganlar.



Tarbiyaning murakkabligi haqida Amir Temur: “Men farzand tarbiyalashda davlatni boshqarishdan ko'ra chuqurroq mushohada undan ham chuqurroq donishmandlik kerakligiga ishonch hosil qildim” dcgan edi.

Xususan Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”asari ham hikmatli so'zlarga boyligi bilan e’tiborni tortadi.

Bilmaganni so 'rah о rgangan olim va orlanib so ramagan о ziga zolim. Ко p degan - ко p yengilur, ко p yegan - ко p yiqilur. Tilga ixtiyorsiz - elga e ’tiborsiz. Har kimki so ziуolg on, yolg oni zoltir bo 'lg on. Chin so z mo 'tabar, yaxshi so z muxtasar. Saxovatsiz kishi-yog nisiz abri bahor.

A.S.Makarenko bunday dcgan edi: “Umuman shunga intilish kcrakki, yaxshi odatlar bolalarga mumkin qadar mustahkam singib borsin, buning uchun ularga yaxshi xatti-harakatlarni doimo takrorlab turishi juda muhimdir. Yaxshi xatti- harakat to'g'risida hadeb muhokama yuritish va hadcb gap sotish csa har qanday yaxshi tajribani ham buzib qo'yishi mumkin”.

Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug'lab kelishgan, o'zlari sidqidildan mchnat qilishgan. Bizga ulardan mcros bo'lib qolgan oltin xazina-ilmiy-badiiy kitoblar, turli xildagi san’at asarlari, me’morchilik obidalari va boshqalar ana shu mehnatning mahsulidir. Jahon fanining bayroqdorlari bo lishgan Ismoil Buxoriy (hadis ilmi), al-Xorazmiy (matematika), Ibn Sino (tibbyot), A.Temur (buyuk

52

sarkarda), Ulug'bek (falakiyot), A.Navoiy (til, adabiyot) Bobur (adabiyot) singari bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlami qo'lga kiritishgan va yoshlami ham mehnatni sevishga, mehnatsevar bo'lishga chaqirishgan. Shu boisdan jahondagi barcha xalqlaming maqollarida bo'lgani kabi o'zbek maqollarida ham mehnat va mchnatscvarlik g'oyasi markaziy o'rinlardan birini egallydi. ’’Suvsiz hayot bo'lmas, mehnatsiz - rohat”. "Mchnat qilsang, yashar- san, katta-katta osharsan”. “Oltin o'tda toblanar, odam - mehnatda”. “Mehnat bilan qarisang, rohat bilan yasharsan”. “Uzoq umr siri mehnatda”. Ishlamasak har doim lanjlikni keltirib chiqaradi, lanjlikdan key in esa nogironlik kcladi.



Xalq og‘zaki ijodida tarbiya haqidagi hikmatli so‘zlar

Odamlar o‘z sirlarini jon-jahdlari bilan yashiradilar-u, boshqalarnikini saxiylik bilan yoyadilar. Nodon o‘tmishdan saboq olmaydi, kelajakni o‘ylamaydi, u faqat bugungi kun bilan yashaydi. Nodonning hatto haqiqati ham o‘z ziyoniga ishlaydi. Yo‘qotish hamisha alamli. Hayotda hammasi aks: istaganingga intilib yetolmaysan, istamaganing oyog‘ingning ostidan chiqaveradi. Xotirjam bo‘lmaguncha ishing unmaydi. Ham baxt, ham davlat kamdan-kam hollarda birga bo‘ladi. Kundalik tashvishlardan baland ko‘tarila olmagan ulug‘ bo‘lolmaydi. Birovning boshiga ish tushsa, bir-biridan suyunchi oladigan ko‘payadi. Odamlar yaxshilikka bosh qo‘shishmasa ham, yomonlikda bir jon-u bir tan. Dushmanlik, ko‘pincha, biz sira kutmagan tomondan keladi. Bizni, ko‘pincha, shubhalanish xayolimizga ham kelmaydigan kishilar chuv tushirib yurishadi (Xalq og‘zaki ijodidan). Zimmangda farz bo‘lgan narsani qarz va burch o‘rnida ko‘r. Bu hol qalbing-u dilingga rohat baxsh etib, sharafing va obro‘yingni saqlash uchun eng to‘g‘ri yo‘ldir. O‘z vaqtidan kechikib berilgan in’om-ehson mahkam tortilgan zanjir misoli qattiq bo‘g‘uvchidir (Hadisdan). O‘zi sazovor bo‘lmagan hamd-u sano-yu maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir (Hadisdan). Tavba qilgan kishi umrining nihoyasi (xotimasi) umrining boshidir (ya’ni onadan tug‘ilgan kabi gunohsizdir), uning ishlari Alloh taolo nazdida aybli bo‘lmaydi (Hadisdan).

21

Kimning xulqi xush, fe’l-aftori to‘g‘ri bo‘lsa, u tilaklariga yetadi, istiqboli porloq bo‘ladi (Yusuf Xos Hojib). Inson faqat niyatnigina yo‘qotishdan qayg‘urish kerak, chunki har qanday xayrli ish niyatsiz durust bo‘lmaydi (Hakim at-Termiziy). Badantarbiya bilan mashg‘ul bo‘linsa, hech qanday doridarmonga zarurat qolmaydi, buning uchun muayyan bir tartibga rioya qilmoq ham shart (Ibn Sino). Do‘stlarning do‘stligi mashaqqat va mehnat chog‘ida bilinur (Xoja Ahror Valiy). Tarbiya uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aql tarbiyasi, axloq tarbiyasi (Fitrat). Ilmning avvali sukut, so‘ng eshitish, so‘ng yod olish, so‘ng amal qilish, so‘ng uni tarqatishdir (Imom G‘azzoliy). Qiyinchilik aqlning charxi-yu g‘ayratning qayrog‘i bo‘lar ekan (Abdulla Qahhor). Ishga yarab qolsa ilming bir muddat, Yana oshirmoqqa aylagil shiddat (Mirzo Ulug‘bek). Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay (Imom alBuxoriy). O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar. Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar (Yusuf Xos Hojib). Qobliyatli odamni tarbiya qilmaslik — zulmkorlik va noqobil odamga tarbiya xayfdir. Tarbiyangni ayab, uni nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoye ketkazma (Az-Zamahshariy). Har qanday mushkul ish aql egalari tufayli isloh qilinur (Alisher Navoiy). Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa (Arastu). Maktab — dunyo imoratlarining eng muqaddas va qadrlisidir. Maktabning chin va haqiqiy ma’nosini bilgan millatlar jonlari, mollari bilan himmat va g‘ayratlarini sarf etib, millatning taraqqiy rivojiga ijtihod qilurlar (Behbudiy). Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas vazifadir (A. Avloniy).



22

Hayot yo‘lida birinchi masala maktab masalasidir (Abdurauf Fitrat). To‘g‘ri bolalarga, hali ular bola ekan, ota-onalar vasiylik qilishlari kerak, biroq ayni paytda ular bir umr bola bo‘lib qolmaydigan tarzda tarbiyalanishlari lozim (X. Viland). Izzat-hurmat ota va onani, shunungdek, bolalarni ham qo‘riqlab turuvchi posbondir: u ota-onani kulfat va g‘amdan, bolalarni esa vijdon azobidan qutqaradi (O. Balzak). Tarbiya — buyuk ish: tarbiya bilan inson qismati hal etiladi (V. Belinskiy). O‘qish — tarbiya deb ataluvchi gulning faqat birgina gulbargi, xolos (V. Suxomlinskiy). O‘qitish ikki barobar o‘qish demakdir (J. Juber). Inson tarbiyasining bosh yo‘li ishonchdir (K. Ushinskiy). Inson uchun nondan so‘ng eng muhimi maktab (J. Danton). O‘z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish hissini uyg‘ota bilgan muallim sharafga loyiq (E. Xabbard). Kitoblar keksalikda eng yaxshi do‘st, ayni paytda, yoshlikning eng aziz rahnamosidir (S. Smayls) Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir (V. Gyugo). Odamning qanday odamligini hamisha u o‘qiydigan kitoblardan bilish munlin (S. Smayls). Hayotda hech narsa mashaqqatli mehnatsiz qo‘lga kiritilmaydi (Goratsiy). Mehnat chinakam oliyjanoblikning yagona unvoni hisoblanadi (R. Rollan). Tinmasdan gapirib, birovga quloq solmaslik mag‘rurlik belgisidir (Demokrit). Ulug‘ ishlar uchun tolmas sabot kerak. Past odamlarning g‘ururi shundan iboratki, ular doimo o‘zlari haqida gapiradilar, chinakam insonlarning g‘ururi esa o‘zi haqida mutlaqo gapirmaslikdir (F. Volter). Faqat bir ezgulik bor — bilim va faqat bir yomonlik bor — jaholat (Suqrot). Insonni inson qilib yetishtiruvchi narsa — tarbiyadir (Demokrit).

23

Fan olg‘a siljigan sayin beto‘xtov yangilanib boradi (Viktor Gyugo). Oz bo‘lsa ham bilmoq uchun ko‘p o‘qimoq zarurdir (Monteskye).



TARBIYAGA OID HADIS, RIVOYATLAR, ALLOMALARNING HIKMATLI SO'ZLARI

Har bir yaxshilik sadaqadir.

Imom Buxoriy rivoyati

* * * Islomda o'ziga ham o'zgaga ham, zarar yetkazish yo'q. Ibn Mojja rivoyati * * * Musulmon kishi birodari bilan uch kundan ortiq gaplashmay yurishi halol cmas. Termiziy rivoyati

27

* * * Kimda to'rt xislat bo lsa, foyda ko'ribdi: rostgo'ylik, hayo, chiroyli xulq va shukr. Ibn Abbos rivoyati * * * Musulmon kishi bcmor birodari ziyoratiga borsa, qaytib kelguncha jannat bog'lari ichida sayr qilib yurgan bo‘ladi. Muslim rivoyati * * * Alloh mcnga vahiy qildi: ’’Kamtarin bo'linglar. Toki birov- birovga faxrlanmasin. Biror kishi biror kishiga zulm qilmasin.” Muslim rivoyati * * * Qo‘pol, bcparda so'zlami gapirish Islomdan cmas. Odamlar ichida islomi eng go'zali axloqi eng go‘zalidir. Imom Ahmad rivoyati * * * Yaxshi narsani hcch qachon arzimas sanama. Garchi biroda- ringni yuziga tabassum bilan qarash bo‘lsa-da. Muslim rivoyati * * * Chaqimchi jannatga kirmaydi. Buxoriy rivoyati * * * Kim yomonlikdan saqlansa, Allohning o‘zi uni yomonlikdan saqlaydi. Tabaroniy rivoyati * * * Kim yaxshi amalidan xursand bo'lib, yomon amalidan xafa bo'lsa, u mo'mindir. Ahmad rivoyati * * * Yaxshi ishga sababchi bo'lgan kishi uni ado etgan kabidir. Termiziy rivoyati



28

* * * Do'zaxdan yarimta xurmo berib yoki bir og‘iz shirin so‘z aytib bo'lsa ham, saqlaninglar. Imom Buxoriy rivoyati * * * Aniqki, eng halol luqmangiz kasbingiz ortidan kclgan luqmadir. Termiziy rivoyati * * * Qaysi bir musulmon biror daraxt yoki ekin cksa va uning hosilidan inson, qush yoki hayvon yesa, buning uchun unga ajru savob ato etiladi. Buxoriy rivoyati * * * Kim rizqim ulug‘, umrim uzoq bo'lsin desa, qarindosh- urug'lariga mehr oqibatli bo'lsin. * * * Elga sharaf kelmadi johu nasab, Lek sharaf kcldi hayo-yu adab. Bo'lmas adabsiz kishilar arjumand, Past etar ul hay Ini charxi baland. A.Navoiy * * * Hayo-insonning abadiy go'zalligi va latofatidir. Hayosiz yuz jonsiz jasadga o'xshaydi. Abu A/i ibn Si no * * * Takabburlik va zulm-ulug‘likning ofati, hilm va tavoze- insonning ziynati, sharm-hayo uning eng go'zal yoqimli libosidir. Suqrot




Download 52,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish