Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligi munosabati bilan
“ Ajdodlar merosi-bebeho xazina” mavzusida o’tkaziladigan adabiy-badiiy kecha ssenariysi
Bobur:
Assalom, yosh avlod, salom bolajon,
Menga armon bo’lgan vatan Andijon.
Olisdan siz tomon boqib nigoron,
Jismimda sog'inchdan qolmadi bir jon,
Qismat g'alat ekan, taqdir beayov,
Shohman Hindda, lekin o 'z yurtimga zor.
Talpinganim, faqat ona Andijon,
Lekin menga yurtdan hijron bo’ldi yor:
Armon menga yurtim Andijon,
o’zim Hindda, qolgan anda ion.
Armon menga bobomeros el,
Armon. yoshlik sovurgani yel
1-boshlovchi. Assalom ey davramizga fayz kiritgan ustozlar
Ilm bog’in bog’bonlari mehridaryo ustozlar
Bugun qo’llar ko’ksimizda dilda e’zoz, ehtirom
So’z boshidan ta’zim ila deymiz salom, assalom!
2-boshlovchi. Assalom donishin e’zozlagan xalq ,
Bugun yurtda bayram –el mavludidir!
Keng jahon sahnida quyosh bo’lib balq,
Buyuk shoiringning tavalludidir!
1-boshlovchi.
Assalom-u alaykum hurmatli ustozlar, aziz tengdoshlar, davramizga tashrif buyurgan qadrli mehmonlar.
2-boshlovchi
Assalom-u alaykum, poklik va adolat timsoli bo’lgan ziyokor ustozlar.Bugun o’zbek xalqining buyuk olimi, shoh va shoir , davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning 535 yillik tavalludi siz-u bizga muborak bo’lsin! Ushbu munosabat bilan
“ Ajdodlar merosi- bebaho xazina” mavzusidagi nazm va navo shukuhi ufurib turgan tarovatli davramizga xush kelibsiz.
1-boshlovchi: 14-fevral. Bu kun barcha taraqqiyparvar mamlakatlarda o’zgacha shukuh, o’zgacha fayz bilan tavallud ayyomi nishonlangan buyuk dilbar shaxs deya ta’rif-u tavsif etilgan olim Zahiriddin Muhammad Bobur dunyoga kelgan kundir. Oradan besh asrdan ko’proq vaqt o’tibdiki bu tabarruk nom tillardan tushmaydi. Hamon ahli adab dilidan chuqur joy olib kelmoqda.
1-boshlovchi.
Jonimdin o’zga yori vafodor ko’rmadim,
Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmadim.
Jonimdek o’zga jonni dilofgor ko’rmadim,
Ko’nglum kibi ko’ngulni giriftor topmadim.
2-boshlovchi.
Ko’ngli tilagan murodiga yetsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki ish muyassar bo’lmasa olamda,
Boshini olib bir sariga ketsa kishi.
1-boshlovchi. Bayram kechamizni ochib berish uchun so‘z navbatini litseyimiz__________________________________________. Tadbirni ko’tarinki kayfiyatda boshlab olish uchun navbat litseyimizning 102 guruh o’quvchisi Eshnazarova Shoxruza ijrosidagi qo‘shiqga beramiz.Marhamat.
2-boshlovchi.
Endi navbat ruboyilarga, sahnada Sultonaliyev Tohir, Qo‘ziboyev Diyor, Mirzahmedova Xushnida va Yo‘ldosheva Iroda.
1-boshlovchi.
Bobur Hindistonda shoh bo’lsada, bir umr Vatanini, uning tuprog’ini, bag’rikeng odamlarini sog’inib yashadi.
2-boshlovchi.
U o’zga yurt toj-u taxtidan Vatanining bir hovuch tuprog’ini afzal deb bildi. Shoir g’azallarida, ruboiylarida armonga aylangan vatan sog’inchini aks ettirdi.
1-boshlovchi.
Navbatni raqsga beramiz
1-boshlovchi. Chindan ham Bobur yetuk shoir ,mohir tarjimon adolatparvar shoh va musiqashunos olim ham edi.
2-boshlovchi.
Buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur she’riyati o’zining nodir va badiiy qimmati bilan ham adabiyotimizda katta o’rin egallagan.
1-boshlovchi. Navbatni g‘azallarga beramiz. Soliha Mardona Durdona Munavvar
2-boshlovchi.
Istiqlol tufayli tariximizni haqqoniy o’rganish imkoniga ega bo’ldik. Ko’plab buyuk bobokalonlarimiz asarlari singari Bobur ijodida ham yoshlarimiz uchun ibratomuz jihatlari ko’p. Uning Vatanni sevish, ota-onaga hurmat, do’stga sadoqat ko’rsatish xususidagi fikrlari kishiga yuksak ma’naviy saboq beradi.
1-boshlovchi. Navbat guruhimiz o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishga beramiz.
2-boshlovchi. Har bir inson o’zligini anglashga, ajdodlari haqida ko’proq bilishga, ular hayotini o’rganishga intiladi.Bu borada esa tarixiy asarlar beqiyos ahamiyatga ega. XX asr adabiyotshunos shoirlari Zahiriddin Muhammad Boburga atab ko’plab she’rlar yozishgan. Mana shunday she’rlardan namunalar tinglasak.
1-boshlovchi: Bugun oz bo’lsada Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning ruhlarini shod etolgan bo’lsak o’zimizni baxtiyor hisoblagan bo’lardik. Mana azizlar har bir ishning, yumushning oxiri bo’lganidek, bugungi xalqimizning buyuk olimi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bag’ishlab tayyorlagan bayram tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.
2-boshlovchi: Hurmatli mehmonlar mana oz bo’lsada biz shoir ijodidan namunalar tingladik har bir ishtirokchi qalbida Boburdek buyuk siymo haqida eng yaxshi taassurotlarni uyg’ota oldik deb o’ylaymiz. Doimo barchamizni o’tganlarning ruhlari qo’llab tursin deya siz azizlar bilan yanagi adabiy-badiiy tadbirlarimizda uchrashguncha xayr sog’-omon bo’linglar deymiz!
1-boshlovchi: Bayram dasturimizni yakunlab berish uchun navbatni raqsga beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |