Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida



Download 368.23 Kb.
bet6/8
Sana11.01.2017
Hajmi368.23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XX asr boshlarida Xitoyda ijtimoiy ziddjyatlar kuchayib ketdi. Manjurlarning Sin sulolasi hukmronligi inqirozga yuz tutdi. Shoshilinch ko’rilgan islohot choralari jamiyat ahvolini tubdan yaxshilamadi. Xitoyda sanoat taraqqiyoti bilan unga to’siqqa aylangan yer mulkchiligiga xos qoloq ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasida ziddiyat chuqurlashdi. Omma orasida manjurlar boshqaruviga qarshi harakat kuchaydi. Xorijiy davlatlar Xitoyda o’z mavqelarini mustahkamlab oldilar. Xitoy milliy sanoati rivojlanishi ancha orqada qoldi. Shunday bo’lsa-da, har yili 50 tadan ko’proq korxona ishga tushirildi. Natijada, eksport 1901-yildan 1911-yilgacha 122 mln. dollardan 245 mln. dollarga o’sdi. Xorijiy davlatlar ichida Angliya tovar ayirboshlashda birinchi o’rinda (50 foiz) turar edi, 1914-yilga kelib Xitoy xorijiy davlatlardan 835 mln. dollar qarz bo’lib qoldi. Sun Yat Sen tashkiloti konstitutsiyaviy monarxiya haqidagi fikrlarni qoraladi. Sin sulolasini umuman yo’qotib, Respublika tuzish talabi qo’yildi. Bu chaqiriqlar manjurlarga qarshi harakatni yanada kuchaytirdi. Bu harakat 1911-yili chet elliklardan temiryo’l qurilishi uchun qarz olish haqida bitim tuzilgach, qurolli qarshilik tusini oldi. Hatto armiyada ham norozilik boshlandi. Uxan shahrida askarlar yotog’ini tintuv qilishga kirgan manjur ma’muriyati tarafdorlarini askarlar o’ldirdilar. Qurol-aslaha omborini bosib oldilar. Boshqa qo’shin qismlari ham ularga qo’shildi. Inqilobchilar 11-oktabrda Uxanni to’la qo’lga kiritdilar. Ular Respublika hukumati tuzdilar va barcha Xitoy viloyatlarini Respublika atrofida birlashishga chaqirdilar. Manjur sulolasi hukmronligi tugatilgani e’lon qilindi. Bu inqilob Xitoy tarixiga «Sinxay inqilobi» nomi bilan kirgan. Shunday qillb, «Sinxay inqilobi» qurolli qo’zg’olon yo’li bilan Xitoyda XVII asrdan boshlab hukm surgan manjurlar hokimiyatini ag’darib tashladi. Inqilobchi demokrat Sun Yat Sen (1866-1925) Xitoydagi milliy-ozodlik harakatining atoqli arbobi edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: XIX asr oxirida Hindiston

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Hindistonda mustamlakachilik siyosati, Gandi va Tilak faoliyatiga oid qiziqarli ma’lumotlar berish

Tarbiyaviy maqsad o’quvchilarda mustamlakachilikka qarshi kurashish g’oyasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; Hindiston taraqqiyoti sekinlashuvining sabablarini topish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Hindiston bu davrda Angliya mustamlakasi edi. Metropoliya Hindistonni vitse-qirol boshchiligidagi amaldorlar va politsiya apparati yordamida boshqarar edi. Ingliz mustamlakachiligi sharoitida Hindistonda sarmoyadorlikka asoslangan mahalliy ishlab chiqarish tizimi yuzaga kela boshladi. Yirik sanoat korxonalari qurishga kirishildi. 1886-yilda to’qimachilik sanoatida 95 ta fabrika bor edi. Konlar soni 1880-1900-yillarda 286 taga yetdi. Temiryo’l tarmoqlari 1900-yilda salkam 40.000 km ni tashkil qildi. Bu xomashyo tayyorlash va tashishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Angliya Hindistonda sanoatni o’ziga qulay qilib joylashtirishga harakat qildi. Asosiy sanoat korxonalari dengizbo’yi port shaharlari yaqinida edi. Bundan Hindiston boyliklarini arzon va oson olib chiqib ketish maqsadi ko’zlandi. 1873-yildan 1883-yilgacha Hindiston bilan Angliya savdosi 60 foizga o’sdi. Hindiston ingliz burjuaziyasining kapital kiritish zonasiga aylanib qoldi. Sanoatga bir yoqlama zo’r berish qishloq xo’jaligini qiyin ahvolga solib qo’ydi. Dehqonchilikda agrotexnika madaniyati pastligicha qoldi.

Mustamlakachilar tomonidan ochilgan sug’orish inshootlari bor yo’g’i 20 foiz yerni sug’orishga yetar edi. 60-70 foiz yer hosilni katta qismini to’lash sharti bilan dehqonlarga ijaraga berilardi. Qarz hisobiga ishlab berishga majbur odamlar toifasi tobora ko’paya bordi. onlarga ijaraga berilardi. Qarz hisobiga ishlab berishga majbur odamlar toifasi tobora ko’paya bordi. Qishloq xo’jaligining eng serdaromad tarmoqlariga (choy, kanop, paxta) sarmoya solish katta foyda keltirar edi. Bu sohada ingliz ishbilarmonlari ishchilar yollar va ular qul deb atalar edi.



X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: XX asr boshlarida Hindiston

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Hindistonda mustamlakachilik siyosati, Gandi va Tilak faoliyatiga oid qiziqarli ma’lumotlar berish

Tarbiyaviy maqsad o’quvchilarda mustamlakachilikka qarshi kurashish g’oyasini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; Hindiston taraqqiyoti sekinlashuvining sabablarini topish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XX acp boshlarida Hindistonda kapitalizm sekinlik bilan bo’lsa-da, rivojlana boshladi. 1910­-yilga kelib kanop-tola fabrikalari soni ikki barobar ko’paydi. Paxta xomashyosi tayyorlash, surp mato to’qish korxonalarining 215 tasi hind kapitalistlariga qarashli edi. Sanoat ishchilari soni salkam 1 mln. kishiga yetdi. Angliya barcha ko’mir havzalari, kanop sanoati, choyzor­larni, transport, savdo va sug’urta jamiyatlarini o’z qo’liga to’plab oldi va butun Hindiston ishlab chiqarish tizimi ustidan nazorat o’rnatdi. Bu yerda Angliya kapitali juda tez o’sib bordi. 1893-1907-yillarda temiryo’llar bo’yicha ingliz kapitali 56 foizga, xususiy kompaniyalarda 23, bankldarda 95 foizgacha o’sdi. 1905-yilda Hindistonda 165 ta chet el aksionerlik kompaniyasi mavjud edi. Bu kompaniyalar mamlakatni taladi. Xalqning ahvoli og’irlashib bordi, 1896-1906-yillarda 10 mln.dan ortiq odam ochlikdan o’ldi. 1904-yilda 1 mln. odam vabodan qirildi. 1901-yili vitse-qirol Kerzon «Kon qonunlari» nomli hujjat e’lon qildi. Unga ko’ra, 20 fut chuqurlikdan boshlab barcha yerosti boyliklari inglizlar nazoratida qazib olinadigan bo’ldi. Bu Hindiston milliy boyliklarini talash edi. 1905-yil Kerzon universitetlarga kirish pulini ikki barobarga oshirdi. Ulardagi huquq fakultetlari «yopib» qo’yildi. Demokratik ruhdagi, xalq manfaatini ko’zlovchi talabalarning universitetlarga kirishi butunlay taqiqlandi. Hindiston xalqlari mustamlakachilik zulmiga qarshi ozodlik kurashi olib bordi. 1885-yil Broche viloyatida Lakx boshchiligida qo’zg’olon bo’lib o’tdi. Bu viloyatda inglizlar hukmronligiga barham berildi, Hindiston mustaqil podsholik deb e’lon qilindi. Biroq inglizlar kuch bilan qo’zg’olonni bostirdilar. Lakx va uning ikki safdoshi osib o’ldirildi. 1885-yilda Bombay shahrida muayyan dasturiga ega siyosiy partiya-«Hindiston Milliy Kongressi» (HMK) tuzildi. Ayni paytda, «Musulmonlar ligasi» ham tuzildi. Endi inglizlar hind-musulmon raqobatini yanada kuchaytirib yubordilar. Kongress o’z safiga yirik savdo-sanoat kapitali vakillarini, liberal pomeshchiklar hamda milliy ziyolilarni birlashtirdi. Dastlabki vaqtlarda Hindiston Milliy Kongressiga ingliz mustamlaka ma’muriyati qarshilik qilmadi. Bunday munosabatni Angliyaning Hindistondagi vitse-qiroli lord Dafferin «Milliy Kongress inqilobdan arzonroq» deb izohlagan edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Eron

Maqsad:

Ta’limiy maqsadEronning yarim mustamlaka holatiga tushib qolishi va 1905-1911 yillardagi inqilob va uning oqibatlarini o’rganish.

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda mustamlakachilikka nafrat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; Eronning hzirgi strategic o’rni



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Eron dunyo sarmoyador davlatlarining yarim mustamlakasiga aylandi. Shoh tuzumi va mustamlakachilik zulmi xalq ahvolini yanada og’irlashtirdi. Mamlakatda noroziliklar kuchaydi. Erondagi mustabid hokimiyat feodal-byurokratik qatlamlar, ayniqsa mamlakat hududida yashovchi mayda elatlar-ozarbayjon, afg’on, turkman, kurd, arman va gruzinlarni shafqatsiz ezib kelayotgan viloyat hokimlari hamda urug’larning xonlariga tayanar edi. Eronda sanoatning burjualashuvi sust kechdi. Yer dehqonlarni ekspluatatsiya qilib kelayotgan mulkdorlar qo’lida edi. Shaharlarda yashovchi hunarmandlar va mayda savdogarlar kabi dehqonlar ham sudxo’rlar tomonidan qarzga botirilgandi. Eron zamindorlari, savdogarlari va sudxo’rlari shoh hoki­miyatini cheklab qo’yishni, o’z mulklarining daxlsiz bo’lishini, guber­natorlar va xonlar o’zboshimchaligiga barham berishni, eronlik sarmoyadorlarning huquqlarini chet ellik kapital egalari bilan teng qilib qo’yilishini talab qildilar. Eronga kapital chiqarish bo’yicha Angliya birinchi o’rinda edi. 1872­-yili Eron neft konlaridan foydalanish, tosh va temiryo’l qurish konsepsiyalari olindi. 1889-yili ingliz monopolisti Reyter Eronda «Shohanshohbank» ochishga erishdi. Shartga ko’ra, bank qog’oz pullar chiqarish va mamlakat yerosti boyliklaridan erkin foydalanish huquqini oldi. I jahon urushi arafasida Eron Angliyadan 9,6 million funt sterling qarz bo’lib qoldi. Eronni qaram qilishda Rossiya ham ishtirok etdi. Birinchi jahon urushi arafasida Eronning Rossiyadan qarzi 164 million rublni tashkil etdi. Eronning iqtisodiy qaramligi siyosiy qaramlikni ham kuchaytirdi. Ayniqsa, ruslarning shoh saroyiga ta’siri kuchli edi. Inglizlar esa boshqa yo’ldan bordilar. Ular Fors viloyati, baxtiyorlar (qabilalar), Huziston xonlarini Markazga, shoh hukmronligiga qarshi gijgijlab turdilar.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Afg’oniston

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; ikkinchi ingliz-afg’on urushi va uning yakunlari haqida, Dyurand bitimlari haqida tushuncha berish.

Tarbiyaviy maqsad; Afg’oistonda yuzaga kelgan ma’rifatparvarlik harakatining ahamiyati haqida

Rivojlantiruvchi maqsad; yosh afg’onlar va yosh buxoroliklar faoliyatidagi o’xshashliklar haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: 70-yillarda Afg’oniston Rossiya bilan Angliya o’rtasida bahsga sabab bo’lgan mamlakat bo’lib qoldi. 1873-yili Angliya Hindiston-Afg’oniston chegarasida harbiy kuch to’play boshladi. Afg’on amiri Sheralixon Rossiyadan yordam so’rab, elchi yubordi. Rossiya bunga javoban kichik bir rus harbiy qismini chegaraga yaqin joylashtirdi. Kobulga general Stoletov boshchiligida elchilik missiyasi yuborildi. Biroq, bundan ortiq harakatlarga jur’at eta olmadi. Bunga-O’rta Osiyoni to’la bo’ysundirish hamda yaqinlashib qolgan Rossiya-Turkiya urushi muammolari imkon bermadi. 1878-yili Sheralixon ingliz missiyasini Kobul shahrida qabul qilishdan bosh tortdi. Angliyaga bu Afg’onistonga qarshi bosqinchilik urushi ochishga bahona bo’ldi. 1878-yil 20-noyabrda Afg’onistonga qarshi urush harakatlari boshlandi. Sheralixon vafot etgach (1879-yil fevral) taxtga o’g’li Yoqubxon o’tirdi. U inglizlar yordamida hokimiyatni saqlashga harakat qildi. Shu maqsadda inglizlar bilan 1879-yil may oyida Gandamak degan joyda bitim tuzildi. Afg’oniston amalda mustaqilligini yo’qotdi. Kobulda ingliz rezidensiyasi ochildi. Uning vazifasi afg’on amiri xatti-harakatlari hamda Angliyadan yuboriladigan qarzlar qanday sarflanayotgani ustidan nazorat qilish edi. Amir Yoqubxonning taslimchilik siyosati mamlakatda keskin qarshilikka uchradi. 1879-yil avgust oyida Kobulda qo’zg’olon ko’tarildi. Shaharliklar ingliz rezidensiyasiga bostirib kirib, uni egalladilar. Inglizlar Gandamak bitimidan keyin qaytarib olib ketgan qo’shinlarini yana Afg’onistonga tashladi. Inglizlar katta kuch bilan Kobulni qayta egalladilar. Bu orada Afg’onistonning sobiq amiri M. Afzalxonning o’g’li Abdurahmon qo’zg’olonchi qo’shini bilan Kobulni o’rab oldi. Inglizlar tang ahvolda qoldilar. 1880-yilning boshida Abdurahmon Shimoliy Afg’onistanda o’z hokimiyatini o’rnatdi. Inglizlar Abdurahmon bilan muzokaralar boshlashga majbur bo’ldilar. Abdurahmonga Kobul topshirildi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiya

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiyaning ijtimoiy va iqtisodiy hayoti haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; birlik va taraqqiyot partiyasining faoliyati haqida

Rivojlantiruvchi maqsad; Yosh turklarning mustaqillik yo’lidagi qilgan ishlari.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Turkiya monarxiya bo’lib, uni sulton boshqa­rardi. Mamlakatda o’rta asrchilik feodal tartiblari hukmron edi. Turkiya iqtisodining asosini tashkil qilgan qishloq xo’jaligi nihoyatda orqada qolgan edi. Haydaladigan yerlarning 65% katta yer egalari va ruhoniylarga qarashli va u yersiz va kam yerli dehqonlarga ijaraga berilardi. Ayniqsa, 1873-1875-yillardagi kuchli ocharchilikdan ko’plab odamlar qirilib ketdi. Shahar aholisining ham ahvoli og’irlashdi. Hunarmandchilik «tushkunlikka» uchradi. Eski tartiblar va xorijiy tovarlarning ko’pligi mamlakatda iqtisodiyotning taraqqiyotiga to’siq bo’ldi. Sanoatda o’sish yo’q ecti. Chunki, sanoat uchun qishloq xo’jaligi zarur xomashyo yetkazib berishga qodir emas edi. Sulton hukumati o’zining moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun chet eldan qarz ola boshladi. Chunonchi, 1870-1874-yillarda 3 mlrd. frankdan ortiq asoratli qarz olindi. Davlatning moliyaviy ahvoli halokat yoqasiga kelib qoldi. Tashqi qarz yanada ko’payib 5,5 mlrd. frankka yetdi. 1876-yilda hukumat Turkiyani moliyaviy bankrot deb e’lon qilishga majbur bo’ldi. Og’ir iqtisodiy ahvol bora-bora Turkiyani chet el davlatlari yarim mustamlakasiga aylantirdi. Yevropaning buyuk davlatlari imperiyaning u yoki bu mustamlakalarini tortib ola boshladilar. Faqat Germaniya imperiyadan ulush ololnlagan davlat edi. Shuning uchun ham Turkiya hukumati XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Germaniya bilan yaqinlashdi. Germaniya kapitali katta muvaffaqiyatni qo’lga kiritdi. 1888-yili bo’lajak Bag’dod temiryo’li loyihasining Izmir-Anqara qismini qurish ularga tegdi. 1903-yili nemislar bu loyihani (Bag’dod orqali Fors qo’ltig’igacha temiryo’l qurish) to’la qo’lga kiritdilar. Turkiya 1875-yilda qarzlar uchun yiliga 570 mln. frankdan ortiq foiz to’lashi lozim edi. Davlatning daromadi esa 380 mln. frankni tashkil etdi. Turkiya qarzni to’lash u yoqda tursin ishlovchilarning ish haqini to’lashga ham qodir bo’lmay qoldi. Oqibatda, xalq ommasining turmush darajasi nihoyatda yomonlashdi. Ayni paytda, sulton hokimiyatini tugatish g’oyasi kuchaya bordi. Bu g’oya tashabbuskorlari «Yangi usmonlilar harakati» a’zolari edi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Umumlashtiruvchi dars

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’quvchilarning shu vaqtga qadar egallagan bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlash qobiliyatini sharllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; takrorlash orqali o’quvchilarni mustaqil fikrlarga o’rgatish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni:

- Yaponiyadagi “Meydzi inqilobi” haqida gapirib bering

- Yaponiya taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari haqida nima bilasiz.

- Yaponiyada qabul qilingan 1889 yilgi Konstitutsiyasi haqida

- 1894-1895 yillardagi urush haqida gapirib bering

- Rus-yapon urushi

- Xitoyning yarim mustamlakaga aylanishi

- “Ixetuan” harakati

- Xitoyga qarshi intervensiya

- Sun Yat Sen faoliyati haqida

- Yuan shikay kim?

- sinxay inqilobi

- “Kon qonunlari” haqida nima bilasiz?

- Svadeshi va Svaraj nima?

- Reyter kim?

- Eron inqilobi haqida gapirib bering.

- Omonulloxon kim?

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Nazorat ishi – 5

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; takrorlash orqali o’quvchilarning reyting baholarini aniqlash

Tarbiyaviy maqsad; yodda saqlab qolish qobiyatini yanada rivojlantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni jahon tarixi faniga nisbat qiziqishlarini orttirish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni:



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa