Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida



Download 368.23 Kb.
bet8/8
Sana11.01.2017
Hajmi368.23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XIX asrning 70-yillari-XX asr boshlarida texnika va tabiiyot ilmining taraqqiy etishiga monopolistik kapitalizmning yanada rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoit ta’sir ko’rsatdi. Yirik korxonalarning vujudga kelishi texnikadan foydalanishni yangicha hal qilishni talab etdi. XIX asrning 70-yillarida parovozsozlikni taraqqiy ettirshdagi boshlang’ich davr tugadi. Parovozni takomillashtirish, uning quvvatini va tortish kuchini oshirishda katta ishlar amalga oshirildi. 1875-yildan 1913-yilgacha bo’lgan davrda butun dunyoda asosan eng yirik kapitalistik mamlakatlar tomonidan qurilgan temiryo’llarning uzunligi deyarli 4 barobar oshdi. Shimoliy Amerika, Osiyo va Afrikani kesib o’tuvchi temiryo’llar qurildi. XIX asrning 80-yillarida G. Daymler bilan K Bens benzinda ishlaydigan motorli birinchi avtomobilni yaratishgach, avtomobil transporti tez rivojlana boshladi va u toshyo’llar qurishni talab qildi. Elektr dvigatelidan dastlab shahar transportida foydalanildi. 1895-­yildayoq Angliya va AQShning eng yirik shaharlarida «konka» (shahar temiryo’lida ot bilan tortiladigan vagoncha) o’rniga tramvay ishlatildi. Elektr sanoati-texnikaning yangi muvaffaqiyatlari uchun eng xos narsadir. Bu sanoat yuksak darajada taraq­qiy qilgan mamlakatlar nihoyatda tez rivojlandi. Sanoatning rivojlanishi fabrika, zavod, savdo joylari va idoralarning sun’iy yoritkichlarga bo’lgan talabini yil sayin oshirib bordi. 1876-yilda rus ixtirochisi P. N. Yablochkovning (1847-1894) «elektr shami» deb atalgan lampasi-yorug’likning yangi manbayi sifatida vujudga keltirildi. Yablochkov «shami» ikki soatcha yonib turardi. XIX asrning oxirlarida yoy lampalar o’rniga tejamli va foydalanish birmuncha qulay lam­palar-cho’g’lanish lampalari ishlatila boshlandi. Amerikalik mashhur texnik ixtirochi T. Edison (1847-1931) bir necha yilgi izlanishlardan keyin, 1879-yilda havosi so’rib olingan, ko’mir tolali cho’g’lanish lampasining yangi turini yaratishga muvaffaq bo’ldi. U 1882-yilda Nyu-Yorkda birinchi issiqlik elektr stansiyasini qurdi. To’rt taktli dvigatel prinsipini 1862-yildayoq fransuz muhandisi A. Bode Rosh «maydonga tashlagan» bo’lib, undan 1876-yilda nemis ixtirochisi N. Otto (1832-1891) amalda foydalanib ko’rdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Aniq va tabiiy fanlar rivoji

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida transport, elektr, kemasozlik va metallurgiya va boshqa sohalardagi yangiliklar haqida

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni ham shunday yangiliklar yaratishga ilhomlantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davrning yasngiliklarini boshqa davr yangiliklari bilan solishtirish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa



d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XIX asr oxiri-XX asr boshlarida fan yanada ixtisoslashtirildi. Yangi kashfiyotlar olamning eski, mexanistik manzarasi asoslariga zarba berdi, tabiat ilmida evolutsion g’oyalarning yanada taraqqiy etishiga yo’l ochib berdi. Matematika taraqqiyotidagi yangi davrning boshlanishi N. L. Lobachevskiy, Y. Bolyai va B. Rimanning noevklidcha geometriyaga oid xulosalarni yanada chuqurroq tekshirishi bilan bog’langandir. Ularning tadqiqotlarini italyan olimi E. Beltrami (1835-1900), nemis matematigi F. Kleyn (1849-1925) rivojlantirdilar. Nemis matematigi D. Gilbert (1862-1925) jahonda birinchi bo’lib, aniq ta’riflab berilgan geometrik tizim tuzish masalasini chuqur ilmiy tarzda hal qildi. Bu bilan matematik mantiqqa g’oyat katta hissa qo’shdi. Italyan matematiklari V. Volta (1887) va S. Pinkerle (1895), D. Gilbert (1904) hamda vengr olimi F. Ris (1912) funksional fazo­larni tekshirdilar. XIX asrning 70-80-yillaridan yulduz kattaliklari aniq belgilandi, birmuncha mukammal fotometrik kataloglar tuzildi. Y. Kameteyn (1904), K. Shvarshild (1907) va boshqalar o’z tadqiqotlarida yulduzlarning xususiy harakati qonuniyatlarini isbot­lab berdilar. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida mexanikaning umumiy bo’limlari-«qattiq jismlar dinamikasi», «harakatning ustuvorligi» nazariyasi hamda suyuqliklar va gazlar mexanikasi rivojlantirildi. Nemis olimi G. Gelmgols (1821-1894) suyuqlikning uyurma harakati to’g’risidagi ta’limotni, rus olimi N. P. Petrov (1836-1920) ishqalanishning gidrodinamik nazariyasini yaratdi. Aerodinamika asoslarini yaratishda rus olimi N. E. Jukovskiy (1847-1921) g’oyat muhim rol o’ynadi. Jukovskiy 1905-yil 15-­noyabrda Moskva Matematika jamiyatida qilgan ma’ruzasida («Qo’shilgan girdoblar haqida») qanotning ko’tarish kuchini aniq­lash formulasini asoslab berdi, bu formula samolyotlarning barcha aerodinamik hisoblari uchun asoslidir. Mexanikaning yangi bo’limi-o’zgaruvchan massa dinamikasi raketalarning uchishini tekshirishda juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. O’zgaruvchan massa dinamikasini I V. Mesherskiy (1859-1935) o’zining «O’zgaruvchan massa nuqtasining dinamikasi» (1897) degan asarida ishlab chiqdi. Mashhur rus olimi K E. Siolkovskiy (1857-1935) birinchi bo’lib, planetalararo uchishda raketalardan foydalanish mumkinligini matematik jihatdan isbotlab berdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Xalq ta’limi, gumanitar fanlar, san’at, adabiyot, tanqidiy realism

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida transport, elektr, kemasozlik va metallurgiya va boshqa sohalardagi yangiliklar haqida

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarni ham shunday yangiliklar yaratishga ilhomlantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; shu davrning yasngiliklarini boshqa davr yangiliklari bilan solishtirish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Texnika taraqqiyoti yuqori saviyali mutaxassis va ishchilarga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirib yubordi. Rivojlangan mamlakatlarda 12-13 yoshgacha bo’lgan bolalarni umumiy majburiy va bepul o’qitish joriy qilindi. Bu omil aholi savod­xonligining oshishiga olib keldi. Imtiyozli o’quv yurtlari tarmog’i kengaydi. Biroq xalqning asosiy qismi qashshoq yashaganligi, yomon uy-joy sharoitlari, bolaligidan tirikchilik uchun pul topish zarurligi bir qator mamlakatlarda ko’plab bolalarni o’qishni oxiriga yetkazmasdan maktabni tashlab ketishga majbur qilardi. Ayni paytda, ta’lim sohasidagi salbiy jihatlarni ham ko’rmaslik mumkin emas edi. Chunonchi, ba’zi mamlakatlarda yoshlarni mil­latchilik, irqchilik ruhida tarbiyalashga e’tibor berilgandi. Xususan, Amerika Qo’shma Shtatlarida xalq maorifi tizimi irqchi­lik ruhida edi. Negrlarning bolalari uchun alohida maktablar ochilgan bo’lib, bu maktablarda oq tanlilarning bolalari uchun tashkil etilgan maktablardagiga qaraganda kam hajmda bilim berilar edi. Mamlakatda hukm surayotgan irqchilikka qarshi kurash masalasi Garriyet Bi­cher-Stouning «Tom tog’aning kulbasi» asarida o’z ifodasini yaqqol topdi. Bu davrda Sharqda xalq ta’limi sohasida G’arbning yutuqlari tash­viq qilina boshlandi. Yevropa ta’siri kuchaydi. XX asr boshlariga kelib, jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan tabiiy fanlarning jadal rivojlanishi, texnikaning yanada ildam taraq­qiyoti diniy xurofotlardan xoli bo’lgan ilmiy dunyoqarashning mavqeyi mustahkamlanishi uchun sharoit yaratdi. Gumanitar fanlarda, birinchi navbatda, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, adabiyot va sotsiologiyada realistik voqelikni aks ettiruvchi asarlar yuzaga keldi. Bir qator olim va yozuvchilar insonlarning yaxshi yashashi uchun, demokratiya, tenglikni ta’minlovchi jamiyatni barpo qilish maqsadida shunga inti­luvchi g’oyalarni ifodalovchi va ulug’lovchi asarlarni yuzaga keltirdi­lar. Lekin, qanday qilib bo’lsa ham boylik to’plashga harakat qilishni tasvirlovchi asarlar ham paydo bo’ldi. Bu davrda madaniyat, adabiyot va san’atning demokratik asosda rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Ayniqsa, bu narsa adabiyotda yaqqol o’z ifodasini topdi. Shu sababli tanqidiy realizm va naturalizm yuzaga keldi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Nazorat ishi – 6

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; takrorlash orqali o’quvchilarning reyting baholarini aniqlash

Tarbiyaviy maqsad; yodda saqlab qolish qobiyatini yanada rivojlantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni jahon tarixi faniga nisbat qiziqishlarini orttirish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni:1. Liviya qachondan boshlab Italiya mulki deb e'lon qilingan edi?

A)1899y. C)1906y.

B)1901 y. D)1911y.

2. G'arbiy Sudanda 18 yil davomida fransuzlarga qarshi kurashgan sarkarda?

A)Samiul Magerero B)Samore Ture

C)Xendrik Vitboy D)Keychvayo

3. Madagaskar qachon Fransiya mustamlakasi deb e'lon qilingan edi?


A)1883y. B)1885y.

C)1890y. D)1896y.

4. Birinchi jahon urushi qaysi davlatlar uchun bosqinchilik urushi emas edi?



A)Turkiya va Bolgariya B)Yaponiya va Italiya

C)Serbiya va Belgiya D)Xorvatiya va Gollandiya

5. Shliffen rejasi nima sababdan amalgam oshmay qolgan?



A)Rossiyaning Germaniya va Avstriya-Vengriyaga qarshi hujum boshlashi

B)Angliya armiyasining Fransiyaga yordamga kelishi

C)Italiyaning Antantaga o’tishi va Fransiyani Qo’llab-quvvatlashi

D)AQShning urushgn kirilhi va Fransiyani qo’llab quvvatlashi

6. "Buyuk chekinish"nechanchi yilda ro’y berdi?



A)1915-yili B)1916-yili

C)1917-yili D)1918-yili

7. 1915-yilning7-may kuni cho’ktirib yuborilgan "Luzitaniya" yo’lovchi tashish kemasi qaysi davlatga qarshli edi?



A)AQShga B)Rossiyaga

C)Angliyaga D)Fransiyaga

8. Birinchi jahon urushida qaysi voqea Germaniya diplamatiyasining katta mag’lubiyati

bo’Iib kirdi?

A)Italiyaning Antanta tomoniga og’dirilishi

B)AQSh davlati bilan kelisha olmaganligi

C)Rossiyaning Bolqonda hukmronlik qilishiga yo'l berishi

D)Yaponiyaga Xitoyni topshirishi

9. 1917-yilining 3-fevralidan boshlab Germaniya qaysi davlatga qarshi cheklanmagan suvosti urushini e'lon qilgan?



A)Angliyaga B)Fransiyaga

C)AQShga D)Rossiyaga

10. "To’rtlar ittifoqi"davlatlari ichida birinchi chiqqan davlatni aniqlang.



A)Germaniya B)Turkiya

C)Bolgariya D)Avstriya-Vengriya

11. Birinchi jahon urushida uning asosiy ishtirokchilari bo’lgan davlatlar o’z milliy boyliklarining qanchasini yo’qotdilar?



A)milliy boyliklarining teng yarmini B)milliy boyliklarining uchdan bir qismini

C)milliy boyliklarining beshdan bir qismini D)milliy boyliklarining ikki barobarini

12. AQSH va Angliyaning eng yirik shaharlarida nechanchi yildan tramvay ishga tushirildi?



A)1875-yil B)1885-yil

C)1895-yil D)1900-yil

13. 1882-yilda birinchi issiqlik elektr stansiyasi qaysi shaharda qurilgan?


A)Londonda B)Nyu-Yorkda

C)Parijda D)Berlinda

14. Kimning kashfiyoti metallurgiyaga asos solib, fosforli temir rudalardan eritib olingan cho’yanni po’latga aylantirish raasalasini to’la hal qildi?

A)A.Vilm B)Mone

C)S.Tomas D)L.Bakelanda

15. Qaysi olimning elektromagnit to’lqinlari haqidagi nazariyasidan kelib chiqib, V.K.Rentgen "X nurlar"ni ixtiro qildi?



A)S.Arrenius B)P.Griss

C)A.Eynshteyn D)K.Maksvel

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Yakuniy dars.

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’quvchilarning yil davomida egallagan bilimlarini mustahkamlash va bilimlarini yanada boyitish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; jahon tarixida ushrab turadigan yillar va atamalarga e’tibor berilishi haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: yakuniya darsda o’quvchilar 3 guruhga bo’lingan holda savol javob o’tkaziladi; savollar quyidagilardan iborat.

1 guruhga; Fransiya-Prussiya urushi

Germaniyaning 70 yillardagi iqtisodiy taraqqiyoti sabablari

AQSH nima sababdan dunyoda birinchi raqamli davlatga aylandi.

Svaraj va svadeshi nima

Buyuk Chekinish haqida gapirib bering

2 guruhga Fransiya tashqi siyosati; kamchilik va yutuqlari

Angliya mustamlakalari haqida gapirib bering

Lotin Amerikasi davlatlari; Kuba va Meksikadagi siyosiy jarayonlar

Sun Yat Sen faoliyati haqida gapirib bering

Yashin tezligida g’alaba qozonish rejasi

Tomson haqida gapirib bering

3 guruhga Otto fon Bismark faoliyati haqida nima bilasiz

Irlansiya muammosi

Taraqqiyparvar davr

1905-1911 yilgi inqilob haqida bilasizmi



Verden va Marna yonidagi jangler haqida

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO





Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa