Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida



Download 368.23 Kb.
bet3/8
Sana11.01.2017
Hajmi368.23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni XIX asrdan boshlab Angliya dunyoning barcha qit’alarida juda katta hududlarni bosib oldi va ularni o’z mustamlakasiga aylantirdi. 1870-yillarda Angliya mustamlakalarining aholisi 200 mln. kishi bo’lgan bo’lsa, XIX asr oxiriga kelib qariyb 370 mln. kishiga yetdi. Bu davrda bosib olingan hudud 20 mln. kv. km dan 33 mln. kv. km ga yetdi. Mustamlakalardan keladigan daromadlar olinadigan foydaning katta qismini tashkil etardi. Angliyaning eng ilg’or sanoat Mamlakati sifatidagi mavqeyining pasayishi uni yangi mustamlakalar bosib olishni kuchaytirishga un­dadi. B.Dizraeli Osiyoda Belujistonni bosib oldi. Angliyaning maqsad­laridan biri O’rta Osiyo hududlariga suqulib kirish edi. Ammo, uning bu niyatiga Rossiya to’sqinlik qilardi. 1876-yilda Dizraeli taklifi bilan qirolicha Viktoriya Hindiston impe­ratori deb e’lon qilindi. Shu tariqa Buyuk Britaniya imperiyasi vujudga keldi. 1877-1878-yillardagi Rossiya­-Turkiya urushi davrida Angliya huku­mati avval boshdanoq Turkiya to­monida turdi. Inglizlar flotini Dar­danellga yubordi. Angliya hukumati Rossiya va Turkiya o’rtasida imzolangan San-Stefano sulh shartno­masining Turkiya foydasiga qaytadan ko’rib chiqilishiga muvaffaq bo’ldi. Angliya buning «evaziga» Turkiya mustamlakasi bo’lgan Kipr orolini egalladi. 1878-yil kuzida Afg’onistonga qarshi ikkinchi afg’on urushini boshlab yubordi. 1879-yil bahorida Afg’onistonni tutqunlikda saqlovchi Ganda­mak shartnomasini qabul qilishga majbur etdi. Lekin Afg’onistonda xalq qo’zg’oloni boshlanib ketdi. Kobuldagi ingliz rezidenti barcha xodimlari va qo’riqchilari bilan qirib tashlandi. Bu qo’zg’olon afg’onlarning mus­tamlakachilarga qarshi xalq urushiga aylandi. Biroq, 1880-yilda ingliz mustamlakachilarining «qo’li baland keldi». 1877-yilda Angliya Afrikadagi oltin va olmosga boy Transvaal va Oranj Respublikasini anneksiya qilganligi e’lon qilindi. 1882-yilda Misr bosib olindi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Umumlashtiruvchi dars

II.Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’quvchilarning shu vaqtga qadar egallagan bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlash qobiliyatini sharllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; takrorlash orqali o’quvchilarni mustaqil fikrlarga o’rgatish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy tajriba almashish

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 27 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni:

- Fransiya-Prussiya urushining asosiy sabablarini aytib bering.

- Ems depeshasi nima?

- konsern va sindikat nima?

- industrial jamiyat nima?

- Uchinchi Respublika Konstitutsiyasi haqida gapirib bering.

- Parij Kommunasi faoliyati bilan tanishtiring

- 1871 yil 18 mart voqealari haqida gapirib bering

- Otto fon Bismark faoliyati haqida bilasizmi?

- XIX asr 70 yillarida Germniya iqtisodiyotining dullab-yashnashining asosiy sabablarini sanab bering

- Otto fon Bismarkning ichki siyosati haqida gapirib bering

- Germaniyaning dastlabki mustamlakasi haqida gapirib bering

- Gomrul haqidagi qonun haqida gapirib bering.

- “uch K” nima?

- 1911 yilgi Angliyadagi parlament islohatiga ko’ra ……..

- “Kultur kampf” nima

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Amerika Qo’shma Shtatlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asrning 70 yillarida AQSHning saoat taraqqiyotining o’ziga xos tomonlari va ikki partiyali tizim haqida

Tarbiyaviy maqsad; AQSH taraqqiyoti “mo’jizasi” haqida o’quvchilarga tushuncha berish

Rivojlantiruvchi maqsad; AQSHning boshqa G’arbiy Yevropa davlatlaridan o’zib ketish sabablari haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Fuqarolar urushidan keyin yagona ichki bozorning vujudga kelganligi, qulchilikning tugatilishi, quldorlik latifundiyalarining bekor qilinishi, unumdor yerlarning, foydali qazilma boyliklarning ko’pligi, sersuv daryolar va poyonsiz o’rmonlar, amerika xalqining tadbirkorligi mamlakat iqti­sodiy taraqqiyotining nihoyatda tezlashuviga sabab bo’ldi. Ayni payt­da, AQShga qo’shni davlatlar (Kanada va Meksika) kuchsiz edi. Bu hol AQShni ortiqcha harbiy xarajatlardan xalos etdi. Bundan tashqari, AQShga yashash uchun kelganlarning katta qismi amalda yuqori malakali mutaxassis kishilar edi. 1870-1914-yillarda AQShga 25 mln. kishi ko’chib keldi. Bu ham AQSh taraqqiyotida muhim rol o’ynadi. Shuningdek, ishchi kuchiga doimiy muhtojlik yangi texnika va texnologiyalarning ishlab chiqa­rishga keng joriy etilishiga yo’l ochdi. 1900-yilda mamlakat aholisining atigi 6 foizi savodsiz edi. Qo’lida biror hunarning yo’qligi uyat hisoblanadigan hodisaga aylandi. Bu omillar ham AQShning gurkirab rivojlanishiga olib keldi. XIX asrning oxirgi o’ttiz yili AQSh tarixida taraqqyotning yuk­sakligi va juda muhim iqtisodiy va siyosiy voqealar bo’lganligi bilan xarakterlanadi. Agar 1860-yil AQSh sanoat mahsuloti hajmi jihatidan dunyoda 4-o’rinda turgan bo’lsa, 1894-yilga kelganda birinchi o’ringa chiqib oldi. 1894-yilda AQShning sanoat mahsuloti G’arbiy Yevro­padagi hamma mamlakatlar mahsulotining yarmiga teng va Buyuk Britaniya mahsulotidan esa ikki baravar oshiq edi. AQShda keng bozorning vujudga keltirilishi kapitalizm taraqqi­yoti uchun juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Hammadan oldin bunga qishloq xo’jaligidagi kapitalizm taraqqiyotining «amerikacha yo’li» g’alaba qilganligi, g’arbiy hududlarning tezlik bilan o’zlashtirilganligi, katta tezlik bilan temiryo’llar qurilganligi va immigratsiya natijasida aholining tez ko’payishi ham yordam berdi. AQSh sanoati o’sishida Yevropa kapitali ham muhim rol o’ynadi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: AQSHning ichki siyosati

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; AQSHning ijtimoiy muammolarini, ya’ni ishchilarning ahvoli, hidular va negrlarga qo’llanilgan zulmlar haqida

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda qullikka, irqchilik va millatchilikka nafrat tuyg’ularini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; AQSH ishchilarining haq-huquqlar uchun kurashi



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: AQSh iqtisodining rivojlanishi va dunyoda birinchi davlatga aylanishi jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy muammolarni o’z-o’zidan bartaraf etishga olib kelgani yo’q. AQShda ham ishchilar sinfi o’z haq-huquqlari uchun qattiq kurash olib borishga majbur bo’lgan. Bu davrdagi ishchilar harakatining asosiy maqsadi 8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishish edi.

1886-yil 1-may kuni umumiy ish tashlashlarda 350 mingdan ortiq ishchi ishtirok etdi. Buning natijasida 200 mingga yaqin ishchi 8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishdi. Biroq, keyingi 2 yilda bu mu­vaffaqiyat deyarli yo’qqa chiqdi. 8 soatlik ish kuni uchun boshlangan harakat Chikagoda juda ham keskin tus oldi. 1886-yil 3-mayda shaharning Senno maydonida bo’lgan ommaviy miting vaqtida politsiya ish tashlaganlarga qarab o’q uzdi. Natijada 6 kishi o’ldirildi va ko’plab ishchilar yarador bo’ldi. Darg’azab bo’lgan Chikago ishchilari 4-mayda shu xunrezlikka qarshi norozilik bildirib, ommaviy miting tashkil qildilar. Qurolli politsiya otryadlari ishchilarga qarshi yuborildi. Sudning qaroriga muvofiq, 1887­-yil 11-noyabrda ommaviy harakat rahbarlaridan 4 kishi (Parsons, Fisher, Engel va Shpislar) dorga osildi. Ular o’limga tik qaradilar. Shpis oxirgi so’zida «Shunday zamon keladiki, bizning sukunatimiz nutqlarimizdan ham o’tkirroq bo’ladi» degan edi. XIX asr oxiriga kelib ijtimoiy harakatga rahbarlik 1881-yilda tuzilgan «Qo’shma Shtatlar va Kanada uyushgan tred-yunionlari va ishchi ittifoqi federatsiyasi»ga o’tdi. 1886-yilda u Amerika Mehnat Federatsiyasi degan nom oldi. AMF asosan yuqori malakali ishchilar manfaatini himoya qilardi. 1914-yilda uning a’zolari soni 2 mln. kishini tashkil etdi. AMF siyosiy kurashga qarshi edi.

Tashkilot ishchilar manfaati yo’lidagi kurashda Kongress a’zolari hamda korxona egalariga ta’sir o’tkazishga alohida e’tibor berdi. Hukumat 1894-yilda sentabrning birinchi dushanbasini «Mehnat kuni»bayrami deb e’lon qilishga majbur bo’ldi. Bu bayram hozirgacha ni­shonlanib kelinmoqda. 1913-yil sentabrda 12000 korxonada kon ishchilari chidab bo’lmaydigan og’ir mehnat sharoitiga qarshi ish tashladilar. Ular 8 soatlik ish kuni joriy etilishini va ish haqini 10 foizga oshirishni talab etdllar. Hukumat ishchilarga qarshi kuch ishlatdi. .

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: AQSHning tashqi siyosati

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’quvchilarga qanday qilib AQSH shu davr ichida dunyoda gegemon davlat maqomini qo’lga kiritganligi to’g’risida ma’lumot berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; tashqi siyosatdagi yutuqlari va kamchiliklari haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Mamlakatning juda katta resurslarini va Rossiyadan sotib olingan Alyaskani (1867-y.) o’zlashtirish bilan band bo’lgan AQSh mustamlakalar va o’z ta’sir doiralarini qo’lga kiritishga Yevropa mamlakatlaridan kechroq kirish­di. Uning e’tibori Karib havzasi va Tinch okeani boyida joylashgan mamlakatlarga qaratildi. 1889-yilda Tinch okeanining eng markazida, Osiyoga olib bora­digan strategic jihatdan muhim bo’lgan dengiz yo’llari kesishgan joy­dagi Gavayi orollari bosib olindi. AQSh Lotin Amerikasida hukmron bo’lib olish uchun kurashib, riyokorltk bilan «Hamma Amerika mamlakatlarining manfaatlari bit­ta», degan g’oyani targ’ib qilib keldi. 1889-yilda AQSh Davlat departamenti tashabbusi bilan Vashingtonda birinchi Panamerika kon­ferensiyasi chaqirildi. Birinchi Panamerika konferensiyasining birdan­ bir aniq natijasi xalqaro «Amerika respublikalari syezdi» degan as­sotsiatsiyasi tuzishdan iborat bo’ldi. AQShning G’arbiy yarim shardagi mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishga qaratilgan Panameri­kanizm siyosati shu tariqa vujudga keldi. 80-yillarda Venesuela bilan Britaniya Gvineyasi o’rtasidagi ziddiyatjuda kuchayib ketganda AQSh «Monro doktrinasi»ga tayanib, bu janjalni bartaraf qilishda o’zi vosi­tachilik qilmoqchi bo’lganligini Angliyaga ma’lum qildi. 1899-yil Ve­nesuela masalasi hal etildi. Ko’p o’tmay Samoa orollari ham qo’lga kiritildi. XIX asrning oxirida AQSh nihoyatda qudratli davlatga aylandi. Ispaniyaga qarashli Kuba oroli Amerika hukmron doiralarining havasini keltirardi. AQSh Ispaniyaga qarshi urushga tayyorlana boshladi. AQSh o’z fuqarolarining manfaatini himoya qilish bahonasi ostida 1898-yil 15-fevralda Kuba sohillariga o’z harbiy kemasini yubordi. Bu harbiy kema Gavana reydida turgan joyda noma’lum sababga ko’ra portlab ketdi. Natijada, 268 kishi halok bo’ldi, 100 ga yaqin kishi esa yarador bo’ldi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Nazorat ishi – 2

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; takrorlash orqali o’quvchilarning reyting baholarini aniqlash

Tarbiyaviy maqsad; yodda saqlab qolish qobiyatini yanada rivojlantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni jahon tarixi faniga nisbat qiziqishlarini orttirish



VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni: 1. Germaniya iqtisodining gurkirab rivojlanishiga sabab bo’lgan bosh omilni aniqlang.

A)Fransiyaning talanishi

B)Germaniya tadbirkorlarining boshqa davlatlar muvaffaqiyatlaridan foydalanishi

C)sanoatni tez sufatlar bilan militarlashtirilishi

D)Germaniyaning birlashganligi

2Germaniyaning prussiashtirish siyosati oqibatida 1906-yilda 100 mindanortiq .........


bolalari maktabga borishdan bosh tortdi.
A)chex C)vengr

B)bolgar D)polyak

3. Germaniyani hukumatining sotsialistlarga qarshi favqulodda qonun ("Sotsial demokratlarning xavfli intilishlariga qarshi qonunlarni qabul qilishiga nima bahona bo’lgan? A)ishchilarning ish tashlaganligi



B)ishchilarning ish haqini oshirishni talab qilganligi

C)Vilgelm I ga nisbatan uyushtirilgan suiqasd

D)parlament saylovlarida ishchilar ko’p ovoz olganligi

4. Germaniyada nechanchi yildan boshlab yakshanba dam oilsh kuni deb belgilandi?



A)1890-yil C)1893-yil

B)1891-yil D)1895-yil

5. 1875 yilda Germaniyada qaysi partiya tuzilgan edi?

A)GSP C)GDP

B)GSDP D)GSXP

6. Germaniya 90-yillar oxirida Xitoyning qaysi provinsiyasining bir qismini bosib olgan edi?



A)Tayvan C)Shandun

B)Gonkong D)Yunan

7. Liberallar partiyasining asosiy tayanchi kimlar edi?



A)dehqonlar C)o'rta sinf vakillari

B)ishchilar D)yuqori sinf vakillari

8. Irlandiyaga muxtoriyat berish to’g’risidagi qonun hujjati qanday ataladi?


A)"petitsiya" C)"bill"

B)"gomrul" D)"yer-suv ligasi"

9. Irlandiya lord-hokimi qayerda o’ldirildi?



A)Olsterda C)Londonda

B)Belfastda D)Dublinda

10. "Shinfeyn" partiyasining asoschisi kim?


A)J.Garni C)A.Griffit

B)Konnoli D)Parnell

11. "Leyboristlar partiyasining tuzilishi liberallar hukumatining xatosi"-deb kim

aytgan?

A)Dizraeli C)D.L.Jorj

B)Gladston D)Georg V

12. Leyboristlarpartiyasi dastlabki parlament saylovida necha o’rin oldi?



A)10ta C)30ta

B)29ta D)33ta

13. Irlandiyada taqiqlangan "Yer ligasi" o’rniga .........tuzildi.



A)"Oq o’g’lonlar" C)"Oy yog’dusi bahodirlari"

B)"Yengilmas botirlar" D)"Xotin-qizlar yer ligasi"

14. Angliya tomonidan bir necha mustamlakalarga dominion maqomi berilgan edi. Quyidagi javoblardan dominionlik huquqini qo’lga kiritgan davlatlar ketma-ketligi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni belgilang.



A)Kanada,Avstraliya, Yangi Zellandiya, JAR

B)Kanada,,Yangi Zellandiya, JAR, Avstraliya

C)JAR,Kanada,Avstraliya, Yangi Zellandiya

D)Avstraliya, Kanada, Yangi Zellandiya, JAR

15. Sanoat mahsulotlari hajmi bo’yicha 1860 yilda AQSh dunyoda nechanchi o’rinda edi? A)birinchi C)uchinchi



B)ikkinchi D)to'rtinchi
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Lotin Amerikasi davlatlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Lotin Amerikasi davlatlari, xususan, Kuba va Meksikada kechgan siyosiy jarayonlar haqida

Tarbiyaviy maqsad; ozodlik uchun qilingan qo’n to’kilishlar haqida, milliy vatanparvarlar haqida tushuncha berish

Rivojlantiruvchi maqsad; Lotin Amerikasi davlatlarining ozodlikka erishishi



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Amerika qit’asi shartli ravishda Shimoliy va Janubiy Amerikaga bo’lindi. «Janubiy Amerika» atamasi o’rniga ko’pincha «Lotin Amerikasi» iborasi ham ishlatiladi. Ma’lumki, Janubiy Amerikani yevropalik ispanlar va portugallar istilo qilgan edi. Ularning tili lotin tilidan kelib chiqanligiga nisbat berilib, Janubiy Amerika Lotin Amerikasi deb atalgan. Shimoliy va Janubiy Amerikaning taraqqiyoti bir xil darajada kech­gani yo’q. Shimoliy Amerikada joylashgan AQSh dunyoning birinchi davlatiga aylangan bo’lsa, Lotin Amerikasi taraqqiyotda orqada qolib ketdi. Lotin Amerikasida siyosiy jihatdan mustaqil bo’lgan davlatlar­ning tashkil topish jarayoni 1870-yilga kelib, deyarli tugallandi. Ar­gentina, Meksika, Chili, Urugvay, Venesuela va Kolumbiya mamlakatlari Ispaniya hamda Portugaliya zulmiga qarshi uzoq vaqt o’z mustaqilliklarini saqlash va feodal monarxiyani ag’darib tashlash uchun kurashdilar. Lotin Amerikasi mamlakatlarining ko’pchiligida XIX asrning oxirgi choragida sanoat taraqqiyoti endigina boshlangan edi. Ularning iqti­sodiyotida kapitalistik munosabatlar bilan bir qatorda feodal muno­sabatlar, qulchilik qoldiqlari va hindularning sodda urug’-qabilachilik jamoalari ham mavjud edi. Bu mamlakatlarning asriy qoloqligidan Angliya, Fransiya, AQSh va Germaniya kabi buyuk davlatlarning monopolistlari foydalanib qoldilar. XIX asrning oxirlariga kelib, Lo­tin Amerikasi mamlakatlari amalda Angliya va AQShning yarim mus­tamlakalariga aylanib qoldilar. Lotin Amerikasi davlatlarida kapitalizmning qaror topishi uzoq va o’ta mashaqqatli yo’ldan bordi. Bu mintaqaga eng ko’p kapital kiritgan davlat Angliya edi. Asosiy mablag’lar bandargohlarga, temiryo’llar qurilishiga, banklarga hamda tropik o’simliklarni o’stirishga va go’sht sanoatiga sarflanardi. XIX asr oxirida Lotin Amerikasiga AQSh kapitali ham kirib kela boshladi. 1897-yili AQSh Lotin Amerikasiga 250-300 mln. Dollar kapital qo’ygan bo’lsa, 1913-yili ko’rsatkich 1,5 mlrd. dollarga yetdi. 1868-1878-yillarda Kuba xalqi Ispan mustamlakachilariga qarshi ozodlik kurashi olib bordi (Ispaniya Kubani 1510-yilda bosib olgan edi). Biroq, Ispan qaramligidan ozod bo’lishga eri­shilmadi, Shunday bo’lsa-da, 1880-yilda qulchilikning bekor qili­nishiga erishdi. Tez orada Kubaga AQSh da’vo qila boshladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Lotin Amerikasining boshqa davlatlari

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Lotin Amerikasi davlatlari, xususan, Kuba va Meksikada kechgan siyosiy jarayonlar haqida

Tarbiyaviy maqsad; ozodlik uchun qilingan qo’n to’kilishlar haqida, milliy vatanparvarlar haqida tushuncha berish

Rivojlantiruvchi maqsad; Lotin Amerikasi davlatlarining ozodlikka erishishi



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa