Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 0,51 Mb.
bet4/8
Sana11.01.2017
Hajmi0,51 Mb.
#92
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Braziliya Janubiy Amerikadagi yirik davlatlardan biri bo’lib unda 15 min. aholi yashagan. Braziliya, ayni paytda, eng quloq davlat ham edi. Braziliyada qullik, qashshoqlik, jaholat va huquqsizlik keng avj olgan edi. Qullarni sotadigan bozorlar, o’z oilasiga, o’z uyiga ega bo’lish huquqidan mahrum bo’lgan kishilarni sotish, zahmatkash qulni nazoratchilar tomonidan qamchilab ishlatish 70-80-yillarda odatiy hol edi. Yirik qo’zg’olonlardan biri Riu-Grandi-du-Norti viloyatida Boni­fatsio boshchiligida shakarqamish plantatsiyalarida ko’tarilgan qullar qo’zg’oloni bo’ldi. Qullar o’zlarining negr respublikasini e’lon qildilar va Bonifatsioni uning prezidenti etib sayladilar. Respublikaning aso­siy vazifasi qullarni ozod qilish, deb hisoblagan Bonifatsio viloyat poytaxti Natal shahriga yurish boshladi. Biroq, hukumat qo’shinlari yo’lda unga yetib oladi va tor-mor qiladi. Negr Andres Rebusaz Braziliyaning ko’zga ko’ringan muhandisi va Rio-de-Janeyrodagi qulchilikka qarshi bo’lgan konferensiyaning tashkilotchisi bo’ldi. 1883-yilda do’sti, publitsist Joze va Patrosino bilan birga qullikdan ozod qilishga chaqiruvchi «Ozodlik manifesti»ni yozdilar. Burjualashgan plantatorlar abolitsionistik harakatni quvvatladilar. Eng yirik plantator Antonio Predo o’z qullarini ozod qilib yubordi. U saroy vaziri bo’lgach, qullarni ozod qilish haqida taklif kiritdi. Kasalli­gi uchun Yevropada yashayotgan imperator Pedru II o’rnida vaqtincha turgan regent-malika Izabel 1888-yil13-mayda Braziliyada qullarni ozod qilish haqidagi «Oltin qonun» nomi bilan mashhur qonunga qo’l qo’ydi. Mamlakatda bu paytda 750 ming qul bor edi. Qulchilik bekor qilingach, respublika uchun kurash kuchayib ketdi. 1889-yil14-iyulda Rio-de-Janeyro respublika tarafdorlarining katta namoyishi bo’lib o’tdi. Namoyishda talabalar, hunarmandlar, sav­dogarlar va shaharliklar qatnashdi. Politsiya namoyishni tarqatishga urinib ko’rdi va boshliqlarini turmaga tashladi. Bu namoyishdan armiyada marshal Deodoru de Fonseko rahbarligida isyon ko’targan respublikachilar foydalandi. 1889-yil 19-noyabrda Pedru II taxtdan voz kechib, ingliz kemasida Portugaliyaga jo’nab ketdi. Hokimiyat harbiylar qo’liga o’tdi. Deodoru de Fonseko boshchiligidagi hukumat Mamlakatni Respublika deb e’lon qildi. Bra­ziliya 1891-yilda qabul qilgan yangi Respublika Konstitutsiyasiga binoan Braziliya Qo’shma Shtatlari deb ataladigan bo’ldi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiyaning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiyada bo’lib o’tgan siyosiy va iqtisodiy yangiliklar haqida

Tarbiyaviy maqsadRossiyaning Yevropa davlatlari oldida qoloqligi va uning sabablari haqida

Rivojlantiruvchi maqsad; Rossiyaning shu davrdagi ahvoli bilan o’rta asrlardagi Rossiya bilan solishtirish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Rossiya bu davrda cheklanmagan monarxiya edi. Butun hokimmiyat podsho (sar) qo’lida to’plangan edi. (Tarix kitoblarida podsho hokimiyatiga nisbatan «chorizm», «samoderjaviye» iboralari ham ishlatiladi.) Podsho hokimiyatining asosiy tayanchi pomeshchiklar hamda pra­voslav cherkovi edi. Podsho xonadonining o’zi eng katta pomeshchik bo’lib, 7 mln. desyatina (1 desyatina = 1,1 gektar) yerga egalik qilardi. Pomeshchik xo’jaligi Rossiyaning kapitalistik taraqqiyoti yo’lidagi asosiy to’siq edi. Pomeshchiklar jon-jahdlari bilan eski tartiblarning saqlanib qolishiga harakat qilar edilar. Rossiyada burjuaziya sinfi ham bor edi. Ularning sarmoyalari hajmi tobora o’sib bordi. Biroq burjuaziyaning siyosiy nufuzi past, davlatni boshqarishdagi ishtiroki deyarli sezilmas edi. Ayni paytda, burjuaziya siyosiy hokimiyatga intilayotgan ham edi. Rossiya agrar-industrial davlat edi. Mamlakat aholisining 85%i qishloqlarda yashardi. Shunday bo’lsa-da, Rossiyada kapitalizm shiddat bilan rivojlanib bordi. Chet el kapitalining kirib kelishi tufayli og’ir sanoat tezlik bilan ilgariladi. Uning metallurgiya, mashinasozlik, neft va ko’mir qazib olish kabi tarmoqlari yuksala boshladi. Rossiya qisqa vaqt ichida (1898-1901) neft qazib chiqarish bo’yicha AQShni ham ortda qoldirdi va dunyoda birinchi o’ringa chiqdi. Chetga asosan kerosin eksport qilindi. Metall eritish bo’yicha dunyoda 4-o’rinni egalladi. 1905-yilga kelganda ishchilarning soni 500 dan ortiq bo’lgan korxonalarda butun ishchilarning deyarli 50 foizi ishlar edi. Shu davr Rossiya iqtisodiy taraqqiyotiga xos yana bir xususiyat bu-monopoliyalarning vujudga kelganligi edi. Chunonchi, Rossiya Janubining qora metallurgiyasida bu yillarda «Prodmet» degan yirik mono­polistik tashkilot qaror topdi. Bu tashkilot amalda bir qancha sindikat­larning birlashmasidan iborat bo’lib, metallurgiya sanoatining eng asosiy mahsulot turlari: sortli temir va tunuka, balkalar, relslar va boshqa shu kabilar savdosini monopoliya qilib oldi. Metallurgiya zavodlarining faqat ayrim xil mahsulotlari savdosinigina o’z qo’liga olgan monopolistik birlashmalar («Truboprodaja», «Krovlya») vujudga keldi. Rangli metallurgiyada mis prokati zavodlari sindikatlari (1903) bilan «Med» jamiyati (1907) hal qiluvchi mavqeni egallab oldi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Rossiyaning tashqi siyosati

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrda Rossiyaning tashqi siyosati va unda uchraydigan kamchiliklar haqida

Tarbiyaviy maqsad; Rossiyaning tashqi siyosati namunasida tashqi siyosat o’yinlari haqida tushuncha berish

Rivojlantiruvchi maqsad; Rossiya tashqi siyosati bilan boshqa xorijiy davlatlar tashqi siyosatidagi farqlar haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Rossiya ham qudratli mustamlakachi dav­latlardan biri bo’lgan. Bosqinchilik urushlari yo’li bilan ulkan imperiya vujudga keltirildi. Ayni paytda, Rossiya mustamlakachilik imperiyasi Angliya yoki Fransiya mustamlakachilik imperiyasidan farq qilardi. Bu farq-Rossiya bosib olgan hududlarning bevosita imperiya tarkibiga qo’shib olinishida edi. Shu tufayli Rossiyaning okean yoki dengizorti mustamlakalari yo’q edi. Chunonchi, O’rta Osiyoning bosib olingan qismi imperiya tarki­biga qo’shilib, bu hududda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilgan. Rossiya agressiv siyosatining asosiy yo’nalishlari Bolqon, Uzoq Sharq, Turkiya hamda Qora dengiz bilan O’rta dengizni bog’lovchi Dardanell va Bosfor bo’g’ozlari hamda O’rta Osiyoda o’z hukmronligini o’rnatish edi. Rossiya XIX asrning 70-yillaridan keyin ham O’rta Osiyoda bos­qinchilik siyosatini davom ettirdi. 1873-yilda Xiva xonligi vassal davlatga aylantirildi. Bosqinchilik yurishlari 1885-yilda to’la amalga oshirib bo’lindi. Tez orada Bolqon inqirozi yuz berdi. 1875-yil­ning yozida Gersegovina va Bosniyada Turkiya mustamlakachiligiga qarshi qo’zg’olon ko’tarildi. Ular milliy mustaqillik talab qildilar. Bolgariyada ham shunday qo’zg’olon ko’tarildi. Biroq qo’zg’olon shafqatsizlik bilan bostirildi. Bolqon inqirozi buyuk davlatlarning manfaatini yana bir bor to’qnashtirdi. 1876-yil Serbiya-Turkiya urushida Turkiyaning qo’li baland kela boshladi. Shunday sharoitda 5-oktabr kuni Rossiya Turkiyadan Serbiya bilan yarash bitimi imzolashni va armiyasini demobilizatsiya qilishni talab etdi. Biroq Turkiya bu talabning bajarilishini paysalga soldi. 31-oktabr kuni Rossiya bu masalada Turkiyaga ultimatum top­shirdi. Shu tariqa, Serbiya halokatdan saqlab qolindi. 1876-yil 26-dekabrda Konstantinopolda Bolqon masalasida xalqaro konferensiya chaqirildi. 1877-yilning 28-fevralida Serb-Turk tinch­lik shartnomasi imzolandi. Bosniya, Gersegovina va Bolgariyaga mux­toriyat berish talablari esa qog’ozda qoldi. Turkiya Serbiya bilan tinchlik shartnomasi tuzgan bo’lsa-da, o’z armiyasini demobilizatsiya qilmadi. Bu Rossiya uchun ayni muddao bo’ldi. Rossiya 24-aprel kuni Turkiyaga urush e’lon qildi. Serbiya va Chernogoriya ham urush harakatlarida qatnashdi. Rossiya armiyasi Turkiya armiyasiga katta talafot yetkazdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Rossiyada Davlat dumasining tashkil topishi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Rossiyadagi ijtimoiy harakatlar va 1905 yildagi inqilob haqida tushuncha

Tarbiyaviy maqsad; inqilobning yuz berish omillari va salbiy jihatlari haqida tushuncha berish

Rivojlantiruvchi maqsad; Rossiya Davlat Dumasining Rossiya tarixidagi ahamiyati haqida o’quvchilarga ma’lumot berish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Rossiya aholisining turmush darajasi G’arbiy Yevropa davlatlanga nisbatan juda past edi. Bu hol, mamlakatda chuqur iqtisodiy-siyosiy islohotlar o’tkazilishini talab qilishga qodir konstitutsiyaviy muxolifatning yo’qligi oqibati edi. Mavjud hukmron tuzum esa chuqur ijtimoiy islohotlarning ashad­diy dushmani edi. Korxonalarda ish vaqti o’rta hisobda 12-13 soat, to’qimachilik sanoatida esa 13-14 soat davom etar edi. Fabrikaga yollangan ishchi xo’jayin do’konidan mahsulotni nasiyaga olishga majbur edi. Do’kon korxona egalari uchun ishchilarni qo’shimcha ekspluatatsiya qilish vositasi edi. Kavkazorti, Qozog’iston va O’rta Osiyoda ishchilar ayniqsa og’ir va huquqsiz ahvolda edilar. Jamiyatda mavjud tuzumni o’zgartirish haqida o’ylovchi turli guruh­lar, uyushmalar yo’q emas edi. Ularning biri-G. V. Plexanov rah­barlik qilgan «Mehnatni ozod qilish» guruhi edi. Bu guruh 1883-yilda tuzildi. G.V. Plexanov ishchilar sinfini inqilobiy kuch deb hisoblagan. Lekin u hokimiyatni qurolli qo’zg’olon yo’li bilan bosib olishga qarshi edi. U jamiyatni islohotlar yo’li bilan yangilash tarafdori edi. 1895-yilda Peterburgda «Ishchilar sinfini ozod qilish uchun kurash ittifoqi» tuzildi. 1898-yilda Rossiyadagi barcha sotsial-demokratik guruhlar «Rossiya Sotsial-demokratik ishchi partiyasi» (RSDRP) deb atalgan partiyaga birlashdilar. 1903-yildan boshlab bu partiyada rah­barlik V.I. Lenin qo’liga o’tdi. U RSDRPdagi bolsheviklar deb atalgan oqimning yetakchisi edi. Bolsheviklar Rossiyada xususiy mulk mutlaqo bo’lmaydigan, jamiyat a’zolari ezuvchi va eziluvchilarga bo’linmaydigan, davlat hokimiyati asosan ishchilar sinfi qo’lida bo’ladigan, barcha mulk dav­latniki hisoblanadigan jamiyatni o’rnatmoqchi edilar. Bunday jamiyatni qurish uchun mavjud tuzumni ishchilarning qurolli qo’zg’oloni (aslida davlat to’ntarishi) orqali ag’darib tashlash g’oyasini targ’ib etganlar. Rossiyada mensheviklar, kadetlar, sotsial-revolutsionerlar, «17­oktabr ittifoqi» kabi siyosiy partiyalar ham mavjud edi. Rossiyaning milliy chekka o’lkalarida esa milliy-ijtimoiy harakat rivojlana bordi. O’rta Osiyoda bu harakat jadidchilik deb ataldi. 1905-yilning 9-yanvar kuni Rossiya tarixida 1-inqilob boshlandi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Nazorat ishi – 3

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; takrorlash orqali o’quvchilarning reyting baholarini aniqlash

Tarbiyaviy maqsad; yodda saqlab qolish qobiyatini yanada rivojlantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni jahon tarixi faniga nisbat qiziqishlarini orttirish



VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni1. 1868-78 yillarda qayerda ispanlarga qarshi ozodlik kurashi bo’ldi?
A)Meksikada C)Kubada

B)Venesuelada D)Peruda

2. 1880 yilda qayerda qulchilik bekor qilinishiga erishildi?
A)Kolumbiyada C)Gvatemalada

B)Kubada D)Panamada

3. 1872-76 yillarda Meksika prezidenti kim edi?

A)P.Dias C)L.Texada

B)Magarero D)F.Madero

4. F.Madero qachon Meksika prezidentligini egalladi?



A)1910-y. C)1912-y.

B)1911-y. D)1913-y.

5. XIX asr oxirlarida Braziliya aholisi qancha edi?



A)10mln. C)25 mln.

B)15mln. D)30 mln.

6. Braziliyadagi "Negr Respublikasining" prezidenti kim edi?


A)A.Pedro C)Porfirio

B)Bonifasio D)A.Rebuzas

7. Braziliyada "Oltin qonun" qachon qabul qilingan edi?



A)1880y. C)1888y.

B)1885y. D)1889y.

8. Braziliyada Respublika Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan edi?



A)1889y. C)1891y.

B)1890y. D)1893 y.

9. Buyuk Markaziy Amerika Respublikasi tarkibiga qaysi davlatlar kirgan?



A)Gonduras,Salvador,Nikaragua

B)Panama,Salvador,Nikaragua

C)Salvador,Gvatemala,Kosta-Rika

D)Kosta-Rika,Salvador,Gonduras

10. General Uerta qaysi davlatda o’z diktaturasini o’rnatgan?



A)Meksika C)Braziliya

B)Kuba D)Argentina

11. Argentina qaysi mahsulot eksport qilish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egalladi?


A)makkajo'xori C)kanop

B)bug’doy D)chorva

12. XIX asrning oxirida Rossiya qaysi sohada dunyoda birinchi o’ringa chiqib olgan?



A)neft qazib chiqarish C)metal eritish

B)kerosin eksport qilish D)ko'mir qazib olish

13. XIX asrning oxirida Rossiya qaysi sohada dunyoda to’rtinchi o’ringa edi?



A)neft qazib chiqarish C)metal eritish

B)kerosin eksport qilish D)ko'mir qazib olish

14. Rossiyada Agrar islohot kimning tashabbusi bilan o’tkazilgan edi?



A)Aleksanr III C)Stolipin

B)Nikolay II D)Rasputin

15. San-Stefano shartnomasi qachon imzolangan?



A)1877y.19may C)1878y.lyanvar

B)1877 y.19 dekabr D)1878 y.19 fevral

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya imperiyasi

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya imperiyasining siyosiy tuzumi va iqtisodiy-ijtimoiy hayoti haqida

Tarbiyaviy maqsad; bu imperiyaning ko’p millatli imperiya ekanligi haqida ma’lumot berish

Rivojlantiruvchi maqsad; bu imperiyaning milliy ozodlik yo’lidagi kurashganlari haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867-yilda Avstriya va Vengriyaning hukmron tabaqalari o’rtasidagi bitim asosida vujudga keldi. Imperiyaning Avstriya qirolligi tarkibiga Chexiya, Moraviya, Ga­litsiya va Bukovina, Vengriya tarkibiga esa Slovakiya, Xorvatiya va Tran­silvaniya kirgan. Shu yilning o’zida imperiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilin­gan. Unga ko’ra, imperiyaning umumiy hukmdori Avstriya impera­tori bo’lgan. Imperator Gabsburglar sulolasi vakili edi. Sulola im­periyani 1867-yildan 1918-yilgacha boshqargan. Imperiya tashkil etilgan paytda imperator Frans Iosif edi. Avstriyada imperator hokimiyati rasman Reyxstag, Vengriyada esa Seym tomonidan cheklangan. Binobarin, Avstriya-Vengriya Kon­stitutsiyaviy monarxiya edi. Imperiya tashkil etilgach, quyidagi 3 ta umumimperiya vazirligi tashkil etilgan: 1. Tashqi ishlar. 2. Harbiy va dengiz. 3. Moliya. Boshqa vazirliklar imperiyaning har ikki qismida ham mustaqil faoliyat yurit­ganlar. Vengriya o’z parlamentiga, ijroiya hokimiyatga, siyosiy va ma’muriy muxtoriyatiga ega bo’lgan. Imperiyadagi 50 mln. aholining 30 millioni bo’ysundirilgan slavyan xalqlaridan iborat edi. XIX asrning so’nggi choragida Avstriya-Vengriya Yevropadagi eng qoloq mamlakatlardan biri edi. Mamlakatda feodalizm sarqitlarining saqlanib qolganligi ilg’or Yevropa mamlakatlariga nisbatan sanoat taraqqiyoti sur’atlarining sekinlashuviga olib bordi. 90-yillarda shahar aholisi butun Avstriya-Vengriya aholisining faqat uchdan birini tashkil qilardi. Hatto imperiyaning eng rivojlangan qismi bo’lgan Avstriyada ham qishloq aholisi ko’pchilikni tashkil etar edi. Vengriya esa ko’proq agrar, yarim feodal mamlakatligicha qolaverdi. 1867-yilda tuzilgan Avstriya-Vengriya bitimi Vengriyaning iqti­sodiy jihatdan rivojlanishi uchun ma’lum turtki bo’ldi. Vengriya ko’miri bazasida sanoatning metallurgiya tarmog’i rivojlana boshladi. Lekin Vengriyaning asosiy sanoat tarmog’i oziq-ovqat sanoati bo’lib qolaver­di. 1898-yilda Vengriyaning un tortish, vino tayyorlash, qand va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha imperiyadagi hissasi 47,3 foizni tashkil etdi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu Imperiyaning ichki siyosati:

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya imperiyasining siyosiy tuzumi va iqtisodiy-ijtimoiy hayoti haqida

Tarbiyaviy maqsad; bu imperiyaning ko’p millatli imperiya ekanligi haqida ma’lumot berish

Rivojlantiruvchi maqsad; bu imperiyaning milliy ozodlik yo’lidagi kurashganlari haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish