Ii bob. G’arbiy Yevropa davlatlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi



Download 0,51 Mb.
bet5/8
Sana11.01.2017
Hajmi0,51 Mb.
#92
1   2   3   4   5   6   7   8

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Avstriya-Vengriya imperiyasi tashqi siyosatida Bolqon yarim oroli alohida o’rinda turgan. U bu mintaqada ustunlikka erishishga, Rossiya ta’sirini keskin kamaytirish­ga, Bolqon xalqlari milliy-ozodlik kurashini bostirishga intilgan. Bu hol uni Germaniya bilan tobora ko’proq yaqinlashtirgan. Fransiya-Prussiya urushi tugagach, tez orada (1873-yilda) «Uch imperator ittifoqi» (Germaniya, Rossiya va Avstriya-Vengriya) tuzildi. 1876-yil 6-iyunda Avstriya-Vengriya Rossiya va Turkiya o’rtasida urush kelib chiqqanda betaraf qolish majburiyatini oldi. Berlin kongressida aynan Avstriya-Vengriya talabi bilan Bolgariya chegaralari qisqartirildi. Rus armiyasi qismlarining Bolgariyada tu­rish muddati 2 yildan 9 oyga kamaytirildi. Chernogoriyanirig dengiz sohili nazorati Avstriya-Vengriya qo’liga o’tdi. Bundan tashqari, Avstriya-Vengriyaga Bosniya va Gersegovinani bosib olish huquqi berildi. 1879-yilning 7-oktabrida, asosan, Rossi­yaga qaratilgan yashirin Avstriya-Vengriya va Germaniya bitimi im­zolandi. Bolqon masalasida munosabatlarning keskinlashuvi oqibatida «Uch imperator ittifoqi» barham topdi. Kerber (1900-1904) va Gauch (1904-1906) hukumati davr­larida Avstriya-Vengriyaning tashqi siyosati tobora agressiv (tajovuz­korona) tus oldi va ular Bolqon davlatlarini bosib olishga intildilar. Endi hukmron doiralar «Harbiy partiya» tashkiloti atrofida birlash­dilar. Bu partiyaga taxt vorisi Frans Ferdinand rahbarlik qilardi. 1908-yilning 5-oktabrida Avstriya-Vengriya Bosniya va Gerse­govinani bosib oldi. va ular Bolqon davlatlarini bosib olishga intildilar. Endi hukmron doiralar «Harbiy partiya» tashkiloti atrofida birlash­dilar. Bu partiyaga taxt vorisi Frans Ferdinand rahbarlik qilardi. 1908-yilning 5-oktabrida Avstriya-Vengriya Bosniya va Gerse­govinani bosib oldi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Italiya

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Italiyadagi siyosiy tuzum va iqtisodiy ahvoli haqida

Tarbiyaviy maqsad; Italiyaning iqtisodiy qudrati haqida o’quvchilarga ma’lumot berish

Rivojlantiruvchi maqsad; Italiyaning tashqi siyosatidagi o’ziga xoslikni o’rganish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Fransiyaning Prussiya bilan urushda yengilishi Italiyani to’la birlashtirish yo’lidagi oxirgi to’siqni bartaraf etishga imkon berdi. 1871-yilning 3-oktabrida Rim ham mamlakat tarkibiga qo’shib olindi. Papa hokimiyati Vatikan saroyi bilan cheklab qo’yildi. Bun­gacha papa Piy IX Italiyaning qo’shilishiga qarshilik qilayotgan va uni Fransiya armiyasi himoya qilayotgan edi. Italiya siyosiy tuzumiga ko’ra konstitutsiyaviy monarxiya bo’lib qoldi. Konstitutsiyaga ko’ra ikki palatali (Senat va deputatlar palatasi) par­lament tashkil etildi. Qirol Viktor Emmaniel II qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament bilan bo’lib oldi. Senatorlar qirol tomonidan umrbod muddatga tayinlanar edi. Ijro etuvchi hokimiyat Bosh vazir qo’lida to’plandi. Saylovda qatnashish uchun mulk senzi joriy etildi. Natijada 27 mln. aholidan 600 ming kishi saylov huquqiga ega bo’ldi. Konstitutsiyada barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, uy-jo daxlsizligi, so’z va matbuot erkinligi, yig’ilish o’tkazish huquqi e’tirof etildi. Xristian dinining katoliklik oqimi yagona din bo’lib qoldi. 1871-yilda Cherkov va davlat munosabatini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi. Qonun Papani muqaddas va daxlsiz deb e’lon qildi va Vatikanga boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabat o’rnatish huquqi berildi. Italiyaning milliy davlat bo’lib birlashtirilishi mam­lakatda kapitalistik tuzumni barqaror qilish jarayonini tezlashtirish uchun qulay sharoit yaratib berdi. Biroq Italiya ham hamon agrar davlatligicha qolmoqda edi. Yerga, asosan, yirik zamindorlarning egalik qilishi saqlanib qoldi. Buning ustiga yerdan foydalanishning qoloq shakllari hukm surardi. pomeshchiklar yerining katta qismi mayda uchastkalarga bo’linib, juda og’ir shartlar bilan (hosilning 3/4 qismini to’lash sharti bilan) dehqonlarga ijaraga berilardi. Mulkdor dehqonlar juda ko’pchiligining egalik qiluvchi yer maydoni 1 ga dan oshmas edi. Ayni paytda, mamlakat oldida juda katta moliyaviy muammolar turardi. Chunonchi, Italiyaning ichki va tashqi qarzi 8 mlrd. 300 mln. lirani tashkil etardi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO
Kun __________ oy __________ 201__y.
Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Bolqon davlatlari.

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; shu davrga oid Bolqon davlatlarining milliy ozodlik harakatlari, Birinchi va Ikkinchi Bolqon urushlari haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda urushga va mahalliychilikka qarshi nafrat ruhida tarbiyalash

Rivojlantiruvchi maqsad; Bolqon davlatlarining dunyo hamjamiyatida tutgan tarixiy o’rni haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XIX asrning 70-yillariga kelganda janubiy slavyanlarning ko’pchiligi hamon chet el zulmi ostida ezilmoqda edi. Faqat kichkina Chernogoriya va Serbiya knyazligini tashkil etgan serb yerlarining bir qismigina mustaqil edi. Janubiy slavyanlar-­bolgarlar, makedoniyaliklar, Bosniya va Gersegovina slavyanlari, serblarning talaygina qismi Turkiya hukmronligi ostida edi. Xorvatlar, slovenlar Avstriya-Vengriya monarxiyasi, g’arbiy slav­yanlar (chex, slovak, polyak)ning bir qismi ham Gabsburglar hukm­ronligida edi. Polyaklarning ikkinchi qismi Germaniya, uchinchisi esa chorizm zulmidan azob chekardilar. Chet el zulmi slavyan xalqlari­ning siyosiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga to’sqinlik qilardi. XIX asrning 60-yillaridan boshlab slavyan xalqlarining milliy-ozodlik kurashi kuchaydi. Jasur bolgar inqilobchisi Vasil Levskiy mustaqil demokratik Bolgariya Respublikasini barpo etish rejasini ilgari surdi. U Bolgariya hududida yashirin qo’zg’olonchi qo’mitalar tuzdi. 1872­-yilda V.Levskiyni qatl etishgan bo’lsa-da, ozodlik harakati pasayma­di. 1876-yil aprel oyida Bolgariyada qo’zg’olon boshlandi. Qo’zg’olonchilar o’z bayroqlariga «Ozodlik yoki o’lim» shiorini yozgandilar. Talantli publitsist va shoir Xristo Botev (1848-1876) ozodlik harakatiga yo’lboshchilik qildi (u turklar bilan bo’lgan jangda 1876-yil 1-iyunda qahramonlarcha halok bo’ldi. U halok bo’lgan kun Bolgariyada Xotira kuni sifatida nishonlanadi). Bolgar xalqining kurashi juda og’ir kechdi. Kuchlar teng emasdi. Turklar 30 000 ga yaqin bolgarni qilichdan o’tkazdilar va ko’plab qishloqlarini kultepaga aylantirdilar. Bu vahshiyliklar ko’plab mamlakatlar jamoatchiligini qattiq g’azablantirdi. Rus hukumati Bolqonda o’z ta’sirini mustahkamlash uchun qo’zg’olonlardan foydalanishga qaror berdi va Bolqon slavyan­larini yoqlab chiqdi. Yuqorida aytilganidek, Rossiya hukumati 1877-yil 24-aprelda Turkiyaga qarshi urush e’lon qildi. Turkiya Bolgariya davlatining tuzilishiga rozilik bildirdi. Mustaqilikka ega bo’igan davlatlar konstitutsiyaviy monarxiya davlatlari bo’lib qoldilar. Yangidan vujudga keltirilgan Bolgariyaning davlat tuzumi 1878-yil aprelida Tirnovo Ta’sis majlisi tomonidan qabul qilingan Bolgar knyazligi Konsti­tutsiyasida (Tirnovo Konstitutsiyasida) uzil-kesil rasmiylashtirildi. Tirnova Konstitutsiyasiga muvofiq Bolgariya knyazligi meros bo’lib qaladigan konstitutsiyaviy monarxiya deb e’lon qilindi. Bu konsti­tutsiya Bolgariya mustaqilligini amalda tasdiqladi.

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Umumlashtiruvchi dars

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; o’quvchilarning shu vaqtga qadar egallagan bilimlarini sinovdan o’tkazish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda yodda saqlash qobiliyatini sharllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; takrorlash orqali o’quvchilarni mustaqil fikrlarga o’rgatish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni:

- Frans Iosif kim

- Avstriya-Vengriya imperiyasida Vengriyaning roli qanday

- Avstriya Sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) haqida gapirib bering

- Pan Engelman kim?

- “vengerlashtirish” siyosati haqida nima bilasiz?

- Antisemitizm nima?

- Krispi bosh vazirligi davri haqida gapirib bering.

- Italiyada Jolitti davri

- Adua yonidagi jang haqida gapirib bering.

- Vasil Levskiy kim?

- kimning halok bo’lgan kuni Bolgariyada Xotira kuni sifatida nishonlanadi?

- Aleksandr Battenberg kim?

- “Kalendari kombiar” haqida gapirib bering.

- birinchi va ikkinchi Bolqon urushi haqida gapirib bering.

- Birinchi jahon urushining boshlanishiga sabab bo’lgan voqeani ayting

- Irredentizm nima?

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: Nazorat ishi – 4

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; takrorlash orqali o’quvchilarning reyting baholarini aniqlash

Tarbiyaviy maqsad; yodda saqlab qolish qobiyatini yanada rivojlantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; o’quvchilarni jahon tarixi faniga nisbat qiziqishlarini orttirish



VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 30 daqiqa

c) yangi dars daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

IX.Yangi mavzu bayoni:

1. Imperiya tashkil etilgan paytda Avstro-Vengriya iraperatori kim edi?



A)Frans Ferdinant C)Ferdinand Iosif

B)Frans losif D)Fridrix Iosif

2. Avstro-Vengriyada nechta umum imperiya vazirligi tashkil etilgan edi?

A)l ta C)3 ta

B)2 ta D)5 ta

3. Vengriyaning asosiy sanoat tarmog’i qaysi sanoat hisoblanar edi?



A)engil sanoat C)ko'mir sanoati

B)oziq-ovqat sanoati D)metallurgiya

4. Avstriyada qachon ishchilarga qarshi "favqulodda qonun" joriy etilgan?



A)1867y. C)1884y.

B)1874y. D)1888 y.

5. Vengriya Sotsial-demokratik partiyasi qachon tuzilgan edi?



A)1889y. C)1900y.

B)1890y. D)1893y.

6. Galitsiyadagi qaysi millat milliy zulm ostida edi?



A) rus C)polyak

B)ukrain D)rumin

7. Quyidagi hududlarning qaysilari Vengriya

tarkibiga kirgan?

l)Moraviya 2)Slovakiya

3)Xorvatiya 4)Chexiya

5)Galitsiya 6)Bukavina 7)Transilvaniya;

A) 1,4,5 C)2,3,7

B)2,4,6 D)l,5,7

8. Avstriya-Vengriya imperiyasida slavyan

xalqlarining mustamlaka holatini saqlab qolishga intiluvchi shovinistik partiyalar qaysi

qatorda to’g’ri berilgan?



A)Vengriya Sotsial-demokratik partiyasi va Avstriya Sotsial-demokratik partiyasi

B) Vengriya Sotsial-demokratik partiyasi va Xristian sotsialistlar partiyasi

C)Avstriya Sotsial-demokratik partiyasi va Pangerman partiyasi


23


D)Pangerman partiyasi va Xristian sotsialistlar partiyasi

9. XIX asr oxirida Italiya savdo floti hajmi bo’yicha dunyoda nechanchi o’rinda edi?



A)l-chi C)3-chi

B)2-chi D)4-chi

10. "Sanoat taraqqiyoti tepasida ish haqi yuqori bo’lgan mamlakatlar turadi" -deb kim ta'kidlagan edi?



A)K.Kavur C)Jolitti

B)Mingetti D)F.Krispi

11. 1889 yilda Italiya qaysi hududni bosib olgan edi?



A)Somali C)Efiopiya

B)Italiya D)Eritreya

12. Italiya 1911-1912-yillardaqaysi davlatga qarshi urush olib borihi natijasida Liviyani qo’lga kiritdi?



A)Turkiya C)Fransiya

B)Misr D)Angliya

13. ......... .boshlab slavyan xalqlarining milliy-ozodlik kurashi kuchaydi.



A)XIX asrning 60-yillaridan C)XIX asrning 80-yillaridan

B)XIX asrning 70-yillaridan D)XIX asraing 90-yillaridan

14. Quyidagi shahslardan qaysi biri Bolgariya hududida yashirin qo’zg’olonchi Qo’mitalar

tuzdi?

A)Vasil Levskiy C)Lev Valevskiy

B)Xristo Botev D)S.Stambolov

15. 1-Bolqon urushida Turkiyaga qarshi o’zaro ittifoq tuzgan davlatlarni ko’rsating. l)Serbiya 2)Bolgariya 3)Ruminiya 4)Cherngoriya 5)Gretsiya 6)AIbaniya



A) 1,2,4,5 C)2,3,4,5

B)1,3,4,6 D)2,4,5,6

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Yaponiya

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Yaponiyada sanoatning rivojlanishi, ijtimoiy harakatlar va tashqi siyosat haqida

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; Yaponiyaning boshqa Osiyo davlatlari bilan farqi va o’xshashliklari haqida tushuncha berish.



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: Mamlakatda bozor iqtisodiyotining rivojlanishi 1867-1868-­yillarda bo’lib o’tgan o’zgarishlardan so’ng Yaponiyada Tokugava xonadoni qo’lida bo’lgan syogunlik boshqaruvi barham topdi. 1868­1878-yillarda mamlakatda mohiyatan inqilobga teng «Meydzi islohotlari» (imperator Mutsixito «Meydzi» nomi bilan taxtga o’tqazilgan. Bu so’z «ma’rifatli boshqaruv» degan ma’noni angla­tadi) deb atalgan islohotlar o’tkazildi. Imperator Mutsixito parla­mentga o’xshash Davlat Kengashi tashkil etdi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga to’sqinlik qiluvchi qonun va tartiblar bekor qilindi. O’sha vaqtga qadar Yevropaning ilg’or davlatlariga, ularning Yapo­niya bilan savdo-iqtisodiy aloqalariga qarshi siyosat hukmron edi. Yangi hukumat Yaponiyani Yevropa bilan «yaqinlashtirish» siyosatini yuritdi. Mamlakatda yagona pul birligi (ien) joriy etildi. Ayrim-ayrim hokimliklar chegaralaridagi bojxonalar va boshqa to’siqlar olib tashlandi. Bu tadbir mamlakat miqyosida savdo-iqtisodiy aloqalarga keng yo’l ochdi. Yo’llarda dehqonlarning shaharga qochib ketishiga qarshi, ularni tutib joyiga qaytarish uchun qo’yilgan poyloqchilik manzillari tugatildi. Chunki sanoat qishloqdan ishchi kuchi «oqib» kelishidan manfaatdor edi. Bu tadbirlar Yaponiyada ichki bozorning, sanoat tarmoqlarining rivojiga xizmat qila boshladi. 1869-yilda «to’rt tabaqa» haqidagi qonun bekor qilindi. Feodal zamindor samuray, dehqon, hunarmand va savdogar tabaqalar rasman teng huquqli deb e’lon qilindi. 1871-yili huquqsiz quyi tabaqa haqidagi qonun ham bekor qilindi. Barcha tabaqa vakillari kasb tanlashda erkin, tadbirkorlik ishlariga haqli bo’lishdi. Mamlakatda alohida feodal mulklar tizimi, hokimliklar tugatilib, 75 ta viloyat tuzildi. Natijada markazlashgan hukumat boshqaruvi yuzaga keldi. 1872-yilda yalpi harbiy xizmat haqida qonun qabul qilindi. 1871-1878-yillarda qishloq xo’jaligi sohasida islohotlar o’tkazilib, yerni erkin oldi-sotdi qilish, istagan turdagi ekinlarni ekishga ruxsat berildi. Hosildan hissa ko’rinishidagi soliq pul solig’i bilan almashtirildi. Yerning mayda bo’laklarga bo’linib ketishiga qarshi qonun chiqarildi. Sharoit qanchalik og’ir bo’lmasin, Yaponiyada bozor munosabatlari tez rivojlana boshladi. Yaponiya Yevropa tajribalaridan Sharqda birinchi bo’lib foydalandi, Yevropada uzoq vaqt davomida yuzaga keltirilgan ilg’or sanoat texnikasini Yaponiya tayyor holda olar edi

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: XIX asr oxirida Xitoy

Maqsad:

Ta’limiy maqsad; Xitoyning XIX asr oxirida mustamlakaga aylantirilishi va ijtimoiy harakatlar haqida ma’lumotlar berish

Tarbiyaviy maqsad; o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad; Xitoyning rivojlanishidagi o’ziga xos xususiyatlar haqida



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni: XIX asr oxirida ham Xitoy qoloq, yarim feodal davlat edi. Yerning asosiy qismi zamindor boylar qo’lida edi. Ko’pchilik dehqonlar zamindorlardanyerni ijaraga olar, ijara haqini pul bilan yoki hosil hisobidan to’lar edilar. Yeri bor dehqonlar juda kam edi. Dehqonlar shaharga ish qidirib kelardilar. Lekin har doim ham ish topilmas edi. Chunki Xitoyda sanoat juda sekin taraqqiy etayotgan edi. XIX asrning so’nggi choragidan boshlab mamlakatda kapitalistik munosabatlar ham rivojlana boshladi. Dastlabki temiryo’llar qurildi. Iqtisodiy aloqalar kengaydi. Yirik shaharlar barpo etildi. Ishchilar soni ko’paydi. Sanoat paydo bo’lishi bilan milliy burjuaziya ham shakllana boshladi. Biroq milliy burjuaziyaning ko’pchiligi kompradorlardan iborat edi. Ular amalda chet el firmalarining agentlari edi. Ular chetdan keltirilgan tovarlarni sotish va arzon xomashyo sotib olish hisobiga boyib borardilar. Pulga muhtoj bo’lgan Sin sulolasi chet el davlatlari bilan asoratli shartnomalar tuzar va milliy manfaatlarga xilof ravishda ularga «Yon» berardi. 70-yillardayoq ajnabiylar Xitoynnig 26 porti (bandargohi)ga bemalol kirardilar va xo’jayinlardek ish yuritardilar. Temiryo’llar qurilishi xorijliklar tasarrufida edi. Ko’mir shax­talarining, konlarning katta qismi ham ularning ixtiyorida bo’lib, Xitoy chet el davlatlarining xomashyo bazasiga aylanib qoldi. Chet elliklar katta shaharlarda hatto o’z rayonlarini tashkil etib, Xitoy ma’murlarini mensimasdan mustaqil ish yuritdilar. Xitoyning Yaponiya bilan 1894-1895-yillardagi urushda mag’lu­biyatga uchrashi chet ellik monopolistlarning Xitoyni yanada ko’proq talashlari, asoratga solishlariga sabab bo’ldi. 1897-yilda Germaniya Szyaochjouvan ko’rfazini bosib oldi va Shandun viloyatini o’z ta’sir doirasiga kiritdi. Fransiya Suamchjuvan ko’rfazini egalladi va Yunan viloyatida hukmronlik ta’sirini o’tkaza boshladi

X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish

Adabiyotlar; darsliklar va qo’shimcha adabiyotlar.
Imzo joyi_________________________ O’IBDO

Kun __________ oy __________ 201__y.


Fan Jahon tarixi

I.Mavzu: XX asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli

Maqsad:

Ta’limiy maqsadXitoyning XX asr boshlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy harakatlari va siyosiy ahvoli haqida tushuncha berish

Tarbiyaviy maqsad o’quvchilarda o’zga xalqlar tarixiga xurmat ruhini shakllantirish

Rivojlantiruvchi maqsad. Ozodlik va mustaqillik g’oyalarini o’quvchilar ongiga singdirish



III.Dars turi: Yangi bilim beruvchi, aralash, mustahkamlash, nazorat ishi.

IV.Dars usuli: suhbat,savol-javob,izohli o`qish,tarmoqlash,mustahkamlash,klaster,analiz,sintez.

V.Dars ko`rgazmasi: darslik, mavzuga oid rasm, jadval, kartochkalar, krosvordlar.

VI.Fanlararo aloqa: uzviy, tajriba almashish.

VII.Darsning borishi: 1. Tashkiliy qism.

  1. salomlashish

  2. davomadni aniqlash

  3. tarbiyaviy minut

VIII.Dars bosqichlari va vaqt taqsimoti.

a) tashkiliy qism 3 daqiqa

b) o`tilgan mavzuni so`rash 15 daqiqa

c) yangi dars 15 daqiqa

d) dars yakuni 12 daqiqa


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish