2020 yilda Toshkent viloyatida takroriy ekin sifatida ekilgan xorijiy va mahalliy soya navlaring dukkaklar soni, dona.
№
Navlar
M
S
V
1
Nina
51,5±5
7,16
14
2
Selekta
45±3
6,7
15
3
To‘maris
65,5±8
8,2
12
Dukkaklash belgisi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga xorijiy Qozog‘iston navlarda Nina navi (mos ravishda 51,5±5), mahalliy navlarda To‘maris navi (mos ravishda 65,5±8) kuzatildi. To‘maris navida dukkaklanishning yaxshi bo‘lishiga sabab bu navning O‘zbekiston iqlimi sharoitiga mosligi va tez pisharligi bilan bog‘liq.Soyaning To‘maris navi erta pishar nav hisoblanadi. Takroriy qilib ekilganda 78-86 kunda pishib yetiladi. Poyasi tik o‘suvchi deyarli shoxlanmaydi, asosiy poyaning balandligi o‘rtacha 85-115 sm gacha.
Dukkaklari nisbatan mayda, har bir dukkakdagi urug‘lar soni 3-4 tagacha. Urug‘i yumshoq, tuxumsimon shaklda, to‘q sariq, yaltiroq po‘stli, sariq urug‘ pallalik don bo‘lib, urug‘ qopchig‘i och qizil, yirik, o‘rtasida oq rangli qopchiq o‘rni bor, dukkaklari bir vaqtda pishib yetiladi.
Shunday qilib, Toshkent viloyati tuproq-iqlim sharoitlarida asosiy ekin tarzida makkajo‘xori bilan birgalikda ekilgan turli xorijiy va mahalliy soya navlarining bioekologik va morfofiziologik xususiyatlaridan dukkaklash fazasi o‘rganilganda xorijiy Qozog‘iston navlarida Nina navi mahalliy navlarda To‘maris navida yuqori ko‘rsatkichga erishildi.
Ma’lumki makkajo‘xori o‘simligi ko‘k massa uchun sut pishish davrida o‘rib olinadi. O‘tkazlgan ko‘pgina tajribalar esa soya ko‘k massasi uchun dukkaklarda don hosil bo‘lishi davridan kechiktirmasdan yeg’ib olish zarurligini ko‘rsatadi. Aks holda soyaning dukkaklari pisha boshlagach uning barglari to‘kila boshlaydi va bu ko‘k massa sifatini va hosilini kamayishiga olib keladi.Shuning uchun aralash ekilaganda tanlab olinadigan soya navining dukkakgiga don hosil bo‘lish fazasi makkajo‘xorining sut pishish fazasiga to‘g’ri kelishi kerak.
Soya o‘simligi sof holda ekilganda unib chiqqandan to dukkaklariga don hosil bo‘lgungacha 81 kun o‘tdi. Aralash ekilganda esa bu davr 77-78 kunni tashkil qildi.
Shunday qilib, soya makkajo‘xori bilan aralash ekilganda 3-4 kun oldin ko‘k massa ushun o‘rib olishga tayyor bo‘ladi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, soyaning rivojlanish fazalarining o‘tishi dastlabki davrda kam farq qilmaydi, keyinchalik bu farq ortib boradi. Gullashdan dukkak hosil bo‘lgungacha bo‘lgan davr soya sof holda ekilganda uzoqroq (29 kun) davom etadi. U makkjoxori bilan aralash holda ekilganda esa bu davrning qisqarib 21-22 kun davom etishi ko‘zatiladi.Soya bilan aralsh holda o‘stirilgan makkajo‘xori o‘simliklarning rivojlanish variantlari bo‘yicha deyarli farq qilmaydi. Bu variantlarda makkajo‘xorining unub chiqishidan 3-4 ta barg hosil bo‘lishiga 20-21 kun o‘tsa, unib chiqishidan ro‘vak hosil bo‘lishigacha bo‘lgan davr 63-64 kunni tashkil etadi.
Bu o‘simlikning unib chiqishda to sut pishish fazasigacha bo‘lgan davr ham deyarli bir hil 88-89 kunga teng bo‘ldi. O‘simliklar bo‘yining balandligi va har bir tup o‘simlikdagi barglar soni hosildorlikni belgilovchi omillardan bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham soya va makkajo‘xori aralash ekilganda ular bo‘yining balandligi va har o‘simlikdagi barglar soni o‘rganildi. Vegetatsiya davrida bu ko‘rsatgichlar uch marta hisoblandi. Shunday qilib, tajriba yer maydonida olib borilgan tajribalar soya o‘simligini makkajo‘xori bilan qo‘shib yetishtirilganda qo‘shimcha xarajatlar qilmasdan turib yuqori hosil va ko‘k massa olish mumkinligini ko‘rsatdi. Bu usul iqtisodiy jihatdan ham ancha samarali bo‘lib, sug’oriladigan maydonlardan unumli foydalanish imkonini beradi.