Ii bob. ”Eshitdim, ko‘rdim, bajardim” tamoyili asosida soya va makkajo‘xorini birgalikda yetishtirish texnologiyasi



Download 3,55 Mb.
bet22/28
Sana13.07.2022
Hajmi3,55 Mb.
#792458
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
2.06 deser oxir enggg

2.3.5-jadval
Tajriba guruhi talabalarining “Ko‘rdim”bosqichidagi ko‘rsatgichlari

Tajriba guruhlari.

Kirish testi (10 ta)

Eshitdim bosqichi nazorat testi (10 ta)

Ko‘rdim bosqichi
nazorat test (15 ta)

1-kurs 21/1

65 %

52 %

74 %

2-kurs 20/3

64 %

50 %

73 %

3-kurs 19/3

66 %

60 %

78 %

O‘rtacha qimati.

65 %

54 %

75 %

Tadqiqot natijasida ko‘rinib turibdiki, tajribada “Eshitdim” bosqichidagi natija ko‘rdim bosqichidan 19 % ga oshirilgan. Bunda talabalar “Eshitdim” bosqichida olgan bilimlarini ko‘rdim bosqichida yanada mustahkamlashdi.
2.4. “Eshitdim, ko‘rdim, bajardim” tamoyilini talabalarni bilimini oshirishdagi ahamiyati.(Bajardim bosqichi misolida)
“Eshitdim, ko‘rdim, bajardim” tamoyili yangi loyiha bo‘lib u talabalarda innovatsion uch bosqichda tashkil etilgan bo‘lib, nazariyani amaliyot bilan bog‘lash va mustahkamlash imkoniyatini beradi. 1-bosqichda talabalar o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimning 52-54% ni o‘zlashtirilgani, 2-bosqichda esa talabalar tomonidan 73-78% bilimlarning o‘zlashtirilgani aniqlansa, oxirgi bosqichda ta’lim samarasi ko‘rsatkichi 80-100 % ga yetishi bashoratlanadi. Loyihada qatnashgan talabalarning egallagan bilim koeffitsiyenti statistik ma’lumotlar asosida isbotlanadi. Xalqaro baholash dasturining asosini tajribalar va tabiiy-ilmiy bilish, mantiqiy tafakkur tashkil etadi. Innovatsion loyiha D.Kolb va B.Blum taksonomiyasining integratsiyasiga asoslangan bo‘lib, tajribada bajardim bosqichining % ko‘rsatkichlarini yuqoriga chiqishiga asos bo‘ladi. O‘quv jarayonida talabalar dastlab fan o‘qituvchisi tomonidan o‘tilgan ma’ruza yordamida mavzuning bir qismini o‘zlashtiradi, bu jarayonni laboratoriyada bajarilganligini ko‘rish, bu tajribalarni o‘zi mustaqil bajarib ko‘rib mavzu haqida to‘liq tushuncha va ko‘nikmaga ega bo‘ladi[50; 2-4-b]
Loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Talabalarga ma’ruza asosida ma’lumot berish;
2. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda multimediya vositalaridan foydalanish;
3. Ushbu laboratoriya ishi va amaliy mashg‘ulotlar talabalar tomonidan mustaqil bajarishi va oldindan ko‘zlangan maqsadga erishilganlik samarasi statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi.
Bu ishni ChDPI talabalariga soya va makkajo‘xorini birgalikda yetishtirishdagi xo‘jalik va morfologik belgilarini ko‘rish orqali amalga oshirildi. Keyingi bosqich talabalarga berilgan nazariy bilimlarni “Ko‘rdim” bosqichida, laboratoriya yoki amaliy darslarda ochiq maydonga ekilgan dukkakli o‘simliklarni ko‘rsatish orqali amalga oshirildi. Virtual tajribalar pedagogik innovatsion tajribada ishtirok etayotgan talabalar bilan o‘qituvchi rahbarligida vediolaboratoriya mashg‘uloti tariqasida tasmaga olinadi. Laboratoriya mashg‘ulotining uch asosiy maqsadi bo‘lib:
Ta’limiy maqsadi – talabalar tomonidan egallangan nazariy bilimlar amaliyotda bajarib ko‘rish hamda olingan nazariy bilimlarni tajribada asoslash imkoniyatini beradi.
Tarbiyaviy maqsadi – talabalar tomonidan mavzu yuzasidan yoritilgan masalalarning xayotiy tajribada qo‘llanish imkoniyati mavjud bu orqali talabalarda tadqiqotchilik qobilyati shakllanadi.
Rivojlantiruvchi maqsadi – “ko‘rdim” bosqichi orqali talabalar onlayn ta’lim platformasidagi nazariy bilimlarni o‘z shaxsiy hayotida ham qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Fan yuzasidan egallanilgan bilimlar, kundalik hayotiy faoliyatda o‘z ahamiyatini topadi.Bu bosqichda laboratoriya mashg‘ulotlari vediodars hamda vedio taqdimot ko‘rinishida yoki qisqa metrajli o‘quv filmi ko‘rinishida masofaviy ta’lim platformasiga yuklanadi. Talabalar laboratoriya mashg‘ulotini virtual holatda ta’lim platformasi orqali ko‘rib o‘rganadilar.
Ko‘rdim bosqichida ikkita tajriba berilgan bo‘lib, bu tajribalar institut tajriba yer maydonida va genetika inisututida laboratoriya sharoitida o‘sayotgan soya va makkajo‘xori bilan bog‘liq holatda olib borildi. “Ko‘rdim” bosqichining talabalar tomonidan mukammal darajada o‘zlashtirilganligi, “qisman izlanishli” ko‘rinishdagi test nazorat savollari orqali amalga oshildi.
Pedagogik-innovatsion loyihaning yakuniy asosiy bosqichi. “Bajardim” deb nomlanadi. Bu bosqichda talabalar asosiy o‘rgatuvchi bosqichlardan o‘tib bo‘lishgan bo‘ladi. “Bajardim” rukni ostida talabalar nazariy va amaliy bilimlarni mustaqil ish vazifalari orqali mustahkamlaydilar va kompetensiyaga ega bo‘ladilar. Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim talabalarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kelgusida kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida vujudga keladigan muammolarni hal etish maqsadida mustaqil ravishda amalda qo‘llay olishga layoqatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limdir.
“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da “kompetentsiya” so‘ziga quyidagicha tahrif berilgan. “Kompetentsiya (lot. competo - erishyapman, munosibman, loyiqman) 1) muayyan davlat organi (mahalliy o‘z- o‘zini boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yo bu sohadagi bilimlar, tajriba.
Kompetentsiyaviy yondashuvni amaliyotga joriy etish maqsadida Respublikada tajriba-sinov maydonlari sifatida belgilangan muassasalarda o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari umumlashtirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-aprelda 187sonli “Umumiy va O‘rta maxsus ta’lim muassasalari Davlat tahlim standartlarini tasdiqlash” to‘g’risidagi Qarori qabul qilindi [4].
Adabiyotlar tahlili talabalarda tarkib toptiriladigan kompetentsiyalar uch darajaga ajratilishini ko‘rsatdi [57; 168-b].
Tayanch kompetentsiyalar – shaxsning ijtimoiylashuvi, shaxs sifatida rivojlanishi, ta’lim sohasi va kasb tanlashida muhim o‘rin tutib, mazkur kompetentsiyalar oliy ta’lim muassasalari o‘quv rejasidan o‘rin olgan barcha o‘quv fanlari mazmuni va o‘qitish jarayoni orqali tarkib toptiriladigan kompetentsiyalar sanaladi.
Umumiy (fanlararo) kompetentsiyalar - O‘quv rejadan o‘rin olgan ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-matematik va umumkasbiy fanlarni o‘qitishda o‘zaro fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish orqali tarkib toptiriladigan kompetentsiyalardir.
Xususiy kompetentsiyalar – ta’lim-tarbiya jarayonida muayyan fanni o‘qitish jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalar asosida tarkib toptiriladigan kompetentsiyalar hisoblanadi.
Aynan mana shu bosqichda, talabalar tomonidan “eshitilgan”, “ko‘rilgan” bilimlar talabalar tomonidan bajariladi va xususiy kompetentsiyaga ega bo‘linadi.
B ajardim rukni ikki xil ko‘rinishdagi mustaqil ta’lim topshiriqlaridan iborat bo‘ladi. Talabalar mustaqil ravishda berilgan topshiriqlarni bajaradilar. Dukkakdoshlarga mansub, soya o‘simligi ehtiyotkorlik bilan kavlab oladilar. Kavlab olingan o‘simlik ildizlari olib o‘lchanadi. Bo‘ylari solishtiriladi, olingan natijalar amaliyot daftariga qayd etib boriladi va statistik hisob-kitoblar olib boriladi. Kuzatishlar va tajriba natijalari kuzatuv qayd daftariga belgilanadi.
Tadqiqotning uchinchi bosqichida, talabalar eshitgan, ko‘rgan narsalarini mustaqil ish tarzida amalda Chirchiq davlat pedagogika inistituti tajriba yer maydonidagi ajratilgan yerga soya va makkajo‘xorini birgalikda ekishdi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tajriba yer maydonida va laboratoriya xonalarida bajarishdi

Tajriba ishlari davomida talabalarni o‘simliklar navlari xususiyatlari haqidagi qiziqtirgan savollariga ish jarayonida javob berib borildi. Bu amaliy tajribalar orqali nazariy va laboratoriya jarayonidagi bilimlar yanada mustahkamlanadi.
Talabalar yer maydoniga soya va makkajo‘xori o‘simliklarining uchtadan navini nazorat va tajriba tarzida ekishdi, bu dala ishini tugatib, ko‘rdim bosqichidagi 15 talik test boyitildi va 20 ta test qilib talabalardan qayta olindi. Bunda o‘zlashtirish 19 % ga ko‘tarilib, natija 89 % gacha oshdi.
Har bir bosqichda talabalar olingan bilimlar asosida test sinovidan o‘tkazildi va talabalarni bilim, malaka, ko‘nikmalari hamda kompetensyaga ega bo‘lganligi nazoratga olindi.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish