2.1.1- jadval
Nazorat guruhlarining ananaviy dars jarayonida olgan baholarining o‘rtacha ko‘rsatgichlari.
Nazorat guruhi talabalari
|
Kirish testi 10 ta
|
Maruza
Nazorat testi 10 ta
|
Amaliy
Nazorat testi 15 ta
|
1-kurs 21/2
|
60 %
|
49 %
|
75 %
|
2-kurs 20/4
|
58 %
|
50 %
|
77 %
|
3-kurs 19/4
|
62 %
|
53 %
|
81 %
|
O‘rtacha darajasi.
|
60 %
|
50 %
|
77%
|
Jadvalda ko‘rinib turibdiki talabalar ma’ruza darslarida talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 50 % ni tashkil qiladi. Shunda so‘ng amaliy (seminar) mashg’ulotlarda takrorlash va mustahkamlash orqali bu ko‘rsatkich 77 % ga oshirildi.
2.2. Klaster yondoshuvi orqali tabiiy fanlarni o‘qitishda “Eshitdim, ko‘rdim, bajardim” tamoyilini qo‘llash sharoiti va uslublari (Eshitdim bosqichi misolida)
Tadqiqot sharoitlari. Ilmiy izlanishlar Chirchiq davlat pedogogika inisututining tajriba yer uchaskasida olib borildi.
Chirchiq tabiiy okrugining iqlimi bir xil emas. Uning tekislik qismiga ko‘proq Arktikaning sovuq hamda g‘arbdan esadigan iliq va nam havo massalarining oqimi kirib keladi. Uning yozi issiq va quruq, iyul oyining o‘rtacha harorati +27°C. Aksincha, tog‘li qismi nisbatan salqin va namroq bo‘lib, iyulning o‘rtacha harorati +20°C atrofida. Yozning eng issiq kunlarida harorat tekislik qismida +44°C gacha, tog‘larda esa undan past bo‘ladi. Qish hududda unchalik sovuq emas (tog‘larning baland qismi bundan mustasno). Yanvarning o‘rtacha harorati tekisliklarda –1 –2°C, eng sovuq harorat –30°C atrofida bo‘ladi. Hududning tog‘li qismida qish tekislikka nisbatan sovuq, yoz esa salqin, yanvarning o‘rtacha harorati –2 –14°C, iyulning o‘rtacha harorati +17+24°C . Eng sovuq harorat –32°C, eng issiq harorat +42°C. Yog‘in okrug bo‘yicha notekis taqsimlangan, eng kam yog‘in tekislik qismining janubi g‘arbiga to‘g‘ri kelib, 250–300 mm bo‘lsa, shimoli sharq tomon ortib borib, 550 mm dan G‘arbiy Tyanshan tizmalarining nam havoga ro‘para yonbag‘irlariga 2000 mm gacha yog‘in tushadi. Yog‘inning asosiy qismi bahor va qish oylariga to‘g‘ri keladi.
Tadqiqotda soya o‘simligining morfologik ko‘rsatkichlari asosan shonalash, gullash va dukkaklash fazalarida o‘ganildi. Buning uchun O‘zbekistonning “To‘maris”, Rossiyaning “Selekta 301”, Qozoqistonning “Nina” va Makkajo‘xoring xorijiy navlaridan Diomond, Vengriya va O‘zbekiston 300 MV navlari tanlab olindi . |Soya bilan makkajo‘xori alohida (nazorat) va birgalikda tajriba tarzida ekildi va bu soya va makkajo‘xori navlari 10 tadan uchta qaytariq shaklida ekildi.Tadqiqot davomida shonalash, gullash va dukkak hosil qilish fazalarida ularning bo‘yi uzunligi lineyka yordamida o‘lchanib, Dospexov 1985 metodi yordamida o‘rtachasi aniqlandi.Morfologik belgilardan asosiy poyadagi barglar va bo‘g‘inlar soni har bir fazada 10 tadan o‘simlikda sanash orqali o‘rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |