Ii. Amaliy mashgulotlar materiallari 1-amaliy mashg’ulot Yigirishda mahsulot namligini nazorat qilish Ishning maqsadi



Download 2,97 Mb.
bet40/48
Sana31.12.2021
Hajmi2,97 Mb.
#210620
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48
Bog'liq
YKSM amaliy-2

9-amaliy mashg’ulot

Naychaga o‘ralgan ip massasini, o‘ralish zichligini va ip uzunligini aniqlash usullari
Ishning maqsadi: laboratoriyada o‘rnatilgan yigirish mashinasi va ulardan chiqadigan ip sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash.

Amaliy mashg’ulot uchun kerak bo‘ladigan anjomlar va materiallar:yigirish laboratoriyasida o‘rnatilgan yigirish mashinasi va “CentexUz” laboratoriya asboblari.
Topshiriq:
  1. Yigirish mashinalarida ipning uzilishi va uning tahlili

  2. Yigirish mashinalarida ishlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish.
  3. Yigirish mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni ta’mirlash.

  4. Naychaga o‘ralgan ip massasini aniqlang.

  5. Naychaga ipni o‘ralish zichligini tajriba yo‘li bilan hisoblang.

  6. Pakovkadagi ip uzunligini aniqlang va olingan natijalarni belgilangan shaklida yozing.

  7. Pnevmomexanik yigirish mashinasida sifatni nazorat qilish



Asosiy ma’lumot va uslubiy ko‘rsatma

Yigirish mashinalarida ipning uzilishi va uning tahlili

Mashinaning ish unumini oshirishda, ipning sifatini yaxshilashda va binobarin, korxonaning samaradorligini oshirishda ipning uzili­shi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ip qancha ko‘p uzilsa, ip yigiruvchining mehnat unumdorligi kamaya­di. Bundan tashqari, ip qancha ko‘p uzilsa, uni ulashda hosil bo‘lgan tuguncha (notekislik) lar shuncha ko‘p bo‘ladi. Shunday qilib, ipning uzilishi faqat mashinaning ish unumi va mehnat unumdorligiga ta’­sir ko‘rsatibgina qolmasdan, balki mahsulotning sifatini ham pasaytirib yuboradi. Binobarin, ipning uzilishiga qarshi kurashish va uzilishning asosiy kelib chiqish sabablarini tahlil qilish, shuningdek fan va texnikaning bu sohada erishgan yutuqlarini keng qo‘llash lozim.



Ipning uzilishiga asosan quyidagilar sabab bo‘ladi:

  • Ishlatiladigan xom ashyo, paxta va kimyoviy tolalarning sifati.

  • Mashinadan olinayotgan xomaki mahsulotlarning sifati, notekisligi.

  • Mashinalarning holati va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sifati.

  • Korxona sexlaridagi harorat va namlik rejimi.

  • Yigiruvchi operatorning malakasi.

  • Mehnat intizomi.

Ko‘rinib turibdiki, ipning uzilishiga qarshi ko‘rashish oson emas, ammo shunga qaramasdan, unga qarshi kurashish va uni kamaytirish zarur.

Yigirish jarayoniga yigirilayotgan ipning mahsuldorligiga uzilishlar soni yetarlicha ta’sir etadi 2.14-rasm. Korxonada turli chiziqiy zichlikdagi iplarni ishlab chiqarishda uzulishlar sonini ortishi hisobiga mahsulotni yo‘qatish grafigi keltirlgan



2.14-rasm Yiliga ishlab chiqariladigan ip miqdoriga uzilishning ta’siri
Yigirish mashinasida mahsulotni uzilishi ko‘pincha cho‘zish priborining oldingi silindiridan chiqish zonasida sodir bo‘ladi.

Uzilishlar soni 1000 urchuq/soat ga nisbatan olinadi. Yigirish mashinasining aylanish tezliklari turlicha bo‘lishi, uzilishlar sonini mahsulot uzunligi bo‘yicha (km) aniqlaymiz.1000 urchuq/soat ipdagi uzilishlar sonini R1va 1km uzunlikdagi ipning uzilishlar sonini R2lar orasidagi bog‘liqlikni topamiz.

1soatda ishlab chiqariladigan ip uzunligi 1000 urchuq, km



Bu yerda; Vchiq.-chiqaruvchi silindir tezligim/min, Ku-buramdan mahsulotni kirishish koeffitsienti.

1 km uzunlikdagi ipga to‘g‘ri keladigan uzilishlar soni quyidagi formula orqali topamiz



Bu erda; nurchiq.-urchiqning aylanish tezligi min-1, αT -pishitish koeffitsienti.T-ipning chiziqiy zichligi teks.
Yigirish mashinalarida ishlash va ularga texnik

xizmat ko‘rsatish

Yigirish mashinalarida yigiruvchi-operatorlar ishlaydi. Sexlar ma’lum miqdorda mashinalari bo‘lgan uchastkaga (komplektga) bo‘linadi. Har bir komplektda 30 dan ortiq yigirish mashinalari bo‘ladi. Yigiruvchilarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Uzilgan iplarni ulash, g‘altakda pilik tugaganda ularning o‘rniga to‘la g‘altaklar qo‘yish. Bu operatsiyalarga yigiruvchining taxminan 30% ish vaqti ketadi.

  2. Mashinaning ma’lum qismlarini vaqt-vaqti bilan tozalab turish. Bu ish soatlik grafik bo‘yicha bajarilib, unga yigiruvchining taxminan 50% ish vaqti ketadi.

  3. Ish o‘rnini tozalab turish.

  4. Smena oxirida toza mashina va ish o‘rnini smenani qabul qilib oluvchiga topshirish.

Mashinada yigirib olinayotgan ipning chiziqiy zichligiga (nomeriga) qarab, bitta yigiruvchi 1800-3600 ta urchuqqa xizmat ko‘rsatadi.

Yigirish sexida usta yordamchisi bo‘lib, u operatorlar ishlarini, mashinalar holatini kuzatadi va reja hamda mahsulot sifati uchun javobgar hisoblanadi.

Bulardan tashqari, yigirish sexida mashinalarni tozalab turadigan 2-3 kishilik brigada ham bo‘ladi. Ular mashinalarni tozalab, uning holatini a’lo darajada saqlashlari kerak. Mashinalarning texnik holati yaxshi bo‘lsa, operator ko‘p mashi­nada ishlay oladi, mashinaning ish unumi, mehnat unumdorligi yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish madaniyati qancha yuqori bo‘lsa, korxona shuncha samarali ishlaydi.

Yigirilgan ipning sifatini nazorat qilish

Har bir ip yigirish korxonasida ip va xomaki mahsulotlar hamda korxonaga keltirilgan xom ashyo (paxta va kimyoviy tolalar) va ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatini muntazam tekshirib turish uchun laboratoriya bo‘ladi.

Xomaki mahsulotlar va ipning fizik-mexanik xossalari, ipning notekisligi muntazam tekshirib turiladi. Vaqt-vaqti bilan, ayniqsa, mashinalar ta’mirdan chiqqanidan keyin asosiy ishchi qismlarning tezligi ham tekshirib turiladi.

Ipda quyidagi nuqsonlar eng ko‘p uchraydi:

  1. Ipning chiziqiy zichlik va pishiqlik bo‘yicha notekisligi - bu nuqson ayrim naychalarda ham, har bir naycha ichida ham uchraydi. Pilik va piltaning notekisligidan yoki yigirish mashinalari ishchi qismlari, ayniqsa, cho‘zish asboblarining holati yomonligidan kelib chiqadi.

  2. Ipning ancha uzun uchastkasining yo‘g‘onlashishi yoki ingichkalashishi - mashinaga berilgan pilikdagi nuqsonlar ipga ham o‘tadi. Bu nuqsonlar tufayli, mashinada bir xil yo‘g‘onlikdagi ip o‘rniga uch xil yo‘g‘onlikdagi nuqsonli ip yigiriladi. Bu nuqsonlar pilta mashinalarida qo‘shib ishlanayotgan piltalardan birortasi uzilgan paytda mashinani o‘z-o‘zidan to’xtatadigan mexanizmning ishlamasligi yoki ikkita pilikdan ip yigirish paytida piliklardan birining uzilishi va buni ishchi sezmay qolishi natijasida kelib chiqadi. Mana shunday nuqsonli ipdan to’qilgan gazlamada yo‘l-yo‘llik (nuqson) hosil bo‘ladi.

  3. Ipda ketma-ket ingichka (o‘ta siyrak) yoki yo‘g‘on (o‘ta zich) joylar paydo bo‘lishi. Bu nuqsonlarga cho‘zish asboblari holatining yomonligi va ularning noto‘g‘ri o‘rnatilganligi, ba’zan silindrlarning va valiklarning qiyshiq aylanishi sabab bo‘ladi.

  4. Ipda krakslar paydo bo‘lishi. Bu nuqson bir yoki bir nechta markaziy kalta tolalar atrofida uzun tolalar o‘ralib qolishidan iborat. Agar bunday ipni sal tortilsa, u yoyilib ketadi. Bu nuqsonga cho‘zish asboblarining silindrlari o‘rtasidagi oraliq kichikligi yoki ishlatilayotgan paxtada juda uzun tolalar borligi sabab bo‘ladi.

  5. Shishlar - ipning ba’zi joylarida keskin qavariqlar paydo bo‘lishi. Bunga tolalarning yaxshi taralmaganligi sabab bo‘ladi.

Nuqsonli o‘ralgan iplar, asosan, ipning naychaga noto‘g‘ri o‘ralish shakli jihatidan nuqson bo‘lishi mumkin. Nuqsonli o‘ralgan iplar 2.15 - rasmda ko‘rsatilgan. 1-raqamda berilgan ip normal o‘ralgan qolganlari nuqsonlidir. 2 va 3 - nuqsonlar almashtiriladigan shesternya (xrapovik) tishlarining soni ko‘pligi yoki kamligi, 4 va 5-nuqsonlar halqali plankaning ko‘tarilib-tushish masofasi noto‘g‘riligi (kichikligi yoki kattaligi), 6 va 7- nuqsonlar o‘rash mexanizmidagi vilkaning noto‘g‘ri o‘rnatilishi, 8 va 9 - nuqsonlar naychalar o‘rash mexanizmi ekssentrigining yeyilishi, 10-nuqson esa halqali plankaning notekis ko‘tarilib-tushishi tufayli paydo bo‘ladi.

2.15-rasm. Nuqsonli pochatkalar



2.16-rasm.Ipni naychaga nuqsonsiz o‘ralishini kompyuter dasturi yordamida boshqarish



Mashinada ip nuqson bilan o‘ralmasligi uchun yigirish mashinasining o‘rash mexanizmi holati hamisha a’lo darajada bo‘lishi talab etiladi.
Yigirish mashinalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni ta’mirlash.

Yigirish mashinalarga quyidagi texnik xizmatlar ko‘rsatiladi:

  1. Har smenada yigiruvchi mashinani tozalab turadi.

  2. Bir haftada har bir mashina to‘xtatilib, tozalanadi. Bu ishni tozalovchi brigada bajaradi.

  3. Mashinalar yaxshilab moylanadi.

  4. Mashina profilaktik ta’mir qilinadi. Bu ishni oyiga bir marta usta yordamchisi bajaradi. Mashina profilaktik ta’mirdan chiqqandan keyin uni smena ustasi qabul qilib oladi va bajarilgan ishlarning sifatini baholaydi.

  5. Joriy ta’mir bosh mexanik huzuridagi maxsus ta’mir brigadasi tomonidan bajariladi. Har bir mashina to‘rt oy mobaynida bir marta joriy ta’mirlanadi. Joriy ta’mir maxsus grafik asosida bajariladi. Mashina ta’mirga to‘xtatilmasdan oldingi uning holati tekshiriladi, ta’mir uchun tayyorgarlik ko‘riladi. Joriy ta’mir paytida mashinadagi hamma kamchiliklar tuzatiladi. Ta’mirdan so‘ng mashina uch smena davomida buzilmasdan ishlasa, mashina sifatli ta’mir qilingan hisoblanadi va uni smena ustasi, usta yordamchisi va mashinada ishlovchi ishchilar qabul qilib olishadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati laboratoriyada muntazam tekshirib turiladi.

  6. Mukammal ta’mir ikki yilda bir marta o‘tkaziladi va maxsus grafik asosida amalga oshiradi. Mukammal ta’mirda mashinaning hamma mexanizm va detallari chiqarib olinadi, vaterpas va chizg‘ichlar yordamida mashina asosining gorizontalligi tekshiriladi. Keyin hamma mexanizm va detallar qaytadan tekshirilib, o‘rniga qo‘yiladi va sozlanadi. Mashina yaxshilab moylanadi va yurgizib yuboriladi. Mashina bir hafta davomida buzilmasdan ishlasa, u sifatli ta’mir qilingan hisoblanadi va uni smena ustasi sex boshlig‘i bilan birga qabul qilib olishadi. Ta’mirlash bo‘limining boshlig‘i, ustasi va ta’mirchilar mashinani topshirishga tayyorlaydilar.

Joriy va mukammal ta’mirdan chiqqan mashinalarni qabul qilib olishda nuqsonlar qaydnomasi tuzilib, ta’mir sifatiga balli sistema bo‘yicha baho beriladi. Mashina ta’mirining sifati faqat a’lo va yaxshi baholanishi kerak. Agar mashina o‘rta bahoga ta’mirlangan bo‘lsa, ta’mirchilar uni qaytadan ta’mirlashadi.


Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish