Ii. Amaliy mashgulotlar materiallari 1-amaliy mashg’ulot Yigirishda mahsulot namligini nazorat qilish Ishning maqsadi


Pilikni chiziqiy zichligini aniqlash uchun namunalar olish



Download 2,97 Mb.
bet39/48
Sana31.12.2021
Hajmi2,97 Mb.
#210620
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Bog'liq
YKSM amaliy-2

Pilikni chiziqiy zichligini aniqlash uchun namunalar olish. Pilikning chiziqiy zichligini tekshirish uchun mashinadan 2 ta g‘altak olinadi. Birinchisi oldingi qatordan, ikkinchisi orqa qator urchug‘idan. Agarda bitta mashina bo‘lsa, u holda 4 ta g‘altak olinadi. Namuna olish va uni tekshirish quyidagi jadval asosida asosida olib boriladi 2.18-jadval.

2.18-jadval



t/r

Ko‘rsatkichlar

Pilik mashinasining soni

1

2

5

10

10 dan ortiq

1.

G‘altaklar olinadigan mashinalar soni

1

2

2

5

10

2.

G‘altaklar soni:

I-qatordan:

II-qatordan:


2

2


1

1


1

1


1

1


1

1


3.

Bitta g‘altakdan olingan kesmalar soni

25

25

10

10

5

4.

Umumiy tekshirish soni

100

100

100

100

100

Agarda 10 tadan ortiq mashina bir xil chiziqiy zichlik bilan ishlayotgan bo‘lsa, u holda bir mashina oralatib namuna olish mumkin. Chiziqiy zichlikni olish uchun 10 m li kesmalar olinadi. Bunda avtomatoviladan foydalaniladi. Xomaki mahsulot chiziqiy zichligi quyidagicha o‘zgarishi mumkin:

-agarda olinayotgan ipni chiziqiy zichligi 18 teks va undan yuqori bo‘lsa, +1,5 dan-2 gacha;

-agarda olinayotgan ipni chiziqiy zichlik 18 teks va undan past bo‘lsa, +1 dan-2 gacha chiziqiy zichlik tekshirilgan vaqtda notekislik normasi quyidagicha bo‘ladi 2.19-jadval.

2.19-jadval



Ko‘rsatkichlar

Ipning navlari

I

II

III

Yo‘g‘on piliklar uchun

1,8

2,3

2,8

Ingichka piliklar uchun

2

2,7

3,2

Mashinadagi pilikning uzilishi. Uzilishni laboratoriya xodimlari bosh muhandis topshirig‘iga asosan tekshiriladilar. TNB har oyda kamida 50% ishlab turgan mashinalarni uzilishini tekshirish shart. Agarda mashinalar juft qilib o‘rnatilgan bo‘lsa, bir vaqtda ikkala mashinadagi uzilishlar tekshiriladi. Tekshirishlar natijasi kartaga yoziladi. Uzilishlarga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

-mashinaning ramkasida yoki orqa qismida piltalar uzilishi;

-silindrlar oldidan uzilish;

-piltani tugashi;

-yo‘g‘on va ingichka piltalar o‘tishi;

-momiqni pilikka qo‘shilib ketishi;

-ishchining aybi bilan uzilish va boshqalar.

1 soatda100 ta urchuqqa to‘g‘ri keladigan pilik uzilishlari quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



Bu yerda: B- mashinadagi nazorat vaqtida uzilishlar soni; n- mashinadagi ishlayotgan urchuqlar soni; t- uzilish nazorat qilishning umumiy vaqti, min.

Odatda umumiy uzilishga nisbatan sabablar bo’yicha uzilish quyidagi foizlarni tashkil etadi.

Piltacha oldidagi uzilish - 20-40

Silindrdagi uzilish - 8-10

Murakkab uzilish hisobiga - 8-10

Boshqa sabablar - 20-30

Pilikni tarangligini tekshirish

Pilik birinchi o‘ralayotgan vaqtda tarangligi juda kam miqdorda o‘zgaradi. Yo‘g‘on pilikni 3 ta to‘liq qator o‘rnatilgach, o‘rtacha yo‘g‘onlikdagi pilikni 4 ta to‘liq qator o‘ralgach, ingichka pilikni 5 ta to‘liq qator o‘ralgach, bu g‘altaklar o‘rniga bo‘shini o‘rnatilsa, g‘altakka normal taranglikda o‘rash mumkin bo‘lmaydi. Oldingi silindrdan chiqayotgan momiq rogulkagacha ochilib qoladi. Agarda yuqoridagi aytilgan protsess boshqacha bo‘lsa, demak zmot noto‘g‘ri tanlangan bo‘ladi.

Taranglikni ekspress usuli bilan tekshirish. Buning uchun quyidagilarni bilish kerak: dIs, dz, dIs min-1 va Ku - kirishish koeffitsienti.

I-sil- chiqarayotgan pilik uzunligini aniqlaymiz:

agarda, dIs=31.75, dz= 41 mm, dIs= 174,4 , Ku= 0995



Bu uzunlikdagi pilikni o‘rash uchun g‘altak tezligi quyidagicha bo‘lishi kerak,





nz- aniqlash uchun laborant sekundomer bilan g‘altaklarni mashinadan olgach, qulfni oldiga turadi. Karetkani 1 yoki 2 marotaba to‘liq harakatiga ketgan vaqtini o‘lchaydi.

Qisqa kesmalar bo‘yicha pilik notekisligi. 3 sm bo‘lakchalar og‘irligi bo‘yicha notekislik aniqlanganda 200 ta bo‘lakcha olinadi. Agarda bo‘laklar soni ko‘p bo‘lsa, har bir mashinadan qancha kesma olinishini quyidagi formula bilan topiladi:



bu yerda: M-mashinalar soni; n-bir mashinadan olinadigan kesmalar soni.

Piliklash mashinasidan olingan pilikning 3 sm bo‘lakchalar og‘irligi bo‘yicha kvadratik notekislik me’yorlari 2.20-jadvalda keltirilgan.

2.20-jadval

Qisqa kesmalar bo‘yicha kvadratik notekislik me’yorlari

Ko‘rsatkichlar

3 sm kesmalar

Diagramma bo‘yicha

Karda usuli

Qayta tarash usuli

Karda usuli

Qayta tarash usuli

Yo‘g‘on piliklar uchun

8,5

8,5

11

11

Ingichka piliklar uchun

-

9

-

12

Uster Tester jihozida pilikning uzunligi og‘irlik birligi bo‘yicha yarim mahsulotning notekisligi aniqlanadi. 2.21-jadvalda shu jihozda olingan pilik va ipning variatsiya koeffitsienti meyyorlari keltirilgan.

2.21-jadval



Uster bo‘yicha yarim tayyor mahsulotni variatsiya koeffitsienti meyyorlari

Mahsulot nomi

Variatsiya koeffitsienti

O‘rta tolali paxta

tekis

O‘rtacha tekslik

Yo‘g‘on pilik 401-1000 teks

7

10

Qayta cho‘zilgan pilik 200-400 teks

7,5

11

Ipning chiziqiy zichligi, teks 125

12,5

15

60

14,5

17,5

42

16

19

28

18

21

25

19

22

18,5

20

24,5




Ingichka tolali paxta

Pilikning chiziqiy zichligi, teks 1000

2,7

4,4

500

3,4

5,1

340

3,7

5,6

200

4,4

6,2

Ipning chiziqiy zichligi, teks 50

6,6

8,6

25

9,9

12,1

16,5

12,1

14,9

14

12,9

15,9

11,5

14,4

17,6

10

15,6

19

7,5

18,1

22,1

2.22-jadval

G‘altakka o‘ralgan pilik massasini hisoblash. Har xil o‘lchamli g‘altaklarga o‘ralgan pilikning massasi.



t/r

Pilik o‘rami balandligi,

To‘lgan pilik balandligi b,

Pilik massasi, , kg

dyuym

mm

dyuym

mm

1.

10

254

4 1/2

114.3

0.60

2.

10

254

5

127.0

0.75

3.

11

279.4

4 1/2

114.3

0.70

4.

11

279.4

5 1/2

139.7

1.00

5.

12

304.8

5

127.0

0.90

6.

12

304.8

6

152.4

1.30

7.

12

304.8

6 1/2

165.1

1.50

8.

12

304.8

7

177.8

1.75

9.

14

355.6

7

177.8

2.05

G‘altakka o‘ralgan pilik massasini quyidagi formula orqali aniqlanadi.

, kg

PILIKNING NUQSONLARI

Ipning sifatiga pilikning sifati (tekisligi) bevosita ta’sir qiladi. Shuning uchun pilik qancha tekis bo‘lsa, piliklash mashinasining o‘zida uzilishi shuncha kamayadi, mashinaning ish unumi oshadi, yigirish mashinasida ipning uzilishi kamayadi, demak, yigirish mashinasining ham ish unumi oshadi.

Piliklash mashinasida paydo bo‘ladigan nuqsonlarni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: pilik chiziqli zichligining berilgan ko‘rsatkichga to‘g‘ri kelmasligi, pilikning notekisligi, pilikning noto‘g‘ri pishitilishi va pilikning g‘altakka noto‘g‘ri o‘ralishi.

Pilikning chiziqiy zichligi berilgan ko‘rsatkichga to‘g‘ri kelmasligining asosiy sababi pilta chiziqiy zichligining noto‘g‘riligi va almashtiriladigan cho‘zuvchi shesternya tishlarining noto‘g‘ri anlanganidir. Agar cho‘zuvchi shesternyaning tishlar soni 1 tishga farq qilsa ham belgilangan chiziqiy zichlikdagi pilik tayyorlab bo‘lmaydi. Bu nuqson pilikning tarangligi bir xil emasligi tufayli kelib chiqadi. Pilikning tarangligini rogulka panjachasiga pilikni ikki yoki uch marta o‘rab rostlab turish ham mumkin.

Pilikda quyidagi notekisliklar uchraydi:

Pereslejina - cho‘zish jarayonida pilikning ma’lum uzunligida davriy bo‘lmagani ingichka va yo‘g‘on joylar paydo bo‘lishi. Sababi: cho’zish asbobi buzuq, oraliq masofa noto‘g‘ri o‘rnatilgan, almashtiriladigan shesternyalar noto‘g‘ri hisoblangan va ularning tishlari singan, ta’minlanayotgan pilta bir tekis uzatilmasligi.

Agar ta’minlanayotgan pilta pereslejinali bo‘lsa, bu nuqson albatta pilikka ham o‘tadi.

Peresechka-davriy ravishda takrorlanib keladigan ingichka va yo‘g‘on joylarning paydo bo‘lishi (pilikning ma’lum uzunligida ingichkalashgan joylarning takrorlanib kelishi). Asosiy sababi: cho’zish asbobi buzuq, silindrlar qiyshayib qolgan, cho’zish asbobiga harakat beruvchi uzatma shesternyalarining tishlari singan.

Agar pilta peresechkali bo‘lsa, undan olingan pilik ham peresechkali chiqadi.

Propusklar - deyarli butun uzunligi bo‘ylab pilikning yo‘g‘onligi bo‘yicha farq qilishi. Propusklar piliklash mashinasining orqa tomonidagi piltaning bittasi uzilib, yonidagi piltaga qo‘shilib, cho‘zish asbobidan o‘tishi oqibatida paydo bo‘ladi.

Normal cho‘zilmagan pilik - pilikning uzunligi bo‘yicha ma’lum joylarining yaxshi cho‘zilmaganligi. Sababi: elastik valiklarga tushayotgan bosim yetarli emas, elastik valiklarning holati yomon, piltaning zichligi katta yoki ishlab chiqarilayotgan pilik haddan tashqari pishitib yuborilgan (buramlar soni haddan tashqari ko‘p).

Pilikda yo’g‘onlashgan va momiq yopishib qolgan joylar paydo bo‘lishi. Bu nuqson pilik mashinasining iflosligidan kelib chiqadi.

Uzilgan pilikning noto‘g‘ri ulanishi. Odatda, pilik uzilganda g‘altakda qolgan pilikning uchi old silindrdan chiqayotgan michkaga ulanadi. Ba’zan mana shu ish ehtiyotsizlik bilan va tozalikka rioya qilmasdan bajariladi. Natijada pilikda mahalliy notekislik paydo bo‘ladi va pilik uziladi.

Pilikning noto‘g‘ri (ko‘p yoki kam) pishitilganligi. Asosiy sababi: almashtiriladigan pishituvchi shesternya tishlarining soni noto‘g‘ri hisoblangan. Bunday pilikni yigirish mashinasida ishlash qiyin bo‘ladi yoki umuman ishlab bo‘lmaydi.

Pilikning g‘altaklarga noto‘g‘ri o‘ralishi. Umuman olganda, pilik tuzilishi (strukturasi) jihatidan emas, balki g‘altaklarga o‘ralishi jihatidan nuqsonli bo‘lishi mumkin. Nuqsonli piliklarning xillari anchagina. 2.12- rasm, a da g‘altakka normal o‘ralgan, 2.12-rasm, b, v, g,d, e,j,z, i, k da esa nuqsonli o‘ralgan piliklar ko‘rsatilgan. Nuqsonli piliklarga quyidagilar kiradi.

2.12-rasm. Pilikni g‘altakka o‘ralishi.



Bo‘sh va juda zich o‘ralgan pilik.Sababi: almashtiriladigan o‘rovchi, ko‘tarib-tushiruvchi shesternyalarning tishlari noto‘g‘ri tanlangan; mashinaning shaylanishi noto‘g‘ri; alohida g‘altaklarda esa pilik ko‘p uzilgan; pilik rogulka va panjachaga to‘g‘ri o‘tkazilmagan.

G’altaklarning konuslari deyarli o‘tmas (2.12- rasm, b) va haddan tashqari o‘tkir (2.12- rasm, v). Sababi: piliklash mashinasi kompyuter dasturiga ustki va pastki konuslar burchagi noto‘g‘ri kiritilgan.

Bo‘rtiqlar (2.12-rasm, g, d). Bu nuqson g‘altakli karetkani to‘xtab qolishi natijasida pilik g‘altakning bir joyiga o‘ralaverishidan kelib chiqadi.

Konuslarning pastki yoki ustki qismidan pilik o‘ramlari siqilib chiqib ketadi (2.12- rasm, j, z). Sababi: kompyuter dasturiga o‘rash parametrlari noto‘g‘ri kiritilgan.

Tekis o‘ralmagan pilik. Bu nuqson g‘altakli karetkani ko‘tarib-tushiradigan va almashtiriladigan shesternya tishlarini noto‘g‘ri hisoblash va tishlarning sinishi tufayli paydo bo‘ladi.

Yuqori va past o‘ralgan g‘altaklar (2.12- rasm, i, k). Bu nuqson g‘altakli koretka holatini noto‘g‘ri rostlash natijasida kelib chiqadi.

Piligi titilgan g‘altaklar. Sababi: pilik o‘ralib to‘lgan g‘altaklar o‘z vaqtida olinmagan; alohida g‘altaklarda esa rogulka panjachsia qiyshaygan.

G‘altakli karetka ravon harakatlanmasa, 2.12-rasm, e da ko‘rsatilgan nuqson hosil bo‘ladi.

Nuqsonli g‘altaklar alohida qilib ajratiladi va ro‘yxatga olinadi. Bu ishni operator yoki maxsus tayinlangan ishchi bajaradi. G‘altakdagi nuqsonli o‘ralgan pilik olib tashlanadi.
Pilik sexida chiqadigan chiqindilar

Piliklash mashinalaridan pilta va pilik uzuqlari ko‘rinishidagi chiqindilar chiqadi. Chiqindining miqdori asosan ishchining malakasiga bog‘liq: u yuqori malakali bo‘lsa, chiqindilar kam bo‘ladi. Pilta va pilik uzuqlaridagi tolalarning sifati yaxshi (normal) bo‘ladi, ammo pilik va piltaning uzilishi natijasida ular chiqindiga aylangan. Shuning uchun pilta va pilik uzuqlari chiqindilarni qayta ishlash mashinalarida qayta ishlanadi va yana saralanmaga aralashtirib ishlatiladi. Shuning uchun ham bunday chiqindilarni qaytadan ishlatiladigan chiqindilar deyiladi.

Momiq. Cho‘zish asbobining ustki valiklarini tozalaydigan valiklar, movut qoplangan taxtachalardan va mashinani tozalaganda ma’lum miqdorda momiq hosil bo‘ladi. Momiqning tolalari juda kalta bo‘lib, ularni yigirib bo‘lmaydi.

Poldan supurib olingan supurindi.Polni supurgan vaqtda ma’lum miqdorda supurindi chiqadi. Albatta, supurindida toza piltava pilik uzuqlari bo‘lmasligi, operator bunga ahamiyat berishi va hamma chiqindilarni alohida-alohida ajratib, smena oxirida chiqindilar sexiga topshirishi zarur. Chiqindi qancha kam bo‘lsa, operator o‘z vazifasini shuncha mohirlik bilan bajargan bo‘ladi.

Piliklash sexida texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi

Piliklash mashinalarining hamma shesternyali va tez aylanadigan qismlari xavflidir. Shuning uchun ular qopqoq bilan yopilgan bo‘lishi kerak. Bu qopqoqlarni ish vaqtida ochish man etiladi. Elektr dvigatellar, tasmalar va tekstrop orqali harakatlanuvchi barcha qismlar ihotalangan bo‘lishi lozim.

Mashinada ishlovchilar ishlashga qulay bo‘lgan ishchi kiyimda ishlashlari, boshlariga ro‘mol yoki bosh kiyim kiyishlari lozim. Ishchilar xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilishlari, ularga rioya qilishlari kerak. Sexda biror baxtsiz hodisa ro‘y bersa, bu haqda darhol smena usta yordamchisiga xabar berish zarur. Barcha korxonalarda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha muhandis bo‘lib, u ishga yangi kelganlarga instruktaj beradi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishini nazoratqiladi. Partiya va hukumatimiz yigirish korxonalarida xavfsiz mexnat sharoiti yaratish, xavfsizlik texnikasi hamda yong‘in xavfsizligi talablariga javob beradigan jihoz va mashinalar yaratish yulida yildan-yilga ko‘proq mablag‘ sarflamoqda.

Tayanch iboralar:

Notekislik, notekislik xarakteri, spetsifik nuqsonlar,chiziqiy zichligi bo‘yicha notekis iplar, chiziqiy zichlik, mahsulot kesimidagi tolalar soni yoki turli uzunlikdagi kesim og‘irliklari bo‘yicha notekislik, hajmiy og‘irligi bo‘yicha mahsulot notekisligi, dispersiya yoki kvadratik notekislik, kalta kesmalar bo‘yicha kvadratik notekislik me’yorlari
Nazorat savollari:

1.Yigirishda ishlab chiqarishidagi mahsulotlarning notekisligini sinash va nazorat qilish qanday olib boriladi?

2.Chiziqiy zichligi bo‘yicha mahsulotning notekisligini nazorat qilish to‘g‘risida izoh bering.

3.Taranglikni ekspress usuli bilan tekshirish nima?

4.Notekislikning mohiyati va ularning turlariga nimalar kiradi?

5.Mahsulotning turli xossalari bo‘yicha tola assortimentlarining o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot bering.

6.Pilikda qandayi notekisliklar uchraydi?

7.Pilik sexida chiqadigan chiqindilar qanday aniqlanadi?




Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish