213
chulg‘amli
transformatorlar,
o‘lchov
transformatorlari,
payvandlash
transformatorlari, o‘zgaruvchan tok chastotasini o‘zgartiruvchi transformatorlar,
fazalar sonini o‘zgartiruvchi transformatorlar, sinov transformatorlari; radio,
televidenie, aloqa va avtomatika qurilmalarida ishlatiladigan
transformatorlar
maxsus transformatorlar hisoblanadi.
4.3.1. Avtotransformatorlar.
Kuchlanishi tekis rostlanadigan transformator
(avtotransformator) –
transformatorlarning kuchlanishi ko‘pincha pog‘onali
rostlanadi. Ko‘p hollarda transformator kuchlanishini katta diapazonda juda
tekis rostlash talab qilinali. Ko‘pincha bu maqsadda chulg‘amning
izolyasiyalan-magan tashqi yuzasida sirpanadigan kontakt cho‘tkalar
ishlatiladi
va shu asosda ulanadigan chulg‘am o‘ramlarini tekis o‘zgartiriladi. Bu usul
kichik quvvatli avtotransformator (LATR) larla qo‘llaniladi.
Katta quvvatli transformator va avtotransformatorlarda kuchlanishni
o‘zgartirish uchun o‘ram qismi qisqa tutashganda
qisqa tutashish tokini
chegaralovchi qarshilikli ikkita cho‘tka ishlatiladi. Amalda qo‘zg‘aluvchan
chulg‘amli yoki qo‘zg‘aluvchan o‘zakli transformatorlar ham qo‘llaniladi.
Bunda transformatorning parallel ulangan ikkita birlamchi chulg‘ai
sterjenning pastida va yuqorisida o‘rnatiladi.
Ikkilamchi chulg‘ami esa qo‘zg‘aluvchan o‘zakda o‘rnatiladi. O‘zak
surilganda ikkilamchi chulg‘am bilan qurshaladigan magnit oqimi o‘zgaradi va
kuchlanish qiymati +
U
2
dan (ikkilamchi chulg‘am yuqorida) -
U
2
gacha
(pastda) juda tekis o‘zgaradi.
4.3.1-rasm. Avtotransformator.
214
So‘nggi vaqtlarda o‘zgarmas tok bilan qo‘shimcha magnitlanadigan ele-
mentli (kuchlanishi tekis rostlanadigan) transformatorlar ishlatilmoqda. Bunday
bir fazali transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlari ikkita chekka
sterjenlarga o‘rnatiladi (4.3.2– rasm). Sterjenlar orasida magnit shunti bo‘ladi.
Magnit shunti ham maxsus po‘latdan yig‘iladi. Magnit shunti chulg‘amlarning
elektromagnit aloqasini pasaytiradi, sochilma oqimlar esa ko‘payadi.
4.3.2-rasm. Qo’shimcha magnitlovchi cho’lg’amli bir fazali transformator
Foydali oqim chekka sterjenlar bilan qurshaladi.
Agar kichkina
magnitlovchi tok e’tiborga olinmasa,
I
1
va
I
2
toklar magnit shunti orqali
qurshaladigan sochilma oqimlar F
s1
va F
s2
ni hosil qiladi. Sochilma oqim katta
bo‘lgani uchun chulg‘amlarning induktiv qarshiligida
kuchlanish pasayishlari
(
jI
1
x
1
va
jI
2
x
2
) katta bo‘ladi va ikkilamchi kuchlanish ancha kamayadi. Magnit
shuntining ikkita sterjenida o‘zgarmas tok manbaiga ulanadigan qo‘shimcha
magnitlovchi chulg‘am o‘raladi. O‘zgarmas tok hosil qiladngan magnit oqimi
faqat shunt orkali berkiladi. Tok qancha katta bo‘lsa,
magnit oqimi ham
shuncha katta bo‘ladi, bunda o‘zak kuchliroq to‘yinadi. Natijada F
s1
va F
s2
oqimlar kamayadi, bu esa ikkilamchi chulg‘am kuchlanishining ko‘payishiga
215
olib keladi. O‘zgarmas tok qiymatini o‘zgartirib, ikkilamchi chulg‘am
kuchlanishi qiymatini juda tekis o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. [1,8,9]
Do'stlaringiz bilan baham: