218
yuklama qarshiligi 0,2 ... 2 Om dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Har bir tok
transformatorining pasportida yuklamaning nominal qarshiligi ko‘rsatiladi, Tok
transformatorida ikkilamchi chulg‘amning nominal quvvati 5 Vt dan 100 Vt
gacha bo‘ladi.
Tok transformatori ishlaganda uning po‘lat o‘zagida juda kichkina magnit
oqimi hosil bo‘ladi, bu oqimni hosil qiladigan magnitlovchi kuch ham kichkina
bo‘ladi.
Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti:
.
1
2
2
1
I
I
К
Т
(4.3.4)
Har bir tok transformatori pasportida uning transformatsiya koeffitsienti K
t
ko‘rsatiladi. Unda birlamchi chulg‘am toki:
I
1
=
K
T
∙
I
2
(4.3.5)
Demak, ampermetr ko‘rsatayotgan tokni transformatsiya koeffitsientiga
ko‘paytirib birlamchi chulg‘amdan o‘tayotgan katta tok qiymatini aniqlash
mumkin ekan. Ko‘pincha elektr o‘lchov priborlari
ulangan zanjir yuqori
kuchlanpshli zanjirdan tok transformatori vositasida ajratiladi. Birlamchi
chulg‘am izolyasiyasi buzilsa, yuqori kuchlanishning ikkilamchi chulg‘am
zanjiriga o‘tishi juda xavfli.
4.3.4-rasm. Tok transformatorlari va ularning ulanish sxemasi.
219
Shuning uchun ikkilamchi chulg‘am qismalaridan biri va po‘lat o‘zak erga
ulangan bo‘lishi kerak. Tok transformatori ishlab turganda ikkilamchi chulg‘am
zanjiri uzilib qolsa, birlamchi chulg‘amdagi katta tok magnitlovchi tok bo‘lib
qoladi, oqibatda magnit oqimi ko‘payib ketadi. Normal sharoitda juda kichkina
bo‘lgan ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi juda ko‘payib ketadi, bu esa xodimlar
uchun juda xavflidir. [1,8]
Po‘lat o‘zakda quvvat isrofi ko‘payib ketishi natijasida
transformator qizib
ketadi va buziladi. Ikkilamchi chulg‘am zanjiri uzilib qolmasligi uchun bu
maqsadda ko‘ndalang qirqimi 2,5...4 mm bo‘lgak yo‘g‘on mis simlar ishlatilishi
kerak. Agar birlamchi chulg‘amdan tok o‘tib turganda ikkilamchi chulg‘amga
o‘lchov priborlari ulan–maydigan bo‘lsa, bu chulg‘am qisqa tutashtirib
qo‘yilishi lozim. Agar tok transformatorining yuklamasi ko‘payib ketsa,
o‘lchashdagi xatolik ko‘payib ketadi. Tokni o‘lchashdagi xatolik quyidagicha
aniqlanadi:
%
100
/
1
1
1
2
2
1
I
I
I
f
(4.3.6)
Klassi 0,2; 0,5; 1; 3; 10 bo‘lgan tok transformatorlari uchun birlamchi tok
nominal qiymatga ega bo‘lganda, o‘lchashdagi xatolik mos holda 0,2; 0,5; 1;
3 va 10% dak ortmasligi kerak.
Bundan
tashqari, tok transformatorlarida burchak xatoligi
δ
1
ham bo‘ladi.
Burchak xatoligi 0,2; 0,5 va 1 klass tok transformatorlari uchui, mos holda, 10,
40 va 80 min dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Magnitlovchi tok ortsa,
transformatorning ikkala xatoligi ham ortadi.
O‘lchov transformatorlari yordamida quvvat va sarflanadigan energiya ham
o‘lchanadi. YUqori kuchlanishli va katta tokli zanjirlarga vattmetr va
schyotchiklar kuchlanish hamda tok transformatorlari orqali ulanadi.
Bunda
ularning tok g‘altaklari tok transformatoriga, kuchlanish g‘altaklari esa
kuchlanish transformatoriga ulanadi. Birlamchi zanjir quvvatini aniqlash uchun
vattmetr ko‘rsatayotgan qiymatni (W) tok va kuchlanish transformatorlarining
transformatsiya kozffitsientiga ko‘paytirish lozim, ya’ni:
P
1
=
W
∙
K
k
∙
K
t
. (4.3.7)