Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

cretio — guvohnomalar nazoratidagi tantanali bayonot va
prohorede gestio — konklyudent harakatlar (concludere — muho-
kama qilib xulosa chiqarmoq) bilan olish imkoniga ega edilar.
Yustinian digestlarida asosan, merosni qabul qilish uchun
shunchaki ixtiyoriy bildiradigan magistrantga yo‘naltirilgan ariza
berish lozim edi.
Merosni qabul qilish vaqti «sivil» huquqida belgilanmas edi.
Pretor huquqida esa shu vaqtni qarindoshlar uchun yuz kun,
boshqa merosxo‘rlarga esa bir yil belgilangan. Merosning ochilishi
va qabul qilinishi o‘rtasidagi vaqt oralig‘ida meros yuridik jihatdan
noaniq vaziyatda qolgan (hereditas jacens). Bu holatda merosdagi
mulkka mulkdorsiz deb qaralgan (sine domino), ya’ni hech kimga
tegishli emas deb topilgan. U merosning boshqa shaxs tomonidan
egallab olinishi, o‘zlashtirib olinishi, ya’ni bir yil o‘tgach mulkni
egallab olgan kishi mulkdor hisoblangan. Postklassik davr huquqida
(hereditas jasensni) mulkdorsiz deb belgilanish rad etilgan va
shu mulkni talon-taroj qiladigan shaxslarga jinoiy javobgarlik
belgilangan.
Merosni qabul qilishning ham moddiy, ham ma’naviy jihatlari
mavjud bo‘lgan. Merosni qabul qilishning ma’naviy jihati sacra—
vafot etgan insonni va uning ajdodlari ruhini hurmat qilish
majburiyatini yuksaltirishdan iborat bo‘lsa, moddiy jihati esa meros
qoldiruvchining barcha, nafaqat moddiy balki shaxsiy huquqlari
ham merosxo‘rga o‘tishdan hech kimga tegishli bo‘la olmaydigan
va uning o‘lishi bilan to‘xtatiladigan huquqlar bu qoidadan
mustasno edi. Merosxo‘r merosni olishga ulgurmasdan meros
qoldiruvchi ko‘z yumsa uning meros bo‘yicha huquqlari o‘z


176
merosxo‘rlariga o‘tar va bu o‘tish oddiy holda bajarilar edi.
Merosxo‘rga boyliklar bilan birga meros qoldiruvchining moddiy
majburiyatlari (qarzlari) ham o‘tgan. Bunda merosxo‘r o‘zi zarar
ko‘rsa ham marhumning barcha qarzlarini uzishi shart edi
(javobgarlik — ultra vires nereditatis).
Merosni qabul qilish natijasida merosxo‘r va meros beruv-
chining mulki bir-biriga qo‘shilib ketar va kreditorlar tomonidan
undirish obyekti bo‘lib qolar edi. Agar yuqoridagi qoidalar
o‘zgartirishlarsiz, izohlarsiz hayotga tatbiq etilsa yo kreditor, yo
merosxo‘r zarar ko‘rishi tayin edi.
Agar meros bir necha odamga atalgan bo‘lsa, bo‘laklarga
muvofiq taqsimlanardi. Bo‘linmaydigan narsalar esa xuddi shu
bo‘laklar miqdorida umumiy mulk bo‘lib qolar edi. Shuningdek,
bunday taqsimlanish asosida meros qoldirgan insonning qarzlari
ham taqsimlanardi. Merosxo‘r to‘g‘ridan to‘g‘ri merosdan voz
kechayotganligi haqida xabar bersa yoki merosni qabul qilish
muddati tugagan bo‘lsa merosdan voz kechgan hisoblanar edi.
Merosdan voz kechish jarayoni bir qator yuridik muammolarni
keltirib chiqargan.
Birinchidan, voz kechish merosni navbatdagi shaxsga o‘tka-
zishni taqazo qilardi. Bunday paytlarda navbatdagi shaxs, shu
ondayoq, merosxo‘rning o‘rniga turar edi.
Ikkinchidan, merosxo‘rning o‘rniga turadigan odam bo‘lmasa
va qonunga yoki vasiyatga qaraganda u merosni boshqa shaxslar
bilan bo‘lishishi kerak bo‘lsa, uning merosdan voz kechishi
boshqa, qolgan merosxo‘rlarning oladigan meros miqdori ko‘payar
edi.
Uchinchidan, rim huquqi rivojlanishi sari sucessio ordinum
et graduum tizimi kengayib bordi. Yustinian digestlarida bu tizimni
quyidagicha ifodalash mumkin edi. Birinchi navbatda oiladagi
qarindoshlari, ikkinchi navbatda esa uzoqroq qarindoshlari, ya’ni
aka-ukalariga merosni berish edi. Agar birinchi navbatdagi
merosxo‘rlar merosdan voz kechishsa, meros ikkinchi navbatdagi
merosxo‘rlarga o‘tardi.
To‘rtinchidan, bir xil paytlarda meros qoldiruvchi inson
o‘zining merosxo‘rlarini vasiyatnomada aytib ketardi. Vasiyatdagi


177
merosxo‘rlar bu merosni olishdan bosh tortsalar meros qonunda
belgilangan merosxo‘rlarga  o‘tib ketar edi.
Beshinchidan, sucessio ordinum et graduum tizimini
kiritishdan avval, agar yaqin qarindoshlar merosdan voz kechsalar
meros uzoq qarindoshlarga o‘tmas edi. Demak, uzoq qarindoshlar
merosni talab qilishga haqlari yo‘q edi. Sucessio ordinum et
graduum tizimi kiritilganda shunga o‘xshash vaziyat ham,
vasiyatnomadagi ham, qonundagi merosxo‘rlar merosdan voz
kechganlarida kuzatilar edi. Shunda merosdagi mulk vorissiz (bonum

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish