Bog'liq Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)
vacans) hisoblangan. Vorissiz mulklar uzoq vaqt toki ularni birov
o‘zlashtirib olgunlaricha hech kimniki hisoblanmagan. Biroq bu
holatni miloddan avvalgi I asrning oxirida Yuliy va Payeiy
Pgmeylarning qonuni: «Vorissiz meros — meros qoldiruvchi
insonning qarzlarini uzishga yo‘naltirilishi lozim» deb belgilaydi.
Merosxo‘rning huquqlarini himoya qilish sivil huquqi
qoidalari bilan himoya qilinganida, himoya sivil da’volari asosida
ko‘rilgan. Shu bois asosiy da’voning mazmuni merosxo‘rlar
talabidan iborat bo‘lgan. Pretor huquqi faoliyati davomida
merosxo‘rlar pretor interdikti yordami bilan himoya qilingan.
Interdikt asosida merosxo‘r o‘zining mulkka nisbatan haqqini talab
qilgan.
Yustinian digestlarida merosxo‘rlarning huquqlarini himoya
qilish ham xuddi yuqorida belgilangan tartib asosida ko‘rilgan.