Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


— «Men beraman, sen ham berishing kerak — do ut des»



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

— «Men beraman, sen ham berishing kerak — do ut des»;
— «Men beraman, sen harakat qilishing lozim — do ut
fatsias»;
— «Men harakatni amalga oshiraman, sen uni berishing kerak,
— fatsio ut des»;
— «Men harakatni sodir etaman, sen ham harakat qilishing
kerak — fatsio ut fatsias».
Shu o‘rinda «beraman» so‘zi mulkni o‘tkazaman degan ma’no-
ni, «harakat» so‘zi esa «xizmat va harakatlarni» anglatadi.
Nomsiz shartnomalarning  yuridik kuchi shundan iborat ediki,
unda birinchi tomon majburiyatni bajarsa-yu boshqa tomon asossiz
ravishda ijrodan voz kechsa, bu holda birinchi tomon boshqa
tomonga nisbatan ijroni qaytarish uchun kondiksion  da’vo
qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘lgan.
Paktlar (packta) — norasmiy kelishuv bo‘lib, unda qoidaga
binoan himoya da’vosi kuchidan foydalanilmagan. Avvaliga pretor
paktlardan e’tiroz sifatida foydalanishga imkon berdi. Keyinchalik
ayrim paktlar  da’vo himoyasiga ega bo‘ldi.
Paktlar ikki toifaga bo‘lingan: «yalang‘och», ya’ni himoya
da’vosi bilan ta’minlanmagan; «kiyingan», ya’ni da’vo himoyasi
bilan ta’minlangan paktlar. Shuningdek, ta’minlangan da’vo pakt-
lari imperatordan olingan himoya da’vosi paktlarini o‘z ichiga olgan.
Agar shartnomaga qandaydir o‘zgartishlar kiritilsa (masalan,
ijroni kechiktirish, foizlar miqdorini kamaytirish) bu — himoya
da’vosiga qo‘shimcha kelishuv shartnomalari hisoblangan. Agar
shartnoma tuzib bo‘lingandan so‘ng paktlar qo‘shilsa, qarzdorning
ahvoli yomonlashgan va bunday holatda bu paktlardan himoyalovchi
da’vo sifatida foydalanilmagan.
Shunday qilib, foizlar miqdorini oshiruvchi va boshqa paktlar
himoya da’vosi bilan ta’minlangan.
Pretordan himoya olgan paktlar. Pretordan himoya oluvchi
paktlar qatoriga qarzni tasdiqlovchi (constitutum debiti)  va
retseptum  (receptum)lar kirgan. Mas’ul shaxs birinchi pakt
yordamida  to‘lov muddatini aniqlagan yoki o‘zgalar qarzini to‘lash
majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.
Retseptum paktlarning quyidagi uch toifasini o‘z ichiga  qamrab
olgan:


158
1) murosaga keltiruvchi hakam bilan kelishuv (ikki bahsla-
shayotgan shaxs o‘z tortishuvlarini ko‘rib chiqish uchun hakam
bilan shartnoma tuzganlar);
2) kema, mehmonxona, o‘tkinchilar buyumlarini saqlovchi
nozimxona xo‘jayinlari bilan kelishuv (ushbu kelishuvlarga ko‘ra
xo‘jayinlar zima-siga buyumlarni saqlashdek jiddiy mas’uliyat
yuklangan);
3) paktni imzolovchi uchinchi shaxsga bankir kontragenti
uchun ma’lum miqdordagi mablag‘ni to‘lashda bankir bilan
kelishuv (mazkur pakt kuchiga tayanib, bankir o‘z zimmasiga
mijoz oldida  uchinchi shaxsga qarzni to‘lash majburiyatini olgan;
agar mablag‘ yo‘qligi sababli bankir mijozga  haq to‘lashdan voz
kechsa, mijoz unga qarshi da’vo qo‘zg‘atishga haqli bo‘lgan).
So‘nggi imperiya davrida imperatordan himoya da’vosini olgan
paktlar paydo bo‘ldi. Kreditor huquqlari konditsion da’vo yorda-
mida mazkur paktlar bilan himoya qilingan. Misol tariqasida ikkita
paktni ko‘rish mumkin: murosaga chaqiruvchi hakamlik sudi
yordamida tortishayotgan tomonlar muammosining yechimini
topish uchun murosa kelishuvi hamda hadya qilish to‘g‘risidagi
kelishuv.
Qachonki tomonlar huquq talab qilib tortishib qolsalar,
bunday vaziyatda ularning muammosini hal etish uchun murosaga
keltiruvchi hakam ularni kelishuvga chaqirishi o‘rinli bo‘lgan.
Mazkur kelishuv bo‘yicha ashyo murosaga keltiruvchi hakamga
berilgan, hakam esa masala qaysi tomon foydasiga hal bo‘lgan bo‘lsa,
ashyoni o‘sha tomonga topshirgan. Hakam chiqargan qarorni
bajarmagan aybdor shaxs jarimaga tortilgan.
Ishonch asosidagi kelishuvga muvofiq bir tomon (hadya
beruvchi) boshqa tomon (hadya oluvchi)ga buyumni saxiylik ramzi
sifatida taqdim etadi. Ashyoga servitut belgilanib, hadya ekanligi
va’da qilingan va hadyani  oluvchi shaxs in’om etilgan ashyoga
egalik qilish huquqini qo‘lga kiritgan.
Sinfiy davrda norasmiy hadya va’dasi huquqiy kuchga ega
bo‘lmagan. Chunki stiðulyatsiyaga rioya qilish zarur edi. Qarin-
doshlarga hadya qilishdan tashqari, qonun hadya miqdorining ko‘p
miqdorda bo‘lishini cheklagan. Miloddan avvalgi IV asrda hadyalar


159
miqdoriga cheklov bekor qilindi. Yustinian hadya hujjatlari
rasmiylashtirilayotganda, agar uning miqdori 500 tilladan oshsa,
unga hakamlik insinuatsiyasini joriy qilgan (ro‘yxatga kiritish sharti
bilan sudga arz qilish). Arzon  narxdagi hadyalar esa  har qanday
rasmiyatchilikdan holi bo‘lgan.
Shunday qilib,  hadyaga oid kelishuv da’vo himoyasiga ega
bo‘lgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish