Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


-§. Huquqni buzish va unga o‘xshash asosda



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

7-§. Huquqni buzish va unga o‘xshash asosda
kelib chiqadigan majburiyatlar
Majburiyatlarning vujudga kelishida muhim o‘rinlardan birini
egallaydigan asoslaridan biri deliktlardir. Deliktlar huquqni buzish
yoki noqonuniy harakatlarni keltirib chiqaruvchi munosabatlar
hisoblanadi.
Rim huquqi huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi huquqni
buzish asosidagi majburiyatlarni quyidagi ikki qismga bo‘lgan:
ommaviy deliktlar va xususiy deliktlar.
Ommaviy asosdagi deliktlar davlat manfaatlariga qarshi qara-
tilgan, badanga og‘ir shikast yetkazish, o‘lim jazosi bilan bog‘liq
yoki davlat foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan muhim va katta
xajmdagi mulkiy huquqbuzarliklardan kelib chiqqan. Bunday
tartibdagi ishlar alohida jinoyat ishlarini hal qiluvchi sudlarga
taalluqli hisoblanib, ular alohida sud ishlarini ko‘ruvchi jarayon
bilan tartibga solingan. Xususiy asosdagi deliktlar esa xususiy
shaxslarning manfaati bilan bog‘langan bo‘lib, xususiy da’volar
orqali amalga oshirilgan va da’volarning o‘zi ham xususiy shaxslarga
qaratilgan. Ko‘proq bu munosabatlar mulkiy jarimalarni o‘z ichiga
olgan bo‘lib, jabrlanuvchining foydasiga undirilgan. Qadimgi rim
huquqining dastlabki rivojlanish bosqichlarida hatto badanga shikast
yetkazish (ya’ni, jinoiy harakat va jinoiy jazo bilan bog‘liq hara-
katlar) ham xususiy deliktlar orqali tartibga solingan. Qadimgi
Rim jamiyatida shaxslarga yetkazilgan zarar uchun jabrlanuvchi,
uning ota-onalari, qavm-qarindoshlari bilan birgalikda zarar
yetkazuvchidan o‘ch olishgan.


162
Rim davlatining taraqqiy etishi hamda huquqiy munosabat-
larning yanada takomillashuvi natijasida avvalgi xususiy o‘ch olish
instituti o‘zining samarasini bermay qoldi. Uning o‘rnida jabrla-
nuvchi va javobgar shaxslarning o‘zaro kelishishi asosida pul
jarimasi yoki jabrlanuvchiga yetkazgan zararning hajmiga qarab
moddiy ta’minot prinsiði ko‘llanila boshlandi.
Rim huquqining takomillashib borishi natijasida xususiy
huquqbuzarlikning o‘ziga xos elementlari yoki asosiy komponent-
lari vujudga keldi. Eng asosiy elementlaridan biri, bir shaxsning
ikkinchi shaxsga yetkazilgan zararning obyektiv mavjudligi,
ikkinchi elementi esa shaxsning zarar yetkazishdagi aybining
ochiq-oydin va yaqqol ko‘rinib turishi (qasddan qilingan aybli
yoki ehtiyotsizlik asosida vujudga kelgan aybli), hamma obyektiv
tomondan harakatning huquqni buzuvchi harakat deb tan olinishi
kiritilgan. Xususiy deliktlarning asosiy turlaridan biri injura deb
atalib, huquq va qonunlarga zid, qarama-qarshi harakatlarning
sodir etilishi tushunilgan.
XII jadval qonunlarida ham shaxsiy kamsitish, xafa qilish yoki
insonning nafsoniyatiga tegish, ayniqsa badanga og‘ir shikast
yetkazish (masalan, oyoqni, qo‘lni sindirish, ko‘r qilib qo‘yish)
kabi xususiy huquqbuzarliklardan kelib chiqadigan majburiyat
huquqiy normalari ko‘rsatilgan. Eng og‘ir bo‘lgan huquqbuzarlik
— insonning tana a’zolariga zarar yetkazish hisoblanib, ko‘pincha
talion prinsiði «oka za oka, zub za zub» (jonga jon, qonga qon
tushunchasiga o‘xshash) qo‘llanilgan.
Qullarga yetkazilgan zarar uchun 150 ass (pul birligi), ozod
bo‘lgan shaxslarga yetkazilgan zarar uchun esa 300 ass to‘latilgan.
Pretorlik huquqi jismoniy daxlsizlikni butunlay shaxsning shaxsiy
huquqlariga, oilaviy, or-nomus, sha’n, qadr-qimmatiga qarati-
lishini hamda keyinchalik esa uy-joyga zo‘rlik asosida kirib olishlar
natijasida kelib chiqadigan majburiyatlar uchun ham javobgarlikni
kuchaytirishga katta e’tibor qaratadi.
Xususiy deliktlarning yana bir turi furtum (o‘g‘irlik) deb atalib,
u mulk huquqi subyektining erkiga qarama-qarshi harakatni sodir
etib, o‘zi uchun mulkiy manfaatni paydo qilishga qaratilgan
harakatdir. Rim huquqi hatto qulning o‘z xo‘jayinidan qochib


163
ketishini ham o‘zini o‘zi xo‘jayinidan o‘g‘irladi, deb «o‘g‘ri» sifatida
baholaganlar.
XII jadval qonunlariga asosan o‘g‘irlik qilgan shaxs o‘g‘irlagan
mulkining ikki barobari asosida jarima to‘lashga majbur bo‘lgan.
O‘g‘ri o‘g‘irlik qilayotgan paytda ushlansa, unga tan jazosi berilgan.
Agar u ekinlarni (bug‘doy, arpa va boshq.) paymol qilsa va kechasi
qo‘lga tushsa uni o‘ldirish mumkin bo‘lgan.
Bundan tashqari, aldash va qo‘rqitish orqali mulkni o‘ziga
o‘tkazib olish, firibgarlik kabi harakatlar ham xususiy deliktlarni
keltirib chiqargan. Majburiyatlarni buzishga o‘xshash asosda
majburiyatlarning vujudga kelish asoslaridan to‘rtinchisi bo‘lib,
majburiyatlarni buzishga o‘xshash harakatlar hisoblanadi. Ma-
salan, sudyaning fuqarolik protsessini o‘tkazish uchun kelmay
qolishi natijasida jabrlanuvchi qancha zarar ko‘rishi mumkinligi
hisobga olinib, to‘liq asosda jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar bo‘yicha
sudya javobgar hisoblanadi.
Bu huquqlar pretorlar da’volari hamda populyar da’volar
asosida himoya qilingan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish