Kurs ishi metodlari:nazariy tahlil, adabiyotlardan misollar yig`ish va ularni nazariy va amaliy jihatdan asoslash.
Kurs ishining ilmiy yangiligi: 1. Ingliz tilida gap turlari va ularning qiyosiy tahlili nazariy va amaliy asoslandi.
2. Ingliz tilida turlarning ishlatilishi haqidagi tarixiy manbalar o`rganib chiqildi va umumlashtirildi va ulardan foydalanish yo`llari ko`rsatildi
Kurs ishining ilmiy – amaliy ahamiyati:tadqiqot natijasida gap turlarining ingliz tilida qiyosiy tahlili nazariy va amaliy jihatdan asoslandi va ulardan foydalanish imkoniyatlari bilan boyitildi.
Ushbu tadqiqot ishidan ingliz tili bo`limi talabalari, tadqiqotchilar va barcha ingliz tiliga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
Bitiruv malakavoy ishim kirish, bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Ingliz – tili grammatikasida gaplar haqidagi ta`limot qanday shakldaligini aniqlab olish uchun uning rivojlanishidagi asosiy davrlar xususidagi to`xtalib o`tish lozim.
Chunki gaplarning nazariy rivojlanishini o`rganish uning manbalarini – ba`zan nogrammatik bo`lgan manbalarni, ba`zan esa an`anaviy bo`lgan arda esa hattoki xato hisoblangan nazariy asoslarni manbalarni ochib berishda yordam beradi. Gaplar haqidagi ta`limotning rivojlanishi shakli dedaktive usulida amalga oshirilgan, buning ma`nosi shuki gap haqidagi umumiy tushunchadan qisman tushunchalar tomon yo`naladi. Qisman tushunchalar deganda quyidagilar tushuniladi: gapning bo`laklariga bo`linishi; gap bo`laklarining grammatik turlarini aniqlash; gap bo`laklari orasidagi grammatik aloqa turlarini aniqlash va boshqalar.
Ingliz tili grammatikasining nazariy rivojlanishi.
4 – davrga bo`lib o`rganiladi:
1. Erta tasviriy grammatik davri, 16 – 18 asrlar.
2. Normativ grammatika XVIII asrning o`rtalariga kelib paydo bo`ldi.
3. Klassik ilmiy grammatika XIX asrning oxirlarida yuzaga keladi.
4. Struktual grammatika davri XX asrning elliginchi yillaridan boshlanadi.
Ushbu davriy bo`linishning o`ziga xosligi shundaki, har bir yangi vujudga kelgan grammatik nazariya davri o`zidan oldingi faoliyat ko`rsatayotgan grammatik turlarining butunlay tildan yo`qolishi evaziga o`rnatilmaydi.
Ba`zi grammatik qoidalar murakkablashadi, ba`zilarining shakllari o`zgaradi, yana bir xillari qisman ishlatilmay qo`yiladi.
Grammatika nazariyasining mana shu davriy bo`linishi asosida gaplarni o`rganish ta`limotida 2 bosqich kuzatiladi.