I tergov va sud harakatlarining tushunchasi va huquqiy tabiati


Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish



Download 455,5 Kb.
bet7/22
Sana09.08.2021
Hajmi455,5 Kb.
#143416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
I tergov va sud harakatlarining tushunchasi va huquqiy tabiati

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish. Ayblanuvchini so‘roq qilish ayblanuvchidan jinoyat ishi bo‘yicha isbotlashning vositalaridan biri bo‘lmish ko‘rsatuvlar olish usulidir. Ayni vaqtda ayblanuvchi tomonidan ko‘rsatuvlar berish qo‘yilayotgan aybdan himoyalanishning eng ta’sirchan va aniq vositasi hisoblanadi. Ayblanuvchi jinoyat-protsessual faoliyatning sub’ekti bo‘lib, o‘zini himoya qilish huquqidan foydalangan holda so‘roqda unga qo‘yilayotgan aybni rad etadi­gan yoki javobgarlikni engillashtiradigan asoslarni kelti­rish, qo‘shimcha dalillarni talab qilib olish haqida iltimos qilishga haqli (JPK, 464-modda). Ayblanuvchini so‘roq qilish jarayonida tergovchi nafaqat uning sodir etilgan jinoyatlar­dagi ishtiroki haqida, balki ish bo‘yicha ayblanuvchiga ma’lum bo‘lgan holatlar va mavjud dalillar haqida ham ma’lumot oladi. Ayblanuvchi ko‘rsatuvlarining tahlili tergovchiga dalillarning yangi manbalarini aniqlashda, ish bo‘yicha ilgari surilgan taxminlarni tekshirishda va ushbu jinoyat ishi bo‘yicha xulosalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tasdiqlashda yordam beradi.

Ayblanuvchining ko‘rsatuvlari dalillar manbalaridan biri hisoblanadi. Ayblanuvchining ko‘rsatuvlari ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan–bermaganligi, ushbu harakatlarni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligi to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlar va ish to‘g‘ri hal qilinishi uchun muhim bo‘lgan boshqa holatlar aniqlashda dalil manbalari orasida muhim o‘rin egallaydi.

Protsessual qonunga muvofiq ayblanuvchining ko‘rsatuvlari isbotlash vositasi hisoblanib, uning ko‘rsatuvlardagi haqiqiy ma’lumotlar dalillar bo‘lib xizmat qiladi. Ular bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda jinoyat ishi bo‘yicha isbot qilinishi lozim bo‘lgan holatlar aniqlanadi.

Ayblanuvchining (gumon qilinuvchining) ko‘rsatuvlari guvohlar va boshqa shaxslarning ko‘rsatuvlaridan tubdan farq qiladi. Bu hol uning jinoyat protsessidagi alohida protsessual holati bilan izohlanadi.

Ayblanuvchi o‘ziga nisbatan qo‘yilgan ayblov bo‘yicha ko‘rsatuvlar berar ekan, uning ko‘rsatuvlaridan bayon qilingan fikrlar ishning yakunidan manfaatdor ruhida bo‘lishi mumkin­ligini nazardan chetda qoldirmaslik kerak.

Ayblanuvchi va gumon qilinuvchi tomonidan ko‘rsatuvlar berish uning majburiyati emas, balki huquqlari hisoblanadi (JPK, 46, 48-moddalar). Bu ularning himoyaga bo‘lgan huquq­laridan kelib chiqadi. Ayblanuvchi va gumon qilinuvchi ko‘rsatuv berish huquqidan foydalanishi yoki undan voz kechishi mumkin. Ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortganligi va yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi uchun u (guvohdek) javobgar bo‘lmaydi.

O‘zining alohida protsessual holatiga ko‘ra ayblanuvchi o‘z ko‘rsatuvlarida haqiqiy ma’lumotlarni bayon qilish bilan cheklanmaydi. Ayblanuvchi ularni mustahkamlash uchun dalillar keltiradi, boshqa shaxslar tomonidan bildirilgan ma’lumot­lar bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildiradi, o‘ziga qo‘yilgan ayblov bilan bog‘liq bo‘lgan fakt, holat va hodisalarga baho beradi.

Ayblanuvchining ko‘rsatuvlariga gumon qilinuvchining ko‘rsatuvlari yaqin bo‘lib, bu ularning protsessual holatlardagi o‘xshashligi bilan izohlanadi.

Gumon qilinuvchining ko‘rsatuvlari ham dalillar manbala-ridan biridir. Gumon qilinuvchini jinoyat protsessining muhim ishtirokchisi sifatida rasmiylashtirish uning ko‘rsa­tuvlari jinoyat ishini tergov qilish uchun ahamiyatli ekanligi, ushbu ko‘rsatuvlarning dalillarning maxsus manbalaridan biri sifatida ajratilishini taqozo etadi (JPK, 81-modda).

Gumon qilinuvchining keyinchalik ayblanuvchi sifatida jinoiy javobgarlikka tortilishi uning ayblanuvchi sifatida ko‘rsatuvlar berishini istisno etmaydi; aksincha, buni taqozo etadi. Agar gumon tasdiqlanmasa, gumon qilinuvchi guvohga aylansa, keyinchalik u guvohlik ko‘rsatuvlari beradi. Bu hollarda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud endi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va guvohning ko‘rsatuvlaridan farq qiladigan boshqa dalillar manbalariga ega bo‘ladilar. Gumon qilinuvchining avval berilgan ko‘rsatuvlari bunda o‘zining protsessual ahamiyatini yo‘qotmaydi. Ular jinoyat ishi bo‘yicha to‘plangan boshqa barcha dalillar bilan birgalikda tadqiq etiladi va baholanadi.

Gumon qilinuvchini ushlab turish va qamoqda saqlashga asos bo‘lgan har qanday holat gumon qilinuvchi ko‘rsatuvlarining predmeti hisoblanishi mumkin. Biroq gumon qilinuvchining ko‘rsatuvlari faqatgina ushbu holatlarga daxldor bo‘lishi mumkin emas. U ish bo‘yicha o‘ziga ma’lum bo‘lgan barcha holatlar yuzasidan ko‘rsatuvlar berishi mumkin. Bu bilan gumon qilinuvchining ko‘rsatuvlari nafaqat dalillar manbai, balki o‘ziga nisbatan bo‘lgan gumondan himoya qilish vositasi ekan­ligiga urg‘u berilmoqda. Qonun hujjatlari gumon qilinuvchi­ning ko‘rsatuvlarini qayd etish va rasmiy-lashtirishning yagona protsessual tartibini ­ uni so‘roq qilish bayonnomalari­ni belgilaydi. Albatta, gumon qilinuvchi surishtiruv va ter­gov organlariga o‘z tushuntirishlarini taqdim etishi mumkin. Biroq ular qonunda belgilangan, qayd etilgan va rasmiylash­tirilgan taqdirdagina dalillar manbai sifatida ko‘rsatuvlar­ning protsessual ahamiyatiga ega bo‘ladi. Demak, ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha gumon qilinuvchi so‘roq qilinishi, uning ko‘r­satuvlari esa so‘roq qilish bayonnomasida aks ettirilishi lozim.

Gumon qilinuvchini chaqirish va so‘roq qilish protsessual qonunda ayblanuvchini chaqirish va so‘roq qilish bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilish JPKning 96-108-moddalarida nazarda tutilgan so‘roq qilishning umumiy qoidalariga rioya etgan holda o‘tkaziladi.

Gumon qilinuvchi ayblanuvchi singari surishtiruv va tergov organlarining chaqiruviga binoan kelishi kerak. Uzrli sabab­larsiz kelmagan taqdirda u majburiy ravishda keltirilishi mumkin. Lekin kelish majburiyati ko‘rsatuvlar berish majbu­riyatini anglatmaydi. Bundan tashqari, yuqorida ta’kidlanga­nidek, ko‘rsatuvlar berish gumon qilinuvchi va ayblanuvchining majburiyatini emas, balki ularning huquqini tashkil qiladi.

Qonunda gumon qilinuvchi va ayblanuvchidan zo‘rlik, po‘pisa qilish va qonunga xilof boshqa yo‘llar bilan ko‘rsatuvlar olishga erishish taqiqlanadi (JPK, 88-modda).

Gumon qilinuvchi ko‘rsatuvlarining ahamiyati shundan ibo­ratki, ularning yordamida unga nisbatan paydo bo‘lgan gumon­ning asosliligi yoki asossizligi, shuningdek jinoyat ishi bo‘yicha boshqa jiddiy holatlar ham aniqlanadi. Gumon qili­nuvchining ko‘rsatuvlari o‘z mazmuniga ko‘ra qanday bo‘lishidan qat’i nazar ishdagi boshqa barcha dalillar bilan birgalikda har tomonlama va sinchkovlik bilan tekshirilishi hamda baho­lanishi lozim. Gumon qilinuvchining ko‘rsatuvlarini baholash­da shuni nazarda tutish kerakki, gumon qilinuvchi ayblanuvchi singari ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortgani va yolg‘on ko‘rsatuvlar bergani uchun javobgarlikka tortilmaydi.

Gumon qilinuvchi tergov qilish borasida o‘z ko‘rsatuvlarini o‘zgartirishi hamda tadqiq etilayotgan jinoyat holatlari xususida o‘zga tushuntirish berishi mumkin. Har bir shunday tushuntirish surishtiruvchi yoki prokurorning unga nisbatan bo‘lgan sub’ektiv munosabatidan qat’i nazar, albatta tekshi­rilishi lozim (JPK, 112-modda).

Surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazish jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi ushlangan, so‘roq qilish uchun chaqi­rilgan, qamoqqa olingan yoki majburiy keltirilgandan keyin darhol yoki yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay so‘roq qilinishi kerak (JPK, 110-modda).

Sud tergovi ketayotganda sudlanuvchiga istagan vaqtida ko‘rsatuv berish huquqi sudya tomonidan ta’minlanishi shart. Agar sudlanuvchi biror sud harakati o‘tkazilayotgan paytda ko‘rsatuv berish to‘g‘risida istak bildirsa, sud unga shu harakatlar tugashi bilanoq ko‘rsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi (JPK, 110-modda).

Gumon qilinuvchini, shuningdek ayblanuvchini birinchi marta so‘roq qilishdan oldin surishtiruvchi, tergovchi so‘roq qilishning umumiy qoidalari tomonidan nazarda tutilgan barcha harakatlarni: so‘roq qilinuvchining shaxsini, uning qay­si tilda ko‘rsatuv berishi mumkinligini aniqlashi va hokazo­larni amalga oshirishi shart (JPK, 96-108-moddalar).

Ba’zi davlatlarda gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so‘roq qilinganda himoyachi ishtirok etmasa, (himoyadan voz kechish bundan mustasno.) ular tomonidan berilgan ko‘rsatuvlar dalil hisoblanmaydi. Bunday normaning borligi ayblanuvchi va gumon qilinuvchini huquqlarining yuqori darajada himoyalan­ganligini anglatadi. Ammo ba’zan advokatlarning qonundagi bo‘shliqlardan foydalanib aybdor bo‘lgan shaxslarni javob­garlikdan qochishga olib keladi.

SHundan keyin surishtiruvchi, tergovchi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga JPKning 46-va 48-moddalarida nazarda tutilgan protsessual huquq va majburiyatlarini tushuntiradi; so‘roq qilishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzgan himoyachining yoxud agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi shartnoma tuzishga ulgurmagan yoki tuza olmagan bo‘lsa, boshqa himoyachi­ning so‘roqda ishtirok etishini ta’minlaydi; gumon qilinuv­chiga uning qanday jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayot­ganligini e’lon qiladi; gumon qilinuvchiga ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi to‘g‘risidagi qarorni taqdim qiladi va ayblovning mohiyatini tushuntiradi.

Tergovchi birinchi marta so‘roq qilishdan oldin u o‘zini aybli hisoblashi-hisoblamasligini yoki o‘z aybini to‘la yoxud qisman rad etishi yoki etmasligini aniqlashi shart.

Barcha harakatlarning bajarilishini surishtiruvchi yoki tergovchi gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining so‘roq bayonno­masida, sud esa sud majlisi bayonnomasida qayd qiladi (JPK, 111-modda).

Surishtiruvchi, tergovchi gumon yoki ayblov mohiyati bo‘yicha erkin hikoya qilish shaklida ko‘rsatuv berishni tavsiya etadi. Bunday tartib ayblanuvchi (gumon qilinuvchi) o‘z ko‘rsatuvlari­ni to‘liq bayon qilishini ta’minlaydi va unga qo‘yilgan ayblov (gumon) bo‘yicha tushuntirishlarni bayon qilish imkoniyatini va himoyalanish maqsadida dalillar keltirishini kafolatlaydi.

Gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi ko‘rsatuvlari va ayblanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lishi, bu iqror bo‘lish mavjud dalillar yig‘indisi bilan tasdiqlangan taqdirdagina ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin.

Gumon qilinuvchi va ayblanuvchining ko‘rsatuvlari bilan aniqlangan holatlar ayblanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan taqdirda ham, o‘zining aybdor ekanligini inkor qilgan taqdir­da ham ishning hamma holatlari bilan bog‘langan holda boshqa dalillar kabi tekshirib chiqilishi va baholanishi lozim (JPK, 112-modda).

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 1997 yil 2 maydagi «Sud hukmi haqida»gi qarorida ta’kidlanganki, «sudlanuvchi tomonidan tergovda yoki sudda aybini bo‘yniga olish holati u ish bo‘yicha to‘plangan hamda sudda tekshirilgan boshqa dalillar bilan xolisona tasdiqlangandagina ayblov hukmi chiqarishga asos bo‘la oladi».

SHaxs u jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinmasdan va unga ayblov e’lon qilinmasdan oldin huquqni muhofaza qilish organlariga o‘zi sodir etgan jinoyat to‘g‘risida xabar bilan, ya’ni aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz bilan murojaat etishi mumkin.

Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz og‘zaki yoki yozma bo‘lishi mumkin. Og‘zaki xabarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud bayonnomada aks ettiradi, unga arz qiluv­chining shaxsiga doir ma’lumotlar kiritiladi va unda arzning mazmuni birinchi shaxs nomidan bayon qilinadi. Bayonnomaga arz qiluvchi va arz qilingan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya imzo chekadi.

Aybini bo‘yniga olish to‘g‘risidagi arz surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan aniqlangan boshqa barcha dalillar bilan birgalikda baholanadi hamda aybni bo‘yniga olish mavjud dalillar yig‘indisi bilan tasdiqlangan taqdir­dagina u ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin. SHuni ta’kidlash lozimki, aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish sud, prokuror, surishtiruvchi va tergovchini dalillarni hamda ishning barcha holatlarni aniqlash majburiyatidan ozod etmaydi.

Aybini bo‘yniga olishda tergovchi barcha ahamiyatli holat­larni e’tiborga olishi lozim. Ba’zan ma’lum bir shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab o‘zlari sodir etmagan jinoyatlari yuzasidan aybni bo‘yniga olish hollari uchrab turadi (masalan, ota o‘z farzandining aybini bo‘yniga olishi).


Download 455,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish