I tergov va sud harakatlarining tushunchasi va huquqiy tabiati


Tergov harakatlarining turlari va tizimi



Download 455,5 Kb.
bet3/22
Sana09.08.2021
Hajmi455,5 Kb.
#143416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
I tergov va sud harakatlarining tushunchasi va huquqiy tabiati

Tergov harakatlarining turlari va tizimi. Tergov harakatlari turli mezonlarga ko‘ra tavsiflanadi.

Tergov harakatlarini tasniflash S.A. SHeyfer tomonidan tadqiq qilinib, tergov harakatlarini bilish usuli, ma’lumot­ni olish usuli va obe’ktlarni namoyon bo‘lish murakkabligiga ko‘ra turlarga bo‘linadi1.

Tergov harakatlari bilish usuliga ko‘ra:


  1. so‘rov shaklidagi tergov harakatlari;

  2. kuzatuv shaklidagi tergov harakatlari;

  3. kuzatuv va so‘rov shaklidagi tergov harakatlariga bo‘linadi.

So‘rov shaklidagi tergov harakatlarida shaxsda dalil bo‘la oladigan ma’lumotlar muloqot yoki so‘zlashuv (so‘rash) yo‘li bilan olinadi. Bunga misol qilib so‘roq qilish, yuzlashtirish tergov harakatlarini ko‘rsatish mumkin.

Kuzatuv shaklidagi tergov harakatlari muayyan ob’ekt yoki jarayonning tashqi belgilarini yoki ulardagi o‘zgarishlarni ko‘zatish orqali o‘tkaziladi. Misol tariqasida guvohlantirish, olib qo‘yish, eksperiment tergov harakatlarini ko‘rsatish mumkin.

Kuzatuv va so‘rov shaklidagi tergov harakatlari bir vaqtda bilishning ikkala usuli: ham kuzatuv, ham so‘rov bilan o‘tka­ziladigan tergov harakatlari hisoblanadi. Bunga ko‘rsatuv­larni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish misol bo‘ladi.

Bilish usullari jinoyat izlariga bog‘liq va ular tergov harakatlarining protsessual shakliga sezilarli ta’sir etadi. Masalan, kuzatuv usuli qo‘llaniladigan vaqtda xolislarning ishtiroki ob’ektivlik garovi sifatida talab qilinadi.

Ma’lumotni olish usuliga ko‘ra tergov harakatlari:

1) ma’lumotlarni bevosita olishga asoslangan tergov harakatlari;

2) yashirin ma’lumotlarni maxsus mutaxassislar yordamida, ya’ni bilvosita olishga asoslangan tergov harakatlariga bo‘linadi.

Ma’lumotlarni bevosita olishga asoslangan tergov harakat­larida tergovchi (yoki tergov harakatini o‘tkazayotgan boshqa shaxs) ma’lumotlarni shaxsan o‘zi bevosita qabul qiladi va qayd qiladi.

YAshirin axborotni mutaxassislar yordamida bilvosita olishga asoslangan tergov harakatlarida dalil sifatida olina­digan ma’lumotni olish uchun maxsus bilim talab qilinadi. Ekspertiza tayinlanishi lozim bo‘lgan hollarda, faqatgina ekspertiza orqali dalillar olinadi. Amaldagi jinoyat-protses­sual qonunchilikning mazmuniga ko‘ra ekspertiza tayinlanishi lozim bo‘ladigan holatlarda tergovchining tadqiqotni o‘tkazish va ma’lumotni olish qobiliyati borligidan qat’i nazar ekspertiza tayinlanishi shart.

Tergov harakatlarining fanda mazkur mezon asosida tas­niflanishi tartibi, ma’lumotni olish usuliga ko‘ra bir–biriga o‘xshash tergov harakatlarining qanday holatda o‘tkazi­lishini aniqlashga yordam beradi. Misol uchun bir holat yuzasi­dan tergov eksperimenti yo guvohlantirish o‘tkazish yoki eksper­tiza tayinlash kerakmi?-degan savollarga ma’lumotni olish usuliga ko‘ra tergov harakatlari turlarga ajratish orqali javob olish mumkin. CHunki mazkur tasniflash yuqorida sanab o‘tilgan tergov harakatlari o‘tkaziladigan holatlarning chega­rasini belgilab beradi.

Ob’ektlarining murakkabligiga ko‘ra tergov harakatlari ikki guruhga bo‘linadi. Bular:

1) bir ob’ektga qaratilgan tergov harakatlari;

2) bir necha ob’ektga qaratilgan tergov harakatlari.

Bir ob’ektga qaratilgan tergov harakatlarida ma’lumot manbasi bo‘lib bitta ob’ekt xizmat qiladi va bir mazmundagi harakatlar amalga oshiriladi. Misol uchun so‘roq qilishda bir shaxs so‘roq qilinadi. Ko‘zdan kechirishda faqat kuzatilib, ma’lumotlar olinadi. Tintuv va olib qo‘yishda esa daliliy ashyolar topiladi.

Bir necha ob’ektga qaratilgan tergov harakatlarida ma’lu­mot manbalari yoki olish usullari bir nechta bo‘ladi. YUzlash­tirish tergov harakatida ma’lumot manbasi sifatida ikki shaxsning ko‘rsatuvlari taqqoslanadi. Ko‘rsatuvlarni hodisa joyida tekshirishda ham shaxs so‘roq qilingan bo‘ladi, ham uning ko‘rsatuvlari ob’ektiv holat bilan tekshiriladi.

Tergov harakatlari o‘zining maqsadiga ko‘ra:

1) dalillarni to‘plashga qaratilgan tergov harakatlari;

2) dalilarni tekshirishga qaratilgan tergov harakatlariga bo‘linadi.

Dalillarni to‘plashga qaratilgan tergov harakatlarida hali o‘rganilmagan ob’ekt xususida ma’lumot olinadi. So‘roq qilish (takroran, qo‘shimcha va qayta so‘roq qilishlar bundan mustasno), olib qo‘yish, tintuv va b.

Dalilarni tekshirishga qaratilgan tergov harakatlarida oldin tergov harakatlari orqali boshqa bir tergov harakatida yig‘ilgan dalilning haqiqiy holatga mos kelishi tekshiriladi. Bular yuzlashtirish, eksperiment o‘tkazish, tanib olish uchun ko‘rsatish tergov harakatlaridir. SHuning uchun bunday tergov harakatlarini amalga oshirishdan oldin dastlabki kerakli dalillarni to‘plash zarur bo‘ladi.

Bulardan tashqari, fanda tergov harakatlarini tasnif­lashda ularni o‘tkazish paytiga ko‘ra (boshqa protsessual hara­katlarga nisbatan) kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakat­lari turi ajratilib ko‘rsatiladi.

Jinoyat protsessi nazariyasida “kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakati” tushunchasi ko‘plab ilmiy tortishuvlarga sabab bo‘ladi. CHunki olimlar bunday tergov harakatlarini turli xil talqin qilib, ularga mansub tergov harakatlarini o‘z nuqtai nazarlaridan kelib chiqib belgilaydilar.

Ayrim olimlar “kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakat-lari”ni kriminalistik tushuncha deb bilib, jinoyat tergov qilish taktikasiga ko‘ra jinoyat hali sovumagan izlaridan dalillarni olish va mustahkamlashga qaratilgan harakatlar­ning zaruriy birlamchilarini, ya’ni kechiktirilmagan holda (agar tezkorlik bilan olib borilmasa, dalillarning yo‘qoli­shi, soxtalashtirilishiga olib kelishi mumkin) o‘tkaziladigan tergov harakatlarini tushunadilar2.

Boshqa olimlar esa kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakat-larini jinoyat-protsessual tushuncha deb ta’kidlab, jinoyat ishini qo‘zg‘atish vaqtiga nisbatan, qolaversa jinoyat – protsessual qonunchiligida aynan “kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari” sifatida ko‘rsatilgan tergov harakatlarini ko‘rsatadilar3.

YAna bir guruh protsessualist olimlar “kechiktirib bo‘lmay­digan tergov harakatlari”ning ikki jihatini ko‘rsatib, uni ham kriminalistik, ham jinoyat-protsessual tushuncha deb hisoblaydilar4.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat–protsessual kodeksida kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarining ro‘yxati va hajmi haqida so‘z yuritilmagan.

Jinoyat-protsessual faoliyatni amalga oshiradigan surish­tiruvchi yoki tergovchi o‘z ish yurituvidagi jinoyat ishining murakkabligidan va jinoyatning kriminalistik guruhga mansubligi va uning boshqa tarkibiy xususiyatlaridan kelib chiqib, barcha tergov harakatlari orasidan “kechiktirib bo‘lmay­digan”larini o‘zi tanlab oladi. SHuning uchun ham, bizningcha, qonun chiqaruvchi kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakat­larining ro‘yxatini qat’iy belgilamasdan to‘g‘ri qilgan. CHunki muayyan hodisa yuzasidan aynan qaysi tergov harakatlari kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari bo‘lishini oldin­dan belgilashning imkoni yo‘q.

Tergov harakatlari tizimi xususida jinoyat-protsessual na­zariyasida hali hanuz munozaralar va yanglish fikrlar mavjud. Ayrim holda tergov harakatlari sirasiga gumon qilinuvchini ushlab turish, mulkni xatlash kabilarni kiritsa, boshqa bir hollarda masalan: telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish tergov harakatlariga kiritilmaydi5.

Amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligimizda quyidagi tergov harakatlari mavjud:


  1. so‘roq qilish;

  2. yuzlashtirish;

  3. tanib olish uchun ko‘rsatish;

  4. ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish;

  5. olib qo‘yish;

  6. tintuv;

  7. ko‘zdan kechirish;

  8. guvohlantirish;

  9. murdani eksgumatsiya qilish;

  10. eksperiment o‘tkazish;

  11. ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazish uchun namunalar olish;

  12. ekspertiza va taftish tayinlash;

  13. taqdim etilgan ashyolar va hujjatlarni qabul qilish;

  14. telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib borilgan so‘zlashuvlarni eshitib turish yo‘li bilan to‘planadi.


Download 455,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish