I qism. Vagonlari elektr uskunalarining qisqacha tavsifi


YO‘LOVCHI VAGONIDA ELEKTR USKUNALARINING JOYLASHISHI



Download 445,18 Kb.
bet8/27
Sana05.01.2022
Hajmi445,18 Kb.
#319854
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
Kurs ishi boyicha uslubiy qollanma (5)

2. YO‘LOVCHI VAGONIDA ELEKTR USKUNALARINING JOYLASHISHI
2.1. Havosi konditsionerlanadigan va elektr-suv yordamida isitiladigan yo‘lovchi vagonida elektr uskunalarining joylashishi
2-rasmda havosi konditsionerlanadigan va elektr-suv yordamida isitiladigan yo‘lovchi vagonida elektr uskunalarining taxminiy joylashish sxemasi keltirilgan. Agar vagonning boshqa tipi berilgan bo‘lsa, vagonningg ana shu tipi sxemasidan foydalanib, osonlik bilan boshqa tipdagi vagonlar uchun ham uskunalarning joylashish sxemasini tuzib olish mumkin.

Vagon ichida quyidagi uskunalar joylashadi:


3-rasm. Konditsionerlanadigan va elektr-suv yordamida isitiladigan yo‘lovchi vagonida elektr uskunalarining taxminiy joylashish rejasi.


1 – elektr dvigatelli vagonning ventilyasiya tizimi ventilyatori. Yo‘lovchi vagonining qozon joylashgan qismi tomi va shifti orasida joylashgan;

2 – bahor-kuz davrida havoni isitish uchun mo‘ljallangan kalorifer (quvvati 6 kVt). vagon generatoridan tok bilan ta’minlanadi; barcha vagonlarda ham mavjud emas;

3 – suvda ishlaydigan kalorifer, ventilyasiya havosini isitish uchun mo‘ljallangan;

4 – ventilyasiya havosi uchun havo sovutgich;

5 – suv qozoni, uning ichiga elektr isitish elementlari o‘rnatilgan;

6 – elektr dvigatelli, isitish uchun mo‘ljallangan sirkulyasiya nasosi. Qozonxona bo‘linmasi tokchasida ichimlik suvi qaynatgichi tagida o‘rnatilgan;

7 – taqsimlash shiti. Xizmat xonasida joylashgan;

8 – ichimlik suvining elektr qaynatgichi;

9 – kupe yoritgichlari;

10 – yon yo‘lak yoritgichlari;

11 – suv sovutgich kompressorining elektr dvigateli;

12 – umumiy quvvati 6 kVt li quyi voltli elektr pechlari. Vagonni o‘tish davrida isitish uchun qo‘llanadilar. Vagon generatoridan tok bilan ta’minlanadilar; barcha vagonlarda ham mavjud emas;

13 – elektr britvalar ta’minoti uchun tok o‘zgartirgich. Bu uskuna vagon ostida joylashtirilgan;

14 – vagon to‘xtab turganida vagon generatorini aylantirish uchun qo‘llanadigan uch fazali asinxron dvigatelni tok bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan 50 Gs chastotali uch fazali tokning tashqi manbaini ulash uchun uskunali yashik;

15 – vagon ventilyatori elektr dvigateli va lyuminessent yoritish o‘zgartirgichi elektr dvigatelini ishga tushirish qarshiliklari joylashgan yashik;

16 – elektr mashina o‘zgartirgichi, poezd radioqurilmalarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan (faqat radiokupeli vagonlarda);

17 – akkumulyator batareyalarining muhofazalagichlari solingan yashik;

18 – akkumulyator batareyalarining elektr dvigatellari ventilyatorlari;

19 – akkumulyator batareyalari solingan yashiklar;

20 – kompressor va sovutish qurilmasi kompressorining elektr dvigateli;

21 – elektr dvigatelli kondensator ventilyatori va sovutish qurilmasining kondensatori;

22 – sovutish qurilmasini boshqarish apparaturasi solingan yashik;

23 – lyuminessent yoritish tizimining elektr mashina o‘zgartirgichi;

24 – vagon generatorining muhofazalagichi solingan yashik;

25 – g‘ildirak juftligi o‘qi yuritmasi bo‘lgan vagon generatori;

26 – elektr-suv isitishni boshqaradigan yuqori voltli apparatura solingan yashik;

27 – to‘kish trubalarining elektr isitgichlari.

Ba’zi yo‘lovchi vagonlarida vagon generatori o‘rniga yarim o‘tkazgichli statik o‘zgartirgichlar o‘rnatiladi.





Download 445,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish