I qism. Fotometriya asoslari


 Yoritish sharoitining operator bahosi



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

2.2. Yoritish sharoitining operator bahosi 
2.2.1. Tasvirga olishning eksponometrik sharoitini baholash turlari 
Operator tomonidan qo‘llaniladigan tasvirga olish sharoitini 
baholash asbobsozlik usuli bilan bajariladigan miqdoriy, va ko‘rish 
orqali tayyorlanadigan sifatli turlariga bo‘linadi. O‘z navbatida bular 
absolyut va qiyosiyga bo‘linadi. 
Absolyut miqdoriy baholashlarda, o‘lchash asosida, hamma qabul 
qilgan absolyut birliklarda baholanayotgan kattalikning sonli qiymati 
ko‘rsatiladi. Masalan, yoritilganlik lyukslarda, ravshanlik nitlarda va shu 
kabilar.
Qiyosiy 
miqdoriy 
baholashda 
faqat 
solishtirilayotgan 
kattaliklarning nisbatlari sonli ifodalanadi. Kattaliklarning o‘zlari esa 
istagancha ixtiyoriy absolyut qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin. Bunday 
baholashlarga ob’ekt ravshanligining intervalini, yoritish kontrastini, 
ob’ektning yorqinlik darajasi kontrastini baholash va shu kabilar kiradi,
Agar solishtirilayotgan kattaliklar logarifmlarda ifodalangan 
bo‘lsa, unda logarifmlarning nisbati emas, balki ayirmasi ko‘rsatiladi. 
Masalan, chekka qattaliklar 1,5 va 0,3 bilan hosil qilingan negativning 
optik zichliklari intervali 5 ga emas 1, 2, ga teng bo‘ladi.
Sifatli 
absolyut 
baholashda 
kuzatilayotgan 
kattaliklarning 
tavsiflari yoki ko‘rishdagi his qilishni yoki ta’surotni hosil qilayotgan 
birorta kattalikning sifati beriladi. Masalan, yoritilganlik ko‘rish orqali 
yuqori yoki past, yetarli yoki yetarli emas; ob’ektning rangi – och yoki 
to‘q deb tavsiflanishi mumkin; ranglarga aniq rang tuslarining nomlari 
beriladi va hokazo.
Sifatli solishtirma baholash kuzatilayotgan kattaliklar yoki 
sifatlarni ko‘z bilan solishtirish natijasi sifatida beriladi. Masalan, - 
«ob’ekt fondan yorug‘roq». Bunda ob’ekt och yoki to‘q ekanligi 
ko‘rsatilmaydi. 
Kadrning 
tus 
kompozitsiyalarini 
va 
rang 
kompozitsiyalarini ishlab berishda yoritish ko‘z bilan balans qilinganda 
bunday turdagi baholashlar katta ahamiyatga va keng qo‘llanishga ega 
bo‘ladi.


92 
Ma’lum bir sharoitlarda, masalan ravshanlik, yoritilganlik, 
yorqinlik darajasi, rangdorlik va shu kabilarning etalonlari bilan 
solishtiril-ganda ular o‘ta yuqori aniqlikdagi miqdoriy absolyut 
baholashga aylanadi. Bunda ikkita kattalikning tengligi bevosita 
solishtirilayotgan qurilmada ko‘zning juda yuqori sezgirligidan 
foydalaniladi. 
Agar avvaldan yorug‘likning qanday miqdoriy sifati kontrastni 
ko‘z orqali his qilinganlikning kerakli sifatiga javob bera olishligi 
ma’lum bo‘lsa, unda alohida hollarda sifatli baholash uchun asbobsozlik 
usuli qo‘llanilishi mumkin, Masalan, tasviriy o‘ylangan ishga mos 
ravishda yorug‘likning ko‘z balansi asosida avvaldan belgilangan 
yoritish kontrasti keyinchalik asbobsozlik usuli bilan nazorat qilinishi 
mumkin.
Va, aksincha, agar ko‘p mashq qilingan ko‘z yoki qandaydir 
bilvosita yordamcha ma’lumotlar ko‘rinishda qandaydir keraklicha 
ishonchli asos bo‘lsa, unda ba’zi bir miqdoriy baholashlar ko‘rish orqali 
keraklicha aniq bajarilishi mumkin. Masalan, bulutli osmonning 
ko‘rinishi hech qanaqa o‘lchovlarsiz yoritishning rang harorati 
keraklicha aniq 6500 K atrofida ekangligi haqida hulosaga kelish 
mumkin; odatdagi portretning normal hajmiy yoritilishi belgilangan 
yoritish kontrastini 1:2 va shu kabilarga yaqin deb baholash 
imkoniyatini beradi.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish