I qism. Fotometriya asoslari


 Yoritilganlikni o‘lchash xususiyatlari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

2.2.2. Yoritilganlikni o‘lchash xususiyatlari
To‘g‘ri yoritish qoidasi: teskari kvadratlar qonunining 
fotogorafiya sohasida qo‘llanilishi.
Texnik terminlarda teskari kvadratlar 
qonuni «fazoning berilgan nuqtasidagi ba’zi bir fizik kattaliklarning 
qiymatlari bu kattaliklarni tavsiflovchi maydon manbasiga bo‘lgan 
masofaning kvadratiga teskari proporsional ekanligini ta’kidlovchi 
qonun» kabi aniqlangan. Teskari kvadratlar qonuni dunyodagi ko‘pgina 
narsalarga tegishli. Lekin biz, buni faqat yorug‘lik uchun ko‘rib 
chiqamiz 
Konsepsiyani tushuntirpsh. 
Fotografiyada bu qonun yoritishga 
tegishli. Yoritish ixtiyoriy turda bo‘lishi mumkin, biroq bunda kamera 
tarafidan yoritish eng asosiy variant hisoblanadi. Teskari kvadratlar 
qonuni bizga masofa bilan ishlash osonligini va nima uchun yorug‘lik 
manbasi bilan ob’ekt orasidagi masofa ahamiyatga ega ekanligini 
o‘rgatadi. 


93 
Bu qonunga binoan, yorug‘lik quvvati masofaning kvadratiga 
teskari proporsional bo‘ladi. Agar masofa 2 m bo‘lsa, uni kvadrati 4 ge 
teng bo‘ladi. Demak yorug‘likning quvvati bu nuqtada asl quvvatdan 2 
marta emas balki 4 marta kamayadi. Buyumni yorug‘lik manbasidan 3 
m ga siljitsak, unda birlamchi quvvatning to‘qizdan bir (1/9) qismini 
hosil qilamiz. 
Bu rasmda yorug‘likning quvvati 1 m dan 10 m gacha bo‘lgan 
masofada qanchalik kuchli kamayishi keltirilgan. 
Masofa bo‘yicha yorug‘lik quvvatining bunday jiddiy kamayishini 
teskari kvadratlar qonuni tushintiradi. Bu ma’lumotdan buyumlarni 
yorituvchi asboblar qanday masofada qanday yoritishligini yaxshi 
tushinib olishda va qanday yaxshi boshqarishda foydalanish mumkin. 
Nazariyadan ishda foydalanish.
Agar yorug‘lik bir tomondan 
tushayotgan bo‘lsa, unda boshlanishda yorug‘lik quvvati tezlik bilan 
kamayadi, biroq keyinchalik bu tezlik sekinlashadi. 
Kvadrat qonunida sonlarning o‘sishi borgan sari oshib boradi, 
biroq teskari kvadratlar qonunida esa teskari, ya’ni sonlarning kamayishi 
borgan sari sekinlashib boradi. 


94 
Agar yorug‘likning intensivligini foizlarda ifodalasak, uning 1 m 
dan 10 m gacha o‘zgarishi quyidagi rasmda keltirilgan:
Bu rasmdan masofa 1 m dan 2 metrgacha o‘zgarganda yorug‘lik 
75% gacha kamayadi, 4 mdan 10 m gacha esa bor yo‘g‘i 5% ga 
kamayadi. 
Ekspozitsiya. 
Yorug‘lik manbasiga yaqin joylarda uning quvvati 
katta bo‘ladi, uzoqroq joylarda esa yorug‘likning quvvati kichik bo‘ladi. 
Mana shunga asoslangan holda, to‘g‘ri ekspozitsiyani hosil qilish uchun 
(bunda zatvorning ketma-ketli tezligidan foydalaniladi), agar buyum 
manbaga yaqin turgan bo‘lsa, ortiqcha yorug‘likni bartaraf qilish uchun 
kameraning diafragmasi F16ga qo‘yilishi lozim. 
Boshqa tomondan, agar buyum manbadan uzoqda joylashgan 
bo‘lsa, unda ko‘proq yorug‘lik olish uchun diafragma F4 ga qo‘yiladi. 
Bunda ikkita fotografiya ham bir xil bo‘lishi lozim, chunki bu yerda 
bitta yorug‘lik manbali qo‘zg‘almas kameradan foydalanildi.
 


95 
Mana shuni e’tiborga olgan holda har xil masofalarda F ning 
qiymati qanday to‘g‘ri o‘zgarishi lozimlagini baholashni tuzib chiqish 
mumkin . Bu yerda yorug‘lik avval tezlik bilan, keyinchalik sekin 
kamayishini doimo e’tiborga olish kerak. Kamerada ham avval zatvor 
kuchsiz ochiladi, keyin esa borgan sari kuchliroq. 
 
 
Bitta ob’ektni yoritish. 
Orientir olish qulay bo‘lishi uchun 
diagrammaning uchigacha diafragmaning qiymatini o‘zgartiramiz. Agar 
jonsiz buyum suratga olinayotgan bo‘lsa, uni to‘g‘ri joylashtirish va 
suratga olishni boshlash kerak. 
Agar birorta odamlar suratga olinayotgan bo‘lsa (ayniqsa, agar 
ular turgan bo‘lsa), unda ularning harakatga moyilligi sezilishi mumkin. 


96 
Agar model yorug‘lik manbasiga juda yaqin turgan bo‘lsa, hamda 
u biror tomonga yarim qadam tashlasa ham hamma sozlangan qurilmalar 
buziladi va qurilmani qaytadan sozlashga to‘g‘ri keladi. 
 
Agar model yorug‘lik manbasidan uzoqroqda turgan bo‘lsa, unda u 
bir necha qadam u yoqqa yoki bu yoqqa yurishi mumkin va bunda 
sozlangan qurilmalar buzilmaydi.
Guruhlarni yoritish. 
Yuqoridagi qoida odamlar guruhini suratga 
olishda yaxshi foyda beradi. Agar modellar yorug‘lik manbasiga yaqin 
turishgan bo‘lsa, unda ularning bittasi diafragmaning F22 rayonida, 
boshqasi esa F11 rayonida, uchinchisi esa ularning o‘rtasida joylashgan 
bo‘lib qoladi, ya’ni ular har xil yoritilgan bo‘lib, surat sifatsiz olinadi. 
Bu albatta, yaxshi emas. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish