I qism. Fotometriya asoslari


 Tasvir ob’ektining mahalliy yorqinliklari bo‘yicha umumiy



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

2.3.3. Tasvir ob’ektining mahalliy yorqinliklari bo‘yicha umumiy 
ekspozitsiyani aniqlash 
Agar tasvirga olish sharoiti ob’ektning umumiy ravshanligini 
o‘lchash imkoniyatini bermasa, unda bu o‘lchovni faqat uning neytral-
kulrang detalining ravshanligini o‘lchash bilan bir xil qiymatda 
almashtirish mumkin (yorqinlik 20%).


106 
Haqiqatda esa bu shart ko‘pincha buziladi va umumiy ekpozitsiya 
obektning ixtiyoriy tanlanadigan mahalliy ravshanliklari bo‘yicha 
hisoblanadi. Bu har xil mulohazalar bilan asoslanadi. Ba’zi hollarda 
ob’ektning pastroq ravshanliklarini o‘lchash afzal ko‘riladi. Bu 
soyalarda detallarga yaxshi ishlov berishga intilish bilan asoslanadi. 
Boshqa hollarda esa, yuqori tuslarga nisbatan aynan yuqoridagi 
mulohazalar kabi yuqori ravshanliklarni o‘lchash afzal ko‘riladi. 
Uchinchi hollarda ob’ektning pastki yoki yuqorgi tuslarga tegishli 
bo‘lishligidan qat’iy nazar birorta syujetli – muhim detalga ahamiyat 
beriladi. Bularga mos holda amalda «soyalar bo‘yicha ekspozitsiya», 
«yorug‘lik bo‘yicha», (syujetli-muhim detal bo‘yicha) va shu kabi 
ifodalar odat tusiga kirib qoldi. 
Umumiy ekspozitsiyani aniqlashning bunday usullari ko‘pincha 
eksponometr kalkulyatori qurilmasining tamoyilini e’tiborga olmaydi. 
Bunday holatlardagi muvaffaqiyatsizliklarni odatda eksponometrni 
qo‘llanish usuliga emas, balki plyonkaning yorug‘lik sezgirligi 
kattaligining noto‘g‘riligiga bog‘lashadi.
Bu masalani yaqindan ko‘rib chiqamiz. 
2.3 – rasmda ob’ektning ravshanligini o‘lchashlarda yarkomerning 
oltita holati ko‘rsatilgan. Shartli ravishda ob’ekt ketma ket ikki marta 
oshib boradigan ravshanlikning beshta bosqichi ko‘rinishida 
ko‘rsatilgan. Ob’ektning hamma detallari bir xil yoritilgan va ularning 
ravshanliklardagi farq har xil yorqinlik (qaytarish koeffitsienti) hisobiga 
hosil bo‘ladi.
Beshta holatda beshta har xil mahalliy ravshanliklar o‘lchanadi va 
mos holda beshta ob’ektiv diafragmasining qiymati 2,8 dan 11 gacha 
aniqlanadi. 3-holatda yarkomer o‘rtacha-kulrang detalni o‘lchaydi va 
hisoblash 6-holatda ob’ektning umumiy ravshanligini o‘lchashdagi kabi
to‘g‘ri diafragma 5,6 ni beradi.
Umumiy ekspozitsiyani kalkulyatorda nazarda tutilganligi ob’ekt-
ning umumiy ravshanligi bo‘yicha emas, balki uning ixtiyoriy tanlangan 
detalining ravshanligi bo‘yicha hisoblanganda, aslida bu detal o‘rtacha-
kulrang (ρ = 0,2) sifatida qabul qilinadi. Boshqacha aytganda, kelgusida 
pozitiv bo‘ladigan bu detalni tus shkalasida o‘rtacha kulrang holatiga 
holatiga qo‘yiladi. Bunda ob’ekt-ning qolgan hamma detallari avtomat 
ravishda tus qatorida bir tomonga siljiydi, chunonchi, yorug‘roq 
bo‘yalgan detallarning ravshanligini o‘lchashda tuslar shkalasi qora 
rangga qarab siljiydi (negativlar yetarlicha ushlanmaganlik belgisini 
oladi), qoraroq bo‘yalgan detallar ravshanligini o‘lchashda esa, oq 


107 
rangga tomon siljiydi (negativlar kerakligidan ko‘p ushlangan bo‘lib 
ko‘rinadi). (2.4 - rasm). 
2.3 – rasm. Umumiy ekspozitsiya qiymatining ob’ektning har xil mahalliy 
ravshanliklari bo‘yicha kalkulyatsiyasiga bog‘liqligi 
O‘lchanayotgan detal qancha yorug‘roq bo‘lsa, shuncha kam 
ushlangan negativ hosil bo‘ladi, qancha qora bo‘lsa, shuncha ko‘p 
ushlangan negativ hosil bo‘ladi. 
Ekspozitsiyalashning bu xatolari, agar ular uncha katta bo‘lmasa, 
odatda bosmada kattaroq yoki kichikroq nomerli nusxalovchi 
yorug‘likni o‘rnatish bilan o‘rni to‘ldiriladi, biroq bunda fotografiya 
tasvirining sifati yomonlashadi, tasvirda yaxshi qora tuslar bo‘lmasligi 
mumkin, rang uzatish buziladi, donadorlik hosil bo‘ladi va shu kabilar. 
2.4 – rasm. Tasvirga olinayotgan ob’ektning oq, o‘rtacha-kulrang va qora 
detalining ravshanliklari bo‘yicha umumiy ekspozitsiyani kalkulyatsiyalashda 
negativ plenkaning tavsifli egri chizig‘i bo‘yicha mahalliy ekspozitsiyani siljitish 
normal 
ekspozitsiya 
kam 
ushlanganlik 
ko‘p 
ushlanganlik 
Ob’ekt detallarining ranglari 1) qora 
2) o‘rtacha-kulrang 
3) oq 
D
maks 
D
o‘rt 
D
min 
Obyektning 
detallari 
Yarkomerning 
holatlari 
Diafragma 
ρ = 0,05 ρ = 0,1 ρ = 0,2 ρ = 0,4 ρ = 0,8 


108 
2.2 – jadvalda umumiy ekspozitsiyani yarkomerning kalkulyatori 
bo‘yicha hisoblash uchun yarkomerni qo‘llash usuliga bog‘liq holda 
plenkaning «amaliy» yorug‘lik sezgirligining taxminiy o‘zgarishlari 
keltirilgan (pasport ma’lumotlari bilan solishtirishda)
2.2 – jadval
Yarkomerning 
holati 
Ob’ektning 
o‘lchanadigan 
ravshanligi 
O‘lchanadigan 
detaldan 
qaytgan 
yorug‘lik % 
Kalkulyator bo‘yicha 
hisoblangan amaliy 
yorug‘likka sezgirlik 

Qora detallar 
5% 
4 marta yuqori 

To‘q-kulrang detallar 
10% 
2 marta yuqori 

O‘rtacha-kulrang 
detallar 
20% 
Pasport ma’lumot-
lariga javob beradi 

Ochroq-kulrang 
detallar 
40% 
2 marta past

Oq detallar 
80% 
4 marta past 

Umumiy 
o‘rtacha 20% 
Pasport ma’lumotlariga 
javob beradi 
2.3 – rasmda ko‘rsatilgan ob’ektning mahalliy ravshanliklarining 
hamma o‘lchovlarida bitta zichlikli normal negativni hosil qilishda 
kalkulyatorni sozlash uchun plenka yorug‘lik sezgirligining beshta har 
xil sonligini olish kerak bo‘lar edi. Pasportda keltirilgan sezgirlik 
maxalliy ravshanlikni 3-holatda va umumiy ravshanlikni 6-holatda 
o‘lchashda eng ko‘p to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi. 
Yorug‘lik sezgirligi yuqori plenkalarda past darajali yoritishda tas-
virga olish hollarda ba’zida eksponometrning sezgirligi yetarlicha 
bo‘lma-ganda ob’ektning umumiy ravshanligini o‘lchashning iloji 
bo‘lmay qoladi. Bunday holda yoritilganlikkni o‘lchashga o‘tishning 
ham iloji bo‘lmay qoladi, chunki eksponometr yoritilganlikni umumiy 
ravshanlik soni bilan ko‘rsatadi. Buning iloji – o‘rtacha-kulrangga 
qaraganda yorug‘roq fakturaning, masalan, yorug‘likni 4 marta ko‘proq 
qaytaradigan oq fakturalarni mahalliy ravshanligini o‘lchashdir. Biroq 
bunda eksponometr kalkulyatorini pasportdagiga nisbatan 4 marta 
pastroq sezgirlikka sozlash kerak bo‘ladi.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish