I qism. Fotometriya asoslari


 MKO rang grafigining amaliy qo‘llanilishi



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

4.5.7. MKO rang grafigining amaliy qo‘llanilishi 
MKO rang grafigi rangli yorug‘lik filtrlarining zamonaviy 
kataloglarida shishalarning spektral tavsiflariga qo‘shimcha ravishda 
ularning rangdorlik tavsifi uchun keng qo‘laniladi. Ayniqsa yorug‘lik 
filtri rangining shisha qalinligiga bog‘liqligi rang grafigida yaqqol 
ko‘rinadi. Har xil qalinlikdagi bir xil rusumli shisha har xil rang tusidagi 
rangga ega bo‘lishi mumkin. 4.19 – rasmda bir nechta rusumli rangli 
yorug‘lik filtrlarining tasvirlari bo‘lgan MKOning taxminiy rangli 
grafigi keltirilgan. Nuqtalar yonidagi sonlar rangli shishaning 
millimetrlardagi qalinligini ko‘rsatadi. 
4.19-rasm. Rangli yorug‘lik filtrlarining katalogida MKOning 
rangli grafigining qo‘llanilishi 
MKOning rangli grafigi kino va televidenieda har xil ranglarni aks 
ettiruvchi tizimlarga tegishli bo‘lgan rangli qamrab olishlarning 
tavsiflari uchun ham qo‘llaniladi. Bu tizim bo‘yicha aks ettirilgan va aks 
ettirilmagan ranglar yaqqol ko‘rinadi. Bu esa rang uzatishlarning texnik 
imkoniyatlarini va rang aks etirish sifatini baholashda katta amaliy 


271 
ahamiyatga ega bo‘ladi. MKO grafigi rangga oid ilmiy tekshiruv 
ishlaridagi ko‘plab boshqa maqsadlar uchun ham qo‘llaniladi. 
4.5.8. Rangni oddiy o‘lchash 
Ranglarning ravshanligi fotoelektrik yorug‘lik o‘lchagichlar 
yordamida eng oson o‘lchanadi. Operatorlik amaliyotida bunday maqsad 
uchun eksponometr-yarkomerlar (ravshanlik o‘lchagichlar) qo‘llaniladi.
Yorqinlik darajasini (svetlota) o‘lchashda ham yarkomerlardan 
foydalanish mumkin. Buning uchun yoritishning bir xil sharoitlarida 
o‘lchanayotgan sirtning va etalonli oq maydonning ravshanliklari 
solishtiriladi. Topilgan sonlarning nisbati qaytarish koeffitsientini yoki 
yorqinlik darajasini aniqlaydi. Hammadan ko‘ra eng osoni yorqinlik 
darajasi fonlari oralig‘i ochiq bo‘lgan panjara ko‘rinishida tayyorlangan 
pog‘onali kulrang shkala yordamida o‘lchanadi (4.20 – rasm). Bunday 
shkaladagi har bir etalon fonining yorqinlik darajasi avvaldan ma’lum. 
4.20-rasm. Yorqinlik darajasining eng oddiy vizual o‘lchagichi 
O‘lchanayotgan sirtning yorqinlik darajasini shkalaning alohida 
yorqinlik darajalari ma’lum bo‘lgan fonlarining yorqinliklari (ular 
orasidagi ochiq oraliqlar orqali) bilan vizual solishtirib yuqori aniqlik 
bilan topish mumkin. 
Rangdorlikni o‘lchash rang atlasi yordamida eng oson amalga 
oshiriladi. Atlaslar alohida bo‘yalgan kartochkalar ko‘rinishida 
tayyorlangan etalon ranglarning to‘plamidan iborat bo‘ladi. Har bir 
kartochkada ranglar rangdorlikning umumiy belgilaridan bittasi, rang 
tusi yoki to‘yinganligi bo‘yicha guruhlanadi va bu tavsiflarning 
bittasining variantlari bilan beriladi. Rangdorlikni o‘lchash rang 
jadvalidan o‘lchanayotgan rang bilan bir xil bo‘lgan rangni topishdan 
iborat bo‘ladi. Shundan so‘ng o‘lchanayotgan rangga etalonda 
belgilangan rang koordinatlari yozib qo‘yiladi. Arxitektura Akademiyasi 
tomonidan 1949 yilda nashr etilgan Arxitektura ranglarining atlasi 22 
jadvalga joylashtirilgan 400dan ko‘p ranglarni o‘z ichiga oladi. Har bir 
jadval rang tuslari bo‘yicha bir biriga yaqin bo‘lgan, 4 rangni o‘z ichiga 
oladi. Bu ranglarning har biri to‘yinganligi bo‘yicha 5ta variantdan 
ρ 0,8 0,6 0,4 0,2 0,1 0,05 0,02 


272 
iborat bo‘ladi. Jadvallarga yutilish egri chiziqlar ko‘rinishidagi 
ranglarning spektral tavsiflari, rang koordinatlari (rang tusi, to‘yinganlik 
va yorqinlik darajasi) hamda malyar texnikasida berilgan ranglarni hosil 
qilish uchun bo‘yoqlar retsepti ilova qilinadi. Bundan tashqari har bir 
rang shartli raqamli shifrga ega bo‘ladi. 
Chet ellarda Ostvald (nemischa) va Mensell (amerakancha) 
atlaslaridan foydalanish eng ko‘p tarqalgan. Mensell atlasi yaxshiroq 
hisoblanadi, chunki unda qo‘llanilgan ranglarning tizimlanishi hamma 
qabul qilgan rang tusi, to‘yinganlik va yorqinlik darajasi bo‘yicha rang 
tavsiflaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Ostvald atlasida ranglar 
boshqacha usul bilan tizimlashtiriladi va belgilanadi. Unda shartli tartibli 
nomer bilan belgilangan har bir rang tusiga ikkita harfli belgi 
biriktirilgan. Bitta belgi rangdagi «oq rang miqdori»ni, ikkinchisi esa 
«qora rang miqdorini» bildiradi. Bu miqdorlar bo‘yoq og‘irlik birligini 
bildirmaydi, balki axromatik qatorning 8 ta bir xil pog‘onaga shartli 
bo‘linganligini bildiradi
Ostvald atlasi foydalanishda qulay va o‘zining tizimidagi 
koordinatlarda rangni o‘lchash uchun ko‘p shkalaga ega.
Ostvaldning ranglar tizimining kamchiligi shundaki, bu tizim
mavjud ranglarning ilmiy tavsiflari bilan bog‘lanmagan, hamda unda bir 
xil ranglar har xil belgilanishi uchrab turadidi.
Ranglarni o‘lchash vositalari sifatida hamma atlaslarning 
kamchiliklari ulardagi ranglar vaqt o‘tishi bilan o‘zlarining tavsiflarini 
o‘zgartiradi va qayta etalonlashda tavsiflarni almashtirishga ehtiyoj 
tug‘iladi. Atlaslar ehtiyot bo‘lib foydalanishni va ularni yorug‘likning 
zararli ta’siridan himoya qilishni talab qiladi.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish