I qism. Fotometriya asoslari


 Sovuqlik va issiqlik kontrasti



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

 
3.3.3. Sovuqlik va issiqlik kontrasti 
Birinchi qarashda haroratni sezishni rangni ko‘rish orqali idrok 
etish bilan bir biriga tenglashtirish g‘alati tuyulishi mumkin. Biroq ko‘k-
yashil rangga bo‘yalgan ustaxonalar bilan qizil-to‘q sariq rangga 
bo‘yalgan ustaxonalarda issiq va sovuqni subyektiv his etish 3-4 
gradusga farqlanishini tajribalar ko‘rsatdi. Ko‘k-yashil binolarda 
ishchilar 15

S li haroratda sovuqqa shikoyat qila boshlashgan bo‘lsa, bu 
vaqtda qizil-to‘q sariqli binolarda esa ular faqat 11-12
o
S haroratdagina 
sovuqqa shikoyat qilishni boshlashgan.
Ilmiy tekshirishlar ko‘k-yashil rang qon aylanish impulsini 
kamaytirishini ko‘rsatdi, bu vaqtda qizil-to‘q sariq ranglar esa buni 
kuchaytiradi. Bunga o‘xshash natijalar hayvonlar ustida o‘tkazilgan 
tajribalarda ham olindi. Chopqir otlar otxonasi ikki qismga bo‘linib, bir 
qismi ko‘k rangga, ikkinchisi esa qizil-to‘q sariq rangga bo‘yaldi. Ko‘k 
rangli bo‘lmada otlar poygadan so‘ng tezda taskin topib sovushgan, qizil 
bo‘lmada esa aksincha uzoq vaqt o‘zligiga kelishgan va sovushmagan. 
Bundan tashqari ko‘k bo‘lmada pashshalar bo‘lmagan, bu vaqtda qizil 
bo‘lmada esa ular juda ko‘p bo‘lgan. Ikkita tajriba ham issiq va sovuq 


175 
kontrastining ranglar yechimi uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini 
ko‘rsatmoqda. Kasalxonalarda ham rang bilan muolaja qilishda sovuq va 
issiq ranglarning hossalari o‘ta muhim rol o‘ynaydi. 
Rang doirasida sariq rang – eng och, binafsha rang esa – eng to‘q 
rang ekanligi ko‘rinib turibdi. Bundan, bu ikki rang och va to‘q 
ranglarning eng kuchli kontrastini hosil qiladi demakdir. «Sariq - 
binafsha» o‘qiga to‘g‘ri burchak ostida «qizil-to‘q sariq» va «ko‘k-
yashil» lar joylashgan bo‘lib, bular sovuqlik va issiqlik kontrastining 
ikki qutbi hisoblanadi. Qizil-to‘q sariq, yoki qizg‘ish ranglar – eng issiq, 
ko‘k-yashil, yoki marganes oksidi – eng sovuq rang bo‘ladi. Odatda 
sariq, sariq-to‘q sariq, to‘q sariq, qizil-to‘q sariq, qizil va qizilsimon-
binafsha ranglar issiq ranglar deb, sariq-yashil, yashil, ko‘k-yashil, ko‘k, 
ko‘k-binafsha va binafsha rangalr esa – sovuq ranglar deb atash qabul 
qilingan. Biroq bunday tasniflash osongina yanglishishga olib kelishi 
mumkin. 
Mutlaqo oq va qora qutblar eng och va eng to‘q rangni 
ifodalaganligi kabi, hamma kulrang tuslar to‘qroq yoki ochroq tuslar 
bilan keskin farq qilishiga bog‘liq bo‘lib, nisbatan och va to‘q rangli 
bo‘ladi. Ko‘k-yashil va qizil-to‘q sariq ranglar sovuq va issiqning 
qutblari bo‘lgani kabi har doim sovuq va issiq, bu vaqtda ular orasida 
joylashgan oraliq ranglar issiqroq yoki sovuqroq ranglar bilan keskin 
farq qilishiga bog‘liq holda sovuq yoki issiq bo‘lishi mumkin. Sovuq va 
issiq ranglarning tavsifini quyidagi solishtirishlar orqali ifodalash 
mumkin:

sovuq — issiq; 

soyali — quyoshli; 

shaffof — shaffof emas;

taskin beruvchi — hayojonlantiruvchi; 

suyuq — quyuq; 

havo — yer; 

uzoq — yaqin; 

yengil — og‘ir; 

nam — quruq. 
Sovuqlik va issiqlik kontrasti namoyon bo‘lishining bu har usullari
katta tasviriy san’at va o‘ziga hos musiqaviylikga erishish imkoniyatini 
beradigan ulkan ifodalilik imkoniyatlari haqida darak beradi. 
Tabiatda ancha uzoqdagi buyumlar bizni ulardan ajratib turuvchi 
havo qatlami sababli ancha sovuqroq bo‘lib tuyuladi. Sovuqlik va 
issiqlik kontrasti tasvirning yaqinligini va yiroqligini his etish tuyg‘usiga 


176 
ham ta’sir qilish hossasiga ega. Bu hossa perspektivani berishda va 
plastiklikni his etishda eng muhim tasvirlash vositasi hisoblanadi.
Agar ma’lum kontrast nuqtai nazardan qat’iy izchillikli va ishlab 
chiqilgan kompozitsiyani yaratish kerak bo‘lsa, unda hamma qolgan 
kontrastli ko‘rinishlar ikkinchi darajali bo‘lishi kerak yoki ulardan 
umuman foydalanish kerak emas.
Sovuqlik va issiqlik kontrastida qizil-to‘q sariqga ko‘k-yashilni 
qutbli qarshi qo‘yilganligini 3.32-rasm namoyish qiladi, 3.33-rasmda esa 
har bir rang egallagan yuzasi o‘zgargan holdagi kontrast ko‘rsatilgan. 
3.34 va 3.35 - rasmlarda bitta binafsha rang yuqori rasmda qo‘shni 
sovuq ranglar qurshovida joylashgan bo‘lib issiq tusga ega, pastki 
rasmda esa issiq ranglar qurshovida joylashgan bo‘lib, sovuq tusga ega 
bo‘ladi.
3.37 - rasmda qizil-to‘q sariq rangning sovuq rangdan issiq rangga 
o‘tishi ko‘rsatilgan. 3.38 - rasmda esa o‘sha o‘zgarishlar ko‘k-yashil 
rang chegarasida keltirilgan. 
Issiqlik va sovuqlik kontrastli mashqlarda och va to‘q ranglar 
kontrasti butunlay istisno qilinadi va kompozitsiyaga kiradigan hamma 
ranglar bir xilda och yoki bir hilda to‘q bo‘lishi shart. 
Bu modulyatsiyalar ixtiyoriy tus darajasida bajarilishi mumkin
biroq eng ko‘p maqbul bo‘ladigan sharoit, bu tuslarning o‘rtacha 
yorqinligidir. 
Rang tavsiflarini o‘zgartirish o‘n ikki qismli rang doirasida qo‘shni 
turgan to‘rtta rangdan u yog‘iga o‘tishi mumkin emas. 
3.32 - rasm 
3.33 - rasm 
3.34 - rasm 
3.35 - rasm 
3.36 - rasm 


177 
3.37 - rasm 
3.38 - rasm 
Qizil-to‘qsariq rang bilan bajariladigan mashqni to‘q sariq, sariq-
to‘q sariq, qizil va qizil-binafsha ranglar uchun ham qo‘llash mumkin. 
Ko‘k-yashil rang bilan bajariladigan mashqni yashil, sariq-yashil, ko‘k 
va ko‘k-binafsha ranglar uchun qo‘llash mumkin.
Agar sovuqlik va issiqlik eng yuqori ifodalanadigan kutbli qarama-
karshiligiga erishish kerak bo‘lsa, ko‘k rang orqali ko‘k-yashil rangdan, 
ko‘k-binafsha, qizil-binafsha, qizil, qizil-to‘q sariq ranggacha bo‘lgan 
xromatik shkala qurish kerak bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki bu shkala 
katta yoki kichik miqdordagi tus bosqichlaridan tashkil topishi mumkin. 
Sariqdan qizil-to‘q sarikgacha bo‘lgan sovuq-issiq ranglarning xromatik 
qatoridagi hamma ranglar sariq rangning yorqinligiga teng bo‘lsagina bu 
qator yaroqli bo‘ladi, aks holda och va to‘q ranglar kontrasti bilan ish 
qo‘rishga to‘g‘ri keladi.
Foydalanilgan ranglarning yorqinligi va qoramtirligida farqlar 
bo‘lmasa bu modulyatsiyalar mukammal go‘zallikga erishadi. 
3.37 va 3.38 - rasmlarda sovuq va issiq ranglarning xromatik 
modulyatsiyasi berilgan, 3.36-rasmdagi kompozitsiya esa ranglarning 
kontrastli 
solishtirish 
hisobiga 
ularni 
maksimal 
jaranglashiga 
erishilishini ko‘rsatadi.
Sovuqlik va issiqlik kontrastini boshqa rang kontrastlari ichida eng 
«jarangdori» deb hisoblash mumkin. Shu tufayli rang yordamida osmon 
gumbazining oliy ohangdorligini berish imkoniyati ochiladi. Gryunevald 
bu kontrastdan «Farishtalar xori» asarida rang asosini yaratishda va 
Mariya bilan kompozitsiyada bo‘lgan samodagi Allohi-taoloni 
qurshagan farishtalar tasvirlangan Izenxeym mexrobning ikkita boshqa 
sahnasida hamda Isoning tirilishi sahnasida koloristik yechimda 
foydalandi. Gryunevald ilohiy ibtidoni his etishni berishni hohlaganda 
shu kontrastga murojaat qilgan. 
Abbat Shuger Parijdagi San-Deni cherkovida birinchi rangli 
vitrajni muqad-daslashtirishda qavmga quyidagi so‘zlar bilan murojaat 


178 
qildi: «….insonga belgilan-gan maqsadning moddiy ma’nosi 
materiyaning oliy nomoddiy mohiyatini anglash-dan iborat». Vitrajdagi 
yarqirab turgan ierogliflar mana shuni tushunish uchun mo‘ljallangan. 
Ularning sehrli shu’lasi shunchalik to‘liq sirli ediki, dindorlar bevosita 
yaltirayotgan vitraj oynasi orqali narigi dunyoga kirayotganini his 
qilardilar. Vitrajlarni idrok etish ularda oliy ma’naviylikka dahldorlik 
tuyg‘usini qo‘zg‘atadi. 
Issiq qizil va sovuq ko‘k ranglarning simvolik birikmalariga 
asoslangan Shartr soborining vitrajlari quyoshning nafas ritmi bilan 
birgalikda nafas oladi. Vitrajning rangi kun davomida yorug‘likning 
harakatchanligi va quyosh nurlarining tushish burchagining o‘zgarishi 
natijasida osmonning yoritilganligining birgalikda doimo o‘zgarishi 
tufayli har xil bo‘ladi. Shu tufayli shaffof shisha moddasi qimmatbaho 
toshlarning nur sochish kuchiga ega bo‘lib qoladi.
Mone peyzaj rassomchiligiga o‘tganidan so‘ng ustaxonasida rasm 
chizishni to‘xtatdi va o‘zini plenerga bag‘ishladi. U yilning, kunning 
har xil vaqtlarida va har xil ob-havoda rang nisbatlarining o‘zgarishiga 
landshaft holatining bog‘liqligini intensiv ravishda o‘rganishni boshladi. 
U o‘zining rasmlarida havoda yorug‘likning miltillashini va qaynoq 
yerning bug‘lanishini, bulutlarda va ko‘tarilayotgan tumanda 
yorug‘likning sinishini, tinch suv yuzini va to‘lqinni, daraxtlar shox-
shabbasida yorug‘lik va soyaning o‘ynashini tasvirlashga intildi. U 
buyumlarning lokal ranglari yoritilganlikka yoki soyalanganlikka 
bog‘liq holda, hamda hamma tomondan reflektirlanayotgan rangli nurlar 
yordamida olachiporlikka ega bo‘lishini kuzatdi. Bu esa avvalo och va 
to‘q ranglardan ko‘ra issiq va sovuq ranglarning o‘zgarishiga 
asoslangan. Monening peyzajlarida nihoyat rassomchilikda an’ana 
bo‘lgan faqat och va to‘q ranglar kontrastidan foydalanishdan voz 
kechilib, uning o‘rnini shu vaqtdan boshlab issiqlik va sovuqlik kontrasti 
egalladi.
Impressionistlar soya ranglarining rolini bajaradigan osmonning va 
havoning sovuq ko‘k rangi har doim quyosh yorug‘ligining issiq tuslari 
bilan keskin qarama-qarshi bo‘lishligini kashf qilishdi. Mone, Pisarro va 
Renuar asarlarining maftunkorligi ko‘pincha sovuq va issiq ranglar 
modulyatsiyasining g‘aroyib o‘yinining natijasidadir. 
Issiqlik va sovuqlik kontrastidan foydalanganlikka misol tariqasida 
hizmat qilishi mumkin bo‘lgan asarlar: Shartr soborining Vitrajlari (XII 
asr); Mattiasa Gryunevaldning (1475-1528) Izenxeym mehrobidagi 
«Farishtalar xori», Kolmar, Unterlinden muzeyi; Ogyust Renuarning 


179 
(1841-1919), «Mulen de lya Galett», Parij, Orse muzeyi; Klod 
Monening (1840-1926) «London parlamentitumanda», Parij, Orse 
muzeyi; Pol Sezanning (1839-1906) «Olmalar va apelsinlar», Parij, Orse 
muzeyi . 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish