I qism. Fotometriya asoslari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

 
3.3.1. Rang bo‘yicha kontrast 
Rang bo‘yicha kontrast – yettita kontrast ichida eng soddasi 
hisoblanadi. U rangli his etishga katta talablar qo‘ymaydi, chunki uni 
hamma toza ranglarning chegaraviy to‘yinganligida namoyish etish 
mumkin.
Qora va oq ranglar och va to‘qning eng kuchli konrastini hosil 
qilishligi kabi sariq, qizil va ko‘k ranglar ham eng ko‘p kuchli 
ifodalangan kontrastga ega bo‘ladi (3.10 – rasm). Bunga ishonch hosil 
qilish uchun, juda bo‘lmaganda uchta toza va bir biridan yetarlicha 
uzoqlikda bo‘lgan ranglar kerak. Bu kontrast rang-baranglik, kuchlilik, 
qat’yatlilik taassurotini hosil qiladi. Tanlangan ranglar asosiy uchta 
rangdan qanchalik uzoqlashganligia qarab rang bo‘yicha kontrastning 
intensivligi har doim kamayadi. Demak, to‘q sariq, yashil va binafsha 
ranglar o‘zlarining kontrastligi bo‘yicha sariq, qizil va ko‘k ranglarga 
nisbatan ancha kuchsiz, uchinchi darajali ranglarning ta’siri esa yanada 
kam bo‘ladi.
Qachon har bir rang bir biridan qora yoki oq liniyalar bilan 
ajratilgan bo‘lsa, unda ularning alohida tavsiflari ancha kuchli 
ifodalanadi, o‘zaro nurlanishlari va o‘zaro ta’sirlari esa bu bilan 
kamayadi. Bu holatda har bir rang, avvalo, o‘zining real konkretligini 
namoyon qiladi. Garchi, sariq, qizil va ko‘k uchta ranglarning asosiy 
guruhi rang bo‘yicha eng katta kontrastni namoyon qilsa ham, biroq 
boshqa hamma toza ranglar ham shubhasiz kuchli kontrastlar qatorida 
ifodalanishi mumkin (3.11 - rasm)
Rang bo‘yicha kontrast tanlangan ranglarni ochartirib va to‘qroq 
qilib, ko‘pdan ko‘p mutlaqo har xil kombinatsiyalar hosil qilish 
imkoniyatini beradi (3.12 - rasm). Bunda variatsiyalarning soni
nihoyatda ko‘p va bunga mos ravishda ularning ifodali 
imkoniyatlarining soni ham cheksiz bo‘ladi. Palitraga oq va qora 
ranglarning qo‘shilishi mavzuga va rassomning shaxsan nimani afzal 
ko‘rishiga bog‘liq bo‘ladi. Oq rang o‘ziga yondosh ranglarni 
kuchsizlantiradi va ularni to‘qroq qiladi, qora rang, aksincha, 


165 
kuchaytirib, ularni ko‘proq ochroq qiladi. Shu sababli, qora va oq 
ranglar ranglar kompozitsiyasining muhim elementlari hisoblanadi 
(3.10a - rasm).
Bu mashqlarni ixtiyoriy tanlangan rangli dog‘lardan foydalanib 
ham bajarish mumkin edi. Biroq bunda qatta xavf bor. Rangli 
kombinatsiyalarning shaxsiy kuchini va tig‘izliklarini (keskinligini) 
o‘rganish o‘rniga, bu mashqlarni bajaruvchilar shakllar bilan qiziqishni 
va dog‘lar bilan surat chizishni boshlaydi. Bu holda bunga o‘xshagan 
rasm chizish har qanday rassomchilikning dushmani hisoblanadi. 
Bundan mutlaqo voz kechish kerak. Bu yerda oddiy polosalar (taram-
taram yo‘llar) yoki shaxmat taxtasining to‘rlari ko‘proq o‘rinli bo‘ladi. 
3.13 - rasmda ko‘rsatilgan mashqda berilgan miqdordagi sariq, 
qizil, ko‘k, oq va qora kvadratlarni gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda 
shunday joylashtirish kerakki, bu rangli keskinlikni his etishni imkon 
boricha kuchaytirsin.
3.14 - rasmning kompozitsiyasi maksimal tozalikdagi lokal 
ranglardan hamda ularning ochiltirilgan va to‘qlashtirilgan hamda bunga 
oq va qora ranglar kiritilgan gradatsiyalardan tashkil topgan. Qachon 
3.13-rasm 
3.11-rasm 
3.10а-rasm 
3.10-rasm 
3.14 - rasm 
3.14 - rasm 
3.12 - rasm 
3.14 - rasm 
3.14 - rasm 
3.12 - rasm 
3.14 - rasm 
3.14 - rasm 
3.12 - rasm 


166 
3.11-rasmda 
keltirilgan 
ranglar 
kombinatsiyalarning 
tizimlari 
o‘zlashtirilsa 3.15 - rasmdagi mashqlar uchun ranglarni tez tanlab olish 
mumkin bo‘ladi.
Agar ranglardan bittasiga asosiy rol berilgan bo‘lsa, qolgan 
ranglardan faqat asosiy rangning sifatini ta’kidlash uchun kam 
miqdorda foydalanilsa unda juda qiziqarli natijalar hosil bo‘ladi. 
Qandaydir bitta rangga e’tiborni qaratish bilan ishning umumiy 
ma’nodorligini kuchaytirish mumkin. Har bir sxematik mashqdan so‘ng 
berilgan kontrastning tavsifiga mos holda erkin kompozitsiyalarni 
bajarishga vazifa berish tavsiya qilinadi.

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish