I qism. Fotometriya asoslari


 Qo‘shimcha ranglar kontrasti



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

3.3.4. Qo‘shimcha ranglar kontrasti 
Agar ikkita rangning pigmentlari aralashtirilganda neytral kulrang-
qora rang hosil bo‘lsa, bu ikki rang qo‘shimcha ranglar deyiladi. 
Fizikada ikki xromatik rang aralashtirilganda oq rang hosil bo‘lsa ular 
ham qo‘shimcha ranglar hisoblanadi. Ikki qo‘shimcha ranglar g‘alati 
juftlikni hosil qiladi. Ular bir-biriga qarama-qarshi, biroq biri 
ikkinchisiga ehtiyoj sezadi. Ular yonma-yon joylashgan bo‘lib, bir-birini 
maksimal qo‘zg‘otadi va aralashtirilganda, olov va suv kabi, biri-birini 
yo‘q qilib kulrang-qora tus hosil qiladi. Har bir rang unga nisbatan bitta 
yagona bo‘lgan qo‘shimcha rangga ega bo‘ladi. Rang doirasida (3.9-
rasm) qo‘shimcha ranglar biri boshqasiga qarama-qarshi joylashgan. 
Ular quyidagicha qo‘shimcha ranglarning juftliklarini hosil qiladi:

sariq — binafsha 

sariq-to‘q sariq — ko‘k-binafsha 

to‘q sariq — ko‘k 

qizil-to‘q sariq — ko‘k-yashil 

qizil — yashil 

qizil-binafsha — sariq-yashil. 
Bu qo‘shimcha ranglarning juftliklari tahlil qilinsa, bularda uchta 
asosiy rangning hammasi doim ishtiroq etishi ma’lum bo‘ladi: 

sariq, qizil va ko‘q: sariq — binafsha = sariq, qizil + ko‘k; 

ko‘k — to‘q sariq = ko‘k, sariq + qizil; 

qizil — yashil = qizil, sariq + ko‘k. 
Sariq, qizil va ko‘k ranglarning aralashmasi kulrang rangni 
berganligiga o‘xshab, ikki qo‘shimcha ranglarning aralashmasi ham 
kulrang rangning variantiga aylanadi.
Rang fizikasiga tegishli ma’lumotda spektrdagi ranglardan bittasi 
chiqarib tashlanib qolgan ranglar aralashtirilsa unga qo‘shimcha rang 
hosil bo‘lishligi keltirilgan. Spektrdagi har bir rang uchun qolgan 
ranglarning yig‘indisi unga qo‘shimcha rangni hosil qiladi. Qoldiq tasvir 
hodisasi kabi simultan kontrasti ko‘zimizda hosil bo‘ladigan bir vaqtda 
birorta rangni va uni muvozanatlashtiruvchi qo‘shimcha rangni, bu rang 
real mavjud bo‘lmagan taqdirda ongimizda spontan ravishda paydo 
bo‘lgan holda idrok etilishi kabi g‘aroyib bo‘lgan va shu kungacha 
tushuntirib bo‘lmaydigan faktning paydo bo‘lishi fiziologik 


180 
tasdiqlangan. Bu hodisa rang bilan amaliy ishlaydiganlarning hammasi 
uchun nihoyatda muhim hisoblanadi. Rang garmoniyasida qo‘shimcha 
ranglar qonuni kompozitsiya garmoniyasining asosi ekanligi aniqlandi, 
chunki bunga amal qilinganda ko‘zda to‘liq muvozanatni his etish hosil 
bo‘ladi.
Qo‘shimcha ranglarning proporsional to‘g‘ri nisbatlari asarga ta’sir 
etishning turg‘un mustahkam asosini beradi. Bunda har bir rangning 
intensivligi o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Qo‘shimcha ranglar hosil qiladigan 
taassurotlar xususan o‘z rangining mohiyati bilan bir xil bo‘ladi. 
Qo‘shimcha ranglarning ta’sir etishining statik kuchi devoriy rasm 
uchun alohida muhim rol o‘ynaydi. Biroq bundan tashqari qo‘shimcha 
ranglarning har bir jufti boshqa xususiyatlarga ham ega bo‘ladi. 
Masalan, 
sariq-binafsha 
juftligi faqat qo‘shimcha ranglarning 
kontrastigina emas, balki och va to‘q ranglarning kuchli kontrastini ham 
ifodalaydi. Qizil-to‘q sariq – ko‘k-yaщil juftligi ham faqat qo‘shimcha 
ranglarning juftigina bo‘lmasdan, bir vaqtning o‘zida sovuqlik va 
issiqlikning o‘ta kuchli kontrasti hamdir. Qizil va unga qo‘shimcha 
bo‘lgan yashil ranglarning yorqinliklari bir xil qiymatga ega bo‘ladi. 
Qo‘shimcha ranglarning kontrastining elementar mohiyatini oydinroq 
o‘zlashtirib olish uchun quyidagi mashqlar keltirilgan. 
3.39-3.44 – rasmlarda kulrang tus hosil qilish imkoniyatini 
beradigan qo‘shimcha ranglarning uchta juftligi va ularning aralashmasi 
keltirilgan. Qo‘shimcha ranglarning har bir juftligi aralashtirilganda 
hosil bo‘ladigan taram-taram rangli gradatsiya asosiy rangga 
qo‘shiladigan rang miqdorining sekin-asta oshirib borilishi bilan 
aniqlanadi. Bu qatorlarning har birining markazida neytral 
3.39 - rasm 
3.42 - rasm 
40- rasm 
3.43- rasm 
3.41- rasm 
3.44- rasm 
3.45- rasm 
3.46- rasm 


181 
kul rang hosil bo‘ladi. Bu esa mana shu rang juftligi qo‘shimcha rang 
eqanligini tasdiqlaydi. Agar kul rang hosil bo‘lmasa, unda tanlangan 
ranglar qo‘shimcha ranglar emas ekan. 3.45-rasm qizil va yashil 
ranglarning kompozitsiyasini va ularni aralashtirganda hosil bo‘ladigan 
har xil modulyatsiyalarni namoyish etadi. 3.46-rasm qo‘shimcha 
ranglarning ikki juftligi: kulrang va ko‘k, qizil-to‘q sariq va ko‘k-yashil 
aralashmasidan hosil bo‘lgan kvadratlardan tashkil topgan.
Qo‘shimcha ranglar kontrastida qurilgan ko‘p rasmlarda bu 
ranglardan 
faqat 
ularning 
xususiy 
kontrast 
sifati 
tarzida 
foydalanilmasdan, balki, aksincha, ular asarlarda tuslarni tekislash 
vositasi bo‘lib hizmat qiladigan aralashmalarning asosini ham tashkil 
etadi.
Tabiat bunga o‘xshash rang aralashmalarini tez-tez namoyish etadi. 
Bularni g‘unchalari hali ochilmagan qizil atirgullarning shoxcha va 
barglarida ko‘rish mumkin. Bu yerda bo‘lg‘usi atirgulning qizil rangi 
shoxcha va barglarning yashil rangi bilan aralashishi natijasida go‘zal 
qizil-kulrang va yashil-kulrang tuslar hosil qiladi. 
Ayniqsa, ikkita qo‘shimcha ranglar yordamida chiroyli kulrang 
rang hosil qilish mumkin. Eski ustalar shu qadar kulrang rangga 
intilishganki, buning uchun, masalan, asosiy rangni unga qarama-qarshi 
rangli bo‘lgan taram-taram tasma bilan yopishgan yoki birinchi rangli 
qatlamni unga qo‘shimcha bo‘lgan rangning o‘ta yupqa qatlami bilan 
qoplashgan.
Puantilistlar kulrang rangni boshqa usul bilan hosil qilishgan. Ular 
toza ranglarni o‘ta mayda nuqtalar holida bir-biriga yonma-yon 
chizishgan va aslini olganda kulrang tusning paydo bo‘lishi endi
kuzatuvchining ko‘zida ro‘y bergan. 
Qo‘shimcha ranglar kontrastidan foydalanilgan rasmlarga 
quyidagilar misol bo‘ladi: Yan van Eykning (1390-1441) «Kansler 
Rolenning madonnasi», Parij, Luvr; «Malika Savskayani kutib 
olayotgan Sulaymon shoh» Aressoda va Pol Sezanning ishi «Sen-Viktor 
tog‘i», Filadelfiya, San’at muzeyi. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish