I qism. Fotometriya asoslari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

3.2.5. CMYK tizimi 
Qog‘oz azaldan oq rangli bo‘lgan. Bu эsa, qog‘oz o‘ziga 
tushaёtgan ёrug‘likning ranglar spektrining hammasini qaytarish 
hususiyatiga эga эkanligini bildiradi. Qog‘oz qanchalik sifatli bo‘lsa, u 
hamma ranglarni shunchalik yaxshi qaytaradi va shunchalik oqroq 
tuyuladi. Qog‘ozning sifati ёmon bo‘lsa, undagi kirishmalar qanqancha 
ko‘p bo‘lsa, bunday qog‘oz kulrang deb hisoblanadi. Qimmatbaho 
jurnallar va gazetalar qog‘ozlarining sifatini solishtirib sezish mumkin. 
Bunga qarama-qarshi misol – asfalt. Yangi o‘tqazilgan 
kirishmalarsiz toza afalt – ideal qora rangli bo‘lbi ko‘rinadi. Chunki u 
o‘ziga tushaёtgan ёrug‘likning hamma ranglarini yutadi va shu sababli, 
bizga qora rangli bo‘lib tuyuladi. Vaqt o‘tishi bilan asfalt ifloslanadi, 
uning sirtiga qum, chang, shag‘al kabi moddalarning o‘tirishi natijasida 
tushaёtgan ёrug‘likni qaytara boshlaydi. Natijada asfalt qora rangda 
эmas, balki kulrang bo‘lib ko‘rinadi. Agar asfaltni toza qilib yuvilsa, u 
yana qora bo‘lib qoladi.
Oq qog‘ozga har xil bo‘ёqlarni surkash yo‘li bilan undan 
qaytaёtgan ranglar sonini kamaytirsa bo‘ladi. Ma’lum rangli bo‘ёq bilan 
qog‘ozni bo‘yab, masalan unga tushaёtgan ёrug‘likning ko‘k rangdan 
boshqa qolgan hamma ranglarni yutadigan qilish mumkin. Bunday 
qog‘oz ko‘k rangga bo‘yalganday bo‘lib tuyuladi. Boshqa rangli 
qog‘ozlar ham shunday hosil qilinadi. 
Shunday qilib, ranglarning shunday kombinaцiyalari mavjudki, 
bularni aralashtirib qog‘ozdan qaytadigan hamma ranglarni to‘liq 
yutadigan va uni qora rangli qilish mumkin. Tajriba yo‘li bilan bunday 


159 
ranglarning kombinaцiyasi topilgan: "havorang – qirmizi - sariq" (CMY) 
- cyan/magenta/yellow.
3.9 - rasm. CMYK da subtraktiv sintez sxemasi 
Ideal holatda bu ranglarni aralashtirilganda qora rang hosil bo‘lishi 
kerak эdi. Biroq bo‘yoqlarning texnikaviy sifati tufayli amalda, эng 
yaxshi holatda, to‘q qo‘ng‘ir rang hosil bo‘ladi. Shu sababli, qora rang 
kerak bo‘lganda bu uchta qimmatbaho bo‘ёqlardan foydalanilmasdan 
arzonroq bo‘lgan qora bo‘ёq ishlatiladi. Shuning uchun CMY 
kombinaцiyasiga qora rangni bildiruvchi K (blacK) harfi qo‘shiladi. 
Bu sxemada oq rang yo‘q, chunki qog‘ozning rangi oq bo‘lgani 
uchun u doimo mavjud. Oq rang kerak bo‘lgan joylarga bo‘ёqlar 
surkalmaydi. Demak CMYK sxemasida ranglarning yo‘qligi oq rangga 
mos keladi. 
Ranglarning bu tizimi subtraktiv (subtractive) deyiladi. Buning 
tarjimasi «ayirib tashlash/chiqarib tashlash» ma’nosini beradi. 
Boshqacha aytganda oq rang olinadi (unda hamma ranglar mavjud), 
bo‘ёqlarni aralashtirib surkaladi va oq rangdan ma’lum ranglarni 
chiqarib tashlash boshlanadi. Bu jaraёnda hamma ranglar chiqarib 
tashlanib, to qora rang hosil bo‘lguncha davom эtadi.
Qog‘ozda hosil bo‘laёtgan tasvirning sifati ko‘p omillarga bog‘liq 
bo‘ladi: qog‘ozning sifatiga (qanchalik u oq), bo‘ёqlarning sifatiga 
(qanchalik ular toza), poligrafiya mashinasining sifatiga (qanchalik 
aniqlikda va mayda holda bo‘ёqni surkashga), ranglarni bo‘lish sifatiga 
(murakkab tarkibli ranglarning qanchalik aniqlikda uchta rangga 
bo‘linishiga), ёritish sifatiga (agar ёritish manbasi sun’iy bo‘lsa, undagi 
spektr qanchalik to‘liqligiga).

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish