I qism. Fotometriya asoslari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

 
3.4.3. Kompozitsiya 
Ranglarni joy-joyiga qo‘yish (komponovka qilish) deganda ikki 
yoki bir nechta ranglarni yonma yon shunday joylashtirish kerakki, 
bularning birligi imkon boricha ifodali bo‘lishi kerak. Rang 
kompozitsiyasini umumiy yechimi uchun ranglarni tanlash, ularning bir 
biriga munosabati, ularning berilgan kompozitsiya chegarasida o‘rni va 
yo‘nalishi, shaklning konfiguratsiyasi, simultanli bog‘lanishlar, rang 
maydonlarining o‘lchamlari va butunicha kontrast munosabatlar 
ahamiyatga ega.
Rang kompozitsiyasi mavzusi shunchalik turli-tumanki, bu yerda 
faqat uning ba’zi bir asosiy mazmunini aks ettirish imkoniyati bor. 
Ranglar hamohangligiga bag‘ishlangan bo‘limda garmonik 
kompozitsiyani yaratish imkoniyatlari haqida gapirilgan edi. Rangning 
ifodalilik hossalari ko‘rilganda har bir rang uchun o‘ziga hos bo‘lgan 


211 
ifodalilikni 
aniqlashda 
kerak bo‘ladigan konkret shartlar va 
munosabatlar aniqlandi. 
Rangning xarakteri va ta’siri unga hamroh bo‘ladigan ranglarga 
nisbatan uning joylashishi bilan aniqlanadi. Rang hech qachon yakka 
bo‘lmagan, u har doim boshqa ranglar qurshovida idrok qilinadi.
Rang doirasida bitta rang boshqasidan qanchalik uzoqroqda bo‘lsa, 
shuncha ular bir biri bilan keskin farq qiladi. Biroq rasmdagi har bir 
rangning muhimligi va mohiyati faqat uni qurshab turgan ranglar 
bilangina aniqlanmaydi. Rangli tekisliklarning sifati va o‘lchamlari ham
har bir rang tug‘diradigan taassurotlar uchun nihoyatda muhim 
hisoblanadi.
Rasmning kompozitsiyasida rangning joylashgan o‘rni va rangli 
sirtlarning yo‘nalishi ham muhim. Ko‘k rang kompozitsiyada qanday 
joylshaganligiga – rasmning yuqori yoki pastki qismidami, o‘ngdami 
yoki chapdami – bog‘liq holda har xil taassurotlar uyg‘otadi. 
Kompozitsiyaning pastki qismida ko‘k rang og‘ir, yuqori qismida esa 
yengil tuyuladi. To‘q qizil rang rasmning yuqori qismida qandaydir 
og‘ir, chetlab o‘tib bo‘lmaydigan va dahshatli taassurot uyg‘otadi, pastki 
qismida esa, u o‘z-o‘zidan tushinarli bo‘lgan osoyishta bo‘lib tuyuladi. 
Sariq rang san’at asarining yuqori qismida osonlik va yengillik 
taassurotini uyg‘otsa, pastki qismida esa, u huddi qamoqdagi kabi 
g‘alayon ko‘taradi.
Kompozitsiyaning 
eng 
muhim 
masalalaridan 
biri 
rang 
massalarining muvozanatini ta’minlash hisoblanadi. Tarozilarning 
shayinida muvozanat uchun tayanch nuqta kerak ekanligiga o‘xshagan 
holda, rasmda ham muvozanatning vertikal o‘qi zarur bo‘lib, uning ikki 
tomonida rang massalarining «vazni» taqsimlanadi.
Rasmning ichki maydonidagi – gorizontal, vertikal, diagonal, 
aylanma yoki ularning birga qo‘shilgan yo‘nalishlarga urg‘u berishning 
har xil usullari mavjud. Bu yo‘nalishlarning har biri o‘zining alohida 
ifodalilik ma’nosiga ega. «Gorizontal» – og‘irlikni, maydonning 
cho‘ziqligi va uning enini ta’kidlaydi. «Vertikal» «gorizontalning» to‘liq 
teskarisi bo‘lib, yengil-likni, balandlikni va chuqurlikni ifodalaydi. 
Gorizontal va vertikal kesishgan nuqta alohida urg‘u beriladigan joy 
bo‘lib gavdalanadi. Bu ikkita yo‘nalish tekislik xarakterini o‘taydi va bir 
vaqtning o‘zida foydalanilsa muvozanat sezgisini, mustahkamlikni va 
moddiy turg‘unlikni yaratadi.
«Diagonal» yo‘nalish harakatni yaratadi va rasmning maydonini 
ichkariga rivojlantiradi. Gryunevaldning «Tirilish» asarida liboslarning 


212 
diagonal joylashtirilganligi tomoshabinning nazarini gorizontal qurilgan 
old qismidan uzdiradi va yuqoriga, yorqin tantanali manzaralarga 
mahliyo bo‘lishga yo‘naltiradi. 
Barokko davrining rassomlari diagonallar yordamida o‘zlarining 
freskalarida teran perspektivalarining (manzaralarining) illyuziyalarga 
erishdilar. El Greko, Lise va Maulpertshlar o‘zlarining asarlarida rang va 
shakl harakatlaridagi kontrastlardan foydalanib va diagonal motivlarni 
afzal ko‘rib, o‘ziga xos ta’sirchan ifodalilikka erishdilar.
Xitoylik rassomlar tomoshabinning nigohini landshaftning 
ichkarisiga yo‘naltirish uchun ataylab vertikal o‘qlar bilan birga 
diagonal bo‘yicha harakatdan ham foydalandilar, bu diagonallar 
ko‘pincha uzoqdagi osmono‘par joylarda yo‘qolar edi. 
Kubizm tarafdorlari diagonalli orientatsiyalar va uchburchaklardan 
butunlay boshqa maqsadlar uchun asarning relyefli ichkarisiga bo‘lgan 
taassurotni kuchaytirishda foydalandilar.
«Sirkul» shakliga taalluqli doira, tomoshabinning diqqatini 
to‘plashga majbur qiladi va bir vaqtning o‘zida harakat hissini 
qo‘zg‘atadi.
Doiraviy harakatga juda yaxshi misol bo‘lib nemis rassomi Albrext 
Altdorferning «Aleksandrning g‘alabasi» rasmidagi bulutlarning 
kompozitsion yechimi xizmat qiladi. Bu esa urush manzaralari 
tasvirlangan sahna dinamikasini takrorlaydi va kuchaytiradi.
Italiyalik rassom Vechellio Titsian o‘zining ko‘pgina rasmlarida 
och va to‘q tuslarning kontrastlaridan ham gorizontal, ham vertikal 
yo‘nalishlarda foydalangan. Shunga bog‘liq holda uning bu usuli 
«Titsian formulasi» deb atala boshlandi. Shu maqsadda kompozitsiyada 
figuralarni diagonal yoki doiraviy harakatda joylashtirdi.
Ko‘zimizning o‘ziga hos xususiyatlaridan biri bu o‘xshashni 
o‘xshash bilan birlashtirishga moyilligi va ularni birgalikda idrok 
qilishdir. Bu bir xillik rangda, o‘lchamlarda, to‘q rangli sirtlarni 
solishtirishda, fakturalarda va kompozitsiyaning urg‘u berilgan 
markazlarida qayd qilinadi. Bu o‘xshashlar asosida kuzatuvchi ko‘zida 
asarni ko‘rib chiqayotganida o‘ziga hos «konfiguratsiya», o‘z obrazi 
hosil bo‘ladi. Buni «simultan» deb hisoblash mumkin, chunki bu obraz 
qayd qilngan o‘xshashni o‘y-hayolga asoslanish asosida hosil bo‘ladi va 
moddiy ifodalanishga ega emas. Simultan shakllar hattoki har xil rangli 
va o‘lchamli ikkita qismlarni ko‘rishda ham paydo bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi tomondan, ko‘z, bir xil ranglarni birgalikda ko‘rishga 
moyil bo‘lib, murakkab kolorit holatida bir nechta simultan obrazlarni 


213 
tug‘dirishi mumkin. Simultan shakllarning yo‘nalish va masofa 
tavsifigaga kompozitsiyaning umumiy ta’siri bog‘liq bo‘ladi. Hamma 
paydo bo‘ladigan simultan shakllar bir biriga nisbatan o‘zining aniq 
o‘rnini egallashi lozim. Aynanlik o‘zlarining simultan shakllarini hosil 
qilishligi to‘g‘risidagi dalil rasmda yana tartib va farqlashning 
qo‘shimcha tizimlari paydo bo‘lganligini bildiradi. Ya’ni, xuddi odamlar 
birlashmasi kishilarni qonining yaqinligi, dunyoqarashi yoki jamiyatdagi 
o‘rni tamoyillari bo‘yicha birlashtirganliklari kabi rasmdagi bir xil 
o‘xshashlik uning hususiy ichki tartibini belgilaydi.
Rasmdagi tartiblikga, bundan tashqari, rangli sirti va massalari 
puxta aniqlangan sovuq va issiq, och va to‘q ranglar guruhlarning tashkil 
etilishi hisobiga erishish mumkin. Muvaffaqiyatli kompozitsiyaning 
dastlabki sharti asosiy kontrastlarning tiniq va aniq joylashishi va 
taqsimlanganligi hisoblanadi. Rasmni tashkil etishda yo‘nalishlar yoki 
parallellarning mosligi butunlay alohida ahamiyatga ega. Ularning 
yordamida har xil tasviriy guruhlar o‘zaro bir biri bilan bog‘lanishi 
mumkin.
Qachon rangdan massa yoki rangli sirt kabi foydalanilsa, u 
«ko‘chirish » deb nomlanadigan vosita bilan kuchaytirilishi mumkin. 
Qizil va yashil rang ikki massani hosil qiladi. Bular bir biriga kiritilishi 
mumkin, agar qizilning bir qismi yashilga ko‘chirilsa, unda yashilning 
bir qismi qizilga kirishi lozim. Bunda eng asosiysi, massani va rangli 
sirtlarni ko‘chirishlar bir birini ham, asosiy g‘oyani ham buzmasligi 
kerak. 
Rangli shakl turg‘un, jo‘shqin yoki erkin parvozli bo‘lishi 
zarurligini hal etish ham o‘ta muhim hisoblanadi. Ya’ni bitta shakl hech 
narsa bilan bog‘lanmagan holda fazoda erkin parvoz qilishi mumkin. 
Bunga o‘xshash shakl esa rasm chekkalariga chapdan va o‘ngdan, yoki 
yuqori yoki pastki chekkalariga, yoki ikkoloviga ham «mahkamlangan» 
bo‘lishi mumkin. Bu «mahkamlanish» rang va shaklni «cho‘zish» 
deyiladi. Devorga rasm solishda bu usul kompozitsiyani stabillash uchun 
muhim ahamiyatga ega. Bu ayniqsa Jottoning freskalarida (devorga 
solingan suratlar) yaqqol seziladi. 
Mana shu turg‘unlikni ixtiyoriy erkin shaklning ichidagi 
vertikallarga yoki gorizontallarga diqqatni jalb etish hisobiga amalga 
oshirish mumkin. Rasm chekkalariga parallelligi tufayli bu urg‘u 
berishlar ham turg‘unlik hissini ta’minlaydi. Bunday tamoyil asosida 
qurilgan rasmlar o‘zidagi olamlardek berk bo‘lib tuyuladi. Qachon 
bunga o‘xshash yotsirashlar nomaqbul va rasmning shakli hamda rangi 


214 
cheksiz o‘rab olgan olam bilan birlashishi kerak bo‘lgan hollarda, 
asarning chegaralariga urg‘u berilmaydi va rasm imkoni boricha 
cheklovchi chiziqlarning aniq ifodalangan yo‘nalganligiga urg‘u 
berilmasdan komponovka qilinadi.
Shunday qilib, rangli kompozitsiyalarni yaratishning ko‘p usullari 
sanab o‘tildi. Biroq g‘oyani amalga oshirishda ichki hislar oqimi qattiq 
qoidalar bilan to‘xtab qolmaslik kerak, chunki g‘oyalar har doim ham 
bunchalik bir xil ma’noga ega emas. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish