126
texnik vositalar, birinchi navbatda elektr yordamida qo‘shimcha yoritish
bilan ob’ektda kontrast, yorug‘lik va rang taqsimotiga faol aralashiladi.
Bu ikkita usulning birortasi ikkinchisiga qaraganda yaxshi deb ta’kidlash
noo‘rin, chunki amaliyotda sharoitga bog‘liq holda har xil yo‘l tutishga
to‘g‘ri keladi. Har xolda shuni e’tiborga olish kerakki, sun’iy elektr
yoritish ma’lum bir darajada ob’ektdagi tabiiy yoritish holatini buzadi.
Masalan, kontr yorug‘likda quyoshga qarshi tasvirga olishda, , u hamma
reflekslarni baravarlashtiradi, soyalardagi har xil rangli yoritishni
«o‘ldiradi», deyishga odatlanilgan, shu sababli undan foydalanilganda
o‘ylangan rejadan kelib chiqib, har xil rang bo‘lmasligi va tasvirning
umumiy tusdorligi buzilmasligi kerak. Tabiatda tajribali operatorlar
ko‘pincha elektr yorituvchi asboblardan foydalanadilar, bu yerda aniq
rang haroratini va kerakli yorug‘lik filtrlarini tanlay bilishlari kerak.
Ba’zi holatlarda elektr yoritiщdan ataylab hamma tusdorlikni va jami
rang qatorini o‘zgartirish vositasi sifatida foydalaniladi. Bu yerda gap
kadr kompozitsiyasida eng asosiy element hisoblangan «obyekt shakli -
fon» nisbatini o‘zgartirish to‘g‘risida boriyapti. Ba’zan elektr yoritish
faqat texnologik vazifani bajaradi. Masalan, barcha sahna kunduzi
quyosh yorug‘ida tasvirga olinadi (bu shart berilgan va uni o‘zgartirish
mumkin emas). Bu sahnada navbatdagi montaj planini tasvirga olishda
– masalan, bosh qahramonni yirik planda – muammo paydo bo‘ladi:
quyosh nuri yuzga tushiyapti, bu nihoyatda zararli bo‘lib, hajmiy shaklni
sindiradi, ko‘z chuqur soyada qoladi va hokazo. U vaqtda aktrisaning
boshi ustidan kadr chegarisidan tashqarida quyosh yorug‘ligini butunlay
berkitadigan oq yoki yarim shaffof tent-soyalovchi tortiladi, uning yuzi
soyada qoladi, shundan so‘ng shu personajning portret xarakteristikasini
talab bo‘yicha elektr yoritish yordamida shakli va hajmini hosil qilinadi.
Albatta bunday holda elektr yoritishning ravshanligi, yorug‘lik kuchi,
yo‘nalishi, kontrast va rang harorati quyosh yorug‘ligidan farq qilishi
kerak emas. Agar portret yorug‘ bulutli osmon fonida tasvirga
olinayotgan hollarda elektr yoritish kontrastni yumshatish uchun zarur,
bunda yoritish hajmni qayta ishlashni yaxshilaydi va bir vaqtning o‘zida
akter ko‘zini bir oz yoritadi. Bu yoritishning ravshanligi va rangi bulutli
kunning umumiy yoritilganligi bilan mos kelishi zarurligi tabiiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: