I qism. Fotometriya asoslari



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

Yorug‘likli perspektiva
- joyni yorug‘lik bilan konstruktiv 
bo‘laklarga ajratishdir. Sahnada yorug‘lik odatda spektakldagi vaziyatni 
idrok qilishda yaxlik manzarani yaratish uchun, fazoviy shakllarni 
o‘zgartirish uchun, rangli idrok etiщning ravshanligini kuchaytirish 
uchun kerak. Yorug‘lik ustasiga havoli, tusli va yorug‘likli perspektiva 
yorug‘lik manzarasini yaratish vositasi bo‘lib hizmat qiladi. Sahna 
perspektivasi harakatda deb o‘ylaniladi. Ko‘zga ko‘rinmaydigan havo, 
doimiy harakati bilan perspektivani boyitadi. Tovlanadigan yorug‘lik 
deyarli sezilarli qilinadi. Figura sahna maydonida harakatlanib va tusini 
o‘zgartirib, har doim bu maydonning chuqurligini ko‘rsatadi. Sahnada 
teatr yoritilishi bilan shug‘ullanganda ba’zi bir qoida va qonuniyatlarni 
eslash kerak bo‘ladi: 
- to‘qroq narsani oldinga joylashtiriladi, chunki ko‘z to‘qroq narsa 
orqasidan ochroqni qidiradi va shunga e’tiborini qaratadi. Och rangli joy 
har doim ko‘zni sahna ichkarisiga «olib ketadi»; 
– agar sahnada ravshan-oq ob’ekt bo‘lsa, tomoshabinning nazarini 
undan sahnaning to‘qroq ob’ektiga o‘tkazish qiyin bo‘ladi.
Har xil yorug‘lik kompozitsiyalarini yaratish kinoda, teatrda, 
televideniyada har xil holatlarda yoritishda eng kerakli yo‘nalishdir. 
Konsertlarni o‘tkazishda, har xil shou dasturlarda yorug‘lik 
kompozitsiyani yaratish niyatga, yoritish texnikasi-ning imkoniyatlariga, 
yorituvchilar, operatorlar va sahnani hamda hamma dasturni umumiy 
yoritishni bevosita hal qilayotganlarning tajribalariga bog‘liq bo‘ladi.
Kinodagi yoritishda asosiy qoidalar mavjud bo‘lib, bularni har 
qanday holatlarda hisobga olish kerak, jumladan: 
- har bir yoritish asbobi «o‘ziga» ishlashi kerak, ya’ni yoritishning 
qandaydir bitta vazifasini bajarishi kerak; 


123 
– yorug‘lik to‘g‘risida o‘ylash kerak, soyalar esa o‘zlarining 
g‘amini o‘zlari yeydi – bu chuqur aforizm faqat qora-oq kinolarga 
to‘g‘ri keladi, haqiqatda esa rangli kinolarga umuman to‘g‘ri kelmaydi. 
Eksponometriyada rangli tasvirda alohida, qora-oq tasvirga olishda esa 
eksponometrik o‘lchov nuqtalari solishtirilishi bekorga emas , buni 
unutish kerak emas.
Agar oq – qora kino uchun odam yuzidagi yorug‘likni oq sathdan 
farqini bilish uchun nazorat qilish muhim, aks holda personajning 
yuzidagi faktura yo‘qoladi. Rangli tasvirga olishda esa bu umuman 
yetarli emas, chunki qora sathni ham, ya’ni rang yo‘qolishi yuz 
beradigan tavsif egri chizig‘idagi nuqtalarni ham nazorat qilish kerak . 
Aynan 
soya va yarim soyalar rangli tasvirga olishni yoritishda 
asosiy tashvish hisoblanadi: 
– agar shu joyga ikkinchi asbobni yo‘naltirish kerak bo‘lsa, unda 
birinchi asbob kerakliligini yaxshilab o‘ylab ko‘rish kerak. Bu ifoda 
o‘zining ahamiyatini bugungi kunda ham saqlamoqda, chunki fonda 
bitta figura yoki predmetdan bir nechta soyalarning paydo bo‘lishidan 
saqlaydi. Bir nechta soyalarning hosil bo‘lishi professionallarning 
e’tiborsizligining eng yuqori nuqtasi hisoblanadi;
– to‘ldiruvchi yorug‘lik asboblari, agar ular kerak bo‘lsa, eng 
oxirida hamma yorug‘lik o‘rnatilgandan so‘ng ulash kerak. Bu shuning 
uchun muhimki, bunda hamma asboblarning (bular perimetr bo‘yicha 
bir necha o‘n bo‘lishi mumkin) ishlashi natijasida tarqoq yorug‘likning 
ma’lum bir sathi hosil bo‘ladi va u yetarli bo‘lishi mumkin, qo‘shimcha 
va barvaqt qo‘yilgan tarqoq yorug‘lik asbobi esa kadrdagi o‘ylangan tus 
nisbatlarini buzishi mumkin; 
- to‘ldiruvchi (tarqoq) yorug‘lik asbobi har doim kameraning optik 
o‘qining asosiy tasvirlovchi (risuyuщiy) asbob joylashgan tarafida 
joylashtirilishi kerak. Bunda uning soyasi tasvirlovchi asbob soyasining 
ichida joylashgan bo‘lib, sezilarsiz bo‘ladi va u soyalarda qo‘shimcha 
tus gradatsiyasini hosil qiladi. Biroq ko‘pincha to‘ldiruvchi yorug‘lik 
tasvirlovchi yorug‘likning qarama qarshi tarafiga qo‘yiladi; 
- och yorug‘lik to‘q yorug‘llikka, to‘q yorug‘lik och yorug‘likka 
yaxshi proeksiyalanadi; 
- ko‘p hollarda tasvirlovchi yorug‘lik ozgina yuqoriroqdan va yon 
tomondan yo‘naltirishi kerak – bu hajmiy shaklni eng yaxshi ishlab 
chiqishga mos bo‘lib, ishlab chiqarishda eng qulay hisoblanadi. 
- agar fon jism shaklidan alohida yoritilayotgan bo‘lsa (odatda 
shunday qilinadi), bu ularni har xil yoritish imkoniyatini beradi; 


124 
– ayniqsa agar sahna bitta katta tasvirlovchi yorug‘lik asbobi bilan 
yoritilayotgan bo‘lsa va shu yuzaga ikkinchi asbobni yo‘naltirish talab 
qilinmasligi uchun, 
yoritilayotgan 
yuzaning kattaligini 
(uning 
chegaralarini) kadr chegaralari bilan nisbatini aniqlash zarur. 
Kinoda yoritish yordamida predmetlarning hajmlarini va 
fakturalarini, ranglarini, yoritishning realistik effektlarini, fazoni va 
shaklning boshqa elementlarini aniqlashga olib keladigan ijodiy, badiiy 
vazifalar hal qilinadi. 
Bu vazifalarni yoki funksiyalarni yoritishning presizion tizimida 
yechish qat’iy chegaralangan bo‘lib, bu to‘g‘rida birinchi qoidada 
shunday deyiladi: «har bir asbob o‘zi o‘zi uchun ishlaydi». Bundan 
«yorug‘likning asosiy turlari» tushunchalari paydo bo‘ldi. Yorug‘likning 
har bir turi o‘zining badiiy-texnologik vazifalarini bajaradi. Har bir 
vazifa alohida asbob yoki, ko‘p hollarda, asboblar guruhi bilan bajariladi 
Demak, yorug‘likning asosiy turlari avval ham hozir ham effektli 
yorug‘lik, tasvirlovchi yorug‘lik, kontr, fon, modellovchi, to‘ldiruvchi 
yorug‘liklar hisoblanadi. Nomlar sahnani eng maqsadga muvofiq 
yoritish tartibi bo‘yicha joylashtirilgan. Haqiqatda operatorlar va 
yorug‘lik ustalari aosan tasvirlovchidan boshlashadi. Tizimning o‘ziga 
xos hususiyati shundaki, bunda yorug‘likning hamma turlari bir vaqtda 
mavjud bo‘lishi kerak – bu zarur, mana shunda hamma ma’no 
jamlangan; yoritishda garmonik birlik biror bir yorug‘lik turi ustunlik 
qilishi, qolganlari esa bo‘ysinish rolini o‘ynashi kerakligi bilan 
ta’minlanadi. «Yoritish effekti» atamasi qandaydir yorug‘likning effekt 
holatini bildirmasdan, balki hayotda biz o‘rganib qolgan yoritishning 
odatdagi ko‘p holatlaridin bittasidir. Har qanday yoritish albatta yoritish 
effektining birorta turi bo‘yicha mavjud bo‘ladi, bunda bitta effekt 
boshqasidan farq qiladi: yorug‘likning yo‘nalishi, kadrni qoplagan 
yuzasi, kontrastligi (yo‘naltirilgan va sochilgan yorug‘lik miqdorlarining 
nisbati), rang harorati va kadrda spektri boshqa bo‘lgan ikkita manba 
borligi bilan, yorug‘lik fazosi va soya fazosi nisbatlari bilan hamda 
mana shular bilan konkret yoritish effekti ifodalanadi. Har qanday 
yoritishning asosiy vazifalari: hajmlarni fakturalarni, fazolarni 
aniqlashtirish va kadrning rangli qatorini tashkillashtirish amalda bir 
vaqtda kompleks ravishda hal qilinadi. Avvalgi yoritish asbobiga 
qo‘shimcha ravishda ulangan har bir yangi yoritish asbobi hamma 
kartinani kuchli o‘zgartirishi mumkin, shu sababli doimiy teskari 
bog‘lanish talab qilinadi. Bunday holatda oraliq natija dilda o‘ylanganlik 
bilan solishtiriladi, ya’ni kinoni tasvirga olish maydonchasida 


125 
yorug‘likni o‘rnatish jarayoni davomida yoritishning hamma 
elementlarining qandaydir garmonik birligini har doim saqlash kerak 
bo‘ladi. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish