I qism. Fotometriya asoslari


Interyerda tasvirga olish



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/137
Sana29.03.2023
Hajmi3,77 Mb.
#922915
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   137
Bog'liq
Fotometriya va Rangshunoslik – B.J. Bazarbayev 2021

Interyerda tasvirga olish. 
Kino va teleoperatorlar uchun eng 
murakkab tasvirga olish, bu interyerda tasvirga olishdir. Interyerni 
yoritish – eng murakkab, lekin boshqa tomondan badiiylik nuqtai 
nazardan eng qiziqarli vazifadir. Bu vazifa muvaffaqiyatli hal qilinganda 
fazoni, fakturani, yoritishning tabiiyligini – qisqasi zamonaviy kinoda 


127 
eng katta rol o‘ynaydigan buyum va yorug‘lik muhitining haqiqiyligini 
va ifodaligini aniq uzatishda eng katta yutuqqa erishiladi. Bundan 
tashqari, yorug‘lik atmosferasi bir xil bo‘lgan ikkita interer mavjud 
emas. Hatto bitta intererning o‘zida ham kun davomida rang atmosferasi 
shunchalik o‘zgaradiki, bu ko‘pincha kinooperatorga ancha tashvish 
keltiradi, chunki tasvir olinadigan kun davomida bitta epizodda unga 
kiradigan hamma montaj kadrlardagi tus va rang birligini saqlash kerak. 
Bu yerda har bir kadrni tasvirga olish uchun vaqtni ratsional 
taqismimlashdan tashqari qo‘shimcha yoritish apparaturasidan mohirona 
foydalanish katta rol o‘ynaydi. Biroq elektr yoritishdan foydalanishdan 
oldin intererning odatdagi hayotiy vaziyatda qanday yoritilganligini 
to‘g‘ri aniqlash zarur. Bu yerda eng asosiysi yoritishning bosh qonunini, 
tabiiylikni va reallikka maksimal yondashuvni saqlab qolishdir. Xonada 
bitta deraza bor bo‘lsa ham bilan bu intererning fazosida qanday 
yorug‘lik oqimlari tarqaliyotgani va ularning spektr tarkibi bo‘yicha 
hech qanday kutilmagan hodisa bo‘lmasligiday tuyuladi. Intererda 
yoritishning tashkil etishda undagi mavjud bo‘lgan tus va rang 
atmosferasini xis qilish va saqlash zarur. Ko‘pincha tasvirga olish uchun 
derazadan tashqarida haqiqiy tirik tabiat ko‘ringanligi tufayligina emas, 
balki mana shu alohida atmosfera tufayli u yoki bu interer tanlanadi. 
Intererning noyobligi va alohida ifodaliligi shundaki, bitta uzluksiz kadr 
chegarasida kamera bilan binodan ko‘chaga akterlar ketidan chiqish va 
ular bilan birga orqaga qaytish mumkin. Bunda bitta uzluksiz kadrda 
yoritilganlik, kontrastlik va rangdorlik sathining o‘zgarishi voqea sodir 
bo‘layotgan muhitga alohida ishonarlik bag‘ishlaydi. Ma’lumki, 
intererda yoritish texnologiyasiga klassik yondoshuv hamma intererlarni 
ikki turga bo‘lishni o‘z ichiga oladi: 
katta oynali derazalar va kichik 
oynali derazalar.
Katta oynali intererlarning ichqarisida kunduzgi 
yorug‘lik, tashqaridagi kabi, ustunlik qiladi, shu sababli elektr 
yoritishning spektr tarkibi kunduzgi yorug‘likniki kabi bo‘lishi shart. 
Kichik oynali intererlarga kelsak, ularni tasvirga olish uchun rang 
harorati 3200 K bo‘lgan sun’iy yorug‘likdan foydalanish maqsadga 
muvofiq bo‘lib, bunda derazalar tashqaridagi yorug‘lik bilan balans 
beradigan plenkali yorug‘lik filtrlari bilan yopilishi kerak. Agar 
intererda kunduzgi yorug‘lik ustun bo‘lsa, unda elektr yoritishning 
haqiqiy spektral tarkibi 5500 K li rang haroratiga aniq mos kelishi shart 
emas. Axir bu interer fazosining ba’zi bir zonalarida rang harorati 3200 
K gacha tushadi va faqat deraza sohasidagina 5500 K ga yetadi. Bunda 
deraza tokchasi va deraza tagidagi pol, agar ularga quyosh to‘g‘ri 


128 
tushmayotgan bo‘lsa, osmonning sochilgan yorug‘ligi bilan yoritilgan 
bo‘ladi, ya’ni ko‘proq havo ranga ega bo‘ladi. Bu operatsiyani tajriba 
yo‘li bilan tanlash kerak, asosiysi maksimal natijaga erishishdir. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish