Suyuqliklarni aralashtirish jarayonini matimatik
modillashtirish va avtomatlashtirish
Reja.;
I.Kirish.
II.
Asosiy qism.
2.1.
Texnologik jarayonlarni modellashtirish.
2.2.
Avtomatika, avtomatik rostlagich, rostlash qonunlari, boshqarish
sistemasidagi ichki va tashqi ta’sirlar.
2.3.
Suyuqliklarni aralashtirish jarayonini avtomatlashtirish.
III.
Hisob- kitob qismi
IV.
Ilovalar
V.
Xulosa.
VI.
Foydanilgan Adabiyotlar ro’yxati.
I.KIRISH
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev 2016 yilning asosiy
yakunlari va 2016 yilda O`zbekiston ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor
yo`nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzalarida
quyidagilarga to`xtalgan edilar: "Yurtimizda qabul qilingan 2016- 2017-yillarda
sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga
oshirilishi natijasida sanoat tarkibida Myuqori qo`shimcha qiymatga ega bo`lgan,
raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o`rni tobora ortib
bormoqda.
Bugungi
kunda
mamlakatimizda
ishlab
chiqarilayotgan
sanoat
mahsulotlarining 78 foizdan ortig’i aynan ana shu tarmoqlar hissasiga to`g’rikelmoqda.
Texnologik jarayonlarni modellashtirish – texnika taraqqiyotining asosiy
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va
texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek,
modellashtirish avvallari inson boshqarishga qodir bo‘la olmagan yangi, yuqori
intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma’lum bo‘lmagan yangi, samarali
materiallarni yaratishga imkon beradi.
Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi zamonaviy ishlab
chiqarish korxonalarini boshqarish faqat mikroprotsessor va boshqaruvchi hisoblash
texnikasini qo‘llab, keng modellashtirish natijasida samarali bo‘lishga olib keladi.
Texnologik jarayonlarni modellashtirish - uzluksiz rivojlanuvchi tizim bo‘lib,
u ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari
bilan uzviy bog‘langandir. Ishlab chiqarishni modellashtirishda yuqori samaradorlikka
erishishning bevosita sharti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini
mexanizatsiyalash hisoblanadi. Modellashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi
ko‘p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: texnologiya va qurilmaning
holati hamda modellashtirishga tayyorgarligi;
Xomashyo, yarim mahsulotlar va energetik resurslarning sifati hamda
barqarorligi;
Xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va
hokazo.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va modellashtirish faqat ishlab chiqarish
texnikasini takomillashtirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash bilangina emas,
balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik mahsulotga ketadigan moddiy va
mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarini orttirish bilan
bog‘liq.
Iqtisodiy omillar modellashtirish ob’ektini tanlab olishda asosiy omil
hisoblanadi. Sanoatda modellashtirishning iqtisodiy samaradorligini orttirish omillari
juda ko‘p. Hozirgi sharoitda modellashtirishning iqtisodiy samaradorligiga xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlar sonini kamaytirish hisobigagina erishishga ko‘p hollarda imkon
bo‘lmaydi, chunki zamonaviy zavodlar, korxonalar, bo‘linmalarga nisbatan kam
miqdordagi
odamlar
bilan
xizmat
ko‘rsatiladi. Shuning uchun iqtisodiy
samaradorlikni oshirish omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Mahsulot sifatini oshirish, xom ashyo va turli xil energiya sarfini, ishlab
chiqarish chiqindilarini kamaytirish, ishlab chiqarish ritmini oshirish, mehnat
unumdorligini va chiqarilayotgan mahsulot xajmini oshirish, xizmat ko‘rsatuvchi
xodimlarning mehnat sharoitini ishlab chiqarishning kishilar hayoti va sog‘ligi uchun
xavfli bo‘lgan hududlardagi zararli ishlarni yo‘qotish hisobiga yaxshilash.
Loyihalanayotgan va qurilayotgan yangi ishlab chiqarish korxonalarida
modellashtirish texnologiya bilan uzviy ravishda bog‘lanishi kerak. Jadal texnik
taraqqiyot tufayli «yosh» ishlab chiqarish ma’lum davrdan so‘ng «eskiradi» va
yangilashni talab qiladi, shu jumladan amaldagi texnologik jarayonlarni nazorat
qilish va modellashtirish tizimlarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan
almashtirishni talab qiladi. Amaldagi ishlab chiqarish korxonalaridagi modellashtirish
tizimlarini takomillashtirishda, shuningdek,texnologiya va jihozlarni yangilashda
mustaqil iqtisodiy baholashlar bo‘lishi mumkin.
Texnologik
jarayonlarning
murakkablashuvi
va
jadallashuvi
tufayli
zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish ularni mikroprotsessor texnikasi
va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo‘llab keng modellashtirish asosidagina
samarali bo‘lishiga erishiladi. Modellashtirish talablari texnologik
jarayonlar
loyihalanayotgan bosqichdayoq hisobga olinganda modellashtirish katta samara
beradi.
Kimyo texnologiyasini rivojlanishi xalqimiz uchun birinchi darajali
ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat sanoatini, aholini turmush farovonligini oshishiga,
mustaqil davlatimizning iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga va xayotimizni kundan-
kunga o‘sishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishni rivojlanishi, nafakat oziq-ovqat turlarini ko‘paytirish
bo‘lmasdan, sanoat texnik taraqqiyotini, zamonaviy texnologiyalarni qo‘o‘llash, qo‘l
mehnatini kamaytirish, jarayonlarni barcha tomondan optimal boshqarish, iqtisodiy
samaradorlikni o‘stirish kabi ko‘p qirralik rivojanishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |