I. Kirish. II. Asosiy qism



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana19.02.2022
Hajmi1,73 Mb.
#458891
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
nemat oot

II.Asosiy qism 
2.1. Texnologik jarayonlarni modellashtirish. 
Ushbu bo‘limda tizimning tahlil (analiz) qilish muammolari hamda tizimning
sintezi muammolari haqida fikrlaniladi. 
Qiziqarli misol sifatida elektr dazmol tizimini ko‘ramiz (1-rasm). Uning isitgich 
qismi (1), issiqlikning ta’sirini qabul qiluvchi qismi (2) odatda issiqlik ta’sirida bir 
tomondan ikkinchi tomonga bukiladigan plastina va elektr energiyasini qo‘shuvchi yoki 
uzuvchi 
kontakt 
(3) 
yopiq 
zanjirli 
sistemani 
tashkil 
qiladi.
1-rasm. 
2-rasm. 
Dazmol shnuri elektrga ulanganda dazmol harorati past bo‘lgani uchun kontak 
(3) bir-biriga tegib turganligi sababli isitgichga (1) energiya ulanadi. Dazmol harorati 
belgilangan darajaga еtganda plastinka (2) bukilib, kontakt (3) uziladi va isitgichning 
energiya bilan ta’minlanishi to‘xtaydi, dazmol sovuganda esa kontakt (3) yana 
ulanadi. Shunday qilib tizimda dazmolni isitish jarayoni biror belgilangan harorat 
atrofida boshqarib turiladi. 
Jarayon - belgilangan tizimda bo‘ladigan va tizim holatini o‘zgartirib turadigan 
(ko‘rib, ushlab bo‘lmaydigan) hodisalar mujassamligidir. Hodisalar va sabablar 
mujassamligida jarayon aniqlanadi. 
Tizim - jarayon sodir bo‘ladigan muxitdir (apparat, mashina, jamiyat). Tizim bir 
nechta tartib bilan yig‘ilgan elementlardan tashkil topib, biron maqsadga javob beradi. 
Tizimlarni shartli ravishda katta va kichik tizimlarga ajratish mumkin. Misol uchun: 
Texnologik sexni tahlil qilganimizda u bo‘limlardan iboratligi, bo‘limlar o‘z 
navbatida qurilmalar yoki apparatlardan iboratligini bilamiz. 


Katta tizim – quyosh tizimi, еr, inson tuzilishi– (bu tabiiy tizim). Katta 
apparat, texnologik bo‘lim, sex, zavod va hokazo. Kichik tizimlar yig‘ini katta tizim 
bo‘ladi. 
Kichik tizim - oddiy tizim (stol, stul, auditoriya, isitgich, sovutgich). 
Insoniyat tashkil qilingan sun’iy tizimlar - ma’lum tartibda ishlaydigan mayda 
tizimlar va elementlar yig‘indisidir. Masalan, sovutgich tizimi (xolodilnik)ni tahlil 
qilganda: 
Bug‘latgich - alohida tizim; kondensator – alohida 
tizim; kompressor tizimi - alohida tizim. 
Tizimda bo‘layotgan jarayonni aniqlash, kuzatish va boshqarish uchun tizimning 
holat ko‘rsatkichlariga e’tibor beramiz. Tizim to‘g‘risida informatsion ma’lumotni 
bilish uchun uning holat qiymatlari aniqlanadi. Uni qora quti ko‘rinishida ifodalash, 
tasavvur qilishni еngillashtiradi. 
Tizimda kerakli jarayon boradi (texnologik jarayon), shu jarayon tahlil qilinadi, 
ya’ni uning asosiy ko‘rsatgichlari o‘rganiladi. Boshlanishida tizim «qora quti»
shaklida ko‘rinadi. Tizim o‘rganilib tahlil kuchaygan sari
«quti»ravshanlashib ichidagi narsalar ko‘rinib boraveradi. Tizimni ko‘pincha 
abstrakt holatda ifodalaymiz. 
3-rasmda tizimning holat ko‘rsatgichlari ifodalangan. 
Tizim holat ko‘rsatkichlari quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1.
Kirish ko‘rsatkichlari (X) - tizimdagi jarayonga ta’sir etuvchi qiymatlar 
(mahsulot miqdori, harorati, namligi va hokazo) kiradi; 
2.
Chiqish ko‘rsatkichi (U) – tizimda jarayon borish natijasida tizim holatini 
belgilovchi qiymatlar (harorat, tayyor mahsulot ko‘rsatkichlari va hokazo); 


3.
Boshqarish uchun X - kirish ko‘rsatkichi qiymatidan birontasi (bittasi) 
boshqaruvchi qiymat (Z) bo‘lishi mumkin (dazmolda energiya-N). 
Boshqarish nima? 
Boshqarish - ma’lum tizimda ketayotgan jarayonni kerakli holatda ushlab turish yoki 
kerakli har xil holatlarga o‘tkazishdir. 
Agar tizimdagi jarayonni boshqarish lozim bo‘lsa, kirish ko‘rsatkichlari ichidan 
boshqaruvchisi tanlanadi, chiqish ko‘rsatgichi ichidan boshqariluvchi ko‘rsatgich 
tanlab 
olinadi. 
Boshqaruvchi 
ko‘rsatgichni qiymatlarini o‘zgartirish 
orqali 
boshqariluvchi ko‘rsatgichning qiymatlari keraklik yo‘sinda boshqarilib turiladi. 
Qiziqarli misol: Kirish ko‘rsatkichlari ichidan qaralganda masalan, sut 
isitgichida - pasterizatorda (issiq almashish jarayoni) boshqaruv ko‘rsatkichi issiq 
suvning sarfidir; chiqish ko‘rsatgichi ichidan boshqariluvchi ko‘rsatgich tanlab olinadi; 
masalan pasterizatorda boshqariluvchi ko‘rsatgich sut haroratidir. Issiq suvning sarfi 
orqali sutning harorati boshqarilib turiladi. 
Demak, boshqarish shundan iboratki, (X) ning har xil o‘zgarishlariga 
qaramasdan (Z) ning shunday qiymatlari topiladiki, unda (Y) bizga kerakli qiymatlarga 
ega bo‘ladi. 
Y=f(x, z) Y
berilgan 
Texnologik jarayon ketadigan tizim ob’ekt deyiladi. Ob’ektni boshqarish 
uchun boshqariluvchi ko‘rsatkichni kerakli qiymatini boshqaruvchi yordamida saqlab 
turiladi. Boshqarishni amalga oshirish uchun boshqarish tizimi lozim.Avtomatlashtirilgan 
rostlash tizimi Boshqarish tizimi – yopiq zanjirli va ochiq zanjirli bo‘ladi. 
Misol: Yopiq zanjirlik tizimni xat yozish jarayonida ko‘rishimiz mumkin, (qo‘l – 
qalam – yozuv – ko‘z – miya – qo‘l). 4-rasmda qalamni ma’lum bir chiziq ustidan 
yuritilayotganda (chiziq xayoliy bo‘lishi ham mumkin) qalam uchi berilgan chiziqdan 
og‘ishi bilan ko‘z ko‘radi miyaga axborot beradi. Miya o‘z navbatida qo‘lga 
boshqarish informatsiyani beradi. Qo‘l qalam uchini berilgan chiziqqa qaytaradi. 
Yana bir misol, avval, dazmolning haroratini boshqarish tizimini tahlil qilgan 
edik. 


4-rasm. 
Boshqarish tizimini tashkil qilishda asosan yopiq zanjirli tizim tashkil qilinadi. 
Bu o‘rinda aks ta’sir etuvchi aloqa (signal) boshqarishning asosini tashkil qiladi. Aks 
ta’sir etuvchi aloqani boshqarishning birinchi asosi deb qabul qilamiz. Demak, 
boshqaruv asosida jarayon ko‘rsatgichini (boshqariluvchi ko‘rsatgichni) mo‘tadil yoki 
keraklik qiymatidan chetga og‘ishini to‘g‘rilash yotadi. 
Ochiq zanjirlik tizimni – miltiqdan o‘q otish, suv sepish jarayonlari misolida 
ko‘rishimiz mumkin. 
Maqol ham o‘rinli: Otilgan o‘qni, aytilgan so‘zni qaytarib bo‘lmaydi. 
Ba’zan texnologik jarayonlarni boshqarishda ochiq zanjirli boshqaruv 
tiziminiishlatishga majbur bo‘linadi. Masalan: Konservani sterilizatsiyalash jarayonida 
har bir vaqtda bankaning ichidagi ko‘rsatkichlarni aniqlash mushkul ish. Shuning 
uchun ochiq zanjirli tizim ishlatishga majbur bo‘lamiz, ya’ni mahsulot solingan 
bankalarni ma’lum vaqt issiq muhitda saqlanadi. 
Boshqarish axborotli aloqa yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun boshqaruv 
tizimining ikkinchi asosini axborot – ma’lumotlar majmuasi tashkil qiladi. Har – xil 
axborot aloqa vositalarining biror xili orqali yuboriladi. Bu o‘rinda pnevmo, elektr, 
gidrosignal va boshqa aloqa vositalaridan foydalaniladi. 
Masalan, 
ma’lum 
dastur 
asosida 
uy 
haroratini 
boshqarishda 
quyidagi 
avtomatlashtirilgan tizimni ishlatish mumkin, kechasi hamma uxlaganda 18-20 
C, 
ertalab hamma uyg‘onish davrida 20-24 C, hamma uydan chiqib ketganda kunduzi uy 
isitilmaydi, uning harorati hovli haroratiga yaqin, uy egalari kelishiga yaqin yana 
20-24 C gacha isitiladi. Yopiq zanjirda datchik, rostlagich, ijrochi qurilmalardan 
foydalanib boshqarish tizimi tashkil qilinadi.
oddiy boshqarish mumkin bo‘lgan yopiq tizim (lokal) ko‘rsatilgan, u quyidagilardan 
iborat: 1-ob’yekt, 2-datchik – signalni birlamchi o‘zgartirgichi (axborot beruvchi), 3-
rostlagich (boshqaruvchi), 4-ijrochi (bajaruvchi) qurilma. 


5-rasm. 
Ob’yektda (1) ketayotgan texnologik jarayonni asosiy bosh ko‘rsatkichini 
birlamchi o‘zgartirgich - datchik (2) yordamida o‘lchanib, kerakli signalga 
aylantiriladi. Signal (3) rostlagichga kelganda, rostlagich ko‘rsatkich kattaligini 
uning belgilangan qiymati bilan solishtiradi. Agar ikkala qiymatda farq bo‘lsa (dy=u
b
-
u), rostlagich ma’lum qonuniyat bo‘yicha ijrochi qurilmaga (4) rostlash ta’sir 
signalini yuboradi va ob’yektga farqni kamaytirishga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish