I. Kirish. Doston haqida ma'lumot II. Asosiy qism: a Dostonlarning janr xususiyatlari



Download 104 Kb.
bet3/9
Sana24.07.2021
Hajmi104 Kb.
#127792
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dostonlarning tasnifi:

1. Qahramonlik dostonlari – xalq eposlari («Alpomish»).

2. Ishqiy qahramonlik dostonlar («Kuntug`mish», «Go`ro`g`li» va «Rustamxon» turkumidagi dostonlar).

3. Tarixiy dostonlar («Shaybonixon», «To`l`anoy» va boshqalar).

4. Kitobiy dostonlar – xalq kitoblari («Farxod va Shirin», «Layli va Majnun», «Gul va Sanobar», «Bahrom va Gulandom», «Oshiq `arib va Shohsanam» .

Qahramonlik dostonlari. O‘zbek xalq dostonchiligi taraqqiyotida ko‘pgina qatlamlar bo‘lsa-da, ayniqsa, ikki qatlam, davomiy ikki bosqich-qahramonlik va romanik dostonlar bosqichi alohida ajralib turadi. O‘zlarining yaratilish davri va yuzaga kelgan muhiti bilan ham, tematikasi, g‘oyaviy mazmuni, ijtimoiy voqelikni tasvirlash usullari bilan ham bu dostonlar bir-birlaridan jiddiy farq qiladi. Biroq ular bir necha asrlar davomida baxshilar tomonidan baravar kuylab kelingan, shuning uchun ham bu xil dostonlar orasida doimiy ijodiy aloqa mavjud bo‘lgan. Demak, birining xususiyati ikkinchisida zohir bo‘lishi sof qahramonlik dostonlariga xos belgilarning keyingi planga surila borishi, qahramonlik dostonlaridan romanik motivlar va epizodlarning o‘rin olishi, tabiiy edi.

Qahramonlik” termini o‘zbek folklorshunosligida ikki ma’noda qo‘llaniladi. Biri –keng ma’noda, umuman o‘zbek eposiga nisbatan, ikkinchisi-tor ma’noda, uning bir turiga nisbatan ishlatiladi. Qahramonlik dostonlari patriarxal-urug‘chilik munosabatlari, ko‘chmanchilik va yarim ko‘chmanchilik hayot bilan mahkam bog‘liqdir. Bunday dostonlar xuddi shu turmush tarzining ifodasi sifatida patriarxal-urug‘chilik jamiyatida yoki ilk feodalizm davrida turli urug‘lar o‘rtasida nizolar davom etayotgan va ular muayyan territoriyalarga joylashayotgan hamda yagona xalq sifatida uyusha boshlagan zamonlarda yaratilgan. Qahramonlik dostonlari bizgacha sof holida “Alpomish” misolida yetib kelgan.

Alpomish” turkumi haqida ayrim mulohazalar.

O‘zbek xalq dostonlari orasida “Alpomish” qahramonlik eposi baxshilar repertuaridan mustahkam o‘rin egallagan bo‘lib, u haqda ko‘p tadqiqotlar amalga oshirilgan. Doston har jihatdan asosli va ilmiy tahlil etilgani ma’lum. Ayniqsa, dostonning ming yilligini nishonlash haqida respublikamiz hukumatining 1998 yil 13 yanvardagi tarixiy qarori nafaqat qahramonlik eposimizni o‘rganishda, balki folklorshunoslikning keyingi rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Shu qaror tufayli “Alpomish” dostonining eng mukammal varianti hisoblangan Fozil shoir Yo‘ldosh o‘g‘li nusxasi ilk bor to‘liq holda va akademik nashrda o‘zbek va rus tillarida nusxadan chiqdi. Ayni paytda, dostonning Berdi Baqshi Said Murod Panoh o‘g‘li Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul va Po‘lkan shoir variantlari ham o‘quvchilarga yetkazildi.

Alpomish” dostoni qadimiy qahramonlik eposining yorqin namunalaridandir. Epik mazmunning qahramonlik xarakteriga ega bo‘lishi uning bosh xususiyati hisoblanadi. Chunki dostonning butun mohiyati va asosiy yo‘nalishini ana shu xususiyat belgilaydi.



Har bir xalqning og‘zaki ijodi uning ko‘p asrlik tarixi, etnik xususiyatlari, dunyoqarashi, urf-odatlari. Ijtimoiy-maishiy turmushini poetik ifodalovchi tarixiy-badiiy- estetik hodisadir. U o‘zbek xalqining asrlar buyi umuminsoniy qadriyatlarga hissa qo‘shib kelgan milliy ma’naviyatining tarkibiy qismi hamdir. Bunda eng mo‘’jaz maqoldan tortib, ulkan xajmlardagi dostonlarning ham o‘z o‘rni, o‘z ahamiyati bor. O‘zbek folklori bugungi kunda ham yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga xizmat qilmoqda. Shu jihatdan Prezidentimizning “Alpomish’” dostoni munosabati bilan aytgan quyidagi so‘zlarini butun o‘zbek folkloriga taalluqli desak, xato bo‘lmas:

«Alpomish» dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqguy bo‘lishga, oilamiz qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘stu-yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o‘rgatadi»

Yurtboshimizning bu teran ma’noli so‘zlarini termalarga nisbatan ham aytish mumkin. Chunki o‘zbek dostonchiligi tarixi, uning davomiyligi, professional xalq baxshilari ijodini termalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodida terma janrining dastlabki namunalari folklorshunosligimiz asoschisi Xodi Zarifov tomonidan XX asrning 30-yillarida to‘planib, chop etila boshlangan, u haqda ayrim mulohazalar bildirilgan edi


Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish