Kitobiy dostonlar
Kitobiy dostonlar asosan tarixiy hayotimizning keyingi asrlarida paydo bo'ldi. Yozma adabiyotimiz vakillari tomonidan yaratilgan dostonlardagi qiziqarli va ibratli voqealar bilan tanishgan baxshilar ular asosida o'zlarining nusxa (variant)larini yaratganlar. Natijada kitobiy dostonlar yozma va og'zaki ijodning o'zaro aloqalari natijasi sifatida vujudga kelgan. Og'zaki ijoddagi «Sayyod va Hamro», «Oshiq G'arib va Shohsanam», «Vomiq va Uzro» kabi dostonlar ana shu turdagi asarlar namunasidir.
Kitobiy deb yuritiluvchi dostonlarning manbasi yozma adabiyotdir. Xalq baxshi shoirlari mumtoz adabiyog materiallarini kayta ishlash natijasida yoki materialni yozma adabiyotdan olib asar yaratish natijasida kitobiy deb ataluvchi dostonlar vujudga keladi. Atama nomi ham bu xolni tulik ifodalaydi. Masalan, Navoiyning «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» dostonlari asosida xalq dostonlari (baxshilar tomonidan) yaratilgan.
C). Dostonchilik maktabi - baxshilik sanʼati markazi. Oʻzbek folklorshunosligida Bulungʻur, Narpay, Qoʻrgʻon, Xorazm, Shahrisabz, Sherobod kabi yirik dostonchilik maktablaridan tashqari, Qamay, Piskent, Qulbuqon, oʻzbeklaqay va b. shunday markazlar ham maʼlum. Ular repertuarlari, uslubi, maʼlum ijod tamoyili va ijro usullariga koʻra bir-biridan ajralib turadi. Mas, 19-asrda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanining Qamay qishlogʻi bilan bogʻliq Qamay D. m. mavjud boʻlgan. Bu maktab Dehqonobod va Gʻuzor tumanlari atrofida yashovchi Abdukarim Juyruq (19-asr), Mulla Xolnazar oʻgʻli (1910 y. v.e.), Bozor Sherqul oʻgʻli (1887—1953), Hazratqul baxshi Xudoyberdiyev (1920 y. t.) kabi 60 ga yaqin baxshilarni birlashtirgan. Ular Shahrisabz dostonchilik maktabi bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Qamay D. m. vakillari xalq dostonlarining lirik yoʻnalishiga alohida eʼtibor berishgan. Ular poetik shakllar taraqqiyotida Sherobod dostonchilik maktabi vakillariga nisbatan ilgarilab ketganlar. Qamay dostonchilaridan "Nuralining yoshligi" (1972, 1977), "Xonimoy" (1963) va b. dostonlar yozib olingan. Piskent D. m. Berdi baxshi nomi bilan bogʻliq. Mazkur maktab lirik yoʻnalishga moyil, baʼzi jihatdan Ergash Jumanbulbul oʻgʻlining ota-bobolari asos solgan Qoʻrgʻon dostonchilik maktabi baxshilariga yaqin poetik uslubga ega bulgan. Jan. Tojikistonda yashovchi oʻzbeklaqay baxshilari Dangʻara tumanining Jorubkoʻl qishlogʻi bilan bogʻliq. Haybat Shamol oʻgʻli (19-asr), Tula Haybat oʻgʻli (1884-1966), Mustafoqul Qunduz oʻgʻli (1883—1966), Shomurod Shamol oʻgʻli (1883—1964) va b. bu maktabning isteʼdodli vakillaridan hisoblangan. Bu baxshilar repertuarining asosini "Goʻroʻgʻli" dostonlar turkumi tashkil qilgan. Ularning matni nihoyatda qisqa, ixcham. Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumani hududida Qoʻlbuqon D. m. shakllangan. Haydar Boycha oʻgʻli, Razzoq Qozoq oʻgʻli, Usmon Mamatqul oʻgʻli, Boʻri baxshi, Mallavoy Hoshimovlardan yozib olingan xalq ogʻzaki ijodi namunalari bu maktabga Bulungʻur dostonchilik maktabi taʼsiri kuchli boʻlganligini koʻrsatadi.
Baxshichilik xalq og‘zaki ijodining yorqin namunasi. Unda har bir xalqning o‘tmishi, ruhiyati, mentaliteti, qadriyatlari, urf-odat va an’analari aks etadi. Shu bois ushbu noyob san’at mavjud bo‘lgan barcha ellarda u nomoddiy madaniy meros sifatida muhofaza qilinadi, yuksak qadrlanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ham o‘zbek milliy baxshichilik va dostonchilik san’atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida ushbu san’at turiga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 14 mayda qabul qilingan “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda xalqimiz madaniyatining hayotbaxsh sarchashmasi bo‘lgan baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish, uning milliy madaniyatimiz va san’atimizdagi o‘rni va ahamiyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni milliy o‘zlikni anglash, Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan “ommaviy madaniyat”, shou-biznesning salbiy ta’siri tobora kuchayib borayotgan sharoitda folklor san’atiga e’tibor va qiziqish susayib borayotgani, ko‘p joylarda unutilib, himoya va muhofazaga muhtoj bo‘lib qolgan paytda mazkur qaror qanchalik dolzarb ahamiyatga ega ekanligiga yana bir bor amin bo‘lamiz. Shuni ta’kidlash lozimki, xalqimizning milliy o‘zligini, qadimiy tarixi va tilini, hayot tarzi, an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etadigan, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan baxshichilik san’ati atoqli baxshi-shoirlarimiz, folklorshunos olimlarimizning fidoyi mehnati, ijodiy tafakkuri bilan asrlardan-asrlarga o‘tib kelmoqda.
Darhaqiqat, xalq og‘zaki ijodi — xalqning ma’naviy xazinasi. Bu boylikni asrab-avaylash, rivojlantirish avlodlar burchi. Buning uchun, eng avvalo, san’atga, adabiyotga zamin bo‘lgan xalqimizning qadim mifologik tasavvurlarini, baxshichilik san’atini yaxshi o‘rganish, tadqiq etish lozim. So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylab, uni kelgusi avlodlarga asl holida yetkazishga yuksak darajada e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2018 yilda Termiz shahrida tashkil etilgan “Baxshilar maktabi” baxshichilik san’ati an’analarini o‘rganish va davom ettirish, iste’dodli yoshlarni kashf qilish hamda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Chunonchi, ilk marta Yurtboshimiz tashabbusi bilan jamoatchilikni o‘zbek baxshichiligining betakror namunalari bilan tanishtirish, yoshlar orasida milliy folklorga bo‘lgan qiziqishni oshirish, qardosh xalqlar o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, ijodiy aloqalar va madaniy hamkorlik doirasini xalqaro ko‘lamda kengaytirish maqsadida Termiz shahrida joriy yilning 5-10 aprel kunlari Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tdi.
Asosiy bayram tadbirlari o‘tgan 32 gektardan iborat maydonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ramziy qo‘rg‘onlari bunyod etildi. U yerda har bir hududning o‘ziga xos hayot tarzi, xalq hunarmandchiligi va amaliy san’ati, maydon tomoshalari, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarini ifoda qiluvchi ko‘rgazmalar tashkil etildi.
Yurtimizda birinchi bor o‘tkazilgan ushbu san’at bayramida dunyoning 74 davlatidan 160 dan ziyod vakillar qatnashdi. Ularning orasida atoqli madaniyat arboblari, folklor san’ati namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari borligi xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga xalqaro jamoatchilikning qanchalik yuqori e’tibor qaratganligidan dalolatdir. Bu borada davlatimiz rahbari shunday dedilar: “Biz xalq ijodiyotini, turli o‘lkalarda baxshi, jirov, oqin, manaschi, shoir, oshiq kabi nomlar bilan ataladigan, o‘z timsolida ham shoirlik, ham sozandalik, ham xonandalik mahoratini mujassam etadigan insonlarning nodir iste’dodini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz zarur… Xalqaro baxshichilik san’ati festivali ayni shunday ulkan va muhim maqsadga qaratilganini alohida ta’kidlamoqchiman”.
Albatta, Yurtboshimiz tashabbusi bilan baxshichilik san’atini keng targ‘ib qilish, rag‘batlantirish maqsadida Xalqaro baxshichilik san’ati festivali tashkil etilgani ulkan tarixiy voqea bo‘ldi. Baxshi va oqinlarimizga o‘zligini, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun keng maydon yaratildi. Xalqimizning asriy orzulari, istak-xohishlari ro‘yobga chiqdi. Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o‘tkazilishi xalqimizning qadimiy san’atini asrab-avaylash, o‘rganish, targ‘ib qilish, rivojlantirish hamda mohir ijrochilarni rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Olimlarning ta’kidlashicha, yurtimizda doston kuylash an’anasi qadimda uch yo‘nalishda rivojlangan. Birinchi yo‘nalish — Bulung‘ur, Narpay, Nurota, Qo‘rg‘on, Shahrisabz, Qamay, Sherobod, Janubiy Tojikistonda yashovchi o‘zbek-laqay dostonchilik maktablarida do‘mbira chertib yakka holda, bo‘g‘iz ovoz bilan ijro etilgan. Ikkinchi yo‘nalish — Xorazmda tor, dutor, g‘ijjak, garmon, bulamon, qo‘shnay, doira jo‘rligida ba’zan yakka, ba’zan juft holda, ochiq ovoz bilan kuylangan. Uchinchi yo‘nalish — Farg‘ona vodiysida dutor jo‘rligida ochiq ovozda aytilgan.
“Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Kuntug‘mish”, “Rustamxon”, “Murodxon”, “Misqol pari”, “Hasanxon”, “Yodgor”, “Yusuf bilan Ahmad”, “Avazxon”, “Qironxon”, “Ravshan”, “Intizor”, “Shirin bilan Shakar”, “Erali”, “Oysuluv” kabi dostonlarni baxshilar maroq bilan aytib kelgan. Birgina “Alpomish” dostoni haqida to‘xtalganda shuni ta’kidlash lozimki, 1999 yilda Termizda YUNESKO shafeligida “Alpomish” dostonining 1000 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi “Alpomish” dostonining yaratilishi ham uzoq o‘tmish bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu dostonda, garchi ma’lum bir hudud odamlari, ularning tarixi, madaniyati, milliy urf-odat va an’analari haqida hikoya qilinsa-da, u umuminsoniy qadriyatlarni ham o‘zida ifodalagan yuksak ijod mahsulidir. “Alpomish” dostoni davr va zamonlar sinovidan o‘tib, kishilarga yuksak ruhiy madad, ma’naviy ozuqa baxsh etib kelyapti.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Alpomish” dostonining qirqqa yaqin varianti mavjud. U turli hududlarda o‘ziga xos talqin etiladi. Binobarin, ushbu doston xalq og‘zaki poetik ijodining yorqin namunasidir. Unda vatanparvarlik, xalqparvarlik, sof insoniy fazilatlar, pokiza muhabbat tuyg‘ulari zo‘r mahorat bilan kuylangan. “Alpomish” dostoni 1939 yili taniqli shoir Hamid Olimjon tomonidan Fozil Yo‘ldoshdan yozib olinib, qog‘ozga tushirilgan. Keyinchalik folklorshunoslar bu dostonning turli muqobil versiyalarini ham baxshilar tilidan yozib olishgan. Keyingi yillarda “Alpomish” dostonining bir necha yangi variantlari kitob holida chop etildi. Ko‘p tomlik “Qoraqalpoq folklori” to‘plamlari chop etildi, 100 tomlik “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasi nashr etilmoqda. Baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilayotgan asarlarni yozib olish, ularni ilmiy o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda.
Darhaqiqat, bu boradagi ishlarimizni yanada kuchaytirish borasida “Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bilan Respublika Baxshichilik san’ati markazi hamda uning huzurida yuridik shaxs maqomiga ega Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Respublika Baxshichilik san’ati markaziga baxshichilik san’atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur o‘rganish va mustahkamlash; sohada shakllangan ijodiy maktablarning o‘ziga xos ijro uslublari, “Ustoz — shogird” an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish; baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktablari va boshqa ta’lim muassasalari qoshida baxshichilik san’ati to‘garaklarini tashkil etish; baxshi-shoirlar ijodiga keng yo‘l ochib berish, ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini ta’minlash; baxshichilik san’atining sara namunalarini to‘plash va fondini yaratish, ularning audio va video variantlarini ko‘paytirish, bu sohani yurtimizda va dunyoda keng targ‘ib etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televidenie va internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish; baxshichilik san’ati yo‘nalishida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, bu borada o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, jumladan, turli xalqaro anjumanlar va tanlovlar, kontsertlar va mahorat darslarini tashkil etish asosiy vazifalar etib belgilab berildi.
Baxshichilik san’atini rivojlantirish jamg‘armasiga moliyaviy va tashkiliy yo‘nalishlarda kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish; mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan baxshi-shoir, oqin va jirovlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash; Madaniyat vazirligi tizimidagi muassasalarni baxshichilik san’atiga oid zarur adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalari va davriy nashrlar bilan ta’minlash; madaniyat va san’at muassasalari qoshidagi baxshichilik to‘garaklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zarur cholg‘ular va jihozlar bilan ta’minlash; baxshichilik san’ati bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar, nashr ishlari hamda kompleks ilmiy ekspeditsiyalarni moliyalashtirish; baxshichilik san’atiga doir homiylikni rivojlantirish, sohaga xorijiy sarmoya va grantlarni jalb etish; qonunchilikda belgilangan manbalardan tushadigan mablag‘larni jamg‘arish, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash asosiy vazifalar etib belgilandi.
Yana shuni ham ta’kidlash lozimki, mazkur qaror bilan Termiz shahridagi baxshichilik maktabi negizida baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internati tashkil etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda baxshichilik san’ati rivoji uchun zarur musiqa cholg‘ulari (do‘mbira, sibizg‘a, chanqovuz, qo‘shnay, g‘ajirnay, bo‘lamon, qo‘biz kabilar) ishlab chiqaradigan ustalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ustaxonalar uchun joy ajratish, maxsus yog‘och va metall mahsulotlari bilan ta’minlash choralari belgilandi. O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda baxshi-shoir, jirov va oqinlar tomonidan ijro etiladigan asarlar kuylarini notalashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi bilan birgalikda o‘zbek xalqining ko‘hna va betakror san’ati namunasi bo‘lgan baxshichilik san’atini YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlarida baxshichilik san’ati davlat ansambllari, ushbu san’at turi rivojlangan boshqa hududlarda esa viloyat ansambllari shuningdek, tegishli hududlarda bolalar musiqa va san’at maktablari qoshida baxshichilik san’ati sinflari tashkil etiladi.
Xulosa qilib aytganda, mazkur tarixiy qaror yurtimizda noyob madaniy merosimizni o‘rganish, uning bebaho an’analarini targ‘ib qilish va rivojlantirishga keng sharoit yaratish barobarida, ushbu bitmas-tuganmas, noyob va mangu madaniy meros namunalari avlodlardan-avlodlarga o‘tib, yanada sayqal topishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
III.
Xalq tilida ba’zan rivoyatni naql deb ham aytadilar. Lekin folklorshunoslik
ilmida naql va rivoyat alohida-alohida janr sifatida o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Ikkala janrni farqlamaslik, ularni chalkashtirib qo’llash ayrim shoirlar ijodida
kuzatiladi. Jumladan, Shukur Qurbonning Alisher Navoiyga bag’ishlangan tarixiy
mavzudagi "So’z yo’li" poemasi bu jihatdan e’tiborli. Unda shoir rivoyatni naql
sifatida qo’llaydi. Aslida esa Navoiy haqida asar tarkibiga kiritilgan uchta naql
rivoyatdir. Shu bois bu asarni rivoyatlar asosida qurilgan dostonlar qatoriga kiritish
mumkin.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Adabiyotlar:
1. X.Razzokov, T.Mirzaev, O.Sobirav, K.Imomov. o`zbek xalq og`zaki poetik
ijodi. Toshkent, 1980.
2. T.Mirzaev va boshqalar. O`zbek xalq og`zaki poetik ijodi. Toshkent, 1980.
3. N.Xatamov, B.Sarimsokov. Adabiyotshunoslik terminlari- ning ruschao`zbekcha lugati. Toshkent, 1979.
4. T.Mirzaev. Xalq baxshilarining epik repertuari. Toshkent, 1979.
5. M.Murodov. Dostonlar guldastasi. «Alpomish», «Rustamxon» Toshkent. 1985.
6. K. Imomov, T.Mirzaev, B.Sarimsoqov, O.Safarov. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. T., O‘qituvchi, 1990 y.
7. . Jirmunskiy V.M., Zarifov X.Z. Uzbekskiy narodnыy geroicheskiy epos. -M.: GIXL, 1947.
8. O‘zbek folklor ocherklari. T., Fan, 1987
9. D.O‘raeva. Motam marosim folklori. T., «Fan», 2005
Internet saytlari:
1.Ziyo. uz.
2. kutubxona. uz
Do'stlaringiz bilan baham: |